Mavzu:Oilada tarbiya asoslari Tayyorladi: Mirzaliyeva Maxfuza 203-guruh sirtqi pedagogika va psixalogiya yo’nalishi talabasi. Reja: - 1. Oila jamiyatning kichik yacheykasi. Oila, uning maksadi va vazifalari.
- 2. Oila tarbiyasini takomillashtirish omillari.
- 3. Oila tarbiyasida ota-onaning obro‘si. Ota-onaning farzand oldidagi va aksincha farzandning ota-ona oldidagi burchlari.
- 4. Oilaning maktab va jamoatchilik bilan hamkorligi.
Oila jamiyatning bir bo‘lagi. Shunday ekan, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy gurux bo‘lib, biologik, ijtimoiy, axlokiy, mafkuraviy va ruxiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoadir. Shu sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi. - Oila jamiyatning bir bo‘lagi. Shunday ekan, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy gurux bo‘lib, biologik, ijtimoiy, axlokiy, mafkuraviy va ruxiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoadir. Shu sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi.
- Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
- Buni biz 1998 yil mamlakatimizda “Oila yili” deb e’lon kilinishi misolida ko‘rishimiz mumkin. Shu munosabat bilan xukumatimiz ishlab chikkan tadbirlar oilani ijtimoiy muxofaza kilish, oilada yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, oilaning huquqiy tamoyillarini kengaytirish va boshka oilani mustaxkamlash bilan boglik masalalarga karatildi. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: ”Xalkimiz kadim-kadimdan oilani mukaddas deb bilgan. Oila axil va totuv bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va hamjixatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barkarorlik xukm suradi. Oila farovonligi - milliy farovonlik asosidir”.
Shuni unutmaslik lozimki, farzandlarimizning har tomonlama kamol topishi uchun kulay sharoitlar yaratilsagina oila tarbiyasi muvaffakiyatli bo‘lishi mumkin. Yosh avlod xayotining ko‘p kismi oilada o‘tadi. Shu boisdan turmushning murakkab muammolari bilan oilada tanishadilar. Oiladagi mavjud an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida yigit-kizlar asta-sekin kamol topib boradilar. An’ana va marosimlar tarbiyaning kudratli kuroliga aylanadi.
Kelajagimizning kanday bo‘lishi xozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga boglik.Bu konuniyat oilaning tarbiya borasidagi faoliyatiga ham boglik. Oilaviy tarbiyaning murakkabligi shundaki, har bir oila o‘ziga xos bir olam. U tarbiya ishida ham o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |