Himoyaga ruxsat etildi


Ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy tomonlari



Download 68,03 Kb.
bet9/10
Sana16.07.2022
Hajmi68,03 Kb.
#810347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ijtimoiy tarmoq taxdidlaridan ogohlik Oxirgisi2

2.3. Ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy tomonlari
Internet orqali oldi-sotdi qilish quyidagi shartlar bilan joiz bo‘ldai:
Tovar savdo qilish joiz bo‘lgan narsalardan bo‘lishi lozim. Tovar va to‘lov majhullik qolmaydigan darajada sifatlanishi lozim.
Tovar sotuvchining huzurida yoki xaridorga yetkazib berishi mumkin holatda bo‘lishi lozim.
Tovar va narxni kechiktirib qabul qilish mumkin bo‘lgan savdo turi bo‘lishi lozim. Shunga ko‘ra oltin, kumush va yana ribo bo‘ladigan narsalarda qo‘lma-qo‘l qabul qilish shart bo‘lgani uchun bunday narsalarning savdosi durust emas.
Xizmat turlarining hukmi ham savdoniki kabidir. Hizmat sharʼan muboh sanalgan xizmatlardan bo‘lishi. Xizmat turi va unga to‘lanadigan to‘lov majhullikdan xoli, aniq vasf qilingan bo‘lishi lozim.
Elektron aqd bu – sotuvchi va xaridor o‘rtasida yozma (elektron vositalari orqali), ovoz orqali so‘zlashib yoki elektron vositalari orqali bir-birlarini ko‘rib tuzilgan savdo shartnomasidir.
2.2. Ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy tomonlari
Prezidentimizning Vatan himoyachilariga yo‘llagan bayram tabrigida dunyo aholisining xavfsizligiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar haqida ogohlantirilib, «Bugungi kunda dunyoda kiberjinoyatchilik, kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda salbiy informatsion taʼsir o‘tkazish kabi xalqaro xavfsizlikka nisbatan ilgari ko‘rilmagan xavf-xatarlarning avj olayotganiga yetarli baho bermasdan, ularning oldini olmasdan, beparvo bo‘lib yashash mutlaqo mumkin emas.», deya taʼkidlandi.
Dunyoda yadroviy texnologiyalar va ommaviy qirg‘in qurollariga egalik qilish, siyosiy va diniy radikalizm, ekstremizm, qurol va odam savdosi, terrorizm, og‘ufurushlik, etnik hamda millatlararo ziddiyatlar avj olayotgan bir vaziyatda kommunikatsiya texnologiyalari orqali vujudga kelayotgan tahdidlarga bejiz alohida eʼtibor qaratilmayapti.
Ijtimoiy tarmoqning qudratli taʼsir kuchidan yengiltaklik yo‘lida foydalanadiganlar yo‘q emas. Afsuski, bu qudratli vosita «mijoz”lari orasida har xil siyosiy kuchlar, hatto davlatlar bor. Vaholanki, ularning maqsadlari bekorchilikdan ermak uchun yoxud oqibatini his qilmasdan amalga oshirilmaydi. Oshirilmayapti...
«Arab баҳори» deb nom olgan to‘polonlar va qon to‘kishlarda ijtimoiy tarmoqlar muhim o‘rin egallaganini hamma biladi. «Bahor”da undan siyosiy maqsadlarda foydalanildi. U siyosiy kuchlar uchun odamlarni yig‘ib berdi, ko‘chaga olib chiqdi. Sayyohlik o‘lkasi bo‘lmish birgina Misr iqtisodiyoti ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilgan beqarorlik va g‘alayonlar oqibatida 5 milliard AQSH dollaridan ko‘proq zarar ko‘rgan. Fuqarolar o‘rtasida esa bo‘linish, dushmanlik kayfiyati paydo bo‘lgan va bunday tarang ijtimoiy vaziyat hamon mamlakat muvozanatini chayqalgan holatda ushlab turibdi. Suriyada ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqarilayotgan to‘polonlarda, xorij matbuoti manbalarida qayd etilishicha, 60 ming aholi halok bo‘lgan, yarim million kishi qochoq va darbadar yuribdi.
Bugun internetni turli kuchlar, mafkuralar, buzg‘unchi va xakerlardan himoyalash, bir so‘z bilan aytganda, xavfsiz internet masalasi dunyo bo‘ylab dolzarb bo‘lib turibdi. Yaqinda axborot manbalari Yevropa ittifoqi hududida bir yilda kiberjinoyatchilar firibgarlik yo‘li bilan 1,5 milliard yevroga yaqin mablag‘ topishi haqida xabar tarqatdi. Ularning daromadi asosan banklardan pul o‘g‘irlash, ijtimoiy tarmoqlar va bolalar pornografiyasidan to‘planishi taʼkidlanadi. Kiberjinoyatchilik xurujlari orqali korxonalar, tashkilotlar, kompaniyalar saytlari va maʼlumotlar bazalariga katta shikast yetkazilmoqda, ularni tiklashga milliardlab mablag‘lar sarflanayapti.
Darhaqiqat, ushbu tarmoqdan bugungi kunda asosan yoshlar tanishish, do‘stlashish, eski do‘stlarni qidirish va muloqot o‘rnatish maqsadida foydalanadi. Bir qarashda, buning yomon tomoni yo‘q. Lekin hamma tanishmoqchi bo‘lganlarning maqsadi do‘stlik bilan izohlanmasligi ham bor gap. Yoki hamma yozishmalarni odob-axloq doirasida deb bo‘lmaydi. Axloqsizlik va andishasizlikka xizmat qiladigan profil va guruhlar ham oz emas. Aytaylik, «Faqat asal qizlar va kelinoyilar uchun» guruhini olaylik. Bu guruhga qo‘shilish uchun «asal қиз» yoki «kelinoyi” bo‘lish kerak.
Uning fotogalereyasidagi suratlar ilonni po‘st tashlatishga majbur qiladi. Yozishmalar odob ko‘chasidan bir bor o‘tmaganlarga taalluqli — g‘irt behayolik. Guruh aʼzolari soni esa kichkina shaharchani to‘ldirishi mumkin. Shuncha odam yengiltaklik va buzuqlik targ‘ibotiga xizmat qilishi, vaqtini ana shu bemaza narsaga sarflashi achinarli hol, albatta.
— Nazarimda, odamlar bugun ikki: real va virtual dunyoda istiqomat qilayapti. Ayrimlar faqat birinchisi bilan cheklangan bo‘lsa, boshqalar ikkinchisida ko‘proq band va unga ortiqroq ishonadi, — deydi O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti Internet jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi, fan nomzodi Nozima Murodova. — Tadqiqotlarga qaraganda, dunyo aholisi axborotni asosan internetdan olmoqda. Unda esa hamma narsa aralash — oq bilan qora, yaxshi bilan yomon. Tezkorlik va turli ko‘rinishlarda informatsiya tarqatish imkoniyati, auditoriyaning qayta aloqaga chiqishi uchun mavjud qulayliklar biznes, tadbirkorlik, reklama, ommaviy aloqalar (PR) hamda axborot xizmatlari uchun katta axborot maydonini yaratayotgan bo‘lsa, shu bilan birga, uni chegara va nazorat qilishning imkoni yo‘q — buzg‘unchi g‘oyalar, terroristik daʼvatlar, pornografiya va hokazolarni uchratish mumkin. Aytaylik, virtual olam — internet orqali terroristik tashkilotlar ham o‘zlariga hudud yaratgan. Fohishalik aynan internet xizmati orqali amalga oshirilmoqda. Odam savdosining umumdunyo miqyosida yoyilishida uning imkoniyatlaridan foydalanilayapti.
Qancha qimmatli vaqtlarimizni Internetdagi bekorchi suhbatlarga, biz umrimizda ko‘rmagan “do‘stlarimiz”ning hayotiga aralashib, bugun nima yegani, qayoqqa borgani, kimni yoqtirishi kabi bizga foydasi bo‘lmagan narsalarga, o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rmagan va bizning fikrimiz hech qanday taʼsir o‘tkaza olmaydigan qayoqdagi voqea hodisalarga bildirilgan munosabatlarga sarflanayotgani haqida fikr yuritsak, biz uchun muhim va qadrli narsalarni nimalar evaziga boy berayotganimizni bilar edik.
Lekin Siz kun bo‘yi Internetda o‘tirib olib, zimmangizdagi haqlarni, yaʼni bandalik haqqini , onalik, farzandlik, xotinlik, qarindoshchilik, qo‘shnichilik va hokazo haqlarini ado qilmayotgan bo‘lsangiz, bu yaxshilik alomati emas, demak Internet sizning foydangizga emas, zararingizga ishlayotgan ekan. Qiyomat kuni bizlardan bir kunda necha bora Internetga kirganimizni emas, qancha savob amallar qilganimiz so‘ralishini esimizdan chiqarmaylik.
Qancha oilalar shu tarmoqlar sababidan buzilib ketayotgani, necha-necha yosh qizlar tarmoq ichida faxsh ishlar bilan shug‘ullanayotgani
Bundan tashqari ko‘pgina tarmoqlarda qayoqdagi noʼmalum nomlar bilan kirayotgan shaxslar, sahih bo‘lmagan manbalardan ko‘chirilgan yoki tarjima qilingan diniy maʼlumotlarni tarqatayotganlari va ko‘pincha sodda, yetarli diniy taʼlim ko‘rmagan kishilar o‘shalarga ergashib, fikrlari va xatto aqidalari ham buzilyapti. Bu ham oldini olishimiz kerak bo‘lgan xatarlardan biridir.
Bizning vazifamiz virtual olamda emas, haqiqiy hayotda zimmamizga yuklatilgan masʼuliyatni ado etish ekanligini unutmaylik!
Internet “kasalligi”ga chalingan bemorlarni davolovchi kasalxona Pekinda ochilgan bo‘lib, u yerda shu vaqtgacha 400 ga yaqin bemor davolandi. Bu kasalxonada davolanish narxi qimmat — kuniga kamida 50 dollar turadi. Shifoxonada bir vaqtning o‘zida 20 bemor davolanadi va ularga yana shuncha doktor va hamshira xizmat ko‘rsatadi. Internet “kasalligi” bilan og‘rigan bemorlarning davolanishiga kamida ikki hafta kerak bo‘ladi. Bu yerda doridarmonlar bilan birga ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish uchun sport mashg‘ulotlari ham o‘tkaziladi. “The Times”ning yozishicha, 16 yoshli Day Genini ota-onasi kasalxonaga olib kelganlarida dastlab nima uchun kelganini anglamadi. Biroq davolanish uchun kelganini bilgach, “men kompyuter o‘yinlarini uzoq vaqt o‘ynamayman”, dedi. Vaholanki, u bir kunda 8 soat vaqtini kompyuter oldida o‘tkazardi. Bu yerga kelgan bolalarning baʼzilarini kompyuterda uzoq vaqt shug‘ullanib o‘qishga bormagani uchun maktab va kollejlardan chetlashtirishgan.
O‘smirlarning ko‘pchiligi vaqtini internet chatlarda, odam o‘ldirish yoki zo‘ravonlik kabilarni targ‘ib qiluvchi o‘yinlarni o‘ynab o‘tkazgani uchun otaonasi va do‘stlari bilan ham yaqin munosabatda bo‘lmagan. “O‘z-o‘zini past baholovchi yoki tarbiyasi muammoli bolalar internet oldida o‘tirib, o‘zlariga yetarli baho bera olmaydi, — deydi 20 yillik ruhshunoslik mutaxassisligiga ega shifoxona direktori Tao Ran. — Bizda davolanayotgan bemorlarning 85 foizi internet o‘yiniga ruhan bog‘langan, 10 foizi internet chatiga va yana 5 foizi internet o‘yiniga ashaddiy ishqibozlardir. Ana shu toifadan bittasi hatto kechasi kasalxona palatasidan chiqib, shifoxona kompyuter sistemasiga tegishli bo‘lgan parolni topib olib, kompyuter o‘ynagan”. Shu bilan birga Doktor Tao bu bolalar ruhiy kasallik, qo‘rqinch, uyqusizlik, qo‘l-oyoqlarining qotib qolishi kabi kasalliklarga chalinadi va ular o‘z tengdoshlari davrasida bo‘lishni ham xohlamaydi, deydi. Uning aytishicha, bu yerda davolanayotganlarning 70 foizi muvaffaqiyatga erishadilar. Ammo ayrim o‘smirlar bu yerdan chiqib, yana internetga bog‘lanib qoladilar.
Ammo ahvol shunday davom etaversa, ushbu shifoxona mijozlari ko‘payishi aniq. Hisob-kitoblarga qaraganda, Xitoyda 42 million kompyuter va 103 million internetdan foydalanuvchilar mavjud bo‘lib, ular mamlakat aholisining 7,9 foizini tashkil qiladi. Bu esa AQShdan keyin ikkinchi o‘rin demakdir. Mavjud holatning, kelishi mumkin bo‘lgan xavfning oldini olish maqsadida hukumat tomonidan nazorat kuchaytirildi. Nazorat quyidagi ko‘rinishda olib boriladi. Masalan, kishi g‘ashiga tegadigan mavzularni izlovchilar uchun hukumat maxsus sharhlovchini yollagan, ular internet chatlarda to‘g‘ri fikrlarni bildiradilar. Mabodo foydalanuvchilar izlash tizimi orqali “demokratiya”, “inson huquqlari” va shunga o‘xshash so‘zlarni qidirishsa internet sayti maxsus signal bilan berkilib qoladi. Ilgari bolalar jinoyatchilik, giyohvandlik va o‘z-o‘zini o‘ldirishni ifodalaydigan o‘yinlarni o‘ynashi mumkin edi. Endilikda Xitoy hukumati kompyuter o‘yinlarini ham nazoratga olib, har bir o‘yinni tekshirib ko‘rgandan so‘ng o‘ynashga ruxsat berayapti.
Internetga bog‘lanib qolishning salbiy oqibatlari haqida har qancha gapirilmasin, baribir kundan-kun unga o‘rganib qolayotganlar soni ortib bormoqda. Ayniqsa, ruhiy bog‘lanish fojeali oqibatlarga olib keladi. Yaqinda Janubiy Koreyaning 28 yoshli fuqarosi internet kafeda 60 soat kompyuter o‘yinini o‘ynab, ochlikdan vafot etdi. Tayegu shahrining fuqarosi Li uyquni ham, ovqatni ham kompyuter o‘yinlariga sarflardi. U o‘yin davomida berilib ketib, o‘zi ishtirok etgandek bo‘lardi. Bir safar Li o‘zini behol sezganida uni kasalxonaga olib borishadi va bir necha soatdan keyin u yurak xurujidan vafot etadi. Bu ishqiboz bir oy oldin ish vaqtida o‘yin o‘ynashga ketgani uchun ishdan haydalgan edi.
Ahvol shunday jiddiy tus olayotganiga qaramay, Janubiy Koreyada kompyuter o‘yinlari juda ommalashgan.
Tadqiqotlar natijalaridan maʼlum bo‘ldiki, hozirda maktab yoshidagi bolalar internetdan tobora erta foydalana boshlamoqdalar. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bemalol maktab yon atrofidagi kafe yoki klubga kirib, internetdan foydalanishi mumkin. Shu bois ular uyda ham internetga ulanish imkoni bo‘lishini xohlashi tabiiy. Lekin, mutaxassislarning fikricha, yoshi o‘nga yetmagan bola odatda mustaqil ravishda internetdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan tanqidiy fikrlash va shu asnoda maʼlumotlarni farqlash, ularni ajrata bilish, boshqacha qilib aytganda, «filtrlay” olish qobiliyatiga ega emas. Shu sabab, internetdan yolg‘iz qolganda ham foydalanish ehtimoli bo‘lgan bolani qattiq nazorat ostiga olish kerak, unga o‘zi haqidagi shaxsiy maʼlumotlarni internet orqali tanishgan odamlarga aytmaslikni o‘rgatish zarur.
Virtual taʼqib ommalashmoqda.
So‘nggi paytlarda internet orqali taʼqib etish yoki ilmiy tilda aytadigan bo‘lsak, grifing holatlari ko‘p kuzatilmoqda. Bu kabi tarmoq bezoriligining eng birinchi qurbonlari aynan yoshlar qatlami, xususan, o‘smirlar hisoblanadi. Sababi, shu yoshda bolalar tabiatan ochiq bo‘ladi hamda dunyoga faqat ijobiy nuqtai nazar bilan qaraydi. Ular o‘zlari erishgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashishni, o‘z fikrlarini birovlarga bayon etishni, g‘oyalari bilan bo‘lishishni xohlaydilar. O‘smirlar o‘ta ishonuvchan, kompyuter o‘yinlariga qobiliyatli, buyruqlarni osonlikcha bajaradigan bo‘ladilar. Atrofdagilar bilan ko‘proq muloqotda bo‘lib, yangidan-yangi fikr-g‘oyalarni o‘rtaga tashlaydilar, ularni amalda qo‘llashga intiladilar, biroq bu borada ularga hayotiy tajriba yetishmaydi. Shuning uchun ham ular saytlarda qidiruvni amalga oshirayotganda, axborotni qabul qilishda yoki elektron pochta manzilidan foydalanayotganda kattalar yordamiga muhtoj. Chunki bir qarashda beozor tuyulgan chat xonalar yoki maxsus muloqot dasturlari orqali kechadigan suhbatlar tafakkuri endi shakllanayotgan bolalarni oxir-oqibat jinoyatgacha yetaklab borayotgani hayotiy haqiqat. Grifing bilan shug‘ullanuvchilar yoki grifyorlar zamonaviy yoshlarning qiziqishlaridan juda yaxshi xabardor bo‘lib, onlayn konferentsiya, forum xonalarida istalgan mavzuda suhbat yuritishi, o‘zlarini ularning muammolarini tushunadigan odamlar sifatida ko‘rsatishi mumkin, buning ustiga veb tarmoqda anonimlikni saqlash xususiyati qisqa fursat ichida ishonchga kirib olishga imkon yaratadi.
Internetda grifingdan tashqari aynan o‘smir yoshdagilar uchun yana bir qancha xavflar ham bor. Vaqt o‘tgani sayin bolalar va internet muammosi tobora chuqurlashib borayotgan bir paytda, global tarmoqning yashirin xavflariga faqatgina taʼsir tushib qolishni emas, balki ekstremistik xarakterdagi, sekta va turli xil uyushmalar saytlarining foydalanishga ochiqligini, virtual firibgarlikka keng yo‘l qo‘yilganlikni ham ko‘rsatish mumkin. Bolalarning qiziquvchan tabiati ularni yuqorida tilga olingan turdagi saytlarga yetaklashi, bu veb sahifalarda ularning ruhiy yoki jismoniy sog‘lig‘iga xavf soluvchi maʼlumotlarni ko‘rishiga olib kelishi tabiiy. Elektron pochta manzillari orqali olingan xabarlar kuchli ruhiy taʼsir o‘tkazib, bolalarni internet doirasida va undan tashqarida ham jinoyatga undashi hech gap emas. Bank yoki kredit kartochkasidagi hisob raqamlarni bilgan bolakaylar onlayn savdolarda qatnashish imkoni bilan birga kichik o‘yinchoqdan tortib to eng so‘nggi rusumdagi mashina sotib olish huquqiga ega degani. Bu narsa ularni virtual firibgarlarning nishoniga aylantiradi.
Shu sabab, global tarmoq foydalanuvchilari ko‘p bo‘lgan Belorusiyada bu kabi muammolar qator yangi kasblarning vujudga kelishiga ham turtki bo‘ldi. Mazkur yangi turdagi mutaxassislarining vazifasi oilada internetdan foydalanish madaniyatini joriy etadigan hamda bolalarga psixologik, maʼnaviy hamda jismoniy zarar yetkazmaydigan ochiq va xavfsiz axborot makonini yaratishdan iborat.
Shubhasiz, internet bilim va kerakli axborotni olish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi, biroq tarmoqqa joylashtiriladigan katta hajmdagi axborotning barchasini ham ishonchli va foydali deb bo‘lmaydi. Foydalanuvchilar maʼlumotlarning to‘g‘riligini aniq ajrata bilishi uchun tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etilarkan, bu jihat «Internetda bo‘lsa, demak, тўғри» deya fikrlaydigan bolalarga ham tegishlidir. Bu borada ularga internetda xohlagan inson o‘z sahifasini yaratishi, unga har qanday maʼlumotni joylashtirishi va bunda unga hech kim to‘siqlik qila olmasligini vaqtida tushuntirish zarur. Bolalarga keng doiradagi manbalardan foydalanishga yo‘naltirish natijasida faktlarni fikrlardan farqlashga, to‘g‘riligi tasdiqlanmagan axborotdan himoyalanishga ularni o‘rgatish mumkin.
Bugungi kunda Internetdan bilim olish manbai, xususan, din o‘rganish vositasi sifatida ham faol foydalanilmoqda. Lekin shu bilan birga, u Islom dinini har xil ko‘rinishlarda buzib, targ‘ib etish vositasiga ham aylanib qolmoqda.
Agar Internetga diniy bilim olishning bir vositasi sifatida qaralsa, u yerga joylashtirilgan baʼzi bir qo‘shtirnoq ichidagi “islomiy saytlar” musulmonlarning dunyoqarashiga juda ham katta salbiy taʼsir ko‘rsatishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Vaholanki ularni islomiy sayt, deb atash judayam qiyin.
Bugungi kunda internet xalqaro tarmog‘i inson ongiga taʼsir o‘tkazuvchi ulkan axborot quroliga aylanib bo‘ldi va bundan din ham mustasno emas. Har xil internet saytlari orqali din masalasida ig‘vogarlik maqsadlarini ko‘zlagan salbiy axborotlar dindorlarga yetkazilmoqda. Ko‘p hollarda islom dinini niqob qilib olib, musulmonlar ommasiga, ayniqsa yoshlarga islom dinini buzib ko‘rsatuvchi chaqiriq va g‘oyalar ham uchramoqda.
Afsuslar bo‘lsinkim, mana shunaqangi noto‘g‘ri talqin qilishlar sababli ko‘pchilik islom dunyo miqyosidagi jamiyat xavfsizligiga tahdid manbai, degan yanglish fikrga kelmoqda.
Islom dinining bu ko‘rinishda namoyon bo‘lishi terroristik aktlar tayyorlashda “islomiy” tavsiflardan foydalanish, radikal kayfiyatdagi unsurlar va faqat portlatish orqali tasvirlash, garovga olish, o‘zini “shahid” qilish va nomusulmonlarga tajovuzkorona munosabatda bo‘lishlar manfaatdor tomonlarga juda ham qo‘l kelmoqda.
Afsuski, yosh musulmonlarda internetda “yashash”ga bo‘lgan “zamonaviy” intilishlar paydo bo‘lmoqda va bu orqali shubhali manbalardan olayotgan “bilim”lari ularning ongi va xulqiga zarar yetkazadigan holatga olib kelmoqda.
Internet shaxsi noaniq shayxlarning fatvolari, radikal guruhlarning shiorlari, kishilarning dinga bo‘lgan shaxsiy qarashlari va johilona fikrlar bilan to‘lib ketdi.
Ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy tomoni.
Alloh taoloning bandalariga bergan neʼmatlari cheksiz, chegarasizdir. Bu neʼmatlarning ichida vujudga kelishida insonning ham zohiran ishtiroki borlari mavjud. Ana shunday neʼmatlardan biri, hozirgi kunda keng tarqalgan, juda ham qisqa fursat ichida inson hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan, uyali telefon aloqasi vositalaridir. Har bir narsada meʼyor va odob bo‘lganidek, bu vositadan foydalanishning ham o‘ziga yarasha sharʼiy odoblari bor. Har bir neʼmatning shukronasi vojib bo‘lganidek, bu neʼmatning ham shukri lozimdir. Neʼmatning shukri esa, berilgan neʼmatni o‘sha neʼmatni berguvchi Zot rozi bo‘ladigan tarzda tasarruf qilish bilan bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy tomonlari :
Silai rahmni tiklash
Alloh taolo marhamat qilib aytadi:
وَالَّ ذِينَ يصَِلوُنَ مَا أمََرَ ّ ُ بهِِ أنَ يوُصَلَ وَيخَْشَوْنَ رَبَّ هُمْ وَيَخَافوُنَ سُوءَ الحِسَابِ
“Ular Alloh bog‘lanishiga amr etgan narsani bog‘larlar,
Robbilaridan cho‘chirlar va yomon hisobdan qo‘rqarlar.”6 «Alloh bog‘lanishiga amr etgan narsani bog‘larlar”.
Bu ishlarning boshida «silayi rahm”–Qarindoshlik aloqalarini bog‘lash, ularga yaxshilik qilish turadi. Shuningdek, beva-bechora, yetim-esir va barcha muhtojlarga, qo‘yingki, butun mavjudodga yaxshilik qilishlik musulmon insonga vazifa qilib yuklatilgandir
Yaqin kishilarning holidan xabardor bo‘lish, ularga yaxshi so‘z va tilaklarni taqdim etish,
وَقُولُوا لِلنَّ اسِ حُسْناً Alloh taolo marhamat qiladi:
“Odamlarga yaxshi gaplar ayting...”7
Oyatdagi «Odamlarga yaxshi gaplar ayting”, jumlasini tafsir qilib, Imom Hasan Basriy: «Yaxshi gap–amri maʼruf, nahyi munkar, hilmu afv, kechirim va shirin so‘zlardan iboratdir”, deganlar.
وَقلُْ لِعِبَادِي يَقوُلُوا الَّ تِي هِيَ أحَْسَ نُ
Yana Alloh taolo marhamat qilib aytadiki:
“Bandalarimga aytgin, ular eng go‘zal bo‘lgan narsani aytsinlar...”8
Mo‘min-musulmonlar doimo eng go‘zal va eng yaxshi, eng shirin gaplarni aytsinlar. Bu bilan ular yaxshi natijalarga erishadilar.
Hojatni tezroq bitirish bilan vaqtni tejash
Jihozning imkoniyatlaridan foydalanib, Qurʼoni Karim tilovatlari, pand nasihatlarni tinglash, ibratli ko‘rsatuvlarni tomosha qilish, foydali matnlarni mutolaa qilish kabi xayrli yo‘llarda ishlatish
Internetdagi o‘zaro aloqalardan juda ko‘p manfaatlar olish mumkin. Chunki ko‘pchilikning ichida turli narsalarni biladigan, tajribasidan o‘tkazgan kishilar bo‘lishi mumkin.
XULOSA
Mavzu o‘rganish va tadqiq qilish asnosida shunarsa maʼlum bo‘ldiki, ijtimoiy tarmoqlarning foydali tomonlaridan ko‘ra salbiy jihatlari ancha ko‘p ekan. Yuqorida keltirilgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odoblariga amal qilib, internetdan to‘g‘ri foydalanadigan insonlar juda kam ekan.
Ijtimoiy tarmoq deb tarjima qilingan “Sotsialnaya set” so‘zi shuningdek “ijtimoiy to‘r” manosini ham beradi. To‘rga ilingan kishi esa undan chiqib ketishi ancha mushkul.
Boshqa davlatlarda ishlab chiqilgan ijtimoiy tarmoqlarning asosiy zarari, uning bizning madaniyatimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligidir. Bu tarmoqlardagi hayosizlik va bemaʼnilik bizning mintalitetimizga ziddir. Or-nomus, hayo va ibo azal azaldan ajdodlarimizning qoniga singib ketgandir.
Xozirgi kunda yurtdoshlarimiz katta qismi internet va ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan mubtalo bulganlar. O‘ylashimcha, endi buni oldini olish maqsadida internetni mutlaqo o‘chirib qo‘yish to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Inson, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholiga elektron interfaol xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirishni rag‘batlantirish hamda g‘oyaviy-maʼrifiy va maʼnaviy-ahloqiy yo‘naltirilgan milliy internet-resurslar, vebservislar, ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan internet tarmog‘idagi milliy segmentni rivojlantirish sohasidagi meʼyoriyhuquqiy bazani takomillashtirish
Faqat internet saytlar, kitobchalar va qo‘llanmachalar bilan cheklangan holda to‘g‘ri va to‘liq diniy ilm olish va ustiga ustak uni tarqatish esa mutlaqo mumkin emas. Chunki insonlarning tushunishlari, ilm darajasi har xil va har kim o‘qigan va ko‘rganlarini o‘zicha qabul qiladi. Agar inson atrofida undanda ilmliroq kishi bo‘lmasa, u adashishi va boshqalarni ham yillab adashtirib yurishi mumkin, chunki uning o‘zini to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi kishi yo‘q.
Doim yodda tutish keraki, internetdagi har bir o‘qilgan, eshitilgan va ko‘rilgan maʼlumotlarga o‘ylab yondashish lozim.


Download 68,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish