Himoyaga ruxsat etildi


Ijtimoiy tarmoqlarning jamiyatda tutgan o‘rni



Download 68,03 Kb.
bet5/10
Sana16.07.2022
Hajmi68,03 Kb.
#810347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ijtimoiy tarmoq taxdidlaridan ogohlik Oxirgisi2

1.2. Ijtimoiy tarmoqlarning jamiyatda tutgan o‘rni

Bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri Internet olamidagi ijtimoiy tarmoqlarning odamlar hayotida egallayotgan o‘rni . Chunki, hozirda mavjud bo‘lgan tarmoqlardan foydalanmaydigan odam qolmadi hisob. Qancha kuch, vaqt va his- tuyg‘ular mana shu butunjahon o‘rgimchak to‘rida sarf bo‘lyapti va bu narsa Islom olamini ham aylanib o‘tmadi.


Masalan, bundan 30 yil avval bir maʼlumot dunyoni bir marta aylanib chiqishi uchun qariyb 4 soat vaqt talab yetilgan bo‘lsa, bugunga kelib esa bu vaqt atigi 2 daqiqani tashkil etmoqda. Bunday axborot tezligini amalga oshirishda ijtimoiy tarmoqlarning roli beqiyosdir.
Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, “Zamonaviy axborot maydonidagi harakat shunchalar tig‘iz, shunchalar tezkorki, endi ilgarigidek: “Ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q”,deb beparvo o‘tirib bo‘lmaydi. Mana shu shart-sharoitlarning barchasi ham maʼnaviyat, milliy mafkuraning ahamiyatini yanada kuchaytiradi. ...Bugungi kunda g‘oyani, fikrni taqiq bilan, maʼmuriy choralar bilan yengib bo‘lmaydi. G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat maʼrifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin”.
Internet orqali amalga oshiriladigan, katta mablag‘ talab qilmaydigan g‘oyaviy taʼsir va tazyiqni ko‘pincha o‘quvchi, tinglovchi yoki tomoshabinning o‘zi sezmay qoladi. Bunda g‘oyaviy taʼsir yo‘naltirilgan mamlakatlar aholisining xohish-istaklari, tabiati, mavjud muammolari jiddiy o‘rganilgan holda, asosiy diqqat kishilar ongi va dunyoqarashiga taʼsir ko‘rsatishga, shakllangan qadriyatlarni o‘zgartirishga, ularning boshqaruvchilik ahamiyatini kamaytirishga yoki butunlay yo‘qqa chiqarishga qaratiladi.
Bugungi kunda buzg‘inchi oqimlarning g‘oyalarini targ‘ib qilishda internetdan asosiy qurol sifatida foydalanmoqdalar.
So‘ngi yillarda qo‘poruvchi tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib-tashviq qilishga qaratilgan veb-saytlarning soni bir necha barobarga oshgan. Xususan, 10 yil avval bunday saytlar soni 20ta bo‘lsa, bugungi kunda dunyoda qo‘poruvchilar foydalanadigan 7000 dan otriq internet saytlari bo‘lib, ularga xizmat ko‘rsatuvchi portallar soni kundan kunga ortib bormoqda.
Bugun yoshlar axborot himoyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, har qanday xabarning mohiyatini tushunishi, zararidan saqlana olishi zarur.
Inson o‘zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun u yoki bu axborotni eshitar ekan, hech bo‘lmaganda “Bu axborotni kim uzatyapti?”, “Nima uchun uzatyapti?” va “Qanday maqsadda uzatyapti?” degan savollarni o‘z-o‘zigi berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak.
Shundagina turli g‘oyalar taʼsiriga tushib qolish, taqdim etilayotgan maʼlumotlarga ko‘r-ko‘rona ergashishning oldi olinadi. Yoshlarda axborot isteʼmoli madaniyatini shakllantirish, milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga hurmatni kuchaytirish zararli xabar, maʼlumotlarga qarshi o‘ziga xos qalqon bo‘ladi, shaxs dunyoqarashi va xulqida sobitlikni taʼminlashga xizmat kiladi.
Eʼtibor qiladigan bo‘lsak, bugungi kunda OAVda ijtimoiy tarmoqlarni tanqid qilish, ota-onalarni farzandlarini bunday saytlardan foydalanishga ruxsat bermaslikka undaydigan ko‘rsatuv, rolik va chiqishlar ko‘payib bormoqda.
Fikrimizcha, yoshlarni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaslikka emas, to‘g‘ri foydalanishga undash ota-onalarning, ustoz-murabbiylarning asosiy vazifalaridan biri bo‘lishi lozim. Zero, yoshlarni zamon ruhiga mos qilib, shu bilan birgalikda mentalitetimizdan ajratmagan holda tarbiyalash kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasidan maʼlum qilishlaricha, joriy yil birinchi choragi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 10 million kishidan oshgan. Ularning asosiy qismini 25 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi, deya yozadi O‘zA.
O‘zbekistonning rasmiy axborot manbai hisoblanuvchi Milliy axborot agentligi tomonidan eʼlon qilingan maqolada xorijiy ijtimoiy tarmoqlar zararli vosita sifatida talqin etilgan: «Yoshlarni mentalitetimizga yot g‘oya va oqimlarning salbiy taʼsiridan himoya qilish bugun dolzarb vazifa hisoblanadi. Mafkuraviy immuniteti endi shakllanayotgan yoshlar har qanday axborotga beriluvchan bo‘ladi va bu baʼzida ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuni taʼkidlash kerakki, bunday g‘oyalar asosan xorijiy ijtimoiy tarmoqlar saytlari orqali tarqatilmoqda”.
“Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan 2014 yilning mamlakatimizda Sog‘lom bola yili deb eʼlon kilinishi jamoatchiligimiz tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi.
Joriy yilning 19 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risidagi” qarori qabul qilindi.
Dastur yetti bo‘lim va 125 banddan iborat.
“Bolalarni jismoniy va maʼnaviy rivojiga zararli taʼsir ko‘rsatuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunda bolalarni ularning ongini buzuvchi,ruhiy jarohat yetkazuvchi axborot taʼsiridan himoya qilish,ommaviy axborot vositalarida shavqatsizlik va zo‘ravonlik targ‘ibotiga yo‘l qo‘ymaslikning taʼsirchan tashkiliy- huquqiy mexanizmlari ko‘zda tutiladi.”
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti yoshlar o‘rtasida ushbu masalalarga oid maxsus sotsiologik tadqiqot o‘tkazdi. Unda yigirmaga yaqin oliy o‘quv yurti talabalari ishtirok etdi. Ushbu tadqiqotga ko‘ra, hozirgi yoshlar global axborot tarmog‘idan asosan maʼlumot olish maqsadida foydalanadilar. Ekspertlarning fikricha, yoshlarning ko‘p axborotga ega bo‘lishi ularning bilim va dunyoqarashini yuksaltiradi. Biroq ayrim yoshlar xorijiy saytlarga murojaat qilayotgani maʼlum bo‘ldi. Bu milliy saytlarimizni rivojlantirish va internetda yoshlarimizning qiziqishiga mos maʼlumotlarni ko‘paytirishni taqozo
etadi.
«Milliy ijtimoiy tarmoqlarni ommalashtirish O‘znetda zararli g‘oya va axborot tarqalishiga qarshi eng samarali uslubdir. Negaki, ular xorijiy saytlarga nisbatan bir qancha muhim afzalliklarga ega. Birinchidan, O‘zbekiston ijtimoiy tarmoqlari xavfsiz bo‘lib, ularda yashirincha ro‘yxatdan o‘tib bo‘lmaydi. Bu har bir foydalanuvchining o‘zi tarqatayotgan axborot uchun masʼuliyatini oshiradi. Qolaversa, bu internetda foydalanuvchining faoliyatini huquqiy tartibga solish imkonini beradi. Qonuniylik esa huquqiy davlat qurishning muhim omili hisoblanadi”,
O`zLiDeP fraksiyasi deputatlari tashabbusi bilan bugungi kunda «Xavfsiz интернет» loyihasi ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. Loyihaning maqsadi mazkur sohadagi qonunchilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash, voyaga yetmaganlar va yoshlar tomonidan internetdan xavfsiz foydalanishning amaliy mexanizmlari, texnologik usullarini ishlab chiqish va joriy etishdan iborat.
Yoshlar, shu jumladan, maktab, litsey, kollej o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalarining zamonaviy talablari va qiziqishlarini hisobga olgan holda milliy axborot resurslari sifatini oshirish, internet tarmog‘i milliy segmentida yoshlarga oid taʼlim-tarbiya va bilim olishga doir axborot resurslarni rivojlantirishga alohida urg‘u berish kerak. Ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida milliy axborot-izlash tizimini yaratish, mahalliy ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va boshqa zamonaviy axborot resurslarni yoshlarning keng foydalanishi uchun mobil aloqa milliy operatorlari imkoniyatlarini ishga solgan holda shakllantirish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.
Sotsiologik so‘rov natijasiga ko‘ra so‘ralganlarning 29 foizi o‘z mobil telefoni orqali internet xizmatidan foydalanadi. Barchamizga maʼlumki, bugungi kunda android tizimida ishlovchi smartfonlar ko‘payib bormoqda. Hattoki, maktab o‘quvchisida ham ana shu apparatlarni ko‘rish mumkin. Bu smartfonlarni olgan har qanday odam internet, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarga kirib ishlashi tayin. Chunki, mazkur smartfonlar aynan mana shu ijtimoiy tarmoqlarda ishlashni osonlashtirish uchun yaratilgan.Biz internet kafe yoki uydagi shaxsiy kompyuterdan foydalanishni cheklab qo‘yishimiz mumkin, lekin o‘quvchining qo‘lidagi smartfoni orqali nimalardan foydalanayotganligi va qaysi saytlarga kirayotganligini tekshirmaymiz. Bundan kelib chiqib, bir narsani aytish kerakki, bugungi kun o‘quvchisiga «internetda ishlash odobi”ni o‘rgatish kerak bo‘ladi.
So‘nggi yillarda internet siyosiy kurashlar maydoni, turli xil manfaatlarning kuchli quroliga ham aylanib bormoqda. Har qanday to‘siq, cheklov va taʼqiqlarni aylanib o‘tishga moslashtirilgan internet bugungi kunda chinakamiga jilovlab bo‘lmas kuchga aylandi. Hatto internetni yaratib, unga inson zakosining eng so‘nggi kashfiyotlarini jo aylagan olimu mutaxassislar ham uni cheklovchi muayyan mukammal mexanizmni ishlab chiqa olganlari yo‘q. Shu boisdan internet, uning vorislari bo‘lmish ijtimoiy tarmoqlar, qidiruv tizimlari va turli-tuman saytlar masalasi bugun sog‘lom fikrli har qanday kishini jiddiy mushohada yuritishga chorlashi tabiiy. Internet yordamida kunning har qaysi vaqtida foydalanuvchi bilan onlayn aloqa o‘rnatish mumkin. Ustiga ustak undan foydalanuvchilar kun emas, soat sayin ortib bormoqda. Boston Consulting Group tadqiqot markazi olib borgan izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, dunyoning eng yirik to‘rtta mamlakati — Xitoy, Braziliya, Rossiya va Hindistonda ayni damda internetdan foydalanuvchilar soni 610 mlndan oshdi. 2015 yilda esa bu ko‘rsatkich 1,2 mlrdga yetadi. Ularning 60 foizdan ortig‘i 35 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarni tashkil qiladi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, har yili internetdan foydalanuvchilar dunyo bo‘yicha 9-20 foizga ortib bormoqda. Eng qizig‘i, bu o‘sish 35 yoshgacha bo‘lganlar hisobiga taʼminlanmoqda. 2010 yilda TNS tadqiqot markazi tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlardan maʼlum bo‘lishicha, dunyoning 46ta mamlakatidagi 50 ming nafardan ortiq internet foydalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra dunyo mamlakatlari aholisining internetdagi hayoti o‘rganildi. Unga binoan Misr, Saudiya Arabistoni va Xitoy xalq respublikasidagi 55 foiz respondentlar haftasiga 5,2 soat ijtimoiy tarmoqlardan foydalansa, elektron pochtasini tekshirish uchun esa ular 4 soatini ajratishi maʼlum bo‘ldi. Bu kabi raqamlar asl haqiqatdan dalolat emas. Aslida esa ular yanada ko‘proq bo‘lishi ham mumkin. Ekspertlar fikriga ko‘ra internetni siyosatchilar uchun ideal makon deb hisoblash mumkin. Internetdan siyosiy maqsadlarda keng ko‘lamda foydalanish 2001 yilning yanvar oyidan boshlangan. Aniqrog‘i, Filippinda internet orqali 7 milliondan ortiq xatlar elektron pochta orqali tarqatildi. Ushbu xatlarda prezident Jozef Estradaning isteʼfosini talab qilib ko‘chalarga chiqish daʼvat qilingan. 2004 yilda esa bosh vazir Xose Mariyu Asnarning isteʼfosi talab qilingan huddi shu singari elektron xatlar yo‘llandi. Internetdan siyosiy maqsadlar yo‘lida muvaffaqiyatli foydalanish AQSH prezidenti Barak Obamaning saylovoldi tashviqotlarida ayniqsa yaqqolroq namoyon bo‘ldi. Virtual muhokamalarda Obamaning saylovoldi dasturi tahlil qilinib, ko‘plab kishilarning eʼtirofi shu yo‘l bilan qozonildi. Shundan so‘ng dunyoning yana ko‘plab mamlakatlarida ham saylovoldi tashviqotlarda internet imkoniyatlaridan foydalanildi. Internetdan siyosiy maqsadlarda foydalanishning samaradorligi maʼlum bo‘lgach, ko‘pchilik davlatlar uning imkoniyatlarini o‘z maqsadlariga yo‘naltirish payiga tushib qoldilar. Jumladan, baʼzi mamlakatlar rivojlanayotgan, uchinchi dunyo davlatlarida internet orqali soxta demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, aholi o‘rtasida davlat tuzumi va amaldagi hokimiyatga qarshi noroziliklarni keltirib chiqarish, umuman olganda, notinchliklarni vujudga keltirish va boshqa ko‘plab siyosiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga harakatlar boshlandi. Xatto buning uchun katta miqdordagi mablag‘ sarflana boshlandi. Jumladan, joriy yilda AQSH davlat budjetidan “Blogerlar va internet-faollar”ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 25 million AQSH dollari ajratilishi maʼlum qilindi. Bu mablag‘lar ko‘plab mamlakatlarda internet tarmog‘iga kirishni taʼminlash, Twitterda turli tillardagi (xususan, hind, rus va xitoy tillarida) mikrobloglarni ochish uchun sarflanishi belgilandi. Shuningdek, ayrim kuzatuvchilarning maʼlum qilishicha, AQSH davlat departamenti harbiy maqsadlarga yo‘naltirilgan dasturlarni qo‘llab-quvvatlovchilar uchun 70 million AQSH dollaridan ortiq mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, dunyo ommaviy axborot vositalarining maʼlumotlariga ko‘ra baʼzi davlatlar tomonidan “facebook” va Twitter singari ijtimoiy tarmoqlarni maxfiy tarzda boshqarish maqsadida soxta foydalanuvchilarni yaratish, ular yordamida internetda bahs-munozaralar tashkil etish, targ‘ibot ishlarini amalga oshirishi belgilangan.
Internet tobora ommalashgani sayin u ko‘pchilik uchun xavfli hududga aylanib bormoqda. Bugungi kunda internet xakerlar tomonidan dunyoning ko‘plab mamlakatlari hukumat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar internet serverlariga tinimsiz hujumlar uyushtirayotgani haqida maʼlumotlar tarqatilmoqda. Xususan, antivirus dasturlarini ishlab chiqaruvchi McAfee kompaniyasi maʼlumotlariga ko‘ra har kuni 60 ming atrofida kompyuter va tarmoqlar uchun zararli bo‘lgan ana shunday dasturlar ishlab chiqarilmoqda.
Bu raqamlar aslida ko‘proq ko‘rsatkichni qayd etishi ham ehtimoldan holi emas. Xitoy hukumati maʼlumotlariga ko‘ra esa 2010 yil mobaynida davlat va jamoat, moliya tashkilotlari internet tizimlariga 500 mingga yaqin kiber atakalar uyushtirilgan. Eʼtiborlisi shundaki, ushbu hujumlarning aksariyati buyurtma asosida tashkil etilayotgani taʼkidlanmoqda.
Internet haqida so‘z borar ekan, ayni damda ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni va ahamiyati kundan kunga kuchayib borayotganini alohida taʼkidlash o‘rinli. Twitter va Facebook singari ijtimoiy tarmoqlar kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib borayotgani kunday ravshan. Jumladan, Twitter ijtimoiy tarmog‘i bugun millionlar insonlarning doimiy hamrohiga aylandi. Ingliz tili sayramoq, vaysamoq, shivirlamoq so‘zlarini ifoda etuvchi mazkur atama ijtimoiy tarmoqning asosiy xususiyatini o‘zida aks ettirgan. 140tagacha harf, belgi va probellarni o‘z ichiga olgan qisqaqisqa jumla-xabarlar axborotning eng o‘zak qismini ifodalaydi. Twitter auditoriyasi ana shu qisqa axborotlar asosida bo‘lib o‘tayotgan voqeahodisalarni sekundlar ichida kuzatib borish imkoniyatiga ega. Ushbu ijtimoiy tarmoq faoliyat mexanizmi bilan yaqindan tanishar ekansiz, uning axborotlarni (asos-dalilsiz, yolg‘on-yashiq, mish-mish shular jumlasidan) tarqatishning mukammal tuzilishga ega ekaniga guvoh bo‘lasiz. Twitterda axborotlarni o‘qish uchun hech qanday to‘siq mavjud emas. Boshqa foydalanuvchilar manziliga dastlabki tashrif undan hech qanday so‘roq so‘ramasdan, rozilik olinmasdan amalga oshirilishi mumkin. Boshqalar jo‘natgan qisqa xabarlar boshqalar tomonidan qayta jo‘natilishi, izoh va baho (yoqish-yoqmaslik nazarda tutilmoqda) berilishi mumkin. Shuningdek, qisqa xabarlarning batafsil tafsiloti, axborotlarning boshqa ko‘rinishlari (surat, audio-video reportajlar) ilova qilinadi. Qisqa vaqt ichida foydalanuvchi o‘qigan va uning boshqalar tomonidan o‘qilgan “tvit”lari ko‘paygandan ko‘payib boraveradi. Shunchaki qiziqish bilan boshlangan virtual hayot sarguzashtlari shu kabi turli-tumanligi bilan kishini tobora mustahkam iskanjaga ola boshlaydi.
Internet jamoatchilik fikrni egallashga qaratilgan kurashlarni o‘zgartirib yubordi. Endilikda hech qanday kuch sarflamasdan, qarshilik va cheklovlarga duch kelmay osongina omma ongiga taʼsir ko‘rsatish, qarashlarni o‘z manfaatlari sari yo‘naltirish mumkin. Dastlab, ijtimoiy tarmoqlariga maxsus xizmat qiluvchi bloggerlar jamoatchilik ongiga kuchli taʼsir qiluvchi voqea-hodisalarni bo‘rttirib, qo‘shib-chatib yetkazishadi, boshqalar eʼtiborini jalb, ularni ham faol fikr almashishga chorlaydi. Mish-mish, bo‘xtonu yolg‘on yetarlicha darajada tashkil etilgach amaliy yo‘lga o‘tiladi.
Barcha muayyan belgilangan joyga to‘planishga, voqea-hadisaga nisbatan javobgarlik talab qilinishga undaladi. Shu tariqa internet orqali tanishgan bir-biriga begona bo‘lgan bekorchilar to‘dasi shakllanadi. Bloggerlar esa olov ustiga moy sepishda davom etaveradi. qarabsizki, jamoatchilik, ongu shuuridan ayrilgan olomon buyurtmachilar nog‘orasiga uyinga tusha boshlaydi. Ijtimoiy saytlar, mikrobologlar hodisalar kiber makondan real makonga ko‘chganidan so‘ng yanada faolroq ishlashni boshlaydi. Voqea joyidan to‘g‘ridan to‘g‘ri reportajlar — mobil vositalari orqali audio, video va foto lavhalar tayyorlanib, eng taʼsirlilari ijtimoiy saytlarga joylashtirilib boriladi. Ayrim davlatlarda bo‘lib o‘tgan hodisalar maxsus suratga olish maydonlarida sunʼiy ravishda hosil qilingani kishini o‘ylantiradi. Shu yo‘l bilan kishilar haqiqat bilan yolg‘on o‘rtasidagi chegarani payqashdan mahrum bo‘lib qolmoqda.
Internet butun dunyoni egallab olgan tarmoq ekani barchaga maʼlum. Siz o‘tirgan joyingizda dunyoning narigi chetidagi kishi bilan “yuzma-yuz” o‘tirib suhbatlashasiz, o‘zaro fikr almashasiz. Shunday ekan, turli saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, forum va chatlardagi “tanish”laringiz haqida haqqoniy maʼlumotga ega bo‘lishingiz ishonchsiz. Siz esa kiber do‘stlaringizga shaxsiy hayotingiz, o‘y-kechinmalaringiz, nozik tuyg‘ularingiz haqidagi barcha maʼlumotlar, sirlaringizni ishonib aytaverasiz. Ularning daldasi, shirin aldovlari, soxta mulozamatlari kun sayin sizni internet bilan mustahkamroq bog‘layveradi. Borib-borib internetsiz yashay olmay qolasiz. U sizning ikkinchi hayotingizga aylanib, barcha real narsalar, hayotiy haqiqatlardan uzoqlasha borasiz. Bu esa internetga sizni boshqarish imkoniyatini tuxfa etadi. Shu o‘rinda har qanday axborot xurujlari, ommaviy madaniyat xavfidan himoyalanmagan internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy taʼsiridan butun millat, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodni himoya qilish har bir ongli insonning muqaddas burchi ekanini taʼkidlash lozim. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bergan maʼlumotlarga qaraganda yurtimizda 2012 yilning avvalida internetdan foydalanuvchilar soni 8 mln nafardan oshib ketdi. Ularning aksariyati ushbu xalqaro tarmoqqa mobil aloqa vositalari orqali tashrif buyurgan. Zamonaviy axborot texnologiyalariga talabning kundan kunga ortib borayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, bugun bu ko‘rsatkich yanada ortib, yanada kengroq ko‘lamni o‘zida ifoda etganiga shubha yo‘q. Eng ahamiyatli jihati shundaki, ularning aksariyati yuqorida tilga olingan xorijiy saytlar va ijtimoiy tarmoqlarga tashrif buyurmoqda. Bu esa, ular o‘rtasida internet va ijtimoiy tarmoqlarning foyda-zararidan boxabar qilish, ongu tafakkurini g‘arazli maqsadlarga yo‘naltirilgan xurujlardan himoya qilishni taqozo etadi.
“Arab bahori”da ijtimoiy tarmoqlarning tutgan o‘rni
“Arab bahori” deb nom olgan inqilobchilar harakati o‘z maqsadlarigaa yetishish yo‘lida eng avvalo axborot tarqatuvchi tizimlardan keng miqyosda foydalandi. Bunda ularga asosan OAV telekommunikatsiyasi, yashirin reklama, imkoniyatlari keng telefonlar hamda internetning barcha ijtimoiy saytlar, bundan tashqari “fleshmob” usuli juda qo‘l keldi.
Bugun biz internetga oid so‘zlar ichida “FLESHMOB” degan atamaga ko‘p duch kelmoqdamiz. Bu so‘z nima haqida ekanini aniqlashdan avval uning lug‘aviy maʼnosiga eʼtibor qaratsak!
“FLESHMOB” so‘zini tarjima qilganda, ingliz tilidan “flashmob” “lahza-olomon” degan maʼnoni anglatadi. Yaʼni, flash-uchqun,chaqmoq va mobolomon, odam to‘pi, to‘dasi so‘zlari birikmasidan iborat atamadir.
Yana bir qiziqarli maʼlumot shundaki, “mob” so‘zi nemis tilida “ifloslar,marazlar,yaramaslar” degan maʼnoda ham keltirilgan. Shundan kelib chiqadiki,ushbu so‘z “yaramaslar to‘dasi” degan maʼnoni ham berishi mumkin.”
Ushbu so‘z “ommabop harakat” degan maʼnoni ham anglatadi.
“FLESHMOB” ayrim g‘arazli va buzg‘inchi kuchlar qo‘lida kuchli qurol vazifasini bajaradi. Ular shu yo‘l bilan davlatlar o‘rtasida nizolar paylo qilish, qolaversa, mamlakatlarda ichki tartibsizliklarni keltirib chiqarib, millatlar o‘rtasiga sovuqchilik tushirish niyatidalar. Bu bilan butun dunyoda xalq harakaatlari, olomon to‘dasini va “yaramaslar to‘dasi”ni taashkil qilib, chetdan kuzatib turgan holda, maqsadlariga yetishni ko‘zlaydilar.
“Fleshmob” tadbirining asosiy sharti uning kutilmaganda,qo‘qqisdan o‘tkazilishidir. Shuningdek “fleshmob”da tashkiliy rahbar yoki qo‘mita ham, boshliq ham bo‘lmaydi.”3
2011 yili Shimoliiy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida “arab bahori”-ommaviy noroziliklar va davlat to‘ntarishlarini takil etishda ijtimoiy tarmoqlar katta ish ko‘rsatganini bugun ko‘plab tahlilchilar, tartibsizliklarning bevosita ishtirokchilari va jahon hamjamiyati eʼtirof etmoqda.
Tunis.
Ayrim OAVlari Tunisdagi voqealarni “tvitter-inqilob” deb atadilar, chunki muxolifatchilar harakatlarini muvofiqlashtirish uchun ijtimoiy internet-saytlaridan foydalanishgan, WikiLeaks esa Tunis hukumatini obro‘sizlantiruvchi maʼlumot eʼlon qilgan. Ushbu saytlar taʼsiriga baho berer ekan, RIA “Novosti” 2011 yil yanvaridayoq ular yordamida “bemalol inqilob uyushtirish mumkin”ligini qayd qilgan edi.
Tunisda avval boshda baʼzi “isyonkor gazetalar” yopib qo‘yildi yoki nazoratga olindi, jurnalistlar qamoqqa tashlandi, televideniyega namoyish va g‘alayonlarni ko‘rsatish taqiqlandi. Ammo yangi bir tarmoq-Twitter, Facebook vaYouTube haqida unutib qo‘yishdi. Aynan shular voqea joyidan xabar berib, qayerga borish kerakligi,qayerda qo‘shimcha kuchlarga ehtiyoj borligi, joylarda nimalar bo‘layotgani haqida maʼlumotlar berib turishdi.
Shunga qaramasdan, Tunis hukumati internet nazoratini amalga oshirdi. Mamlakatdagi faol isyonchilardan biri Bashir Bdaguyning so‘zlariga ko‘ra, u tashkil etgan Freetunisia.org muxolif saytiga kirish 12 soatdan keyin yopib qo‘yilgan. Shundan keyin Blaguy aynan shunday nomdagi ikkinchi Facebook ijtimoiy tarmog‘ini rasmiylashtirdi., u ham to‘sildi. Ammo tunislik foydalanuvchilar unga kirish uchun maxsus ilovani qo‘llaydilar. Shundan keyin hukumat nafaqat internet, hatto uyali aloqani ham o‘chirib qo‘ydi. Ammo kech bo‘lgan edi..

Misr.
Misrdagi g‘alayonlarda Twitter mikroblogining xizmati va Facebook ijtimoiy tarmog‘ining taʼsiri, ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘ldi. Yaʼni, namoyishchilarning biror bir layoqatli rahnamosi bo‘lmagani holda, mazkur ijtimoiy tarmoqlar amalda qo‘zg‘olonning tashkilotchilari va yo‘lboshchilari vazifasini o‘tashdi. Ommaviy namoyishlar boshlanishidan avval bir necha kun mobaynida mazkur xizmatlarning Misr yo‘nalishida keskin faollik kuzatildi, qo‘qqisdan ko‘plab norozilik guruhlari vujudga kela boshladi, qo‘zg‘olonning muddati -25 yanvar sanasi ham to‘satdan belgilandi.
Internet-servis tomonidan kutilayotgan xavfga Misr hukumati Tunisga nisbatan ancha jiddiy munosatbatda bo‘ldi. “hukumatga qarshi kayfiyatlarkatalizatori” sifatida Twitter va Facebook Misrda ommaviy tartibsizliklarning ikkinchi kuniyoq to‘sib qo‘yildi.
Ammo muxolifatchilar taqiqlarni chetlab o‘tish yo‘llarini topdilar. Jumladan, Twitter sayti va uning ilovalari to‘silganidan keyin ham ular Twitter saytiga bevosita murojaat qilmaydigan chetki ilovalar hamda SMS xabarlar yordamida unda o‘z yozuvlarini qoldirishga muvaffaq bo‘ldillar. Internet o‘chirilganidan keyin,Google kompaniyasi Misr uchun maxsus ovozli telefon aloqasi orqali Twitter servisidan foydalanish tizimini ishlab chiqdi.

Download 68,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish