SixDegrees SixDegrees sayti 1997-yili Endryu Veynreyx tomonidan ishga tushirilgan va birinchi zamonaviy ijtimoiy tarmoq bo‘lgan. Bu tarmoqning maqsadi «Sixdegreesseparation” yaʼni “oltita tanish darajasi” nazariyasini isbotlash edi. Bu ijtimoiy aloqalarni o‘rganishda asosiy teoriyalardan biri hisoblanadi. Uning mohiyati yer yuzidagi xohlagan ikki kishining bir biri bilan ko‘pi bilan olti kishi yordamida bog‘liqligidan iborat.2 Bu sayt foydalanuvchilarga profil yaratish va boshqa ishtirokchilar bilan do‘stlashish imkonini yaratib bergan.
Bugungi kunda bu sayt foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishini to‘xtatgan bo‘lsa ham, bir paytlar u juda mashhur bo‘lgan va taxminan bir million foydalanuvchisiga ega bo‘lgan.
2000-yilda 125 million dollar evaziga sotib olingan. 2001-yilga kelib esa bu sayt o‘z faoliyatini to‘xtatgan.
AsianAvenue, MiGente, BlackPlanet Bu saytlar SixDegrees ishga tushgandan keyin 1997- 1999 yillar orasida paydo bo‘lgan. Ular ham foydalanuvchilarga profil yaratish va boshqa ishtirokchilar bilan do‘stlashish imkonini yaratib bergan. Ko‘pincha do‘stlarni qo‘shish faqat bir tomonlama bo‘lgan yaʼni, ikkinchi tomonning tasdiqlashi shart bo‘lmagan. Bu saytlar ijtimoiy tarmoqlarning dastlabkilari bo‘lishiga qaramay baʼzi yangiliklarni kiritgan.
LiveJournal Bu sayt 1999-yilning 18 mart kuni programmist talaba Bred Fitspatrik tomonidan ishga tushirilgan. U bloglarni doim yangilab turish imkonini beruvchi ijtimoiy tarmoq sifatida yaratilgan edi.
LiveJournal birinchi bo‘lib foydalanuvchilarga guruhlar yaratib unda bir birlari bilan muloqot qilish imkonini berdi. Shu bilan u bugungi kunimizdagi zamonaviy ijtimoiy tarmoqlar uchun asos sifatida xizmat qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarning oldinga qo‘ygan katta qadami 2000-yillarning boshlari ijtimoiy tarmoqlarning katta o‘zgarishlarini olib keldi.
Friendster 2002-yilda Djonatan Abramsom tomonidan ishga tushgan bu sayt bugungi kunimizda ham aktiv ijtimoiy tarmoq hisoblanadi va 90 million foydalanuvchisiga ega. Har oy 60 milliondan ziyod foydalanuvchi ushbu saytga kiradi. Ro‘yxatdan o‘tganlarning 90% Osiyga to‘g‘ri keladi.
Bu sayt ishtirokchilarga do‘stlarini, do‘stlarining do‘stlarini topishga imkonini berdi. Shu bilan tarmoq keng tus oldi.
Friendster boshqa ijtimoiy tarmoqlar singari bir xil qiziqishga ega ishtirokchilarni do‘stlikka taklif qilmadi, balki umumiy do‘stga ega kishilar do‘slar ro‘yxatiga qo‘shish taklifini berar edi. Zero, begonalarning do‘stlashib ketishiga qaraganda umumiy do‘stga ega ishtirokchilarning do‘stlashib ketishi oson bo‘ladi. Bu o‘ziga xoslik faoliyatining birinchi uch oyida 3 million foydalanuvchi yig‘ish imkonini berdi. Xozirgi vaqtda bu tarmoqda 115 million kishi ro‘yxatdan o‘tgan.
Bu saytning uch guruhi juda ommabop bo‘ldi: livotachilar guruhi, “BurningMan” guruhiga tashrif buyuruvchilar va bloggerlar.