Bog'liq Ijtimoiy tarmoq taxdidlaridan ogohlik Oxirgisi2
LinkedIn 2002 yilning dekabr oyida Rid Xoffman tomonidan ixtiro qilingan va 2003-yili ishga tushgan. Bu sayt biznesga qaratilgan birinchi tarmoq bo‘ldi.
Dastavval LinkedIn foydalanuvchilarga profil yaratish va shaxsiy yozishmalar orqali muloqot qilish imkonini berar edi. Shiningdek , tarmoq orqali siz bog‘lanayotgan ishtirokchi bilan shaxsan tanish bo‘lish kerak ekanligini ko‘zda tutar edi.
Vaqt o‘tishi bilan boshqa imkoniyatlar ham qo‘shildi. Guruhlar, savol javob forumlari, shaxsiy profil imkoniyatlarini kengaytirilishi shular jumlasidandir.
Bugungi kunda tarmoqda 200 million kishi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ular 200 davlatdan bo‘lgan 150 ta biznes tarmoqlarini(sohalarini) tashkil qiladi
MySpace 2003-yili ishga tushgan va 2006-yilga kelib jahondagi eng ommabop ijtimoiy tarmoqqa aylandi. Bu sayt foydalanuvchilariga o‘z profillarini xohlaganlaricha o‘zgartirish imkonini berish bilan boshqa tarmoqlardan farq qildi. Ishtirokchilar shuningdek saytga musiqa va video fayllarini qo‘shish imkoniga ega bo‘ldilar.
2009 yil bu tarmoq jahon reytingida 5 o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2013 yilning boshlarida esa 229 o‘ringa tushib ketdi va kun sayin o‘z shuxratini yo‘kotib boryapti.
Facebook 2004-yili bu sayt Mark Sukerberg tomonidan faqat Garvard talabalari uchungina yaratilgan bo‘lsa ham tezda boshqa universitet va maktablarga, 2006 yilga kelib esa butun jahonga tarqagan.
2008 yilga kelib bu tarmoq MySpace dan o‘tib ketadi va jahondagi birinchi raqamli ijtimoiy tarmoqqa aylandi. 2011 yilda tarmoqdan aktiv foydalanuvchilar soni 700 million kishidan ortdi.Ushbu sayt
foydalanuvchilari xozirgi kunda ham o‘sishda davom etyapti.
So‘nngi ikki yil ichida Facebook baʼzi yangi imkontyatlarni ishga tushirdi. Tezkor xabar jo‘natish imkoniyatlari shular jumlasidandir.
Foydalanuvchilar bir birlari bilan muloqot qilishlari uchun bir necha imkoniyatlar yaratilgan. Ular uchun shaxsiy yozishmalar; do‘stlarining lavhalariga qaydlar qoldirish. Bu qaydlarni faqatgina do‘stlari o‘qiy oladilar, begonalarga esa ko‘rinmaydi. Shuningdek foydalanuvchilar barcha do‘stlariga ko‘rinadigan postlar yozishi va bu postlarga boshqalar izoh qoldirishi imkoniyatga ega. Yoki ko‘pgina hollarda bo‘lganidek shunchaki ostidagi nravitsya tugmasini bosib uni boshqalarga tarqatishi mumkin.
Twitter 2006 yil Djek Dorsi Twitter loyihasini ishga tushirdi. Bu tarmoq tezda o‘z muxlislariga ega bo‘ldi. Twitterning o‘ziga xosligi shundaki, foydalanuvchilar unda faqatgina qisqa (140 ta belgigacha) nomalar jo‘natash imkoniga ega. Dastavval loyiha maqsadi kishiga “xozir nima qilyapsan”, “nima ish bilan bandsan” kabi qisqa savollarga javob berish imkonni berish edi. Javob esa ushbu foydalanuvchiga bog‘langan barcha odamlarga yetkazilar edi. Bu yangilik tezda foydalanuvchilari sonini ko‘paytirishga xizmat qildi.
Shunday qilib 2010 yildan boshlab saytda surat va videofayllarni tomosha qilish imkoni paydo bo‘ldi. Xizmat ko‘rsatish tezligi oshdi. Xozirgi vaqtda bu tarmoq jahondagi eng ko‘p tashrif buyuruvchisi bo‘lgan birinchi o‘ntalikka kiradi.
Rus tiliga ixtisoslashgan ijtimoiy tarmoqlar 2006 yildan boshlab ommalasha boshladi. Aynan shu yili odnoklassniki.ru va Vkontakte saytlari o‘z faoliyatlarini boshlashdi. Facebook va Twitter o‘z saytlarining rus tilidagi ko‘rinishlariga ega bo‘lgandan keyin esa ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar soni keskin ko‘payib ketdi.