Himoyaga ruxsat etildi


II.BOB. Ijtimoiy tarmoqlarga oid sharʼiy hukmlar



Download 68,03 Kb.
bet7/10
Sana16.07.2022
Hajmi68,03 Kb.
#810347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ijtimoiy tarmoq taxdidlaridan ogohlik Oxirgisi2

II.BOB. Ijtimoiy tarmoqlarga oid sharʼiy hukmlar.
2.1. Ijtimoiy tarmoqlarga oid odoblar va hukmlar.
Internetda chat, forum, feysbuk, tvitter kabi o‘zaro aloqa olib borishga xizmat qiluvchi vositalar orqali kishilar bir-birlari bilan yozishma, so‘zlashma, suratli muloqotlar olib borish imkoniyatlariga ega bo‘lishgan. Ular ushbu imkoniyatlarni ishga solib, ko‘pgina hojatlarini ro‘yobga chiqarish, maʼlumot almashish, bilmaganini so‘rab o‘rganish, yangi do‘st va sheriklar orttirish kabi ko‘pgina manfaatlarga ega bo‘lishmoqda.4
Internetda bo‘layotgan muloqotlar davomida turli ko‘ngilsiz holatlar yuz bermasligi uchun musulmon kishi bu boradagi sharʼiy odoblarga rioya qilmog‘i lozimdir.
Internet orqali o‘zgalar bilan aloqa qilishda niyat yaxshi bo‘lishi darkor.
Albatta, har ishda bo‘lgani kabi internetda ishlash va ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilganda niyatni to‘g‘ri qilish kerak bo‘ladi.
عن عمر بن الخطاب رضي ﷲ عنه قال : قال رسول ﷲ ﷺ : " إنما الأعمال بالنيات وإنما لكل امرئ ما نوى فمن كانت هجرته إلى ﷲ ورسوله فهجرته إلى ﷲ ورسوله ومن كانت هجرته إلى دنيا يصيبها أو
امرأة يتزوجها فهجرته إلى ما هاجر إليه ( متفق عليه
Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sallollohu alayhi vasallam aytdilar: "Albatta amallar niyat bilandir. Har bir kishi uchun niyat qilgan narsasi bo‘ladi. Kimning hijrati Alloh va rasuli uchun bo‘lgan bo‘lsa bas uning hijrati Alloh va uning rasuligadir. Kimning hijrati dunyo uchun bo‘lgan bo‘lsa unga yetadi. Ayolga bo‘lsa unga uylanadi. Uning hijrati hijrat qilgan narsasiga muvofiqdir".
Internet orqali o‘zgalar bilan aloqa qilishda o‘ziga tanlagan Nik yaʼni ism yoki taxallusning go‘zalligiga eʼtibor berish kerakdir.
Internetdagi o‘zaro muloqotlarda har bir kishi o‘ziga maʼlum Nik yaʼni taxallus qo‘yib olishi odat tusiga kirgan. Aslida esa o‘z ismi bo‘lgani yaxshi albatta. Taxallus tanlaganda chiroyli va zavq bag‘ishlaydigan ismlarni tanlash kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonlarning ismlari umidbaxsh, ezgulikni ifoda qiladigan bo‘lishiga katta eʼtibor berganlar.
Internet orqali o‘zgalar bilan aloqa qilishda namoz vaqti chiqib ketmasligini inobatga olish kerak.
فَوَ يْلٌ لِلّْمُصَلِيّنَ (4) الَّ ذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ
Alloh taolo aytadi:
“Bir «namozxonlar”ga vayl bo‘lsinki. Ular namozlarini unutuvchilardir.”
Ibn Jarir Tabariy keltirgan rivoyatda, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan ushbu oyat haqida so‘ralganda, ular namozni o‘z vaqtidan orqaga suradiganlar, deganlar.
Sizga kelgan har qanday xatni boshqalarga tarqatish kerak, deyilsa, tarqatavermaslik kerak.
Baʼzan Islomiy iboralar aralashgan maktub keladi. Unda bu xatni shu kechaning o‘zida faloncha kishiga tarqatishingiz kerak. Shunda undoq bo‘ladi, bundoq bo‘ladi. Agar qilmasangiz bunday bo‘ladi, unday bo‘ladi, deb yozilgan bo‘ladi. Allohning huzuridagi faloncha savobni sizga o‘zlaricha vaʼda qilishadi. Aslida bu narsalarning bari yolg‘on bo‘ladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir eshitgan narsasini gapiraverish kishining yolg‘onchiligiga kifoya qiladi”, deganlar.
Xususan, Islom nomidan kelgan xabarni rost, to‘g‘ri ekanini aniqlamay turib uni o‘zgaga yubormang.
يَا أيَُّ هَا الَّ ذِينَ آمَنُوا إِنْ جَاءَكُمْ فَاسِقٌ ب نَِبَإٍ فَتبََيَّ نوُا
Alloh taolo aytadi:
“Ey iymon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab ko‘ringlar...”
Bu oyati karima musulmonlar hayotidagi eng muhim masalani muolaja qiladi. U ham bo‘lsa, xabarni qabul qilish masalasi. Agar xabar Allohdan va Payg‘ambar alayhissalomdan bo‘lsa, so‘zsiz qabul qilish vojibdir. Qabul qilmaganlar gunohkori azim, kofir bo‘ladilar. Endi odamlardan xabar qabul qilishga kelsak, bu bir necha turga bo‘linadi. Avvalo, xabarchi dinda, so‘zida o‘ta ishonchlik kishi bo‘lsa, uning xabari qabul qilinadi. Xabar beruvchining holi nomaʼlum-ishonchli yoki ishonchsizligi aniq bo‘lmasa, misol uchun, xabarchi notanish yoki hozirgacha xabari sinab ko‘rilmagan odam bo‘lsa uning xabari tekshirilmay turib qabul qilinmaydi. Boshqa ishonchli manbalardan xabarning to‘g‘riligi sobit bo‘lsagina qabul qilinadi.,
Kishilarga xat yozishda ham odob-axloq, shariʼat chegaralariga rioya qiling.
Uyat, behuda, nosharʼiy maʼnolarni yozib, gunoh orttirmang. Zero og‘zaki nutq bilan yozma nutqning hukmi barobardir. Nomahram shaxslarga zaruratsiz xat yozish hukmi ham shunday. Bu hozir ko‘pchilik mubtalo bo‘lgan ofatdir. Ammo musulmon kishi ko‘pchilikka emas, haqqa qarab ish ko‘radi. Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhu: «Jamoat haqqa muvofiq kelgan narsadir, agarchi bir o‘zing bo‘lsang ham”, - deganlar.
Internet orqali o‘zgalar bilan aloqa qilishda shariat ruxsat bergan narsalarga amal qilib, man qilgan narsalardan chetda bo‘lish kerak.
Baʼzi kishilar muloqot holati o‘zgargani tufayli internetdagi muomalalarga yengil qarashadi, bu esa mutloqo noto‘g‘ridir.
Alloh taolo aytadi:
«U zot ko‘zlarning xiyonatini ham, dillar yashirgan narsalarni ham bilur”.
Alloh taolo aytadi: «Kim Alloh harom qilgan narsalarni rioya qilsa, bu uning o‘zi uchun Robbi huzurida yaxshidir”.
Internet orqali o‘zgalar bilan aloqa qilishdan faqat yaxshi va solih narsalarni eʼlon qilib, shundaylarni o‘qish.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir yaxshilikka dalolat qilsa, unga o‘shani qilgan kishining ajridek savob bor”, deganlar.
Internet orqali o‘zgalar bilan aloqa qilishdan yaxshilik va taqvoda hamkorlik qilish hamda yomonlik va dushmanlikda hamkorlik qilmaslik shior qilib olinishi kerak.
Alloh taolo Moida surasida 2 oyatida marhamat qiladi:
وَتعَاَوَنوُاْ عَلىَ الْبرِّ وَالتَّ قْوَى وَلاَ تعَاَوَنُواْ عَلَى الإِثْمِ وَالْعدُْوَا نِ
Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkorlik qilmang.5
Ushbu mo‘ʼjazgina jumla dunyodagi barcha hamkorliklar uchun asosiy qoida hisoblanadi. Islomda hamkorlikning bosh sharti yaxshilik va taqvodir. Agar mana shu shart topilsa, hamma bilan hamkorlik qilinaveradi.
Internet orqali o‘zgalar bilan aloqa qilishdan foydali maqsadni ko‘zlash va befoyda ishlardan chetda bo‘lish lozim.
Musulmon inson o‘ziga berilgan umr neʼmati aziz ekanini, undan unumli foydalanish o‘zining muqaddas burchi ekanini, oxiratda uning har bir lahzasidan so‘ralish borligini bir zum ham unutmasligi darkor. Shu eʼtibordan internetga kirib olib, behuda narsalarga soatlab vaqt sarflash qattiq qoralanadi.
Ali ibn Husayn roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, kishining o‘zi uchun befoyda narsalarni tark qilishi Islomining husnidandir”, dedilar”.
Alloh taolo aytadi: « Ularning ko‘plab maxfiy suhbatlarida yaxshilik yo‘q, magar sadaqaga, maʼrufga va odamlar orasida islohga buyurgan kishigina bundan mustasno. Kim buni Allohning roziligi uchun qilsa, albatta, unga ulkan ajr berurmiz”.
Internet orqali o‘zgalar bilan aloqa qilishda nomahramlar masalasida juda ehtiyot bo‘lish lozim.
Nomahramlar bir-birlari bilan shariat bo‘yicha oddiy holatlarda o‘zlarini qanday tutishsa, internetda ham shunday yo‘l tutishlari kerak. Shariat qoidalariga amal qilgan holda ilmiy maʼlumotlar almashishsa, bilmagan narsalarini so‘rab javob olishsa, shunga o‘xshash beg‘araz maqsadlarini amalga oshirishsa, hechqisi yo‘q.
Alloh taolo marhamat qiladi: «Albatta, quloq, ko‘z va qalb – ana o‘shalar barchasi, so‘ralajak narsalardir”.
Internet orqali o‘zgalar bilan aloqa qilishda yolg‘on ishlatmaslik, soxtakorlik ila uydirma xabarlar, suratlar va videolavhalar tarqatmaslik talab etiladi.
Internetdagi imkoniyatlar ko‘payib ketganini baʼzilar suisteʼmol qilishga o‘tishgan, yolg‘on xabarlar, suratlar va videolavhalar tarqatishga odatlanishgan. Bunda o‘z maqsadiga erishish ham, odamlarni mayna qilish ham, yaxshilikka chaqirish niyati bo‘lishi mumkin. Ammo nima bo‘lganda ham, buni qilmaslik kerak. Islomda bu kabi ishlar qattiq qoralanadi.
Internet orqali o‘zgalar bilan aloqa qilishda xuddi ko‘z ko‘zga tushib turgandek, o‘zini odob va axloq ila tutish lozim.
Bu xildagi aloqa ko‘pchilik bilan bo‘layotganini zinhor unutmaslik kerak. Mazkur aloqa yozishma orqali bo‘lsa, yozuv qoidalariga to‘liq amal qilib, o‘zining yuksak madaniyatini ko‘rsatish kerak. Yozuvlarning bexato ekanini tekshirib ko‘rishi lozim. Agar aloqa ovozli yoki suratli bo‘lsa, buning ham rioyasini qilish kerak. Musulmon kishidan chiroyli va madaniyatli bo‘lib ko‘rinish va so‘zlash talab etiladi.
Internet orqali o‘zgalar bilan aloqa qilishda notanish kishilarni «siz”lab, ularga alohida hurmat ko‘rsatish kerak.
Vokeʼlikda ham shunday bo‘ladi. Notanish kishi bilan aloqaga kirishganda, hurmatini joyiga qo‘yib, alohida ahamiyat va eʼtibor bilan muomala qilinadi.
Internet orqali o‘zgalar bilan aloqa qilishda bahs-munozara har qancha qizisa ham, birovga ozor berishga bormaslik kerak.
Baʼzi odamlar haddidan oshsa ham, musulmon odam o‘zini bosishi va o‘zidan ketganlarga eʼtibor bermasligi va ularga nasihat qilishi lozim. Mingta baqir-chaqirdan ko‘ra bitta hikmatli so‘z ustun turishini biror daqiqa ham unutmaslik zarar.
Internet orqali o‘zgalar bilan aloqa qilishda behuda tortishuvlarga yo‘l qo‘ymaslik, beodobliklarga qarshi kurashish yaxshi ishdir.
Baʼzi odamlar behuda tortishishga o‘ch bo‘ladi. Tortishish uchungina bahsmunozaralar qo‘zg‘aydi. Musulmon kishi ana shundaylar toifasidan bo‘lmasligi lozim.
Reja asosida foydalanish
Har bir ish reja asosida bo‘lasa unda olg‘a siljish bo‘ladi. Shuningdek, ijtmoiy tarmoqlardan foydalanishda ham qilmoqchi bo‘lgan ishlarini aniqlashtirib olish lozim, aks holda kompyuter qarshisida uzoq vaqt davomida qolib ketish mumkin.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Banda qiyomat kuni to‘rt narsa haqida so‘ralmasidan turib oyog‘i o‘rnidan jilmaydi: umridan, uni nimaga sarf qilgani, ilmidan nimaga amal qilgani, moldunyosidan uni nimaga xarajat qilib, qayerdan topgani, jismidan uni nima uchun fido etgani”.
O‘qigan maʼlumotlarni boshqalarga bildirmoqchi (xabar ostidagi klass, nravitsya, like kabi tugmalarni bosmoqchi) bo‘lgan kishi avvalo o‘sha maʼlumotning to‘g‘ri ekanini tekshirib ko‘rishi kerak.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «Har bir eshitgan so‘zini aytishligi kishining yolg‘onchiligiga kifoya қилади» (Muslim rivoyati).
Alloh taolo aytadi: « Qachonki ularga eminlik yoki haq to‘g‘risida bir ish–xabar yetsa, uni taraturlar. Agar uni Payg‘ambarga va o‘zlaridan bo‘lgan ishboshilarga havola qilganlarida edi, ulardan ish negizini biladiganlari uni anglab yetar edilar. Allohning fazli va marhamati bo‘lmaganda, ozginangizdan boshqangiz shaytonga ergashib ketar edingiz.» (Niso: 83).
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlari shu oyat tafsirida yozadi: «Baʼzi kishilar biror xabarni eshitishlari bilan hamma yoqqa tarqatishga shoshiladilar. Bundan musulmonlarga foyda bormi, zarar bormi–o‘ylab o‘tirmaydilar. Mazkur xabarni tarqatish musulmonlar uchun yaxshimi yoki tarqatmaslik yaxshimi–o‘ylab ko‘rmaydilar. Oqibatda dushmanlar «sovuq уруш» (qurolsiz urush) deb nomlangan qabohatni ishga solib, turlituman yolg‘onlarni to‘qib chiqaradilar. Musulmonlar ichida g‘ulg‘ula, kelishmovchilik tarqatadilar. Ruhiy, maʼnaviy quvvatlarini sindiradilar. Agar musulmonlar o‘z dinlariga amal qilsalar, bunday laqmalik, nodonlik qilmas edilar. Eshitgan gaplarini darhol yoymas edilar. Chunki, Islom hukmi bo‘yicha, eshitgan gapini tarqataverish mumkin emas.
Ayniqsa, bu odob hozirgidek fitna va notinchliklar davrida g‘oyat muhimdir.
Kishiga internetdan to‘g‘ri foydalanishda, uning yomonliklaridan saqlanishda eng katta yordamchi – Alloh azza va jallaning kuzatib turganini, U zot hamma narsadan voqif ekanini doim his qilib turishidir.
Oqil odam shu maʼnoni aslo xayolidan qochirmasligi, Allohning huzurida g‘ayb – yashirin narsaning o‘zi bo‘lmasligini doim yodda tutishi lozim. Shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, kim yashirincha qilgan ishini ko‘zdan maxfiy qolib ketaveradi deb o‘ylasa, xoh yaxshi, xoh yomon ish bo‘lsin, Alloh uni baribir ochib qo‘yadi. Mukofot amalning jinsidan bo‘ladi: «Kimki yomon amal qilsa, uning jazosini олур» (Niso: 123).
Yosh farzandlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga ruxsat berishga shoshilmaslik lozim.
Unga darhaqiqat zarur bo‘lsagina, uning ushbu risolada zikr qilinayotgan sharʼiy odoblarga qatʼiy rioya qilishiga ko‘z yetsagina, ijozat berish mumkin.
Alloh taolo: «Ey iymon keltirganlar! O‘zingizni va ahlingizni yoqilg‘isi odamlar va toshdan bo‘lgan do‘zax azobidan saqlang!» degan. ushbu oyatning tafsirida Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhu: «Yaʼni, ularga taʼlim tarbiya bering va odoblarini go‘zal qiling”, deganlar.
Tadqiqotlar natijalaridan maʼlum bo‘ldiki, hozirda maktab yoshidagi bolalar internetdan tobora erta foydalana boshlamoqdalar. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bemalol maktab yon atrofidagi kafe yoki klubga kirib, internetdan foydalanishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, yoshi o‘nga yetmagan bola odatda mustaqil ravishda internetdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan tanqidiy fikrlash va shu asnoda maʼlumotlarni farqlash, ularni ajrata bilish, boshqacha qilib aytganda, «filtrlay” olish qobiliyatiga ega emas. Shu sabab, internetdan yolg‘iz qolganda ham foydalanish ehtimoli bo‘lgan bolani qattiq nazorat ostiga olish kerak, unga o‘zi haqidagi shaxsiy maʼlumotlarni internet orqali tanishgan odamlarga aytmaslikni o‘rgatish zarur.
Biroq dunyo tarmog‘idagi qanday axborot maktab yoshidagi bolalar uchun foydali bo‘lishi mumkin?
Ijtimoiy tarmoqlarga oid baʼzi sharʼiy hukmlar
Misrlik bir yigit Avstraliyalik qiz bilan internet orqali topishib, tanishib so‘ngra internet orqali sharʼiy nikohlanishga qaror qilgani va guvohlar ham internet orqali guvohlikka o‘tishiga qiz bilan kelishadi. Shu kabi holatlar bugungi kunda muhim savollarni yuzaga keltirdi: Ushbu tarzda bog‘lanadigan nikoh aqdi sharʼan durust bo‘ladimi va internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali berilgan taloq sharʼan taloq hisoblanadimi? Al-Azhar ulamolaridan professor, Qohiradagi Islom ishlari bo‘yicha oliy majlis aʼzosi Abdu Azim Matʼaniy internet tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan bunday nikoh aqdlarini durust emas, chunki nikoh aqdi nikoh majlisida bog‘lanishi lozim, deydi. Chunki ushbu holatda nikohdan ko‘zlangan sharʼiy maqsadlar hosil bo‘lmaydi. Nikohdagi hech bir tomon haqhuqularga ega bo‘lishi aniq emas. Bunday holatlarda, shubha-gumonli holatlar va soxtakorliklarning ro‘y berish ehtimoli yuqori. Vaholanki, Alloh taolo nikohni oyati karimada ميثاقا غليظا ”mustahkam ahdu paymon” deb nomlagan.(Niso 21).
Islom fiqhi akademiyasining 1990 yili 14-20 mart kunlari Saudiya
Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan 4-yig‘ilishida (konferensiyasida) quyidagicha qaror qiladi:
Nikohlanuvchilar va guvohlar bir joyda bo‘lmaganlari uchun nikoh durust emas. Aloqa vositalari orqali bo‘ladigan nikohda aldov va soxtakorlik ehtimoli yuqori.
Taloqda guvoh shart qilinmaydi. Sms yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali qilingan taloq yozma taloq kabi taloqdan kinoya bo‘ladi. Bunda er taloqni niyat qilgan bo‘lsa taloq tushadi. Ana shu taloqni er taloq niyati bilan yozgani aniq bo‘lishi kerak. Bunda ham anglishmovchilik, aldov bo‘lishi mumkinligi eʼtiboridan er yozganligi aniqlanishi va er yozganiga iqror bo‘lishi lozim.



Download 68,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish