14.2 Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda kuch va vositalar
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, sodir bo’lgan favqulodda vaziyatning 182
turi, xususiyatiga muvofiq maxsus kuchlar jalb qilinadi. Bunday vaziyatlarda favqulodda vaziyatning vaqti, qamrab olgan hududi, aholi punkti va boshqa xususiyatlariga alohida e’tibor berilib zudlik bilan ishga kirishiladi. Respublikamiz hududlarida sodir bo’ladigan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilinadigan kuchlarni Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq quyidagi turlari mavjud:
• fuqaro muhofazasi qo’shinlari;
• favqulodda vaziyatlar vazirligaga bevosita hamda tezkor bo’ysinuvchi respublikamiz ixtisoslashtirilgan tuzilmalari;
• vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan hamda malakali ixtisoslashtirilgan halokat-qutqaruv va halokat-tiklash bo’linmalari;
• mahalliy hokimiyat organlarining maxsus qutqaruv guro’hlari;
• oyektlarning ixtisoslashtirilgan tuzilmalari;
• hududiy va ob’ektlarning harbiylashtirilmagan umumiy va maxsus maqsadlardagi tuzilmalari;
• Qizil Yarim Oy jamiyatining ko’ngillilar otryadlari;
• Vatanparvar mudofaaga ko’maklashuvchi tashkiloti;
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qayd qilingan maxsus kuchlardan tashqari har bir tashkilotning qoshida, tashkilot yo’nalishidan kelib chiqib maxsus halokatdan qutqaruv va tezkor harakat qilish guro’hlari tashkil etilgan. Ularning harakati , mujassam bo’lgan tashkilot doirasidadir.
Umumiy holatda O’zbekiston Respublikasidagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf
etish uchun yo’naltirgan kuchlarni, shu sohaga tegishli qoida va qarorlarni tahlil qilar ekanmiz, ularni uch yirik toifaga ajratish mumkin:.
• Favqulodda vaziyatlar vazirligiga to’g’ridan to’g’ri bo’ysunuvchi kundalik vazifasi, maqsadi faqat favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga, tezkor harakat qilishga mo’ljallangan kuchlar;
• turli Vazirlik, tashkilotlar qoshida mujassam bo’lgan o’z faoliyatlarini (mutaxassisligi bo’yicha) ishlab chiqarish, kundalik vazifalarini bajarishda davom ettiradigan, lekin favqulodda vaziyat sodir bo’lib ularga ehtiyoj sezilgudek bo’lsa, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tezkor bo’ysunuvchi kuchlar;
• turli korxona, idora va ishlab chiqarish tarmoqlarida, jamoatchilik asosida tashkil etilgan, noxush vaziyatlar sodir bo’lsa, shoshilinch ishga kirishuvchi mahalliy miqyosda faoliyat ko’rsatuvchi kuchlar.
Quyida har uch turga mansub kuchlarning vazifalari va ular hal etadigan muammolar to’g’risida batafsil to’xtalamiz.
Barinchi guro’hga kiruvchi kuchlar:
• Respublika qidiruv - qutqaruv markazi "Najotkor" (RQQM);
• Maxsus harbiylashtirilgan qidiruv - qutqaruv qismi "Xaloskor" (MHQQQ);
• Qidiruv - qutqaruv qismi «Qutqaruvchi» (QQQ);
• Davlat suvda qutqaruv xizmati (DSQX);
• Qutqarish xizmati "050";
• Qidiruv - qutqaruv guro’hlari (Qoraqalnog’iston, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari qoshidagi);
• "Qamchiq" qidiruv - qutqaruv otryadi. Mazkur kuchlar qayerda joylashganligidan qat’iy nazar mushtarak vazifalarni bajarish maqsadida tashkil etilgan.
Garchi ularning faoliyati bir-biriga o’xshash bo’lsada, umumiy holatda quyidagi vazifalarni bajarish maqsadida tashkil etilgan:
• turli xususiyatda nomoyon bo’luvchi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga doimiy tayyor turish;
• favqulodda vaziyat sodir bo’lgudek bo’lsa, tezkorlik bilan etib borish, vaziyatni baholash va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tezkor ma’lumot berish;
• favqulodda vaziyatlar ko’lamini chegaralash, shikastlanganlarga birlamchi yordam ko’rsatish, moddiy va madaniy boyliklarni asrash.
183
Keltirilgan vazifalar har bir guro’h - kuchlarning kundalik faoliyatini belgilash bilan birga, ularni aholi va hududlarni turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasidagi burch va mas’uliyati nechog’li yuqori ekanligini ham ko’rsatadi.
Qidiruv - qutqaruv bo’linmalarining favqulodda vaziyatlarga doim shay turishi va tezkor harakat qilishga erishishda Vatanimiz hukumati tomonidan tasdiqlangan maxsus taktik - o’quv mashqlarining o’tkazilib turishi alohida e’tiborga molik. Bunday tadbirlardan ko’zlangan asosiy maqsad, tabiiy va texnogen xususiyatda namoyon bo’ladigan favqulodda vaziyatlarda aholi muhofazasini ta’minlash, ishlab chiqarish ob’ektlarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan halokatlarni
oldini olish, xalq xo’jaligi faoliyatida barqarorlikka erishish, moddiy talofotini kamaytirishdan iboratdir.
Qoraqalpog’iston, viloyatlar va Toshkent shahari boshqarmalari qoshidagi qidiruv - qutqaruv guro’hlarining faoliyati va kundalik vazifasi har bir viloyatning tabiiy sharoiti unda
mujassam bo’lgan ishlab chiqarish tarmoqlari xususiyatiga muvofiq hududiy miqyosda uzluksiz faoliyat ko’rsatishadi. Bunda asosiy talab favqulodda vaziyatlarning xususiyati bo’yicha qutqaruv
ishlarini olib borishga qaratilgan bo’ladi. Masalan, tog’li va tog’ oldi viloyatlarida nisbatan geologik
xavfli hodisalar, ko’chki, sel, toshqinlar bo’lsa, tekislik, yo’l hududlaridagi viloyatlarda kuchli shamol, eroziya, toshqinlar ko’proq bo’ladi. Texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar shu hududdagi zavod va fabrikalarga bog’liq va qutqaruvchilar har qanday favqulodda vaziyatga doimi
shay turishlari shart.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy vositalar zaxiralari oldindan, favqulodda vaziyatlar ro’y bergan taqdirda shoshilinch tarzda jalb etish maqsadida yaratiladi.
Moliyaviy va moddiy vositalar zaxiralarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni to’ldirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga zaxiradagi moliyaviy jamg’armasi va favqulodda vaziyatlarni tugatish chog’ida birinchi navbatdagi
ishlarni amalga oshirish uchun yig’iladigan moddiy vositalar zaxiralari quyidagi manbalardan amalga oshiriladi:
• Respublika byudjeti mablag’lari hisobidan;
• idoraviy moliyaviy va moddiy vositalar zaxirasi-vazirliklar va idoralar mablag’lari
hisobidan;
• mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy va moddiy vositalari zaxirasi - mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan;
• ob’ektlarning moliyaviy va moddiy vositalari zaxirasi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan;
• Qizil Yarim Oy Jamiyatining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy vositalar zaxiralari nomenklaturasi va xajmlari ularni tashkil etgan organ tomonidan belgilanadi.
Fuqaro muhofazasini moliyalash ijtimoiy fondlarning mablag’lari, fuqarolarning ixtiyoriy badallari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Kuch va vositalarning harakati maxsus hay’atining yo’riqnomasi asosida olib boriladi. Ya’ni favqulodda vaziyat sodir bo’lsa; bunday vaziyatni bartaraf etish hay’ati tuziladi. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishdagi barcha jarayon shu hay’at yo’riqnomasi asosida olib boriladi.
Qutqarish ishlarini tashkil qilish bo’yicha fuqaro muhofazasi boshlig’i va shtabining vazifalari
Do'stlaringiz bilan baham: |