qurimagan asboblar boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishiga sababchi bo’lib, qo’shimcha noxushliklarni olib keladi. Bundan tashqari har qanday tabiiy ofatni bartaraf qilishda ham o’ziga
yarasha talab va qoidalari mavjud. Xususan, toshqindan so’ng uni bartaraf qilishda keng miqyosda
aholi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilishi lozim?
Avvalo, yuqorida ta’kidlanganidek atrof sinchiklab o’rganilgandan so’ng, suv bosgan joylar ortiqcha turli materiallardan xalos qilinib quritish ishlari amalga oshiriladi. Inshootlarda yarim o’pirilgan, qayta tiklab bo’lmaydigan joylar aniqlansa, tezda buzib tashlanishi va u joylar tozalanishi kerak.
Binolarning pastki, pastqam joylarida suv to’planib qolgan bo’lsa, texnik asboblar yordamida suv chiqarib tashlanadi. Toshqin natijasida shikastlangan maishiy - energetika tarmoqlari, yo’llar, ko’priklar va boshqa inshootlarni ta’mirlashga kirishiladi.
Yuqorida qayd qilinganidek, toshqin va sellarning paydo bo’lishida respublikamiz
hududlaridan tashqarida bo’lgan tabiiy suv omborlari, gidrotexnik inshootlar ham o’ziga yarasha
xavf tug’diradi. Bizning nazarimizda bunday ob’ektlarning joylashgan o’rni, xavflilik darajasi, ko’lami to’g’risida batafsil ma’lumot berilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Aksariyat ko’p hollarda favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda aholi o’rtasida ma’lumot yo’qligidan sarosimaga tushish oqibatida talafot ikki -uch barobar ko’payib ketishiga olib keladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Respublikamiz hududlaridan tashqarida bo’lgan xavf "o’choq"lari (tabiiy) to’g’risida Prezidentimiz I.A.Karimov o’zlarining "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" (1997) kitobida
batafsil to’xtalib o’tganlar. Xususan, tashqi xavf to’g’risida: "Moyli suv daryosining (Qirgiziston)
qirg’oqlari yoqasida 1944 yildan to 1964 yilgacha uran rudasini qayta ishlash chiqindilari ko’milgan. Hozirgi vaqtda qoldiqlar saqlanadigan 23 ta joy mavjud. Bu yerlarda selni to’sadigan
to’g’onlarni mahkamlash hamda ko’chki xavfi bo’lgan joylardagi qiyaliklarning mustahkamligini
ta’minlash lozim" -deb mahalliy hukumat rahbarlari, ilmiy va ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari oldiga muammoning yechimini topish yo’llarini, xavfli hududlarga mas’uliyatni va javobgarlikni oshirish lozimligini uqtirsalar, keng jamoatchilikni bunday xavflardan ogoh bo’lishga
chaqiradilar. Ziziladan so’ng:
186
• qutqaruv xizmati. Malakali mutaxassisga ega bo’lgan xizmat ko’rsatish bo’limlari shikastlanganlarga tez yordam ko’rsatishi, yong’inni nazorat qilishi, jamoat tartibini saqlashi va me’yoriy turmush tarzini tiklashlari shart.
• insonlarning mustaqil harakati. Har bir kishi nafaqat o’zi to’g’risida, balki boshqalar to’g’risida ham qayg’urishi va yordam berishi lozim.
• qurilish tashkilotlari. Tegishli tashkilotlar elektr manbai, suv tarmog’i, transport harakatini tiklash bo’yicha keng ko’lamli ishlarni amalga oshirishlari lozim.
• moddiy yordam. Zilzila talafotidan aziyat chekkan insonlar, aholi o’rtasida hukumat yordami bir xilda bo’lishini ta’minlashga erishish lozim.
• ijtimoiy yordam va ahloqiy tavsiya. Jamoat tashkilotlari ayrim yoki bir guro’h shikastlanganlarga yordam ko’rsatish, kuchli qo’rquv va vahima holatiga tupshb qolgan insonlarga yaqindan maslahat va tavsiya berishlari shart.
Shuni unutmasligimiz kerakki, hukumat tomonidan qanchalik dolzarb qarorlar qabul
qilinmasin, "qutqaruv xizmati" malakali mutaxassislar, zamonaviy texnika bilan ta’minlanmasin, fuqaro muhofazasi siyosatiga, Respublika aholisi, ayniqsa vazirlik, idora, tashkilot rahbarlari yoppasiga tayyorgarlikdan o’tmasa, bu tadbirlardan kutilganidek natija va eng muhimi xavfning oldini olish, undan keladigan zararni kamaytirish juda mushkuldir.
Ayniqsa radioaktiv zararlangan joylarda qutqarish ishlarini olib borilishi uchun eng
murakkab joylar bo’ladi. Odamlar, hayvonlar, moddiy boyliklar bor joyda navbatdagi yonginlarga
yo’l kuymaslikka harakat qilinadi. Eng muhim joylar, aholi punktlari, ferma, omborxonalar, evakuatsiya qilish yo’llarida yong’in bo’lsa darhol o’chiriladi. Himoya inshootlariga olib boriladigan yullar tozalanadi. Vayrona uyumlari tagidan shikastlangan odamlarni olib chiqish uchun vayronalar tepasi tozalanadi. Qulay tomondan yo’l, teshik ochiladi. Ish 2-4 kishidan iborat
guro’hda olib boriladi. 1-guro’h uyumni ajratadi, yul ochib uni mustahkamlaydi. 2-guro’h materiallarni tayyorlaydi va olib kelib turadi. 3 guro’h siniqlarni yig’ishtirib chetga olib tashlaydi.
Keyingilari shikastlanganlarni olib chiqadi va ularga birinchi yordamni ko’rsatadi. Albatta qutqaruv
ishlarini radioaktiv zararlangan joylarda olib borishdan oldin, FM shtabining boshlig’i, tuman FM
bergan ma’lumotlarga asolanib, bo’lgan radiatsion sharoitni baholaydi va zarar oqibatlarini tugatish to’g’risida qaror qabul qiladi.
Odamlar va hayvonlar sog’lig’i uchun o’ta zarali bo’lgan nurlanish miqdori, zararlangan hududda ishlarni boshlash vaqti, aholini himoya qilish rejimi, chorva mollarini saklash sharoitlarini
bilish lozim. FM boshlig’i birinchi navbatda e’tiborni qishloq xo’jaligi hayvonlarini, ekinlar va ularning mahsulotlarini, suv manbalari zararlanishinib radioaktiv moddalarning organizmga havo,
oziq-ovqat, yem, suv bilan kirish orqali zaharlanishini kamaytiruvchi omillarga qaratishi kerak. Nazorat uchun savollar
Qutqaruv va shoshilinch tuzatish-tiklash ishlarini deganda nimani tushunasiz?
Qutqaruv va shoshilinch tuzatish-tiklash ishlarini olib borish va tashkil qilishdan maqsad nima?
Qutqaruv va shoshilinch tuzatish-tiklash qachon va kim tomonidan amalga oshiriladi?
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishdagi kuch va vositalari nimalardan tashkil topadi?
Qutqarish ishlarini tashkil qilish bo’yicha fuqaro muhofazasi boshlig’i va shtabining vazifalari nimadan iborat?
Zilzila, suv toshqini va boshqa tabiiy ofatlarda, hamda texnogen- falokatlarda qutqarish ishlari tartibini aytib bering.
187
Do'stlaringiz bilan baham: |