Болаларда агрессив хулқ атвор психологик коррекцияси



Download 97 Kb.
bet1/5
Sana03.07.2022
Hajmi97 Kb.
#737429
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-9-sinf Bolalarda agressiv xulq atvor psixologik korreksiyasi


Bolalarda agressiv xulq‑atvor psixologik korreksiyasi


Korreksion ishning asosiy yo‘nalishlari.

Agressiv bolalar bilan olib borilgan ishlar natijasi turg‘un bo‘lishi uchun, korreksion ishlar tizimli, kompleks tarzda olib borilishi lozim. Korreksion ish yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:


-Bolalarda agressiv xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan ota-onalar va pedagoglar bilan maslahat ishlari;
-Shaxsiy xavotirlanish darajasini pasaytirish;
-O‘z emotsiyalarini va boshqa odamlarning his-tuyg‘ularini anglashni shakllantirish, empatiyani shakllantirish;
-Muammoli vaziyatda konstruktiv xulq-atvor reaksiyalariga o‘rgatish. Xulq-atvordagi destruktiv elementlarni yo‘qotish;
-O‘ziga-o‘zi ijobiy baho berishni rivojlantirish;
-Bolani o‘zining g‘azabini boshqarish usullari va texnikasiga o‘rgatish. Destruktiv emotsiyalarni nazoratini rivojlantirish;
-Bolani o‘zining g‘azabini imkonli bo‘lgan, o‘zi va atrofdagilar uchun xavfsiz, ifodalash usullari, shuningdek salbiy vaziyatlarga butunligicha munosabat bildirishga o‘rgatish.
Korreksion ishning har bir yo‘nalishi (1‑jadvalga qarang.) bolaning aniq psixologik chizmalari yoki o‘ziga xosliklarini korreksiyasiga yo‘naltirilgan va ularni korreksiya qilish imkoniyatini beruvchi psixologik usullar va texnikalar majmuidan iborat. Shuningdek, bolalarda agressiv xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga, ya’ni ota‑onalar va o‘qituvchilar bilan ishlashga qaratilgan. Yo‘nalishlarning ketma‑ketligi ixtiyoriy ravishda olingan. Agressiv bolalar bilan olib boriladigan ish g‘azabni bildirishdan boshlanishi kerak, ya’ni xaqiqiy yashiringan kechinmalarga erkinlik berish. (xafagarchilik, ko‘ngil qolish og‘riqlar) Bola bu bosqichdan o‘tmay turib keyingi ishlarga qarshilik qiladi va xattoki psixologga nisbatan ishonch yo‘qoladi. Bundan so‘ng bolaning o‘z emotsional dunyosini, shuningdek, boshqa odamlarning his-tuyg‘ularini anglashiga yo‘naltirilgan korreksion ish boshlanadi, ya’ni o‘z g‘azabini nazorat qilish usullari va xulq-atvor terapiyasi, shuningdek o‘ziga o‘zi adekvat baho berishni rivojlantirish.
Guruhiy ishlarni 5‑6ta boladan iborat kichik guruhlarda o‘tkazgan ma’qul. O‘smirlar guruhini 10ta odamgacha ko‘paytirish mumkin. Agressiv bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar haftada 1‑2 marotaba bo‘lishi va davomiyligi kichik maktab yoshidagilar uchun 60 daqiqadan oshmasligi, o‘smirlar bilan esa 1‑1,5soat davom etishi mumkin.

Bolaning xarakterologik o‘ziga xosligi

Korreksion ish yo‘nalishlari

Terapevtik ta’sirlarning metodlari va texnikalari

1

2

3

Shaxsiy xavotirlanishning yuqori darajasi. O‘ziga nisbatan salbiy munosabatga yuqori ta’sirchanlik.

Shaxsiy xavotirlanish darajasini pasaytirish

  1. relaksatsion texnikalar: chuqur nafas olish, vizual obrazlar, muskullarni bo‘shashtirish, musiqa sadosi ostida erkin xarakat;

  2. qo‘rquv bilan ishlash;

  3. rolli o‘yinlar.

Shaxsiy emotsional dunyosini anglashning sustligi.

O‘z emotsiyalarini va boshqa odamlarning his‑tuyg‘ularini anglashni shakllantirish, empatiyani rivojlantirish.

1) turli xil emotsional holatlarni ifodalovchi rasmlar bilan ishlash;
2) emotsional holatning sababini ochuvchi voqealarni o‘ylab topish (ko‘proq sababini topish);
3) emotsiyalarni chizish, yasash;
4) emotsiyalarni plastik ifodalash;
5)sensor kanallar orqali emotsiya bilan ishlash;
6) tabiatdagi turli predmet va hodisalarni ifodalash, ularning nomidan hikoyalar tuzish;
7) turli xil emotsional holatlarni ifodalovchi sahna ko‘rinishlarini (etyud) ijro etish;
8)metodika‑“men xafaman (xursandman va xok.lar) qachonki.....”

Noadekvat (past ko‘pincha) baho berish. Atrofdagilar tomonidan salbiy qabul qilinishiga o‘zini oldindan yo‘naltirish.

O‘z‑o‘ziga ijobiy baho berishni rivojlantirish.

1) “Men” obrazini ijobiy qabul qilishga yo‘naltirilgan mashqlar, o‘z‑o‘zini anglashni faollashtirish; “men holatini” dolzarblashtirish.
2) mavjud va ro‘y beradigan yutuqlar uchun rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish.(“muvaffaqiyatlar albomi”, medallar, olqish, qarsak va xok.lar.)
3) bolani turli seksiyalar, studiyalar, to‘garaklarga yo‘naltirish, qabul qilish (qiziqishlariga qarab)

Hozir ro‘y berayotgan vaziyatlarda emotsional “qotib qolish”. O‘zining xatti- harakatlarini oqibatini oldindan ko‘ra bilmaslik.

Bolani o‘zining g‘azabini imkonli bo‘lgan, o‘zi va atrofdagilar uchun xavfsiz ifodalash usullariga, shuningdek salbiy vaziyatga munosabat bildirishga o‘rgatishga yo‘naltirilgan korreksion ish yo‘nalishi.

1) G‘azabni xavfsiz usulda namoyon etish;
2) G‘azabni plastik ifodalash, xatti‑harakatlar bilan ifodalash;
3) G‘azabni chizish, shuningdek g‘azabni plastilin yoki loydan yasash, bunday g‘azabni qanday vaziyatlarda his etishini muhokama etish (agar bolaning o‘zi istasa)
4) “g‘azabga xat”;
5) “salbiy portretlar galereyasi”;
6) his tuyg‘ularni to‘liq ifodalash va ijobiyga aylantirish uchun art-terapiya, geshtalt-terapiya, emotsional‑obrazli terapiya usullarini qo‘llash.

O‘z emotsiyalari ustidan sust nazorat.

Bolaga o‘z g‘azabini boshqarishni o‘rgatishga yo‘naltirilgan korreksion ish yo‘nalishi.

1) Relaksatsion texnikalar‑muskullarni bo‘shashtirish+ chuqur nafas olish + vaziyatlarni vizuallashtirish;
2) Destruktiv xatti‑harakatlarni verbal rejaga ko‘chirish (“to‘xta va o‘ylab ko‘r, nima qilishni xohlaysan”)
3) Qoida kiritish: “harakatga kirishishdan avval 10 gacha sana”.
4) Nazorat ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun o‘zida provokatsion vaziyatni ifodalovchi rolli o‘yin;
5) O‘z g‘azabi nomidan hikoya tuzish va his‑tuyg‘uni harakatlari bilan ifodalash;
6) O‘z g‘azabini sensor kanallar orqali anglash. (g‘azabing nimaga o‘xshaydi? Uni rangi qanday? Qanday eshitiladi, mazasi, ushlab ko‘rganda qanday?)
7) O‘z g‘azabini tana sezgilari orqali anglash (og‘riqni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan muskullarni qisqarishi -yuz, bo‘yin, qo‘llar, ko‘krak qafasi, qorin muskullari.)

Muammoli vaziyatlarda xulq-atvorning cheklangan reaksiyalari to‘plami, destruktiv xulq‑atvor kamayishi.

Muammoli vaziyatlarda xulq-atvor reaksiyalari spektirini kengaytirishga va xulq-atvordagi destruktiv
elementlarni bartaraf etishga qaratilgan xulq‑atvorlar terapiyasi.

1) Muammoli vaziyatlarni ifodalovchi rasmlar bilan ishlash (rasm bo‘yicha hikoyalarning turli variantlarini o‘ylab topish).
2) O‘ylab topilgan nizoli vaziyatlarni ifodalovchi sahna ko‘rinishlarini ijro etish.
3) O‘zida raqobat elementlarini ifodalovchi o‘yinlarni qo‘llash.
4) Hamkorlikka yo‘naltirilgan o‘yinlarni qo‘llash.
5) Muammoli vaziyatlarda turli xil xulq‑atvor reaksiyalarini oqibatini bola bilan muhokama qilish, ijobiysini tanlash va uni rolli o‘yinda mustahkamlash.
6) Mashg‘ulotlarga rag‘batlantiruvchi tizim bilan qo‘llanuvchi aniq xulq‑atvor qoidalarini kiritish va ularga rioya qilish holatida imtiyozlar berish (sovrin, mukofot, medal, olqish.)
7) O‘z‑o‘zini kuzatish va o‘z xulq‑atvorini nazorat qilishga o‘rgatish uchun bolaga kundalik tuttirish.
8) O‘qituvchilar (ota‑onalar) bilan birgalikda bola tomonidan xulq-atvor kartalarini tutilishi, (har bir bola uchun shaxsiy xulq-atvor qoidalarini ifodalovchi) masalan, “qo‘llaringa erk berma”, “kattalarni hurmat qil”, ularga rioya etilgan vaziyatda mukofot va imtiyoz berish.
9) Bolani guruhli sport o‘yinlariga qo‘shish (agressiyani chiqarish yo‘llari, jamoada o‘zaro harakat qilish, aniq qoidalarga rioya etish.

Ota‑ona va pedagoglar bilan ishlash

Bolada agressiv xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan ota‑onalar va pedagoglar bilan maslahat va korreksion ishlar.

1) Pedagog va ota‑onalarga agressiv bolalarning individual‑psixologik xususiyatlari xaqida ma’lumot berish;
2) Agressiv bolalar bilan muloqotda kelib chiquvchi o‘zining salbiy emotsional holatini bilishga, shuningdek psixik muvozanatni boshqarish usullarini o‘rgatish;
3) Pedagog va ota‑onalarni “taziyqsiz” muloqot- “faol” tinglash ko‘nikmalariga o‘rgatish; muloqotda baholashdan qochish; “sen‑ma’lumot” o‘rniga “men‑ma’lumot”ni qo‘llash; qo‘rqitish va buyruqlardan voz kechish, intonatsiyalar ustida ishlash;
4) Agressiv bolalar bilan ijobiy o‘zaro munosabat ko‘nikmalarini rolli o‘yinlar yordamida mustahkamlash;
5) Yagona talablar va tarbiya qoidalarini ishlab chiqishda oilaga yordam berish;
6) Tarbiyaning asosiy metodi sifatidagi jazolashdan voz kechish, ishontirish va rag‘batlantirish, imtiyoz metodlariga o‘tish;
7) Bolani qiziqishlariga ko‘ra turli seksiya, to‘garak va studiyalarga berish.

G‘azabni ifodalashni to‘rt bosqichga ajratish mumkin.
1 bosqich‑bolalarga tashqi holatda xavfsiz amaliy imkonli bo‘lgan g‘azabni namoyon etish metodlarini taqdim etish.
2 bosqich‑g‘azab hissini xaqiqiy idrok etishda bolalarga yordam berish, ularni g‘azabini to‘g‘ridan to‘g‘ri “hozir va shu yerda” emotsional namoyon etishga turtki berish. Bunday vaziyatlarda g‘azabni bo‘yoq bilan chizish yoki plastilindan yasash‑o‘z g‘azabini vizual ifodalash yaxshi yordam beradi.
3 bosqich‑“g‘azab hissi bilan to‘g‘ridan‑to‘g‘ri verbal aloqa imkoniyatini berish”. Kimga nima aytilishi kerak bo‘lsa hammasini aytsin. Odatda shundan so‘ng (ichidagilarni aytib bo‘lgandan so‘ng) g‘azab vizual obrazining ijobiy tarafga aylanishi ro‘y beradi; bolalar tinglanadilar va keyingi ish uchun tayyor bo‘ladilar.
4 bosqich‑ bolalar bilan ularni ko‘proq nima g‘azabga keltirishi, bu holat ko‘proq qanday vaziyatlarda ro‘y berishi, uni qanday bilishlari va bunday vaqtda o‘zini qanday tutishlarini muhokama qilish. Shunisi muhimki, bola o‘zining g‘azabini anglash va tushunishga keyinchalik g‘azabni ochiq namoyon etish (asotsial) yoki uni ijtimoiy imkonli bo‘lgan shaklda namoyon etish o‘rtasida tanlay olish uchun vaziyatni baholashga o‘rgansin.



Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish