Болаларда агрессив хулқ атвор психологик коррекцияси


G‘azabni namoyish etishning birinchi bosqichida qo‘llanadigan quyidagi metod va usullar samarali bo‘lib, psixologlar tomonidan keng qo‘llanadi



Download 97 Kb.
bet2/5
Sana03.07.2022
Hajmi97 Kb.
#737429
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-9-sinf Bolalarda agressiv xulq atvor psixologik korreksiyasi

G‘azabni namoyish etishning birinchi bosqichida qo‘llanadigan quyidagi metod va usullar samarali bo‘lib, psixologlar tomonidan keng qo‘llanadi:

  1. qog‘ozni g‘ijimlash va yirtish;

2) yostiq yoki boksyorlik qopini urish;
3) oyoqlarni tapillatish;
4) vatmandan qilingan “truba” yordamida qattiq baqirish;
5) yostiqni yoki yelim idishni tepish;

  1. aytishni istayotgan so‘zni qog‘ozga yozish, g‘ijimlash va tashlab yuborish;

  2. karton yoki qog‘ozga plastilinni ishqalash;

  3. suvotar to‘pponcha, shishirilgan to‘qmoqni qo‘llash.



1-Mashq
G‘azabni plastik ifodalash, g‘azabni xatti‑xarakatlar orqali namoyish etish.
(guruxiy va individual tartibda bajarish mumkin)

  1. Bolalar ixtiyoriy holatda turib yoki o‘tirib oladilar. So‘ngra ularning eng ko‘p g‘azabini qo‘zg‘atadigan vaziyatlar (yoki odam) haqida o‘ylash so‘raladi.

  2. Ularga sezgilariga e’tibor qaratish va tananing qaysi qismlarida ular kuchliroqligini aniqlash so‘raladi.

  3. So‘ngra ulardan turish (o‘tirgan bo‘lsa) va o‘zlari his etayotgan his-tuyg‘ularni (salbiy sezgilarni) ifodalash uchun maksimal ravishda harakatlanish so‘raladi. Bunda o‘z xatti‑harakatlarini nazorat qilmaslik zarur, o‘z his‑tuyg‘ularini ifodalash muhimdir.

  4. Bolalar bilan quyidagilarni muhokama qiling:

  • Mashqni bajarish oson bo‘ldimi?

  • Ular nimada qiyinchilik sezishdi?

  • Mashqni bajarish davomida ular nimani his etishdi?

  • Mashqdan so‘ng ularning holati o‘zgardimi?



2-Mashq
O‘z g‘azabining rasmini chizish, plastilin yoki loydan yasash (individual bajariladi).
Vositalar: qog‘oz, rangli bo‘rlar, flomasterlar, plastilin, loy.
1. Boladan eng ko‘p g‘azab hissi, agressiyani keltirib chiqaradigan vaziyatlar (odam) haqida o‘ylash so‘raladi.
2. Boladan o‘z g‘azabini tanasining qaysi qismlarida ko‘proq his etishi so‘raladi.
3. Bola o‘z sezgilari haqida gapirayotgan vaqtda undan so‘rash zarur: “Sening g‘azabing nimaga o‘xshaydi? Sen uni rasm tarzida ifodalab yoki plastilindan yasay olasanmi?”
4. Bola bilan rasmlarni samimiy qiziqish bilan muhokama qilish va quyidagilarni belgilash zarur:
‑rasmda nimalar ifodalangan;
‑bola o‘z g‘azabini ifodalayotganda nimani his etgan;
‑u o‘zini chizgan rasmi (yoki yasagan narsasi) nomidan suxbatlashish mumkinmi (yashirin motivlar va kechinmalarni aniqlash uchun);
‑u rasmni chizib bo‘lgach (yoki yasab bo‘lgach) uning holati o‘zgardimi;
5.So‘ngra boladan rasmni (yoki yasagan narsasini) nima qilgisi kelayotganini so‘rash kerak.
Ba’zi bolalar rasmni g‘ijimlaydi, ba’zilari yirtadilar va otib yuboradilar, yana kimdir uni uradi, lekin ko‘p bolalarning ta’kidlashicha, endi ularning “rasmi o‘zgargan” (qoidaga muvofiq rasmning rangi, o‘lchami, ba’zan mazmuni ijobiy tarafga o‘zgaradi). Bunday vaziyatda bolalardan rasm qanday o‘zgargani va uning rangini so‘rash kerak. Shuningdek, uni bola bilan muhokama qilish zarur.



Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish