Fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish. O’zbekiston Respublikasn fuqaro muhofazasiga
umumiy rahbarlikni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat fuqaro muhofazasining boshlig’idir. O’zbekiston Respublikasi
fuqaro muhofazasini boshqarish O’zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirlign 184
zimmasiga yuklanadi.
Qoraqalpog’iston Respublakasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hududlarida fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni tegishlicha lavozimiga ko’ra fuqaro muhofazasnning boshlig’i bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar
hokimlari amalga oshiradilar.
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni ularning lavozimiga ko’ra mazkur organlar va tashkilotlar fuqaro muhofazasinng boshlig’i bo’lgan rahbarlari
amalga oshiradilar.
Fuqaro muhofazasi boshliqlarining aholini va hududlarni muhofaza qilish masalalari bo’yicha direktivalari, buyruqlari, qarorlari va farmoyishlari barcha tashkilotlar, shuniigdek
mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiydir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi fuqaro muhofazasi sohasidagi yagona davlat siyosati o’tkazilishini ta’minlaydi va fuqaro muhofazasi rejasini tasdiqlaydi, tinchlik davrida va urush davrida, davlat iqtisodiyoti faoliyat ko’rsatishi barqarorligini ta’minlash tadbirlari ishlab chiqilishiga va o’tkazilishiga rahbarlik
qiladi, fuqaro muhofazasi tizimini urush sharoitiga o’tkazish, evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi, himoya inshootlarini va fuqaro muhofazasi boshqa ob’ektlarini barpo etish tartibini, shuningdek yakka muhofazalanish vositalari, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini to’plash, saqlash va ulardan foydalanish shartlarini belgilaydi.
Fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir. O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar
vazirligi o’z vakolati doirasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlari, mansabdor
shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar qabul qiladi, harbiy qismlar va
fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshqarilishini tashkil etadi, xabar berish tashkil etish va fuqaro muhofazasi tizimini shay holatga keltirish bo’yicha direktiv hujjatlar ishlab chiqadi, fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarining jangovarlik hamda safarbarlik tayyorgarligini ta’minlaydi,
shaxsiy tarkib va aholi fuqaro muhofazasi sohasida o’rgatilishini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |