bemorning burun-kataklari yonidan siqib og’iz ochiladi. Boshni orqaga oldirish til tushib ketib, nafas yo’lini berkitmasligi uchun zarur. Yordam beruvchining o’zi havo tortib, og’zini (doqa orqali
qilish ham mumkin) bemorning ochiq og’ziga zich qo’yadi va bemorning ko’kragi ko’tarilgunga qadar unga kuchli havo puflaydi. Puflangan havo qaytib chiqishida halal bermaslik kerak. Daqiqaga
195
12-20 marta havo puflash tavsiya etiladi. Bu davr bemor mustaqil nafas olishi boshlangunga qadar
davom ettirriladi.
Suvga cho’kkanlarga birinchi yordam ko’rsatish avvalambor o’pkadagi suyuqlikni haydab chiqarishdan boshlanadi. Ya’ni jarohatlangan shaxs tili og’iz bo’shlig’idan tortib olinib dastro’mol
yoki yopishqoq lenta bilan fiksatsiya qilinib nafas yo’li ochiladi. Shundan keyingina jarohatlangan
shaxs tizzaga qorin bo’shlig’i orqali joylashtirilib tananing orqa qismidan pastdan yuqori tomon
qo’lning kaft qismi bilan sekin massaj qilinadi. Qorin bo’shlig’idan suyuqlik haydab chiqilgandan
keyin, jarohatlangan sun’iy nafas beriladi.
15.11-rasm. Suvga cho’kkanlarni tilini fiksatsiyalash va organizmdan suyuqlikni haydab chiqarish usuli
Quturgan hayvonlarni tishlashi natijasida birinchi yordam ko’rsatayotganda oqayotgan
qonni tez to’xtatishga harakat qilmaslik kerak, negaki virus hayvonning so’lagi orqali o’tib, bosh
va orqa miya hujayralarini shikastlantiradi. Inkubatsion oraliq 12-60 kun davom etadi.
Tishlangan
joy terisi atrofiga keng qilib bir necha marta dezinfektsiyalovchi aralashma (yod-spirtli aralashma,
vino-spirti bilan, kaliy permanganat aralashmasi) yordamida ishlov berilib, so’ng zararsizlantirilgan
bog’ichni bog’lab qo’yiladi.
Ilon chaqishi inson hayoti uchun juda xavfli bo’lib, u chaqqandan so’ng og’riq, qizarish va
qon oqishi, og’izda qurish paydo bo’ladi, chanqash, uyqu tortish, ko’ngil aynish, tomir tortishi, so’z
buzilishi, yutilish, ayrim vaqtlarda qo’zg’aluvchi qismlarning falajlanishi vujudga keladi.
Chaqqan
vaqtning birinchi ikki daqiqasi ichida, chaqqan joyidan yuqoriroq qismidan qon to’xtatadigan jgut,
buramalar qo’yiladi, so’ng chaqqan joydagi teri qon chiqquncha kesiladi va shu joyda so’rib tashlash uchun banka qo’yiladi. Keyin yaraga kaliy permanganat yoki natriy gidrokarbonat aralashmalari yordamida ishlov berilib, boylagich bilan bog’lab qo’yiladi. Og’riqni qoldirish uchun
analgin, amidopirin ishlatiladi va ko’p suyuqlik (sut, choy, suv) ichiriladi. Agar vaqtni boy berilsa,
hiqildoqda shish paydo bo’lishi va yurakning urishi to’xtashi mumkin.
Qishloq xo’jaligi ishlarini bajarish vaqtida ari va asalarilar ko’p chaqishi mumkin. Buning ko’p marta takrorlanishi o’limga olib kelishi mumkin. Shuning uchun teridan arilar ignasini sug’urib tashlab, yara joyiga zararsizlantiruvchi aralashma bilan ishlov berish lozim. Og’riq va shishni kamaytirish uchun teriga gidrokartizonli surtma surtiladi.
196
Do'stlaringiz bilan baham: |