va shikast etkazmay bajarish lozim;
yurak ishlayotgan bo’lsa sun’iy nafas oldirishni bemor mustaqil nafas ola boshlaguncha davom ettirish maqsadga muvofiqdir. Shikastlanganni nafas olishi to’xtasa, yurakni massaj qilib qon aylanishini tiklash lozim.
qo’l kaftlarini to’shning qoq o’rtasiga ustma-ust qilib qo’yib bir maromda jadal bosiladi. Bunda yurak to’sh bilan umurtqa pog’onasi o’rtasida saqlanadi va qon yurakdan haydaladi. Massaj qilish va suni’iy nafas berish orasidagi pauza vaqtida yesa ko’krak qafasi kengayadi va yurak bo’shliqlari qon bilan to’ladi. Massaj vaqtida qo’l kuchidan foydalanmay balki butun gavda og’irligidan foydalanish kerak. Pauza vaqtida qo’l to’shdan olinmaydi. 12 yoshgacha bo’lgan bolalarni yuragini massaj qilishda qo’lning
bir kaftidan, chaqoloqlar uchun 2 barmoq bilan yordam ko’rsatiladi. Agar jarohatlangan odamga bir kishi tamonidan yordam ko’rsatilayotgan bo’lsa, 2:15 nisbatida ish ko’rishni, ya’ni o’pkaga 2 marta jadal nafas berilgandan so’ng ko’krak qafasi bir soniya oralatib 15 marta bosish tavsiya etiladi. Agar yordamni 2 kishi berayotgan bo’lsa, biri yurakni massaj qilsa 2-chisi sun’iy nafas berishi lozim. Ikkala yordamchining harakati o’zaro kelishilgan bo’lishi kerak. Nafas berish ko’krakni bosish bilan bir vaqtda amalga oshirilmaydi, chunki o’pka yorilib ketishi mumkin.
15.9-rasm. Elektr tok ta’siriga tushganlarga birinchi yordam
ko’rsatish usullari va choralari 194
15.10-rasm. Jarohatlanganlarga sun’iy nafas berishdan oldingi jarayon
Buning oldini olish uchun 1:5 nisbatda ish tutiladi, ya’ni yordamchi 1 marta nafas bersa, ikkinchisi 5 marta yurakni massaj qiladi.
Yurakning tashqi massaji juda oddiy va bemorning hayotini saqlab qolishda yordam beradi. Yurakning masaji vrach kelgunicha yoki odam o’lgunicha qo’llaniladi. Yurak massajini barcha insonlar bilishi shart. Ayniqsa avtobus, taksi haydovchilari, DAN xodimlari bilishlari shart.
Buning oldini olish uchun 1:5 nisbatda ish tutiladi, ya’ni yordamchi 1 marta nafas bersa, ikkinchisi 5 marta yurakni massaj qiladi.
Sun’iy nafas oldirish «og’izdan og’izga» va «og’izdan burunga» usullarida bajariladi.
«Og’izdan og’izga» usuli «og’izdan burunga» usulidan afzalroqdir, chunki burun yo’llaridan shilimshiq va suyuqlikni yo’qotish qiyin bo’ladi. Ba’zi hollarda sun’iy nafas berish vositasi sifatida
plastmassali naychalardan ham keng foydalanadilar. 15.10-rasm. Yurakni tashqi massaj qilish usuli
Agar jabrlanuvchining nafas olishi to’xtagan bo’lsa yoki u qiynalib nafas olayotgan bo’lsa, u holda unga sun’iy nafas oldiriladi va yuragi o’qalanadi. Sun’iy nafas oldirish, bemor o’ziga kelguncha davom ettiriladi. Bir me’yorda nafas olish boshlangach, sun’iy nafas oldirish to’xtatiladi.
Yurakni o’qalash - bu bemor ko’krak qafasining pastki uchdan bir qismini bir maromda siqishdan iborat. Bu usul turli sabablarga ko’ra yurak urishi to’xtaganda qo’llaniladi. Buning uchun
bemorni qattiq yuzaga, chalqanchasiga yotqiziladi. Yordam ko’rsatuvchi tizzada turib kaftini ko’krakning pastki qismiga qo’yadi. Ikkinchi qo’lning kaftini birinchisining ustiga qo’yib, ko’krak
qafasini pastki tomondan bir maromda tez-tez bosadi, bunda faqat qo’lining kuchi emas, balki tanasining og’irligidan ham foydalaniladi. Bosish tezligi daqiqaiga 50-60 marta takrorlanishi kerak.
Yordam ko’rsatishda ikki kishi qatnashishi kerak - biri yurakni ustidan o’qalaydi, ikkinchisi - sun’iy
nafas oldiradi.
Dastlab bemorning og’zi ochiladi va zarur bo’lsa dastro’mol, doka yoki har qanday yumshoq mato bilan og’izda suyuqlik qolmaydigan qilib tozalanadi. Yordam ko’rsatuvchi bemorning bosh tomonida tizzada turib, bir kaftini bemorning bo’yni ostiga qo’yadi, ikkinchi qo’lini peshonasiga bosib, boshini iloji boricha orqaga og’diradi, so’ngra barmoqlari bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |