Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda favqulodda vaziyatlarda barqarorlikni baholashning
asosiy mezonlardan biri, bu ob’ektning turli tabiiy, texnogen va antropogen favqulodda vaziyatlar
natijasida belgilangan miqdor va nomenklaturadagi mahsulot turlarini ishlab chiqarish qobilyatini
aniqlashga aytiladi.
Ob’ektlarning barqarorligini baholashdan maqsad, ishlab chiqarish binolari, texnologik uskunalar va vositalarni turli omillar ta’sirida bo’sh joylarini aniqlab, ularni barqarorligini oshirish to’g’risida tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir.
Ob’ektlarning barqarorligini baholash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda quyida keltirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha favqulodda vaziyatlarning ta’sir darajasi o’rganiladi:
prognozlar asosida favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda, ob’ektdagi taxminiy holat aniqlaniladi, ya’ni, bino va inshootlarni statik
179
barqarorligi, yong’in xavfsizligi, radiatsion holat, pana joylar hisobi, axborot ta’minot tizimi, qishoq xo’jaligi chorvalari va ularnig mahsuldorligi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari va o’simliklarini
turlari mahsuldorligi holati baholanadi.
Baholashning ikkinchi bosqichida, birinchi bosqich natijalaridan kelib chiqqan holda aniqlangan bo’sh joylar va barqarorlikni oshirish maqsadida tadbirlar rejasi tuziladi va uni amalga
joriy qilinadi.
Turli favqulodda vaziyatlarda ob’ektlarni barqarorligi va aholining himoyalanganligi asosan muhandislik himoya ko’rsatkichi, ya’ni himoya inshootlar bilan ta’minlanganlik va tayorgarlik darajasi (SQ va M-11-11-77), hayotni ta’minlash tizimi bilan ta’minlanganligi, FV axborot ta’minot tizimi bilan ta’minlanganligi va ularni ishonchliligi bilan baholanadi.
Dehqonchilikda barqarorlikni baholashda mavjud o’simliklarni radiatsiya, kimyoviy elementlar va biologik vositalar ta’sirida barqrorligi FVda qoldiq yalpi mahsulot miqdorining rejaviy yalpi mahsulot miqdori nisbati bilan baholanadi, ya’ni
Bo’s= (QYaM/RYaM)*100% ,
Bo’s - dehqonchilik tarmog’ida barqarorlik darajasi, % ; QYaM - qoldiq yalpi mahsulot qiymat miqdori, so’m; RYaM - rejadagi yalpi mahsulot qiymat miqdori, so’m.
Qoldiq yalpi mahsulot qiymat miqdori quyidagi formula orqali aniqlaniladi QYaM = RYaM - ( Mtt + Mt)
Mtt - mahsulotning FV da to’g’ridan–to’g’ri yo’qotilgan qiymat miqdori, so’m;
Mt - mahsulotning etishtirish texnologiyasi o’zgarishi hisobidan yo’qotilgan qiymat miqdori, so’m.
Chorvachilikdagi barqarorlik ko’rsatkichlari xuddi o’simlikshinoslik kabi aniqlaniladi. Qishloq xo’jaligidagi mashina-traktor parki va yonilg’i-energetik vositalarlarning barqarorligi ularning texnik tayyorlik koeffitsiyenti bilan baholanadi, ya’ni :
K TT = 1 – Kt / Kj,
KTT - texnik tayyorgarlik koeffitsiyenti;
Kt - texnik vositalarini ta’mirlash va xizmat ko’rsatishda bo’lgan kunlar soni ;
Kj - texnik vositalarning ob’ektda bo’lgan jami kunlar soni.
Mashina–traktor parkidan foydalanish koeffitsiyenti quyidagi formula orqali aniqlaniladi Kf = Ki / Kj,
Kf - mashina –traktor parkidan foydalanish koeffitsiyenti;
Ki - texnik vositalarini ob’ektda ishlagan kunlar soni ;
Kj - texnik vositalarning ob’ektda bo’lgan jami kunlar soni.
Boshqa sohadagi barqarorlik ko’rsatgichlari ham yuqorida keltirilgan mantiqdan kelib chiqqan holda aniqlaniladi va baholanadi.
Nazorat uchun savollar.
Barqarorlik deganda nimani tushunasiz? 180
Favqulodda vaziyatlarda chorvachilik va dehqonchilik
ishlab chiqarishda barqrorlik ko’rsatgichlari nimadan tashkil topadi?
Tuproq unumdorligi va iqlimning barqarorlikka ta’siri
Favqulodda vaziyatlar vujudga kelishidan oldin barqarorlikni oshirish uchun amalga oshiriladigan ishlar nimadan iborat?
Favqulodda vaziyatlarda barqarorlikni oshirish vositalari nima?
Barqarorlikni oshirishning asosiy usullarini tushuntirib bering.
Barqarorlikni baholash nima uchun va qachon o’tkaziladi.
Dezinfektsiya, dezaktivatsiyalash, degazatsiyalashning barqarorlikka ta’siri nimadna iborat?
Barqarorlik koeffitsiyenti deganda nimani tushunasiz va u qanday hisoblanadi? 181
Do'stlaringiz bilan baham: |