vositalar zararlanishidan himoya qilolmaydi.
G’alla xirmonlari sintetik plyonkalar, brezent, poxollar va pichanlar yoki chimlar bilan
yopib qo’yiladi. Brezentdan foydalanilganda albatta uning tagiga xashak solish kerak, chunki brezentdan Vx-gazlari va virusli aerozollar o’tib ketadi (xashak bilan qo’shimcha yopilmagap bo’lsa Vx-gazlari dongacha kirib boradi va uni zararlaydi). Kartoshka va ildiz tugunak mevali o’simliklar avval 20 - 30 sm xashak bilan berkitilib so’ngra tuproq qatlami bilan ko’mib tashlanadi.
Ulariing bir necha joylarida uzunasiga shamollatish qutilari qo’yiladi, lozim bo’lsa germetizatsiya
qilinadi va atrofidan ariqchalar qaziladi. Kartoshka va ildiz - tugunak mevalilarni o’ralarda himoya
qilsa bo’ladi. Pichan va xashaklar g’arami brezentlar, plyonkalar yoki oziq sifatida ishlatilmaydigan
xashaklar bilan berkitiladi. Plyonka yoki brezentlar yordamida berkitishda ularning chetlari yerga
178
mahkam zichlab, toshlar va tuproq bilan bosiladi. G’aram yoki skird atrofi eniga 3 m joy qoldirilib
haydab tashlanadi. Qishda pichan g’aramlari ustida muz qatlamlari hosil qilish ham mumkin Rasm 13.2. Dag’al xashakni himoya qilish usuli
Oziq-ovqat va suvni uy zich yopiladigan idishlarda saqlanadi. Kartoshka, sabzi, qand lavlagi va shunga o’xshash mahsulotlar plyonkalar bilan yopiladi yoki ko’p qatlamli qog’oz qoplarga taxlab solinadi va mahkam bog’lab yerto’lalarda oddiy usulda saqlanadi. Oziq-ovqatlar
bochkalarga, maxkamlangan yashiklarga solinib ustidan plyonkalar, qalin qog’ozlar bilan yopiladi
va bog’lab qo’yiladi.
Radioaktiv chang kerosin, dizel yoqilg’ilari, benzin va qishki dezaktivlovchi eritmalar bilan artiladi, zaharli moddalar xlorli ohakning suvdagi aralashmasi, kaltsiy gipoxlorid hamda ammiakli
suv yoki maxsus ishqorli eritma (tarkibida 2%li natriy ishqori, 5% li monoetanolamin va 20% li ammiakdan iborat, u zahrinni yaxshi zararsizlantiradi) shimdirilgan lattalar bilan artiladi.
Texnikani dezinfektsiya qilishda kaltsiy gipoxloritning suvli eritmasi, formaldegid (chumoli aldegidi) lizol, xlorli yod va boshqalardan foydalaniladi. Joylarni zararsizlantirish bilan bog’liq bo’lgan ishlar, maxsus texnika vositalarni hamda katta kuch sarflashni talab qiladi. Masalan hududdagi 1 ga maydonni degazatsiyalash uchun kamida 10 t degazatsiyalovchi eritma kerak bo’ladi. Shuning uchun ham xo’jalikdagi hamma hududlar qurilishlar, inshootlar zararsizlantirilmasdan, faqat aholi yashaydigan va ishlaydigan hamda hayvonlar oziq-ovqat jamg’arilgan joylargina zararsizlantiriladi. Joylarning qolgan qismlari to’siqlar bilan o’ralib maxsus
belgilar ko’yiladi va o’z-o’zidan zararsizlanguncha qoldiriladi.
Hududlarni, yem-xashakni, oziq-ovqatni, suvni va har xil buyumlarni zararsizlantirish
deganda dezaktivatsiyalash, degazatsiyalash va dezinfektsiya qilish ishlari tushiniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |