Yashil olma shirasining populyatsiya zichligi (
у
) va mavsumiylik (
х
) o‟rtasidagi bog‟liqlikning
regression chiziqlari
Avgustning ikkinchi yarmidan boshlab atrof-muhit haroratining nisbatan pasayishi va ozuqa
o‘simligidagi sharoitning yaxshilanishi hisobiga yashil olma shirasi populyasiya zichligining yozgi-
kuzgi ko‘tarilish davri ro‘y beradi. Bu holat tog‘li hududda o‘sayotgan olma daraxtlarida boshqacha
grafik bilan ifodalanadi.
Yashil olma shirasi populyatsiyasining ikkinchi eng yuqoriga ko‘tarilish davri sentyabr oyiga
to‘ri keldi. Bu davrda shiralar soni sentyabrda 60 ta, oktyabrda 40 tani tashkil etdi. Ikkinchi ko‘tarilish
davri noyabr oyi oxirida yakunlanib, bu davrda shiralar soni 2 tani tashkil etdi holos. Mazkur turning
yozgi-kuzgi ko‘tarilishi va populyasiya zichligining ortish davri
2
1
7
.
22
9
.
110
6
.
80
x
x
x
y
tenglamaning yechimiga to‘g‘ri keladi hamda shiraning grafik chizig‘i jadvaldagi holatni ifoda etadi.
Yashil olma shirasi populyasiya zichligining o‘zgarishidagi mavsumiylik davriy xarakterga ega
bo‘lib, mazkur grafik chiziq asosida shiralar miqdor zichligining boshqa yillardagi kutilishi mumkin
bo‘lgan o‘zgarishlarni izohlab berish imkonini berishi mumkin.
FARG‟ONA VODIYSIDA TEXNOGEN IFLOSLANISHINING OLMA QIZIL QON
SHIRASINING EKOTOPIK O‟ZGARUVCHANLIGIGA TA‟SIRI
G‘aniyev K., Mirzaliyev A., Akbarov R.
Farg‘ona davlat universiteti
Har bir ekotizim va jamoalardagi lokal ekologik sharoit shiralarda o‘ziga xos o‘zgaruvchanlikka
sabab bo‘ladi. Ayniqsa, jadal texnogen ifloslanish sharoitida shiralar populyatsiyalari ichida
morfologik belgilarning bir muncha kichik doirada ham differensiallanishi, ayrim hollarda esa bir-
biridan sezilarli farqlanadigan formalarning hosil bo‘lishi kuzatiladi. Shiralardagi bu hodisa hududlar
bo‘yicha qiyoslanganda, ulardagi geografik-ekotopik o‘zgaruvchanlikni izohlash imkoniyatini berishi
mumkin.
Shuni takidlash kerakki Qirguli hududi nisbatan zararlangan hudud bo‘lganligi sababli bu
hududda o‘sayotgan o‘simliklarning barg va novdalarida hamda tuproqda kadmiy, kobalt, nikel,
180
qo‘rg‘oshin, temir, mis, marganes, rux kabi og‘ir metallar uchraydi. Ma‘lumki, og‘ir metallar
hasharotlarning to‘qimalarida yig‘ilib, uzoq vaqt saqlanishi va turli yo‘nalishdagi o‘zgarishlarga olib
kelishi
mumkin.
Tajriba
jarayonida
biz
belgilangan
hududlarda
shiralarning
ekotopik
o‘zgaruvchanligini solishtirish natijasida shunga amin bo‘ldikki, Qirguli shiralarining o‘lchamlari
aksariyat hollarda Toshloq va Bog‘dod namunalariga nisbatan zararlangan hudud bo‘lganligi sababli
o‘lchamlari nisbatan kichik bo‘lishini ta‘kidlash lozim.
Olma qizil qon shirasini tarqalish hududi va ozuqa o‘simligidan jadal - intensiv foydalanuvchi
tur sifatida ajratish mumkin. Yashash joyiga va ozuqa o‘simligiga tor doiradagi bog‘liqlik tufayli u
alohida olingan ekotoplar bo‘ylab bir qancha kichik guruhlarni hosil qilishi tabiiy. Ayrim mualliflar
organizmlardagi bu hodisani izohlab mazkur kichik guruhlarni demalar , parsellalar, meruslar hamda
populyatsiya doirasidagi guruhlar deb nomlaganlar.
G.X.Shaposhnikovning kuzatishlariga ko‘ra, shiralarning kimyoviy zaharlarga chidamli,
barqaror populyatsiyalari hattoki, 1-2 mavsumdayoq shakllanib ulguradi. Tadqiqotlardan ma‘lum
bo‘ladiki, Qirgulida dastlabki kimyo korxonalari ishga tushgandan buyon, o‘tgan 40 yildan ortiq vaqt
davomida yashil olma shirasida atrof-muhitning texnogen ifloslanishiga ma‘lum darajadagi moslanish
sodir bo‘lgan, qizil qon shirasi esa ushbu hududda tolerantligi jihatidan qolgan ikki tur Dezaphis afinis
va Dezaphis maliga nisbatan yuqoriligi tadqiqotlarimiz davomida o‘rganildi. Natijada texnogen
hududlarda uning nisbatan barqaror populyatsiyalari tarkib topgan. Ikkinchi tomondan, Qirguli,
Toshloq va Bog‘dod shiralari populyatsiyalari o‘rtasida chegaralanish kuchayib borganligini ta‘kidlash
lozim. Bu holat yashil olma shirasining Toshloq va Bog‘dod namunalarini qiyoslaganda ham namoyon
bo‘ladi. 2014 yilning bahor faslida bu ikki hudud shiralari o‘rtasidagi o‘xshash va farqlanuvchi belgilar
1:1 nisbatni tashkil qilgan bo‘lsa, 2016 yil bahorida ishonchlilik chegarasida farqlanuvchi belgilar
ulushi ikkitaga ortgan. Ma‘lum bo‘lishicha, keyingi 3 yil davomida shiralarning ekotiplari o‘rtasidagi
farq kuchayib borgan. 2014 yilda bu ikki mintaqa shiralari 100 %, 2016 yilda 69% belgilari bo‘yicha
ishonchlilik chegarasida bir-biridan farqlangan.
Texnogen ifloslanish shiralar tanasidagi g‘uborlarni zich yoki siyrak joylanishi va uzunligiga
ta‘sir etadi. Qirguli shiralarining g‘uborlari siyrak, kalta va nisbatan tartibsiz, Bog‘dod namunalarining
g‘uborlar tukchalari zich, uzun va tartibli joylashganligi bilan farqlanadi.
Toshloq shiralari g‘uborlarining uzunligi Bog‘dod shiralarinikiga yaqin bo‘lib, uzoqdan yahshi
ko‘rinadi.
Qizil qon shirasining ekotopik o‘zgaruvchanligi yillik, fasliy va boshqa omillarga bog‘liq holda
turli darajada bo‘lib, belgilarning divergensiyasi bahordan kuzga tomon susayib boradi. Morfologik
belgilarning yuqori darajada differensiallanishi bahor mavsumida, kuz faslida esa nisbatan past
darajadagi ajralish ro‘y bergan. Yoz oylarida belgilarning farqlanishi oraliq holatni tashkil etadi.
Morfologik belgilarning divergensiyasi va differensiallashish darajasi Toshloq-Qirguli, Toshloq-
Bog‘dod va Qirguli-Bog‘dod juftliklari yo‘nalishida pasayib boradi.
Mamlakatimizda olma mevali bog‘larini tashkil etish hozirgi kunga kelib avj olgan. Olma
ko‘chatlarini zararlashda olma qizilqon shirasi, yashil olma shirasiga nisbatan yuqori darajada
tolerantlikka ega bo‘lmasada, e‘tibor berilmagan vaziyatlarda ko‘plab ko‘payib ketishi oqibatida
o‘simliklarga jiddiy havf solishi mumkin.
181
Do'stlaringiz bilan baham: |