Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
1. Qozog‘iston iqlimi. 2. Turon iqlimi.
Yangi darsning bayoni.
O‘rta Osiyo iqlimida ko‘zga yaqqol tashlanadigan asosiy xususiyatlar- iqlimning keskin kontinentalligi, quyoshli kunlarning ko‘p bo‘lishi, yoz oylarida haroratning nihoyatda yuqoriligi, issiqlik resuslariga boyligi va, nihoyat, hududning juda qurgoqchiligidir. Ana shu umumiy iqlimiy xususiyatlar bilan birga, O‘rta Osiyoning shimoliy va janubiy qismlari iqlimning bir qator muhim ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir-biridan ancha farq qiladi. Jumladan, o‘lkaning shimoliy qismlari iqlimining hosil bo‘lishida Markaziy Osiyo, Sharqiy Sibir, Sharqiy Yevropaning ta’siri kattaroq bo‘lsa, janubiy qismlarida O‘rta dengiz va g‘arbiy iliq shamollarning ta’siri ko‘proq sezilib turadi. Shu sababli O‘rta Osiyo hududi 2 ta iqlimiy kichik o‘lkaga ajratiladi:
1. Qozog‘iston iqlimi.2. Turon iqlimi.
Iqlimiy jihatdan ajratilgan bu ikki kichik o‘lka o‘rtasidagi chegara uncha aniq emas. Xaritada O‘rta Osiyoning g‘arbiy qismidagi Qorabo‘g‘ozgo‘ldan Ustyurtning janubi, Qoraqum, Qizilqum cho‘llarining shimoliy qismi bo‘ylab chiziq o‘tkazsak, Janubiy Qozog‘istondagi Qoratog', Talas Olatovi va Farg'ona tizmasi orqali o'tadi. Ana shu shartli chiziq — chegaraning shimolida Qozog'iston iqlimi, janubida esa Turon iqlimi bo‘ladi. Qozog‘iston iqlimi bilan Turon iqlimi o‘rtasidagi asosiy tafovutlar, eng avvalo, atmosferadagi harakatlar xususiyatlari ta'sirida vujudga kelgan. O‘rta Osiyoning janubiy qismini egallagan Turon iqlimiga yilning salqin faslida siklon faoliyatining kuchli bo‘lishi va u bilan bog‘liq ravishda yog‘in-sochinlarning ko‘p tushishi, ob-havoning tez o‘zgaruvchan, nisbatan iliq kelishi xos bo‘lsa, yozda kuchli qizigan, quruq, kontinental Turon tropik havosining vujudga kelishi, jazirama issiq, haddan tashqari quruq va nisbatan sokin ob-havoning uzoq turishi xosdir. Osiyoning shimoliy qismidagi Qozog‘iston iqlimiga qishda Markaziy Osiyo antisiklonining ta’siri katta bo‘ladi, natijada havoning harorati juda past bo‘lib, qor qoplami ancha qalin, qahraton qish uzoq davom etadi. Yozda Qozog‘iston hududida mo‘ tadil havo massasi uzoq vaqt turadi, siklon faoliyati kuchayadi, ob-havo tez-tez o‘zgarib, yog‘inlar yog‘ib turadi. Qozog‘iston iqlimi mo‘tadil iqlim mintaqasiga kiritiladi. Turon iqlimi subtropik iqlim xususiyatlariga ega. Turon iqlimida yillik yog‘inlarning 35 - 40 foizi qish oylariga, atigi 2 - 5 foizi esa yoz oylariga to‘g‘ri keladi. Qozog‘iston iqlimida esa qishki va yozgi yog‘inlar miqdori deyarli teng bo‘ladi. Turon iqlimiga xos bo‘lgan qishda „iliq" kunlarning ko‘p bo‘lishi Qozog‘iston iqlimi uchun mutlaqo xos emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |