Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsning bayoni.
Yilning salqin faslida Sharqiy Sibir va Markaziy Osiyo hududida atmosferada yuqori bosimli Osiyo (Sibir) antisikloni vujudga keladi. Uning katta g‘arbiy tarmog‘i Qozog‘istonning markaziy va shimoliy qismlarini egallaydi. Natijada, qishda O‘rta Osiyo o‘lkasining shimoliy qismlari ana shu antisiklonga to‘g‘ri kelib, ko‘pincha shimoli-sharqiy shamollar esadi. Bu vaqtda havo ochiq bo‘lib, kechalari yer yuzasi yanada soviydi, kunduzlari esa quyosh nurlari biroz ilitadi. Agar shimoli-sharqiy havo oqimi saqlanib qolsa, sovuq kunlar O‘rta Osiyo hududida uzoq turib qoladi.Ana shunday sovuq havo massasini Eron, Afg‘oniston hududidagi iliq tropik havodan ajratib turadigan qutb fronti O‘rta Osiyoning janubiy chekkasi ustida joylashadi. Havo frontining ikki tomonida havo massalari haroratidagi tafovut katta bo‘lganligi sababli front atrofida siklonlar harakati kuchayadi. Siklonlar Kaspiy dengizining janubidan, Murg‘ob va Tajan daryolari vodiylaridan yoki Amudaryoning yuqori oqimlaridan boshlanib, O‘rta Osiyo hududiga janubi-garb va janubdan kirib keladi va shimoli-sharq tomonga qarab yo‘naladi. Siklonlar keltirgan iliq tropik havo tufayli harorat oldingisiga nisbatan 10-20oC ko‘tarilib, bulut ko‘payadi. Yoginlar- yomgir, ba’zan qor, ana shu siklonlar o‘tganda yog‘adi. Bahorda ham shunday siklonlar kirib keladi va ko‘p miqdorda yog‘in yog‘ishiga sabab bo‘ladi. Siklonlar natijasida O‘rta Osiyo hududiga kirib kelgan iliq havo massalari sharqqa tomon harakat qilg‘anda ular ketidan g‘arbdan mo‘tadil mintaqa havosi kirib keladi. G‘arbdan keladigan bu iliq va sernam havo massalari Atlantika okeani, O‘rta dengiz, Qora dengiz ustida tarkib topganligidan ancha yog‘in beradi. Uzoq davom etadigan yomgirlar ba’zan qorg‘a aylanadi.O‘rta Osiyo hududiga shimoli-g‘arb yoki shimoldan Arktika va mo‘tadil kengliklarning sovuq havo massasi kirib kelganda harorat (-10, -20oC gacha ) pasayib, qattiq sovuq bo‘ladi. Arktika havo massasi o‘lka hududida uzoq muddat turib qolishi natijasida o‘lkaning shimoli-sharqida harorat -35, -45oC gacha pasayadi.Qish oylarida g‘arbiy havo oqimi kuchli bo‘lsa, ob-havo nisbatan iliq va sernam bo‘ladi, aksincha sovuq shamollar (shimol, shimoli - g‘arbdan) esganda, ob-havo juda beqaror, ko‘pincha o‘ta sovuq va yog‘inli bo‘ladi.
Uyga vazifa. : kitobdan 3-4 betlerni mavzuni o’qib kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ____________
Sana: _______________ Sinf : ___________________
Do'stlaringiz bilan baham: |