Yangi darsni rejasi.
1. Geografiya faninng rivojlanishi. 2. Geografiya faninng vazifalari.
Yangi darsning bayoni.
O‘rta Osiyo iqlimiga xos bo‘lgan eng muhim sifatlar, jumladan, quyoshli kunlarning ko‘pligi, iqlimining issiqligi, kontinentallik va qurg‘oqchilik kabi xususiyatlar o‘lkaning asosiy qismini egallagan tekisliklarda, ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi.O‘rta Osiyoning sharqi, janubi-sharqi va janubida joylashgan tog‘larda ularning baladligi, yonbagirlarning joylashuvi, tog‘ vodiylarining tor va kengligi, tog‘ning chekka yoki ichki qismida joylashganligi kabi xususiyatlar ta’sirida iqlimiy sharoit tekisliklardagiga nisbatan farq qiladigan bir qator xususiyatlarga ega. Balandlik ortishi bilan havoning tiniqligi oshadi, havo bosimi pasayadi, quyoshning nurli energiyasi o‘rtadi, havo harorati esa pasaya boradi, namlik va yogin-sochin ko‘payadi. Shu bilan birga, tog‘larning turli yonbagirlarida iqlim va ob-havo elementlarining ozgarishi turlicha bo‘ladi. Tog‘lar janubiy va garbiy havo oqimlarini tosib, ularni yonbagirlar boylab yuqoriga kotarilishiga majbur etadi. Kotarilayotgan havo soviydi, nisbiy namligi oshib, bulut ko‘payadi, yogingarchilik bo‘ladi. Bu hol tog‘larning g‘arbiy va janubiy-g‘arbiy yonbag'irlarida yaqqol ko‘rinadi. Tog‘larga yaqinlashgan sari yog'in-sochin miqdori ortib boradi.Tog‘larda qish davri uzoq, yoz qisqaroq bo‘ladi. Baland tog‘larda qor ko‘p yog‘ib, uzoq vaqt saqlanadi. Lekin tog‘li rayonlarning hammasida ham tekisliklarga xos bo‘lgan asosiy iqlimiy xususiyatlar, umuman, saqlanib qoladi.Yilning iliq davrida, ayniqsa, yoz oylarida O‘rta Osiyoda havo massalarining almashinuvi mutlaqo boshqacha ko‘rinishga ega. O‘lkada uzoq davom etadigan yoz oylarida (ayniqsa, tekislik qismida) havo juda isib, mahalliy Turon kontinental tropik havosi tarkib topadi. Bu havo massasi harorati jihatidan Eron, Afg‘onistondagi havodan deyarli farq qilmaydi. Havoning yoz oylaridagi o‘rtacha harorati 30oC va undan biroz ortiqroq bo‘ladi. Qish faslida O‘rta Osiyodagi havoni Eron va Afg‘onistondagi havodan ajratib turadigan qutb fronti yoz oylarida shimolga, Qozog‘istonning shimoli, Ural, G‘arbiy Sibirga ko‘chadi. O‘rta Osiyoning juda katta qismida havo fronti bo‘lmagan bir xil ob-havo sharoiti vujudga keladi. Binobarin, siklonlarning kirib kelishi ham deyarli bo‘lmaydi.O‘rta Osiyo hududida yoz oylarida havo bosimi pasayadi, ya’ni termik depressiya vujudga keladi.Havo bosimining pasayib ketishi shimoldan, g‘arbdan va shimoli-garbdan O‘rta Osiyo hududiga havo oqimlarining kuchayishiga sabab bo‘ladi. Tekisliklarda qum bo‘ronlari avj oladi. Qish oylariga nisbatan yozda o‘lkamizga salqin havo oqimi ikki hissa ko‘p kirib kelsa ham, uning mahalliy ob-havoga ta’siri unchalik sezilmaydi, chunki kirib kelayotgan havoning pastki qatlamlari yer betiga tegib tezda isiydi, nisbiy namligi kamayadi, yog‘in bermaydi.Yoz oylarida O‘rta Osiyoga salqin havoning kirib kelishi haroratini qisqa vaqtga biroz, bor-yo‘g‘i 3-10oC pasaytirishi mumkin. Faqat tog‘li joylarda havo sovib, qor va muzlarning erishi sekinlashadi, daryolarda suv kamayadi, bulut ko‘payadi, ba’zan yogingarchilik bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |