Hayvonlar patofiziologiyasi fani va uning rivojlanish tarixi



Download 0,8 Mb.
bet40/46
Sana25.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#701751
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
Bog'liq
patfiz ma\'ruza lotinchasi

Silindruriya - siydikda siydik tayoqchalarini ajralishi bo‘lib ular oqsillari yoki buyrak kanalchalaridan siydikga tushgan hujayralardan tuzilgandir. Siydik tayoqchalari kislotali xususiyatga ega bo‘lgan siydikda hosil bo‘lib, ishqoriy siydikda hosil bo‘lmaydi. Odatda siydik tayoqchalarining gialinli, epitelial, donador, qonli va boshqa turlari farq qilinadi.
Buyrak yallig‘lanishi, distrofik jarayonnii rivojlanishi natijasida kanalchalar oralig‘ida oqsilii ivishi tufayli giolinli silindrlar hosil bo‘ladi. Ular gomogenli, shishasimon tuzilishga ega, buyrak kanalchasi nusxasi kabi bo‘lib, u turg‘un bo‘lmay siydik ishqor tabiatli bo‘lganida engil tarzda parchalanib ketadi. Oqsilni ivishida siydikni kislotali muhitga ega bo‘lishi asosiy omil hisoblanadi. Siydik ishqoriy ko‘rsatkichga ega bo‘lganda kanalchalarda silindirlar uchramaydi.
Mumli silindrlarni hosil bo‘lishini kengaygan siydik kanalchalarida qattiqlashgan gialinli silindrlar deb ehtimol qilish mumkin. Ular gialinli silindrga nisbatan keng yoriqlari bo‘lib, yorug‘likni sindirish xususiyatiga ega. Bular aksariyat holda surunkali kechadigan nefrit, nefroz paytida uchrashi siydik kanalchalarida og‘ir distrofik jarayonni rivojlanishidan darak beradi.
Epitelial silindrlar buyrak kanalchalarining epiteliylarining eksudat bilan yopishgan holati bo‘lib, siydik oqimi bilan yuvishi tufayli kanalcha oralig‘iga tushadi. Bunday holat buyrakda yallig‘lanish va distrofik jarayonlarning rivojlanganida kuzatiladi.
Donador silindrlar gialinlilardan farqli o‘laroq, ular hujayralarni parchalangan donachalari va yog‘ tomchilari bilan qoplangan bo‘ladi. Ayrim holatlarda esa bir silindrning o‘zida, uning bir yarimida hujayra saqlangan bo‘lsa, boshqa tomonida aniq donadorlikga xos belgilar bo‘ladi.
Qonli silindrlar fibrinlar yordamida eritrotsitlarni yopishishi tufayli yoki uning asosida gialinli silindr tashkil etib bir qatlam eritrotsitlar bilan qoplangan bo‘lishi mumkin. Mikroskop ostida ko‘rilganda bunday silindrlar yashil-sariq rangda bo‘ladi. Bular buyrak parenximasiga qon quyilgan paytda hosil bo‘ladi.
Silindruriya holati buyrak kanalchalarining epiteliylarida chuqur distrofik jarayonni rivojlanayotganida kuzatiladi. Kasallangan hayvon siydigida silindrlardan tashqari buyrak epiteliy hujayralari ham bo‘lishi mumkin.
Mineral moddalar almashinuvi buzilganida yoki buyrak faoliyatining birlamchi buzilish tuzli moddalarni ajralishiga, siydik yo‘llarida tuz cho‘kmalarini va toshlarini hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu tosh va cho‘kmalar oksalat, fosfat, urat, sistin va boshqa organik hamda anorganik moddalardan iboratdir. Otlarda tuzlarni kristallanishi qovukda hosil bo‘ladi, boshqalarda ko‘p cho‘kma hosil bo‘lishi kasallik hisoblanadi. Siydik yo‘llarini toshlari mayda qum kattaligidan to 250 g kattalikgacha bo‘ladi. Toshlarni asosini oqsil, shilimshiq moddalar, parazitlar tashkil qiladi. Buyrakni mineral moddalarni siydikga o‘tkazishini buzili-shi siydikda xloridlar, fosfatlar, sulfatlarni qon va to‘qimada ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Turli isitmalarda siydiqda xloridlar kamayadi yoki och qolganda, nefroz, meksidema kasalliklarida ham kam miqdorda xloridlar buyrak orqali chiqariladi. Nefrozlar davrida siydikda fosfatlar va Sa ko‘p ajraladi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish