Hayvonlar patofiziologiyasi fani va uning rivojlanish tarixi


Siydik ajralishining miqdoriy buzilishi



Download 0,8 Mb.
bet37/46
Sana25.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#701751
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
Bog'liq
patfiz ma\'ruza lotinchasi

2.Siydik ajralishining miqdoriy buzilishi. hayvonlar siydigining miqdorini o‘zgarishi turli xil sabablarga bog‘liq, yilning davriga, hayvonlar ter bezlarining rivojlanganligiga, oziqaning turiga va boshqa sabablarga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Diurez yilning issiq vaqtlarida (yozda) kam ajraladi, sovuqda (qishda) qo‘p ajraladi. Normal ishlayotgan yoki sog‘lom buyrak kunduzi kechqurungiga nisbatan ko‘p siydik ajratadi (nikturiya), lekin qarri hayvonlarda, hamda yurak faoliyatiga bog‘liq holda qon aylanishi buzilganida tunda siydik ajralishi kuchayadi. Muslul ishlari davrida, teri va o‘pka orqali ko‘p suv chiqarilgani uchun diurez kamayadi. Xuddi shunday holatni buyrakni siydik hosil qilish xususiyatlari buzilganida ham kuzatish mumkin.
Payvonlarda siydik ajralishi kuchaysa - poliuriya, kamaysa - oliguriya, ajralmasa - anuriya deyiladi.
Poliuriya -(grekcha igop-siydik, Roli-ko‘p) deb,buyrak orqali katta miqdorda siydik ajralishiga aytiladi. Poliuriya kaptokchalarda birlamchi siydikning hosil bo‘lishini kuchayishi yoki kanalchalarda qayta so‘rilish zaiflashishidan hosil bo‘ladi. Poliuriyalar vaqtinchalik o‘zgarish sifatida ko‘p suv ichganda, tarkibida ko‘p suv soqlovchi ho‘l oziqa iste’mol qilinganida, siydik haydovchi dorivor moddalar berilganida, organizmga sovuqlik ta’siridan hosil bo‘ladi. Qonda kolloid moddalar bosimi kamayganida ham birlamchi siydik ko‘p hosil bo‘lishi hisobiga poliuriya hosil bo‘ladi. Qon bosimi oshganda va endokrin sistemalar faoliyati buzilishidan ham siydik ko‘p hosil bo‘ladi. Diurezni ko‘payishi buyrakni surunkali yallig‘lanishi va distrofik o‘zgarishlarida hosil bo‘ladi, chunki bunday o‘zgarishlarda siydikni kanlchalarlarda qayta so‘rilishi kamayadi. Buyrakni bujmayishining boshlangich davrida poli-uriya buyrakni kattik moddalarni ajratish kobiliyatini etishma-ganligi kompentiiya kilaolganligi uchun bu jarayonni kompensator poliuriya deb xam aytiladi.
Ko‘pincha poliuriyani pallakuriyadan farqlash kerak. Pallakuriyada qovuq retseptorlarini qitiqlaniishi hisobiga va qovuq hajmi kichrayganida, tez - tez siydik ajralishi kuzatiladi.
Oliguriya yoki siydik ajralishining miqdoriy kamayishi. Oliguoiya kaptokchalardagi filtratsiya jarayonini zaiflashishi hamda kanalchalardagi qayta so‘rilishni kuchayishidan hosil bo‘ladi. Hayvonlarni quriq oziqalar bilan oziqlantirganda yoki hayvonlar ko‘p suv yo‘qotganida ham siydik kam ajraladi.
Umumiy qon aylanishini kamayishi, buyrakni trombozlar, o‘smalar hisobiga qon bilan ta’minlanishi buzilganida ham siydik kam ajraladi. Buyrakni yallig‘lanishi va sklerotik o‘zgarishi ham oliguriyalarga olib keladi. Ko‘plab kaptokchalarni jarohatlanishi, kanalchalarda qayta so‘rilishni kuchayishi ham siydik ajralishini kamayishiga sabab bo‘ladi. Buyrakni bujmayishi oqibatida buyrak kaptokchalarida filtratsiyani kamayishidan oliguriya hosil bo‘ladi.
Anuriya - buyrak orqali siydik ajralishini qisqa yoki uzoq muddatga ajralmay qolishi. Anuriya har ikkala buyrakdan kelayotgan yo‘llarini tiqilib qolishidan ham hosil bo‘lishi mumkin yoki siydik yo‘llarida tosh hosil bo‘lganida, o‘sma bilan qisilganida hosil bo‘ladi. To‘liq yoki qarib to‘liq siydik ajralishini to‘xtashi buyrakda qon aylanishi buzilganida, masalan, trombozlarda yoki qon tomirlari qisilganida, arteriya qon bosi-mi pasayganida (shokda, kallapsda, kuchli qon quyilishlarda) ham anuriyalarga olib keladi. Buyrakga uzoq vaqt qon kelishini to‘xtashidan buyrak to‘qimalarida qaytarilmaydigan o‘zgarishlarni chaqiradi. Anuriyalar o‘tkir glomerulonefrit va nefrozlarda uchraydi. Hayvonlarni sulema bi-lan zaharlanishidan, kuchli og‘riqli ta’sirdan, reflektor ravishda buy-rakda qon aylanishi buzilganida, siydik yo‘llarini begona jismlar bilan kuchli ta’sirlanishidan, ko‘krak va qorin qism organlarining jarohatlanishidan anuriya hosil bo‘lishi mumkin. Anuriyada organizmda azotli moddalar to‘planadi, zaharlanishlar hosil bo‘ladi. Vaqtinchalik ayiruv organ vazifasini ovqat hazm qilish sistemasi jigar, teri, o‘pka bajari-shi mumkin, lekin to‘lig‘icha buyrak vazifasini bajara olmaydi.
Siydik tarkibini o‘zgarishi.Siydikda shunday moddalar uchraydiki, ular me’yoriy siydik tarkibiga xos bo‘lmaydi yoki odatda siydikda uchramaydigan moddalar mikdori ko‘payib ketadi.
Buyrak faoliyatining buzilishi natijasida siydik tarkibida protein, qon, gemoglobin, qand, tuz, indikan turli xil silindrlar hosil bo‘ladi. Proteinuriya (albuminuriya).Sog‘lom hayvon siydigida oqsilni mikdori juda kam bo‘lib uni oddiy tekshirish usullari bilan aniqlab bo‘lmaydi. Agar siydikda oqsil miqdori ko‘paysa proteinuriya deyilib ko‘pincha al-bumin va kam miqdorda boshqa fraksiyalar uchraydi. Siydikda oqsillarni paydo bo‘lishi buyrak kaptokcha kapillyarlarini o‘tkazuvchanligini kuchayishidan hosil bo‘ladi. Albuminuriyalarni fiziologik va patologik turlari farq qiladi.
Fiziologik albuminuriya - buyrakni vaqtinchalik qon bilan ta’minlanishini buzilishi natijasida buyrak koptokchalarini o‘tkazuvchanligi kuchayganida, kuchli muskul ishlarida, tananing umumiy sovishi, emotsianal holatlarda (qo‘rqish, quvonish), bug‘ozlikni oxirgi davr-larida, yangi tug‘ilgan bolalar siydigida uchraydi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish