HAYVONLAR PATOFIZIOLOGIYASI FANI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI.
Reja:
1. Fanning mazmuni, maqsadi, vazifasi va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.
2. Hayvonlar patofiziologiyasi fanining rivojlanish tarixi.
Asosiy adabiyotlar:
1. Xaitov R.X., Eshimov D.E. “Hayvonlar patologik fiziologiyasi, Darslik Toshkent, “Ilim Ziyo” 2013 yil.
2. M.Donald., James F. “Pathologic basis of veterinary disese” Humana Press; 2011 edition.
3. С.И.Лютинский. Патологическая физиология селскохозяйственних животних. Mосква, Kolos, 2001 god.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. D.E.Eshimov., R.F.Ro‘ziqulov. “Hayvonlar fiziologiyasi va patofiziologiyasi fanidan amaliy - laboratoriya mashg‘ulotlari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. Tafakkur bo‘stoni - 2011 yil.
Internet ma’lumotlari:
1. www.ziyonet.uz.
2. www.vetjurnal.uz
3. www.lex.uz
4. www.veterinariy.actavis
5. www.kodges.ru
Tayanch iboralari.
Hayvonlar patofiziologiyasi umumiy qonuniyat, suniy model, K.Bernar, Mering, Minkovskiy, Fleming, Peer Mari, biokimyo, klindiagnostika, eksperiment, umumiy, tipik va xususiy patofiziologiya, umumiy nozologiya, etiologiya, patogenez, reaktivlik, yallig‘lanish, mahalliy qon aylanishining buzilishi, isitma, o‘sma, giper va gipobiotik jarayonlar, S.T.Zabelin, A.M.Filomafitskiy, V.V.Pashutin, A.B.Foxt, G.P.Saxarov, A.F.Andreev, V.V.Voronin, V.A.Negovskiy, C.M.Pavlenko, A.D.Ado, A.A.Juravel, V.V.Podvisotskiy, A.A.Bogomolets, N.N.Anichkov, E.S.London, N.I.Shoxor, A.D.Speranskiy, E.A.Tatarinov, N.N.Sirotinin, L.R.Pepelman, M.P.Tushnov, V.V.Koropov V.M.Volkov, R.X.Xaitov, R.P.Po‘latov.
1. Hayvonlar patofiziologiyasi, kasal hayvonlar organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni, kasalliklarni hosil bo‘lish sabablarni, shart-sharoitlarini, rivojlanish mexanizmlari va oqibatlarini o‘rgatadigan yoki kasal hayvonlar organizmining fiziologiyasi to‘g‘risidagi fandir.
Hayvonlar patofiziologiyasi fanining asosiy vazifalaridan biri, patologik jarayonlarning rivojlanishini umumiy qonuniyatlarini ochib berish, kasallikning kelib chiqish sabablari va rivojlanish mexanizmi hamda oqim va oqibatlarini o‘rgatishdan iboratdir.
Hayvonlar patofiziologiyasi fani kasalliklarning rivojlanish mexani-zmlarining umumiy qonuniyatlarini ocha borib, kasallikning mohiyati, aniq tashxis qo‘yish, kasallikning oldini olish va davolashga yo‘l ochib beradi.
Hayvonlar patofiziologiyasi fani vrach (hakim) dunyo qarashini shakllantirib, kasalliklarning kelib chiqishini ilmiy asoslash hamda fandagi eskirgan, noan’anaviy profilaktik tadbirlar va davolash jarayonlari o‘rniga yangi, zamonaviy uslublar yaratib beradigan veterinariya sohasidagi eng asosiy fanlardan hisoblanadi.
Hayvonlar patofiziologiyasi eksperimental fan bo‘lib, ikkita so‘zdan iborat: yunoncha Pathos - bemorlik, kasallik, logos - talimot degan ma’noni bildiradi.
Hayvonlar patofiziologiyasi fanining asosiy va bosh usuli bo‘lib, ‘ksperiment - tajriba hisoblanadi. Bu fan tajribalar usuli yordamida sun’iy ravishda turli patologik jarayonlarni, kasalliklarning va ularni sun’iy modellarini hosil qilib, u jarayonlarni chuqur, atroflicha o‘rgatishga harakat qiladi. Turli omillarning kasallik chaqirishdagi ahamiyatini, kasalliklarning rivojlanish mexanizmlarini, oqim oqi-batlarini o‘rgatadi.
Patologik tajriba yordamida o‘tmishda, hozir va kelajakda kasalliklarning sabablarini o‘rganish uchun zaruriy sharoit yaratiladi va buning ahamiyati muhimdir. K.Bernar jigarning glikogen hosil qilish xususiyatini o‘rganishda jigarga boradigan va jigardan chiqadigan qon tomirlarida mavjud bo‘lgan qon tarkibidagi uglevod miqdorini o‘rganib, jigardan chiqayotgan qonda uglevodlar kam ekanligini aniqlagan.
Jigarning glikogen hosil qilish xususiyatlarini Mering va Minkovskiylar ham o‘rgangan bo‘lib, ular oshqozon osti bezining ikkita oriqchasini bog‘lab qo‘yib, qonni tekshirganlarida qonda glyukoza miqdorining oshib ketganini kuzatgan va bu bilan gormonlarning organizmdagi ahamiyatini ko‘rsatib bergan. Tajribalarda Peer Mari gipofiz bezining gipofunksiyasi pakanalikga, giperfunksiyasi esa, akromegaliyalarga olib kelishini isbotlagan. Amerika olimi Simones gipofiz bezining funksiyasi pasayganida kaxeksiya kelib chiqishini o‘rgangan. Rus olimi Lunin ikki guruh sichqonlarni olib, bir guruhini suniy va ikkinchi guruhini tabiiy sut bilan boqqanida, bir necha kundan so‘ng suniy sut bilan boqilgan sichqonlar oriqlab, o‘sishdan qolgan va ularning juni tushaboshlaganini, terisida o‘zgarishlar paydo bo‘lishini kuzatadi.
V.V.Pashutin vitaminlarni ahamiyatini aniqlashga harakat qilib, quyonlarni nuqul sho‘r karam bilan boqadi va quyonlarning singa kasalligiga chalinib qolganligini kuzatadi, lekin uning rivojlanish mexanizmini tushintirib bera olmaydi.
Vitaminlar haqidagi gipoteza tarifi 1911 yil Londonda ishlayotgan bioximik - polyak olimi Kazimir Funk tomonidan berildi. U guruch kepagidan beri - beri kasalligini davolay oladigan oq kristall moddani ajratib oldi va uni vitamin deb atadi. Lotincha-Vita hayot amini, ya’ni tarkibida azot saqlovchi kimyoviy birikma demakdir. K.Funk singa, pellagra, raxit, beri-beri kasalliklari organizmda vitaminlar etishmasligadan kelib chiqadi deb hisoblaydi. Keyingi yillardagi tekshirishlar ko‘pchilik vitaminlar tarkibida azot bo‘lmasligini tasdiqlagan. Tarkibida azot saqlamaydigan vitaminlarga A, D, E, K, S lar kiradi. O‘tmishda tajribalar qisqa vaqt ichida, o‘tkir tajribalardan foydalanib o‘tkazilgan.
Shuning uchun ham, tajriba I.P.Pavlov qo‘lida ravnaq topdi, ular surunkali usullar yordamida o‘tkazilgan.
I.P.Pavlov 10 yil davomida S.P.Botkin laboratoriyasida qon tomirlariga kofeinning, kamfora, brom ta’siri, xususan, yurak nervlarini ta’sirlab, qon bosimini o‘zgarishini, itlar oranizmiga dorilar ta’sirida qon bosimining o‘zgarishini, itlar uyqu arteriyasini terisi yuzasiga chiqarib tikib, o‘rganadi.
I.P.Pavlov 20 yil davomida ovqat hazm qilish sistemasining fizio-logiyasida o‘zigacha qo‘yilgan fistula usullarini takomillashtirib, quloq oldi, jag‘ osti so‘lak bezlariga naychalar o‘rnatib, hayvon jarohati tuzalganidan so‘ng turli oziqalarga nisbatan shira ishlab chiqarilishining farqini o‘rganadi. Nerv sistemasining ovqat hazmlanishidagi ahamiyatini o‘rganish uchun hayvonlarni ezofagotomiya usuli «yolg‘ondakam» ovqat-lantirish natijasida, meda shirasining reflektor ravishda ajralishini tushintirib beradi. Shu usullar asosida, dieta yaratadi.
I.P.Pavlov 35 yillik hayotini inson va hayvonlarning psixik faoliyatini, fe’l-atvorini o‘rganishga bag‘ishladi.
Patofiziolog patologik eksperiment yordamida kasallik chaqiruvchi sabablarni o‘rganadi, oqim-oqibatlarini aniqlaydi, kasalliklarning oldini olish choralarini topadi va kasalliklarni davolash yo‘llari, usullarini ishlab chiqadi, oqibatda amaliyotga yordam beradi. Jumladan, XVIII asrda Fransiya vinolarining achib, uksusga aylanib ketaboshlaganida, vino saqlanadigan chanlarni I.P.Paster qaynoq suvlarda yuvib dezinfeksiya qilish usulini yaratadi. Ipak qurtini kasalliklari kelib chiqqanida esa, ipak qurti saqlanadigan xonalarni iflosliklardan tozalashni tavsiya qilib, ipak qurti kasalliklarini mikroorganizmlar chaqirayotganligini isbotlab beradi.
Lui Paster xolera (bezgak) kasalligini chaqiruvchi bakteriyalarni o‘stirib, termostat eshigi tasoddifan ochiq qolib ketganida, bir necha kun o‘tganidan keyin, xolera mikroblarining o‘sishi zaiflashganligini kuzatadi va shu mikrob yuvindisini tavuqlarga ukol qilganida, tavuqlar kasallanmaydi. Shunday qilib, vaksinatsiya usuli yaratiladi. Ingliz olimi Fleming streptakokk mikroblarining kasallik chaqirish xususiyatlarini o‘rganish uchun Petri kosachalariga ekib, uning usti ochiq qolganida, ekilgan mikrob ustiga zambrug‘lar tushib, mikroblarni qisman o‘ldiradi va shunga asosan, dastlabki antibiotik, pensilin yaratiladi. Demak, tajribalarning ahamiyati muhim ekan. Tajribalarning ahamiyati to‘g‘risida I.P.Pavlov qo‘yidagi ikkita muhim jarayonga etibor berishni tavsiya qiladi:
1.Kuzatishlarga chuqur etibor berish kerak;
2.Tajriba usuliga etibor berish bilan biz tabiatni o‘rganamiz deydi.
Fransuz olimi Kuve kuzatish usuli bilan tabiatni eshitamiz va tajribada tabiat ichining ochilishi va bo‘yinsunishiga majbur etamiz deydi.
Hayvonlar patofiziologiyasi fanida uch xil muommani o‘rganiladi:
1.Nozologiya - kasalliklar haqidagi umumiy talimot. Nozologiyada vrach ikki xil masalaga duch keladi: biri nima uchun kasallik kelib chiqadi va uning rivojlanish mexanizmi (etiologiya, patogenez) qanday? Kasallik kelib chiqishida hayvonning turi, zoti, jinsi, irsiyat va konstitutsiyaning ahamiyatini hamda kasalliklarga bardosh berish xususiyatlari - reaktivlik o‘rganiladi.
2.Barcha kasalliklarda uchraydigan va barcha kasalliklar asosida yotadigan yoki kelib chiqishida kuzatiladigan umumiy tipik holatlar o‘rganiladi:
a). Mahalliy qon aylanishining buzilishi;
b). Yallig‘lanish;
v). Isitma;
g). Giper va gipobiozlar.
Hayvonlar patofiziologiyasi fanining xususiy patofiziologiya qismida organ yoki sistemalardan: qon, qon aylanish, nafas, ovqat hazm qilish, jigar, ayiruv organlari, ichki sekretsiya bezlari va nerv sistemasining patologiyalarini o‘rgatadi.
Keyinchalik patofiziologiya va normal fiziologiya fanlarini A.M.Filomafitskiy (Moskva univerisitetining fiziologiya kafedrasi mudiri) o‘rgata boshlaydi. U vaqtda chuqur bilmga ega bo‘linmaganligi uchun, kasalliklarning kechishini bilmasdan, faqat kasalliklarning ba’zi-bir belgilarini o‘rgatgan. Kasalliklarning kelib chiqishini ilohiy kuchga bog‘lab o‘rgatadi. Shuning uchun ham, A.M.Filofitskiy kasallikni kuzatib, o‘rganish maqsadga muvofiq deb, bir qancha kasalliklarni tajribada o‘rgana boshlaydi. Masalan: yo‘talda nerv sistemasining ahamiyatini, qon quyish usulini, fibrinsizlantirilgan qonni quyib, itlarni tiriltirgan va bu sohada asar yozib, u hozirgacha o‘z qadrini yo‘qotgani yo‘q. A.M.Filomafitskiy laboratoriyasida ovqatlanish ximizmi o‘rganiladi va V.A.Basov shu laboratoriyada 1842 yilda it oshqozoniga naycha-fistula qo‘yish usulini yaratadi. A.M.Filomafitskiy Rossiyada turli patologik jarayonlarni mikroskop ostida o‘rganadi. Masalan: qonning shaklli elementlaridan eritrotsitlarni, kasallik davrida siydik ajralib chiqishining o‘zgarishini kuzatgan. Uning narkoz sohasidagi ishlari operatsiya o‘tkazishda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, u o‘sha zamonning mashhur xirurgi Pirogovga qudratli qurol-narkoz usulini yaratib berib, ko‘p odamlarning hayotini Rossiya bilan Turkiya o‘rtasidagi urishda saqlab qolishga muyassar bo‘ladi. Shunday qilib, A.M.Filomafitskiy qisqa hayot kechirishiga qaramasdan, fan sohasida katta iz qoldirgan olimdir.
V.V.Pashutin bir qancha tajribalar asosida, nerv sistemasining ahamiyati muhim ekanligini bilib, R.Virxovning hujayralar patologiyasiga qarshi chiqadi va hujayralarda kechayotgan jarayonlar nerv sistemasiga bog‘liq ekanligini tushintiradi. Organizmda turli moddalar etishmasligi natijasida har xil patologik jarayonlar hosil bo‘lishini tajriba asosida kuzatib, quyonlarni nuqul sho‘r karam bilan boqib singa, skorbut kasalligini kelib chiqish mexanizmini o‘rganadi. Natijada, bu organizmlarga qandaydir qo‘shimcha oziqa etishmasligi sababli kasallanish hosil bo‘ladi, degan xulosaga keladi. Keyinchalik Lunin vitaminlar etishmasligini asoslab beradi. Shuning uchun ham V.V.Pashutin vitaminlar talimotining iqtidori-pioneri deb ataladi.
V.V.Pashutin Rossiyada yirik patofiziologlar maktabini tashkil qiladi. Uning shogirdlaridan M.P.Albitskiy (Pashutindan keyin kafedra mudiri bo‘lib ishlagan), A.V.Reprov Xorkov meditsina institutida fiziologiya kafedrasining mudiri, rentgen nurini ta’siri, endokriologiya sohasida ishlagan. Xarkov meditsina institutida patofiziologlarning mustaqil maktabini tashkil qilib, uning shogirdlaridan D.E.Alperin, S.M.Leytes va boshqalar gaz, issiqlik, moddalar almashinuvi va endokrin sistemalar patologiyasini o‘rgangan. Akademik A.D.Timofeevskiy o‘smalar ustida ishlab, o‘smalarni suniy sharoitlarda o‘stirish mumkin ekanligini o‘rgangan. U bitta yagona hujayradan katta o‘smalarni in vivo va in vitra (Organizmda va organizmdan tashqarida) o‘stirib, davlat mukofatining sovrindori bo‘ladi. Lunin vitaminlar sohasida ishlaydi. A.P.Lixachev gaz almashinuvi sohasida ish olib boradi. V.V.Pashutin mediko-xirurgiya akademiyasining rektori lavozimida ishlab turganda, 1901 yili infarktdan o‘ladi.
2- Hayvonlar patofiziologiyasi maktabini A.I.Poluninning shogirdi, Moskva univerisitetida Aleksandr Bogdanovich Foxt (1848-1930) rahbarligida tashkil etildi. U organ to‘qimalarda, jumladan: o‘pka, yurak sistemasida uchraydigan patologik jarayonlarni o‘rganadi. Yurakning suniy poroklarining modelini yaratadi va atroflicha o‘rganadi. Yurak, qon tomirlari patologiyasi, o‘pka, yurak faoliyati buzilishida o‘pkada va yurakda istesqolar hosil bo‘lishini o‘rganadi. A.B.Foxt laboratoriyasidan chiqqan olimlardan professor Govril Petrovich Saxarov allergiya va endokrinologiya sohasida, A.I. Talyansev periferik qon aylanishining patologiyasi, V.V.Voronin yallig‘lanish, A.F.Andreev klinik o‘lim va organizmni umumiy tiriltirish usullarini yaratadi. V.A.Negovskiy yurak tomirlarining Hayvonlar patofiziologiyasisini o‘rganib, shu asosda kompleks tiriltirish usulini yaratgan. G.P.Saxarov va uning shogirdlaridan S.M.Pavlenko va A.A.Juravel reaktivlilik, immunologiya va endokrinologiya sohasida ishlagan.
3- Hayvonlar patofiziologiyasi maktabini Kiev va Odessada Vladimir Valeryanovich Podvesotskiy (1857-1913) tashkil qilgan bo‘lib, u immunitet hosil bo‘lishining gumoral nazariyasini, o‘smalar sohasida parazitar nazariyani yaratgan. Regeneratsiya jarayoni ustida ish olib borgan. Hayvonlar patofiziologiyasidan darslik yozgan bo‘lib, bir necha tilda nashr qilingan. U Hayvonlar patofiziologiyasi fanini tashviqot qilish maqsadida, «Patologiya va meditsina arxivi» nomli jurnal chiqargan. Uning shogirdlari L.A.Tarasevich va I.T.Savchenko, akademik A.A.Bogomolets va boshqalardir. Ular immunologiya, organizmning reaktivligi, endokrinologiya muammolarini o‘rgangan va ular doimo I.I. Mechnikov ko‘rsatmasi bilan ishlagan. L.A.Tarasevich va I.T. Savchenkolar I.I.Mechnikov taklifi bilan Fransiyada agglyutinin, pretsipitin, antitelalar, ustida ish olib borgan.
Akademik A.A.Bogomolets Hayvonlar patofiziologiyasi sohasida ishlab, reaktivlikning patologiyadagi ahamiyati, uni endokrin boshqarilish bilan bog‘liqligi sohasidagi muammolarni o‘rganadi. U 1881 yil Petropavlovskiy turmasida tug‘ilib, 1946 yilda vafot etgan. Uning onasi Rossiyaning «janubiy ozod qilish guruhi»ning ishtirokchisi bo‘lganligi uchun qamalgan.
Akademik A.A.Bogomolets Ukraina fanlar Akademiyasining prezidenti va Ukraina Oliy Soveti Prezidiumi raisining birinchi muovini. 1924 yildan patofiziolog-patanatom. Hayvonlar patofiziologiyasini rivojlantirib, medisinada original patologik talimotni yaratgan bo‘lib, u biriktiruvchi to‘qimalarning fiziologik sistemasi deyiladi. Biriktiruvchi to‘qima tayanch funksiyasidan tashqari trofik funksiya hamda plastik - qurilish vazifasini bajaradi. U RES xujayralaridan tashkil topganligi uchun fagotsitoz va antitela ishlab chiqarishni kuchaytiradi. Antiretikulyar sitotoksik zardob yordamida biriktiruvchi to‘qima funksiyasini yaxshilaydi. U 2-Jahon Urushi yillarida ko‘p kasalliklarni davolashda faol ishlatilgan. Akademik A.A.Bogomolets Butun Ittifoq qon quyish institutining direktori, qonni konservatsiya qilish usulini ishlab chiqqan (mediklar ichida birinchi bo‘lib sos. Mehnat qahramoni unvoniga sazavor bo‘lgan). U biriktiruvchi to‘qimaning xususiyatiga qarab 4 xil konstitutsiya tipini aniqlab, shu konstitutsiyalarga bog‘liq holda, kasalliklarning ko‘p yoki kam uchrashini kuzatgan. Saratovda yirik patofiziologlar maktabini yaratgan bo‘lib, bu maktabdan etishib chiqqan taniqli olimlar E.A.Tatarinov, N.N.Sirotinin, P.Gorizontov, A.D.Ado, L.R.Pepelman va boshqalardir. Akademik A.A.Bogomolets patofiziologiyadan darslik yozgan patofiziologiya sohasida ko‘p tomli asar yaratib, davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan.
Akademik I.I.Sirotinin organizmning akklimitizatsyasi sohasi va organizm reaktivligi borasida ish olib borgan.
Akademik R.E.Kovetsiy o‘smalarning kelib chiqishi va ularning turli sharoitlarda rivojlanish xususiyatlari, o‘smalarda moddalar almashinuvining kechishini o‘rgangan.
Akademik A.D.Ado allergik kasalliklar, anafilaksiya, o‘pka kasalliklari ustida ishlagan va Hayvonlar patofiziologiyasi fanidan darslik yozgan.
Hayvonlar patofiziologiyasi yangi maktablarida taniqli olimlardan L.A.Taraseevich, A.V.Reprev, E.S.London, A.A.Bogomolets S.S.Xolatov, G.P.Saxarov, N.N.Anichkov, A.D.Speranskiylar rahbarlik qilganlar.
Akademik N.N.Anichkov (1885-1965) harbiy meditsna Akademiyasining patofiziologiya, patananatomiya kaferasida yurak tomirlar sistemasining patofiziologiyasi, RES hujayralarining patologik jarayonlarda ishtirok eishi va arteriosklerozlarning kelib chiqish mexanizmlarini chuqur o‘rgangan.
Kasalliklarning rivojlanishida indiferent ta’sirotchilarning ahamiyati katta ekanligini tajribalarda isbotlab beradi. Masalan: itlarga apomorfinni 15 kun ukol qilib, yorug‘lik bilan quvvatlab turilsa, keyingi kunlari faqat chiroqning yoqilishi ularda reflektor ravishda qusish jarayonini keltirib chiqaradi. U organlarni organizmdan ajratib o‘rganib bo‘lmaydi deb, rejali ilmiy ish olib borish lozimligini tavsiya qilgan. U patofiziologlarning yirik maktabini yaratgan va hozirgi kunda ham A.D.Speranskiy maktabidan chiqqan olimlar ilmiy-tadqiqot institutlari va oliygohlarda qizg‘in faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.
Sankt-Peterburgdagi mediko-xirurgiya Akademiyasining veterinariya bo‘limida, veterinariya patofiziologiyasining asoschisi I.I.Ravich ishlagan bo‘lib, Virxovning hujayralar nazariyasiga tanqidiy qarab, kasallik kelib chiqishida nerv sistemasining ahamiyati muhim ekanligini tan oladi. Umumiy zoopatologiyadan darslik yozgan va talabalarga mazkur fandan ma’ruzalar o‘qigan.
Qozon veterinariya institutining patofiziologiya kafedrasining mudiri, akademik M.P.Tushnov (1879-1935) patofiziologiyada original preparat yaratgan bo‘lib, uning tayyorlagan lizatlari turli organlarning parchalanishidan kelib chiqqan mahsulotlardir. Masalan: muskullardan tayyorlangan lizatlar – miolizatlar deyilib, hayvonlar charchaganida yuborilsa ularning ish qobiliyatlari tiklanadi, mammolizatlar elindan tayyorlanib, sut miqdorini ko‘paytiradi, ovariolizatlar esa, tuxum hujayralarining etilishini jadallashtiradi. Lizatlarning hozir ko‘p va keng tarqalgan turlari – biostimulyatorlar hisoblanadi. Ular yosh hayvonlarning o‘sish va rivojlanishi, mahsuldorligini oshirishda hamda ko‘plab kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Biostimulyatorlardan bo‘rdoqichilikda keng foydalaniladi. Jumladan, suv tarkibida milliardlab uchraydigan xlorellalar hayvonlarda kechadigan barcha jarayonlarni kuchaytirib, mahsuldorlikni oshirishda foydalanilgan. Hozir MDH mamlakatlarining veterinariya institutlari va fakultetlarida 45 dan ortiq veterinariya patofiziologiyasi kafedralari bo‘lib, ular biostimulyatorlarning organizm xususiyatlariga ta’sirini o‘rganib kelmoqda. Aksariyat ilmiy-tadqiqot veterinariya institutlari biostimulyatorlarning organizm reaktivliligi, moddalar almashinuvi va nerv-endokrin boshqarish jarayonlariga ta’sirini o‘rganib kelmoqda.
Hayvonlar patofiziologiyasi fanining rivojlanishida fransuz olimi Klod Bernarning (1813-1878) hissasi muhim bo‘lib, u adabiyotga qiziqishiga qaramasdan professor Jirardel maslahati bilan meditsina sohasida o‘qib, F.Majandi laboratoriyasida, uning rahbarligida faoliyat ko‘rsatgan. K.Bernarning ijodi ikki davrga bo‘lib o‘rganiladi:
Birinchi davr 20 yil normal fiziologiya bilan shug‘ullanib, jigarni glikogen hosil qilish vazifasini isbotlaydi va uning reflektor mexanizmini aniqlaydi. Organizmda diabet kasalligini kelib chiqishi, M.N.S.si faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq ekanligini isbotlab beradi. Oshqozon osti bezining shirasini va o‘t suyuqligining oziqalarni parchalashdagi ahamiyatini ko‘rsatib beradi, hamda organizmda haroratning oshib ketishini kuzatgan. Qon va limfa organizmning ichki muhitini tashkil etishi va hayotiy jarayonlarni belgilashini aniqlaydi.
Ikkinchi davr. U 10 yil eksperimental fiziologiya sohasida ish olib boradi. Organizmda turli nerv tolalarining ahamiyati, vazifasi, nerv va muskul to‘qimalarining elektrik xususiyatlarini, qonning xususiyatlari va SO2 ning organizmga ta’sirini o‘rganadi. So‘lak bezlaridan so‘lak ishlab chiqarilishining buzilishini isbotlaydi. Kurare degan moddani ichki sekretsiya bezlariga ta’sir ettirib, sekretsiya jarayonining kamayib ketganligini kuzatadi. Nafas olish sistemasining turli patologik jarayonlarini o‘rganib, 180 dan ortiq ilmiy manbaalar yozib, ular 18 tomdan iboratdir. K.Bernar katta qiyinchiliklarni boshidan kechirishiga qaramasdan ko‘p ish qilgan. U organizmda kechayotgan jarayonlarni hayotiy kuchga bog‘liq bo‘lib, u kuch tasoddifiydir deya o‘qtiradi.
I.P.Pavlov K.Bernar to‘g‘risida «K.Bernar o‘zining ongida keng va chuqur fikrlab, bir borliq sifatida fiziologiya, eksperimental fiziologiya va eksperimental terapiyani umumlashtirgan yoki fiziologiya yutuqlarini amaliyot bilan bog‘lagan olim» deydi.
Mashhur ximik Dyuma «K.Bernar fiziolog bo‘lib qolmay, balki uning o‘zi fiziologiyadir» deydi.
I.P.Pavlov talimoti Hayvonlar patofiziologiyasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. I.P.Pavlovgacha patofiziologiyada analitik usullardan foydalanilib kuzatishlar o‘tkazilgan. Alohida olingan organlar kasalliklarini, ularning yaxlit qismlarini hayvon yashayotgan sharoit, tashqi muhit o‘zgarishlariga va boshqa aloqador bog‘lanishlarga e’tibor berib o‘rganilmagan. I.P.Pavlov esa, tajriba asosida ilmiy ish olib borishga yuqori darajada e’tibor berib, organizm sistemalaridagi o‘zgarishlarni surunkali tajribalarda sog‘lom organizmlarda kuzatadi. I.P.Pavlovning nervizm nazariyasiga ko‘ra, murakkab rivojlan-gan organizmlarda kechayotgan har qanday patologik jarayonlar nerv sistemasining ishtirokida, xususan oliy nerv faoliyati ishtirokida kechishi ta’kidlanadi.
O‘zbekistonda Hayvonlar patofiziologiyasi fanini tashkil qilish va uning rivojlanishi sobiq ittifoq tashkil topishi bilan bog‘liq bo‘lib, sho‘rolar hukumatining dekretiga muvofiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlarini tashkil qilish bilan boshlandi. Natijada, Toshkent shahrida O‘rta Osiyo Davlat univerisitetining medisina fakulteti tashkil qilindi, keyinchalik ToshDUga aylantirilib, bu sohada qizg‘in faoliyat boshlandi. 1921 yilda ToshDU da Respublikamizdagi dastlabki «Umumiy patologiya» kafedrasi tashkil etilib, u keyinchalik «Hayvonlar patofiziologiyasi» kafedrasi deb nomlandi. Samarqandda 1930 yilda, Andijonda 1957 yilda, O‘rta Osiyo medisina pediatriya institutida esa, 1972 yilda dastlabki patofiziologiya kafedralari tashkil topdi.
Samarqandda tashkil topgan O‘zbekiston Davlat qishloq xo‘jalik institutida veterinariya patofiziologiyasi fanini dastlab Farxodiy, 1936 yildan boshlab esa, mazkur kafedraning mudiri, dotsent Vladimir Valerianovich Volkov o‘qigan. V.V.Volkov ensiklopedist lektor, mohir eksperimentator, ajoyib pedogog-murabbiy edi. V.V.Volkov kafedra xodimlari bilan bir necha original ilmiy ishlarning tashabbuskori va tashkilotchisi bo‘lgan:
1.Issiq sharoitlarda qorako‘l qo‘yi va echkilarda allergiya va anafilaksiyaning kelib chiqish sabablari va rivojlanish mexanizmlarini;
2.Qorako‘l qo‘yi va echkilarda yoz oylarida kelib chiqadigan pnevmoniyalarning sabablari va rivojlanish mexanizmlarini o‘rgangan;
3.O‘lka patologiyasiga doir otlarda uchraydigan «Suyluk» kasalligining kelib chiqish sabablari, taraqqiy etish mexanizmi va uni aniqlash usullarini ishlab chiqish sohasida juda ko‘p izlanishlar olib borgan. Hozirgi kunda bu kasllik odam va hayvonlarda uchrab, «Trixodesmatoksikoz» deyiladi. Bu sohada N.X.Shevchenko va F.I.Ibodullaevlar doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan va bir qancha nomzodlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan.
4.To‘qimalarda hosil bo‘ladigan sitotoksinlarning turli laboratoriya hayvonlari organizmining immunologik xususiyatlariga kuchaytiruvchi ta’sir qilishini o‘rgangan (paratif va kolibotselioz shtamlariga nisbatan antitelalar hosil bo‘lishi jadallashgan).
5.Vegetativ nerv sistemasining parasimpatik bo‘limining eksperimental hayvonlar organizmiga ta’sirini atroflicha o‘rgangan.
6.Ko‘p miqdorda yuqori malakali kadrlar tayyorlashda katta hissa qo‘shgan. 1953 yil V.V.Volkovning bevaqt vafotidan so‘ng, kafedraga dotsent Anton Ivanovich Yarmashkeevich rahbarlik qilib, kafedrada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar asosan, fiziologiya fani hamda dekanat va o‘quv bo‘limlaridagi tashkiliy-ma’muriy ishlarga qaratilgan.
Kafedrada bajarilayotgan ilmiy ishlarining keng ravnaq topishi, asosan 1961 yildan kafedra dotsenti, hozirda professor Ro‘zi Haitovich Haitovning rahbarligida amalga oshirildi. Bu davrga kelib kafedra xodimlari jigar, taloq va boshqa parenximatoz organlardan tayyorlangan ekstraktlarni sog‘lom va kasal hayvonlar organizmiga turli miqdorda yuborib, yuborish muddatlariga bog‘liq holda, ularning ta’sir etish mexanizmi tadqiq etilib, bir qancha tavsiyanomalar ishlab chiqilgan. Hayvonlar fiziologiyasi va patofiziologiya kafedrasida to‘qima preparatlarining hayvonlarni bo‘rdoqiga boqish, ular organizmining o‘sish va rivojlanishi hamda turli xil kasalliklarni davolash va oldini olishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini isbotlab bergan.
Gelmintozlarga qarshi ko‘plab preparatlarni ta’sirini o‘rganib, bir qancha tavsiyanomalar ishlab chiqilgan. Ayniqsa, qorako‘l qo‘ylarda va turli rangli qo‘zilarda tabiiy immunitetning irsiy xususiyatlari atroflicha o‘rganilgan va hozir ham o‘rganilmoqda. Bu sohada dotsent A.D.Dushanov sintetik vaksina yaratib, u yaxshi natijalar bergan bo‘lsa, dotsent M.A.Abdullaev kafedraning katta o‘qituvchisi R.F.Ro‘ziqulov bilan hamkorlikda muhim ilmiy izlanishlarni amalga oshirib kelmoqda. Kafedramiz professori R.X.Xaitov rahbarligida «Veterinariya asoslar» 1-2 tom 1972 yil, R.H.Haitov va A.Dushanovlar «Hayvonlar fiziologiyasi» fanidan 1975 yilda, R.H.Haitov va dosent M.A. Abdullaevlar «Qishloq xo‘jalik hayvonlarining Hayvonlar patofiziologiyasisi» fanidan 1980 yilda o‘zbek tilida darslik, bir qancha uslubiy qo‘llanmalar, 400 dan ortiq ilmiy maqolalarni turli nashriyotlar, oliygohlar, ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy to‘plamlari, halqaro, MDH mamlakatlari sezd va konferensiyalar materiallarida chop ettirgan. Kafedra olimlarining bevosita rahbarligida 10 ta doktorlik, 342 nafar nomzodlik dissertasiyalari ixtisoslashgan ilmiy Kengashlarda himoya qilingan. Kafedra ilmiy xodimlari ko‘plab fiziologiya sohasida himoya qilinadigan nomzodlik va doktorlik dissertasiyalariga opponentlik qilib, taqrizlar yozib kelmoqda. Shunday qilib, O‘zbekistonda patofiziolog olimlar Samarqand qishloq xo‘jalik institutining veterinariya fakultetining patofiziologiya kafedrasi, O‘zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, bir qancha tibbiyot oliygohlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining patofiziologiya laboratoriyalarida hozirgi zamon veterinariya va medisina fanining nazariy hamda amaliy jarayolarini o‘rganmoqda. Bu institutlarda patofiziologiya sohasi bo‘yicha ko‘plab fan nomzodlari va doktorlari etishib chiqqan va faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularni MDH va chet mamlakatlarda tan oladilar.
Patofiziologiya fanini mustahkam o‘rganish maqsadida «O‘zbekiston patofiziologlar jamiyati» tashkil qilingan bo‘lib, unga 100 dan ortiq patofiziologlar a’zo bo‘lib kirishgan. Patofiziologiya fanini va ilmiy-tadqiqot ishlrini Moskva, Sankt-Peterburg, Kiev, Qozon, Almata, Erevan veterinariya institutlari bilan hamkorlikda faoliyat olib borilgan va hozir ham aloqadorlik uzilgan emas. Bu mustahkam birlikning tasdig‘i sifatida 2-patofiziologlar sezdining 1972 yili Toshkent shahrida o‘tkazilishi fikrimizning dalilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |