3.Tuzalish ikki xil bo‘ladi:
a). Kasallikdan organizm to‘liq tuzaladi.
b). Kasallikdan organizm chala tuzaladi.
Tuzalish ikki xil yo‘l bilan: oddiy va murakkab yo‘llar bilan amalga oshadi. Tuzalishning oddiy yo‘llariga har xil reflekslarning yuzaga chiqarib, amalga oshiriladi. Masalan: reflektor yo‘l bilan aksa urish, so‘lakni ko‘p ajratish, ko‘z yoshini artish, qusish, ter ajratish, yo‘talish, ich o‘tishi, ko‘plab siydik va ahlat ajratish, nerv sistemasining qitiqlanishi va boshqalar.
Murakkab yo‘llar bilan tuzalishda organizmni barer to‘siq xususiyatlari, RES organlari yordamida-jigar, taloq, limfa tugunlari, qizil ilik, leykotsitlar, ayniqsa T va V limfotsitlar, antitelalar va boshqalar yordamida fermentativ jarayonlar ishga tushib murakkab jarayonlar vositasida zaharsizlantirilib, kasallik chaqiruvchi sabab chiqarib tashlanadi, keyin qayta tiklanish jarayoni natijasida chala yoki to‘liq tuzaladi. Agar organizm kasalliklardan mutlaqo tuzalib ketsa restitusiya ad integrum deb aytiladi. Ba’zi vaqtlarda organizm kasallikdan tuzalib, qaytalib qolishi mumkin residiv berishi mumkin va organizm og‘ir ahvolga uchrab qolishi mumkin va buni kritik va engil kechishiga litik kechish deyiladi.
3. Kasalliklardan organizm to‘liq tuzalmasdan organizm funksiyalari buzilishi mumkin. Organizm tuzalish qobiliyati mutlaqo susayib ketsa, vrach davolash usullari yordam bermasa, kasallikdan organizm o‘ladi.
3.O‘lim – mortis, morbi – organizmda to‘xtovsiz kechayotgan assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonining to‘xtashi va yurak ishini hamda nafas olishning to‘xtashi bilan xarakterlanadi.
O‘lim kelib chiqishiga qarab ikki xil bo‘ladi:
1.Tabiiy yoki fiziologik o‘lim.
2.Kasalliklar oqibatida yoki patologik holatdan hosil bo‘ladigan o‘lim.
Agarda barcha sodir bo‘ladigan o‘limlarni 100% deb olinsa, shundan faqatgina 2% ini tabiiy o‘lim tashkil etib, qolgan 98% ini kasalliklar oqibatida hosil bo‘ladigan o‘limlar tashkil qiladi.
O‘lim hosil bo‘lishini tushintiradigan ta’limotni tanatogenez deb aytiladi. O‘lim hosil bo‘lishi bir necha davrlarda kechadi va terminal holat deyiladi, ular quyidagilar:
1.Agoniya-o‘lim oldi talvasasi: (peripoganal va oganal davrdan iborat).
2.Klinik o‘lim.
3.Biologik o‘lim
O‘lim hosil bo‘lishi natijasida murdada quyidagi o‘zgarishlar hosil bo‘ladi:
1.Gavda soviydi – algar mortis birinchi kunlari 10 dan pasayib, ikkinchi kuni 0,20 soviydi. Albatta bu o‘zgarishlar atrof muhit o‘zgarishlariga bog‘liqdir.
2.Tanada dog‘lar paydo bo‘lishi - livoris mortis hayvon qaysi tomoni bilan yotgan bo‘lsa, o‘sha tomonida ko‘proq dog‘ paydo bo‘ladi va junsiz, pigmentlanmagan joylarda yaxshi ko‘rinadi.
3.Gavda qotadi – rigor mortis kolloid moddalarning qotishi. Qotish 8-10 soatdan keyin boshlanib, boshdan oyoqa qarab boradi.
4.Gavdaning chirishi – matseratsiya yoki autoliz organizmdagi chirituvchi va tashqi muhitdan tushgan mikroorganizmlar ta’sirida hosil bo‘lib murdadan sassiq hid kela boshlaydi. Agarda gavdada shu bakteriyalar bo‘lmasa gavda mumlanib qoladi.
Kuzatishlar natijasida aniqlanishicha hayvon o‘lgandan so‘ng bir qancha vaqt davomida organ va to‘qimalarda hayot davom etaberar ekan. Masalan: tirnoqlar, junlar, sochlar, o‘sib, oshqozon, ichaklarning muskullarini harakati, qisqarishlari va boshqa belgilar kuzatiladi. O‘lim hosil bo‘layotgan davrda organizmni qayta tiriltirish mumkin ekanligi ustida juda ko‘p ishlar olib borilgan. Bu holatni reanimatsiya deyiladi. Hozir tasodifiy voqialardan halok bo‘lgan organizmlarni tiriltirib olish mumkinligi aniqlangan va isbotlangan bo‘lib, har xil travmalardan, ko‘p qon yo‘qotilganda, narkoz davridagi bo‘g‘ilishlardan, elektrotravmalarda, turli xil fojiali hollarda o‘lgan odam va hayvonlarni qaytadan tiriltira olinmoqda. Bu sohada Tomskiy universitetining fiziologiya kafedrasining professori Kulyabko 1902 yil birinchi bo‘lib, uch oylik qizning o‘pka yallig‘lanishidan o‘lganidan 20 soat o‘tgach, qon tomirlariga fiziologik eritma yuborganida yurak qaytadan ishlaganini kuzatgan.
Amerikalik fiziolog Karel 1912-1919 yilgacha sun’iy sharoitda bir burda jo‘ja yuragini ishlatib turishiga muvofiq bo‘lgan.
Akademik Kravkov laboratoriyasida quyonlarning quloqlarini, barmoqlarini ajratib olib, maxsus suyuqliklarga solib qo‘yganida tirnoqlarni, junlarni o‘sishini kuzatgan. Demak, alohida organlarni tiriltirish mumkin ekan.
Professor F.A. Andreev 1913 yil itlarda ko‘plab tajribalar o‘tkazib, itlarni qonsizlantirib, qaytadan itlar organizmga qon yuborib tiriltirgan va butun organizmni tiriltirish mumkin degan xulosaga kelgan.
1928 yil Tibilisida fiziolog-bioximiklar s’ezdida Bryuxonenko va Chechulinlar qiziq tajribani namoyish qiladilar: itni boshini kesib olib, bosh tomirlariga rezina naychalar orqali qon yuborib, itni holatini namoyish qiladilar ya’ni stolni qattiq urganda it cho‘chib tushganini kuzatgan yoki og‘ziga bir burda kolbasa solganda so‘lak ajrata boshlaydi. AIK asbobini yaratgani uchun 1966 yil uni o‘limidan keyin Lenin mukofoti bilan mukofatlandi. 1940 yil Sinitsin baqa va baliqlar yuragini ko‘chirib, o‘tkazishga muvofaq bo‘lgan. Akademik V.A.Negovskiy 1941-1945 yilar tiriltirishni umumiy usulini yaratib, Ulug‘ Vatan urushi yillarida ko‘p askar va ofitserlarni tiriltirib qolishga muvofiq bo‘ldi. Tabiatda o‘limga yaqin holat bo‘lib, anabioz deyiladi: va uni o‘simlik hamda hayvonot olamida uchratishimiz mumkin. Uzoq evolyusiya jarayonida turli noqulay ta’srotlardan saqlanib qolishda o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar tirik qolishi uchun anabioz holatiga o‘tadi, moslashadi. Masalan: qattiq sovuq, yoki issiqlikdan osmotik bosimni pasaytirib, havoda kislorodni kamaytirib, muzlatib, quritib mahsus ximiyaviy sharoit hosil qilinib, ya’ni protektor moddalardan foydalanib anabioz hosil qilish mumkin. Anabioz davrida hayvonlarda barcha funksiyalar keskin pasayib (tana harorati, yurak urishi, nafas olish, moddalar almashinuvi keskin pasayib, reflekslar yo‘qolib) ketadi. Anabioz holati chuvalchanglarda, baliqlarda, baqalarda, tipratikonlarda, yumronqoziqlarda, ayiqlarda va baqalarda uchraydi.
Odamlarda ham anabiozga yaqin holat uchrab lattergik uyqu deyiladi. Lattergik uyqu qattiq ta’sirotlar, og‘ir kasalliklar oqibatida kelib chiqadi, nerv psixik kasalliklar oqibatida ham kelib chiqadi.
Qarish uch fazali jarayondir:
1.Go‘daklik davridagi qarish.
2.Voyaga etish davridagi qarish.
3.Qarish.
Veterinariya vrachlarining asosiy vazifasi turli kasalliklarning oldini olish va davolashdir. Umummiy profilaktika deb turli xil yo‘llar, usullar va choralar yordamida kasalliklarning oldini olish tadbirlari tushinilib, bu tadbirlar murakkab xo‘jalik, tashkiliy va veterinariya - sanitariya tadbirlaridan iborat bo‘lib, ular quyidagilardir:
1.Tashqi muhitni sog‘lomlashtirish ishlari, buni uchun madaniy o‘tloqlar yaratish, zagon sistemasiga o‘tish, o‘tloqlarni almashlab turish, o‘tloqlarda uchraydigan zaharli o‘simliklardan, har xil ziyon keltiruvchi buyumlardan tozalash kerak. O‘tloqlarni, molxonalarni dezinfeksiya va mexanik tozalash kerak. Ferma atrofini o‘rab olish izolyatorlar tashkil qilish, qabristonlar va hayvonlarni kuydirish uchun xonalar qurish, o‘tloqlarni meliorativ ahvolini yaxshilab, namligini quritish yoki ko‘paytirish, tuzlarni yuvish va boshqa ishlarni uyushtirish:
2.Kasalliklarni yashirin kechish davrlarini turli usullar yordamida, doimiy tekshirishlar bilan aniqlab turib, tegishli choralar ko‘rish ya’ni rentgen apparatlari yordamida, allergik usullar bilan, qonni tekshirishda bakteriologik, serologik, bioximik, radiaktiv izotoplar va boshqa usullardan foydalaniladi. Yiliga ikki marta bahor va kuzda dispanserizatsiya o‘tkazilishi shart:
3.Organizmning tabiiy chidamligini yoki reaktivlilik qobiliyatini turli yo‘llar bilan mustahkamlash, chiniqtirish kerak:
4.Turli dorilar bilan davolash, vaksinatsiya qilish, immun zardob, biostimulyator, oqsil va fermentlardan tayyorlangan preparatlardan keng foydlanish lozim:
5.Veterinariya-sanitariya bilimlarini tashviqot qilish va boshqalar.
Umumiy davolash prinsiplari:
1.Kasalliklarni sabablariga qarshi davolash. Antibiotik, gormon, vitamin va boshqalardan foydalanish:
2.Kasalliklarni patogeneziga qarshi davolash:
3.Kasalliklarni simptomiga qarshi: ich o‘tish, taxikardiya, isitma, yo‘tal va boshqalarga qarshi davolash:
4.O‘rnini to‘ldirish yo‘li bilan davolash.
Do'stlaringiz bilan baham: |