Nazorat uchun savollar.
1.O‘sma deb nimaga aytiladi?
2.O‘smalarni qanday turlarini bilasiz?
3.O‘smalar qanday nomlanadi?
4.O‘sma to‘g‘risidagi tushunchalarni o‘rganatidag fan qanday nomlanadi?
5.Xavfli va xavfsiz o‘smalarning farqini tushuntiring?
ISSIQLIK ALMASHINUVINING BUZILISHI.
Reja:
1. Organizmda issiqlik almashinuvining boshqarilishini buzulishi va sabablari. Gipotermiya. Gipertermiya.
2. Isitmaning etiologiyasi, patogenezi, bosqichlari va turlari. Isitmada moddalar almashinuvi va organ-sistemalar faoliyatidagi o‘zgarishlar.
3. Isitmaning organizm uchun biologik ahamiyati.
Asosiy adabiyotlar:
1. Xaitov R.X., Eshimov D.E. “Hayvonlar patologik fiziologiyasi” Darslik Toshkent, “Ilim Ziyo” 2013 yil.
2. M.Donald., James F. “Pathologic basis of veterinary disese” Humana Press; 2011 edition.
3. С.И.Лютинский. Патологическая физиология селскохозяйственних животних. Mосква, Kolos, 2001 god.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. D.E.Eshimov., R.F.Ro‘ziqulov. “Hayvonlar fiziologiyasi va patofiziologiyasi fanidan amaliy - laboratoriya mashg‘ulotlari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. Tafakkur bo‘stoni - 2011 yil.
Internet ma’lumotlari:
1. www.ziyonet.uz.
2. www.vetjurnal.uz
3. www.lex.uz
4. www.veterinariy.actavis
5. www.kodges.ru
TAYANCH IBORALAR.
Oraliq miya, kulrang do‘mboqcha, MNS, shartli va shartsiz refleks, gipotalamus, po‘stloq, jonsirash, termik qo‘zg‘atuvchi, Krauze kolbochkasi, Ruffin tanachasi, tomirlar tonusi, ter ajratish, nafas, muskul, jigar, neyrogumoral sistema, gipotermiya, gipertermiya, pirogen modda, ekzogen, endogen, muhit o‘zgarishi, namlik, shamol, dorivor moddalar, nur, zaharlanish, jarohatlanish, yangi tug‘ilgan, ozg‘in, qarri, hayvon turlari, parrandalar, cho‘chqalar, qoramollar, to‘rt davrli o‘zgarish, kompensatsiya, issiqlik, yomon vintelyasiya, transport, tur, zot, yosh, rangi, uch davrli o‘zgarish, isitma, infeksion va infeksion bo‘lmagan isitma, indiferent ta’sirotchi, subfebril, febril, giperpertik, harorat ko‘tarilishi, o‘zgarmasliligi, pasayish, isitma turlari, nerv, yurak, qon tomirlar, nafs, xazm organlari, buyrak, ichki sekretsiya, L.Paster, I.I.Mechnikov, Gippokrat, I.P.Pavlov, N.F.Gamaley, antitela, fagotsitoz, vaksiyanatsiya, simpatik, parasimpatik, bar’er to‘siq.
Yuqori darajada rivojlangan issiq qonli hayvonlar organizmida tana harorati juda qisqa doirada o‘zgarib, ularning tana harorati hayvonlarning xususiy holatiga, turiga, ter bezlarining rivojlanganligi, sutkaning davriga, yoshiga, bog‘liq bo‘ladi. Bir turdagi hayvon tanasining turli qismlarida ham harorat bir xil emas. Oganizmda haroratning nisbatan bir xil saqlanishi fizikaviy va ximiyaviy termoregulyator mexanizmlar yordamida ta’minlanadi, bu jarayon MNS hamda ichki sekretsiya bezlari tomonidan boshqariladi.
Issiqlik almashinuvi MNS orqali shartli va shartsiz reflekslar yordamida ta’minlanadi. Tajribalarda tasdiqlanishicha oraliq miyadagi kulrang do‘mboqchaning orqa qismida issiqlikni hosil bo‘lishini va uzatilishini ta’minlaydigan-boshqaradigan markaz joylashgan. Bu boshqarilish moddalar almashinuvi, qon tomirlar tonusi, nafas olish, ter ajratish markazlari orqali boshqarilib, bu jarayonlar gipotalamus va uzunchoq miya faoliyatiga bog‘liqdir. Gipotalamusga igna sanchiq hayvon tana harorati 2,5-30 ga ko‘tariladi. Issiqlik almashinuvi po‘stloq faoliyatiga bog‘liq bo‘lib, po‘stloq olib tashlangan hayvonlarda issiqlik almashinuvi buziladi. Itlarda shartli reflektor yo‘l bilan issiqlik almashinuvini boshqarilishini ta’minlash mumkin.
Issiqlik almashinuvi qo‘yidagicha boshqariladi: termik qo‘zg‘atuvchi sovuqlikni suzuvchi Krauze kolbochkalari, issiqni suzuvchi Ruffin tanachalarini qo‘zg‘atib ta’sirotni MNSsiga uzatadi. U erdan impulslar turli organlarga berilib, qon tomirlar tonusini, ter ajratish, nafas olishni o‘zgartirib, muskul va jigarda moddalar almashinuvini o‘zgartiradi, Issiqlik almashinuvini boshqarilishi qonning haroratiga ham bog‘liq. Nerv sistemasi bilan birgalikda issiqlik almashinuvini boshqarilishida ichki sekretsiya bezlaridan gipofiz, qalqonsimon bez,buyrak usti bezi, me’da osti bezi va boshqa bezlar ishtirok qiladi. Masalan: gipofiz, qalqonsimon bez, buyrak usti bezining gormonlarini yoki ekstraktlarini yuborganimizda tana harorati oshsa, me’da osti bezining ekstraktlarini yuborib tana haroratini pasaytirish yoki shunday o‘zgarishlarni gipofiz, qalqonsimon bez va buyrak usti bezini olib tashlaganda kuzatiladi. Organizm soviyotgan paytda gipofizni AKTG ajrala boshlaydi va sovuqlikga qarshi hayvonlar turg‘inligi oshadi. Agarda oraliq miyadagi issiqlik almashinishini boshqaruvchi markaz jarohatlansa, organizm tashqi muhit haroratining pasayishiga moddalar almashinuvining kuchayishi bilan javob bermaydi va aksincha. Shunday qilib, hayvonlar organizmidagi issiqlik almashinuvining bezilishi nerv va endokrin sistemalar faoliyati hamda periferik organ va sistemalar faoliyati buzilganida kuzatiladi. Issiqlik almashinuvining buzilishi organizm haroratini pasayishi-gipotermiya, organizmni qizib ketishi-gipertermiya va isistmalar holatida namoyon bo‘lib, bularni hammasi issiqlik almashinuvining boshqarilishini buzilishi hisobiga hosil bo‘lib, hayvon tana haroratini o‘zgarishi bilan kechadi.
Gipotermi grekcha hypo- past, terme- issiqlik degan so‘zdan olinib, issiqlik almashinuvining boshqarilishini natijasida tana haroratini pasayishi bilan harakterlanadi. Gipotermiya ekzogen va endogen sabablar ta’sirida hosil bo‘ladi. Gipotermiya chiqiruvchi ekzogen sabablarga atrof muhitni haroratini pasayishi: namlik, shamolning kuchayishi, dorivor moddalar ta’siri va nurlar bilan zaharlanishlar kiradi.
Endogen sabablar ta’sirida hosil bo‘ladigan gipotermiyaga kuchli qon yuqotish, och, qolish, organizmni ozib ketishi, MNSsini jarohatlanishi (issiqlik almashinuvini boshqaruvchi markaz) periferik qon tomirlarini uzoq vaqt kengayib turishi (shok ka kallaps), yangi tug‘ilgan, ozg‘in, qarri hayvonlarda issiqlik almashinuvini boshqaruvchi markaz faoliyati sust bo‘lib tana haroratini pasayishiga sabab bo‘ladi. Cho‘chqalar qoramollarga nisbatan tez soviydi, chunki qoramollara me’da oldi bo‘lmalari faoliyati tufayli ko‘p issiqlik hosil bo‘ladi. Qushlar sovuqlikga chidamli bo‘lib, g‘ozlar atrof muhit harorati - 90-1020 tovuqlar - 500, o‘rdaklar - 400 da tana haroratini o‘zgartirmaydi. Jo‘jalar ham haroratni pasayishiga turg‘indir. Gipotermiyani chaqiruvchi sabab qanday bo‘lishidan qatiy nazar u issiqlik uzatilishini kuchayishi va issiqlik hosil bo‘lishini kamayishi bilan bog‘liq.
Gipotermiyada to‘rtta davr farq qilinadi:
davrda hayvon organizmi issiqlik hosil bo‘lishini kuchaytiruvchi va issiqlik uzatilishi pasaytiruvchi kompensator mexanizmlarini ishga soladi: ya’ni qon tomiri torayadi, jo‘ssasini kichraytiradi, muskul ishi, harakat va qaltirash hisobiga issiqlik hosil bo‘lishi kuchayadi, yurak ishi va nafas olish tezlashib qon bosimi ko‘tariladi. Qalqonsimon, gipofiz, buyrak usti bezi, vegitativ nerv sistemasini faoliyati kuchayadi. Umumiy va asosiy almashinuv, oksidlanish va boshqa jarayonlar kuchayadi.
Issiqlik almashinuvining moslashuvchanlik mexanizmlari charchab, issiqlik uzatilishi kuchayadi, ba’zi kislorod etishmovchiliklari hosil bo‘ladi. Lekin moddalar almashinuvi yuqori bo‘lib, to‘g‘ri ichak harorati 29-270 gacha pasayadi.
Davrda moddalar almashinuvi, yurak qon tomirlar faoliyati susayib, nafas olish va to‘g‘ri ichakdagi harorat pasayib 27-190 gacha o‘zgaradi, lekin bu davrda hayvonni darrov qizdirsak, normal hayotiy jarayonga qaytarsak bo‘ladi. Keyingi davrdagi sovish hayotiy jarayonlarni, qon bosimini, moddalar almashinuvini pasaytirib, issiqlik hosil bo‘lishi mutlaqo to‘xtaydi, uyqu bosadi, oldin yurak bo‘lmachalarida, keyin yurak qorinchalarida fibrilyasiya hosil bo‘lib, yurak ishi to‘xtab nafas olish markazi paralich bo‘lib, to‘g‘ri ichakdagi harorat 12-100 gacha soviydi.
Gipotermiya uchun harakterli belgilarga hayvon organizmning himoyalanuvchi mexanizmlar faoliyatini, fagotsitoz, immuntana hosil qilish, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari zaiflashadi, uglevodlar almashinuvi o‘zgaradi kislorod tanqisligi hosil bo‘ladi. Gipotermiyadan o‘lgan hayvon yorib kurilganida jigar, buyrak, yurak, MNSda distrofik o‘zgarishlar hosil bo‘lganligini ko‘ramiz. Keyingi yillarda sun’iy gipotermiya jarrohlik amaliyotida xususan yurak aperatsiyalarida,yurak muskullarini kislorod etishmovchiligiga chidamliligini oshirish maqsadida qo‘llanilmoqda. Bu vaqtda organda moddalar almashinuvi pasayib, hujayra va to‘qimalarda kislorod iste’mol qilish kamayar ekan. Xuddi shunday holat hayvonlarni qishki uyqusi davrida kuzatiladi.
Gipertermiya (grekcha hyper- yuqori, terme- issiqlik) deb issiqlik almashinishining boshqarilishini buzilishi natijasida hayvon tana haroratini ko‘tarilib. Qizib ketishiga aytiladi. Gipertermiyaga atrof muhit haroratini ko‘tarilishi, shabadasiz namlikning oshishi sabab bo‘ladi. Bu paytda issiqlikni nurlanib, parchalanib tashqariga chiqarilishi, organzm va atrof muhitdagi harorat farqi bo‘lmaganligi uchun hosil bo‘lmaydi. Issiqlik uzatilishi, issqlik almashinuvining boshqarilishining asosiy qismi bo‘lib, organizmdagi eng kam moddalar almashinuvi ham ko‘p issiqlik bo‘lishi va organizm haroratini bir xilda saqlanishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham ortiqcha hosil bo‘lgan issiqlik organizmdagi tashqariga chiqarilib turilishi zarur.
Hayvonlar tor joylarda saqlash, issiq xonalarda, yomon vintelyasiyalanadigan transport vositalarida kuchirish, og‘ir jismoniy ish bajarish hamda yaylovni isib ketishi, hayvonlar organizmini qizishiga sabab bo‘ladi. Hayvonlarning yuqori haroratga chidamliligi va moslashuvchanligi ularning turiga, zotiga, yoshiga, rangiga va teri qoplama sistemasiga bog‘liq. Qo‘ylar yuqori haroratga chidamli bo‘lib faqat atrof muhit harorati 400 va undan oshgandan keyin, ularda rektal harorat o‘zgaradi. Hayvonlarni yuqori haroratga chidamliligi, ulardagi ter ajratuvchi sistemani rivojlanganligiga bog‘liq.
Qoramollarad atrof muhit haroratini 300 dan oshishi rektal haroratni ko‘tarilishiga sabab bo‘lsa, cho‘chqalar bu haroratga ter ajratuvchi mexanizmni past rivojlangani uchun chidamsizdir. Cho‘chqalar 310 li atrof muhit haroratida saqlanganida ularni rektal harorati 0,70 gacha atrof muhit haroratini ko‘tarilishi ularni moslashaolmay o‘limiga sabab bo‘ladi, chunki ularda ter bezlari yo‘q. Ular parlarini yo‘qotib issiqlikga moslashadi. Issiqlikning haddan tashqari kuchayishi moddalar almashinuvini kuchaytirib, bezovtalanib rektal harorat 440 gacha etadi. Mayda hayvonlardan (cho‘chqa bolasi va buzoqlar) issiqlikga chidamsiz, jo‘jalar esa issiqlikga chidamlidir. Issiqlik ta’sirida hayvonlar ishtaxasi, mahsuldorligi pasayadi, qon tarkibi o‘zgaradi, nafas va yurak ishi tezlashadi. Organizmda atrof muhitning kuchli issiqligi uch davrda o‘zgarish chaqiradi.
1 nchi davrda kompensator mexanizmlar issiqlik hosil bo‘lishini kamayishi va issiqlik uzatilishini kuchayishini ta’minlaydi. Hayvonlarda moddalar almashinuvi pasayadi, ter ajralishi kuchayadi, periferik qon tomirlar kengayadi, qon aylanishi tezlashadi, nafas olish tezlashadi. Bularni hammasi issiqlik uzatilishini kuchaytirib rektal haroratini ko‘tarilmasdan saqlanishini ta’minlaydi. Issiqlik uzatilishini kuchayishi uzunchoq, oraliq miyalardagi (nafas, yurak, qon tomirlar, ter ajratish va boshqalar) markazlarda qizigan qonning o‘tishi bilan bog‘liq. Keyingi davrlarda organizmni qizishi natijasida organizmni moslashuvchanlik mexanizmlari etarli bo‘lmasdan ikkinchi davr yuzaga keladi.
II davrda hayvon qo‘zg‘aluvchan bo‘lib, puls, nafas olish tezlashadi, so‘lak ajralishi tezlashadi, moddalar almashinuvi kuchayib, oxirgi mahsulotga parchalanmaydi, siydikda oqsil paydo bo‘ladi, rektal harorat 2-30 ga ko‘tariladi. Agar shunda ham issiqlik ta’siri yo‘qolmasa uchinchi davr kelib chiqadi.
III davrda nerv sistemasining faoliyati keskin susayadi, yurak va nafas olish sekinlashadi, qon bosimi pasayadi, xushdan ketib, rektal harorat 5-60 gacha ko‘tariladi. Organizmi qizigan hayvonni nafas chiqarish davrida to‘xtaydi, yurak ishi sistola davrida to‘xtab o‘ladi. Bunday hayvonlarni yorib ko‘rganimizda parenximotoz organlarida chuqur o‘zgarishlar hosil bo‘lganini kuzatamiz.
Gipertermiyaga o‘xshash holatlardan biri hayvon orgaizmini issi urishidir. Bunday o‘zgarishlar hayvonlarda kuchli muskul ishi vaqtida, harorat yuqori bo‘lib namlik oshganida kuzatiladi. Issiq urish o‘tkir kechib yurak faoliyatining zaiflashishidan o‘lim kelib chiqishi mumkin.
Issiqlik almashinuvining buzilishi faqat gipo va gipertermiya bilan harakterlanib qolmasdan, isitma hosil bo‘lishi bilan ham harakterlanadi.
Isitma-fenbris deb, kasallik chiqiruvchi, ko‘proq infeksion sabablarga nisbatan organizmni umumiy o‘zgarishi bo‘lib, organizmda issiqlik almashinuvini boshqarilishini buzilishi natijasida hayvon organizmini hayvon haroratini, tashqi muhit haroratiga bog‘liq bo‘lmagan holatda ko‘tarilishiga aytiladi. Isitma kasallik hosil bulishini bir ko‘rinishi bo‘lib, organizmda ikkilamchi jarayon sifatida kasallik chiqiruvchi sabablarga nisbatan moddalar almashinuvini buzilishidan jumladan issiqlik almashinuvining boshqarilishini buzilishidan hosil bo‘ladi.
Isitmasi chiqqan hayvon organizmida termoregulyasiya jarayoni saqlanib fizikaviy va ximiyaviy issiqlik almashinishi jarayonini boshqarilishida tafavut hosil bo‘ladi. Isitma chiqargan organizm issiqlik va sovuqlik ta’siriga chidamsiz bo‘lib qoladi. Isitma chiqargan hayvonda, issiqlik almashinuvining boshqarilishini buzilishi hayvonni turiga, yoshiga, nerv sistemasining tipiga va boshqalarga bog‘liq. Isitma chaqiruvchi sabablar turli xilda bo‘lib, isitma chaqiruvchi moddalarga pir-pirogen moddalar, ularni xususiyatiga bog‘liq holda ikkita katta guruhga bo‘lib o‘rganamiz:
Infeksion isitma chiqaruvchi sabablar-turli infeksion kasalliklar.
Infeksion bo‘lmagan isitma chiqaruvchi sabablar-oqsilli, tuzli, dorili, nerv sistemasining jarohatlanishidan hosil bo‘ladigan isitma.
Isitma issiqlik almashinuvining boshqaruvchi markazlarga turli pirogen moddalar ta’siridan hosil bo‘ladi. Isitmani gipotalamus termik bo‘lib, bu moddalarni teri tagiga yoki vena qonini tarkibiga yuborilishi hech qanday o‘zgarishlar hosil qilmaydi. Xuddi shunday holatni hayvonlar oraliq miyasidagi kulrang do‘mboqchadagi termik qismga yoki shu qismga keladigan nerv yo‘llarini kuzatib ham isitma hosil qilish mumkin. Pirogen moddalar ta’siri vaqtida orqa va bosh miya bir-biridan kesib ajratsak isitma chaqirib bo‘lmaydi. Demak, po‘stloq ham isitma hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, indeferent qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida ham jarohatni oshirish mumkin.
Nerv sistemasi bilan birgalikda issiqlik hosil bo‘lishida ichki sekretsiya bezlarining ahamiyati ham mo‘xim bo‘lib, ular ma’lum darajada issiqlik almashinuvini boshqarilishida qatnashib, issiqlik hosil bo‘lishini kuchaytiradi, lekin isitma hosil bo‘lishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashmaydi. Masalan: ichki sekretsiya bezlaridva gipofiz, buyrak usti bezi, qalqonsimon bez, me’da osti bezi qalqonsimon oldi bezchalar olib tashlanganida ham isitma hosil bo‘lmay, balki ichki sekretsiya bezlari faqat isitma rivojlanishini kuchayishiga organizm umumiy biotonusini o‘zgartirib, reaktivlilik, issiqlik almashinuvini boshqaruvchi markazlar tonusini o‘zgartirib ta’sir etadi. Shunday qilib, isitmani hosil bo‘lishini boshlab beruvchi mexanizm sifatida nerv sistemasi xizmat qiladi.
Isitma hosil qilayotgan hayvonlarda haroratni ko‘tarilishi darajasiga bog‘liq ravishda: subfebril-hayvon organizmida harorat yuqori chegaradagidan 10 ga, febril- hayvon organizmida harorat yuqori chegaradagidan 20 gacha, giperpiretik-hayvon organizmida harorat yuqori chegaradagidan 30 va undan yuqoriga ko‘tariladi. Isitmani ko‘tarilish tezligi va darajasi kasallik chaqiruvchi sababning qobiliyatiga, organizmning reaktivliligiga, ximoyaviy sistemalar faoliyatiga, hayvonning yoshiga, nerv sistema tipiga, semizligiga, saqlanishiga va oziqlanishiga bog‘liq.
Isitmani organizmda kechishida uch davr farq qilinadi:
Haroratni ko‘tarilish davri- stadium incrementi.
Haroratni yuqori darajada saqlanishi-stadium fastigil 2-3 soatdan 2-3 haftagacha.
Haroratni pasayish davri- stadium decrementi.
Har bir davrda issiqlik hosil bo‘lishi bilan issiqlik uzatilishida farq bo‘lib, moddalar almashinuvi, har xil sistemalar faoliyati, organizm reaktivliligi o‘zgaradi. Organizm reaktivliligiga termoregulyator mexanizmlarning funksional holati, pirogen agentning turi va kuchiga qarab, turli hollarda isitma turli darajada va tartibda kechadi. Bu jarayonda termoregulyator nerv mexanizmlari, yurak tomirlar sistemasi, nafas organlari, ter bezlarining funksional holati belgilovchi ahamiyatga ega.
Kasallik jarayonida pirogen agentlarning organizmda doim bo‘lish-bulmasligiga. Termoregulyator mexanizmlar bunday ishlash-ishlamasligiga qarab isitmalarni qo‘yidagi turlari farq qilinadi:
Doimiy tipdagi isitma-febris continia. Yuqori harorat normaga qaytmay ertalab va kechqurun 10 atrofida o‘zgarish hosil qilib turadi. O‘pkani krupoz yallig‘lanishida, o‘tkir anaerob va virusli kasalliklarda uchrab harorat birinchi davr ko‘tarilib, 3 davrda sekin yoki tez tushishi mumkin.
Bo‘shashtiruvchi yoki remitirlovchi isitma-febris remittens. Haroratning kundalik o‘zgarishi ertalab va kechqurun 10 va undan yuqori bo‘lib, pirogen agent ta’sirini kuchayib bo‘shashishiga bog‘liq bo‘lib, kataral pnevmaniya, sepsis va boshqalarda uchraydi.
Ko‘tarilib tushib turuvchi yoki intermittirlovchi-febris intermittens. Isitmada termoregulyator mexanizmlar juda barqaror bo‘lib, harorat 2-30 ga va undan orti o‘zgarib pasayganida normagacha pasayadi. O‘tkir gepatitda, odamlar bezgak kasalliklarida uchraydi.
Tinkani qurituvchi yoki gektik isitma-febris nectica. Tana harorati 3-50 gacha o‘zgarib, ba’zi harorat normadan ham pasayadi va yana ko‘tariladi. Bu isitma turi tuberkulyoz va septik jarayonlarda kuzatiladi. Hayvonlarda termoregulyator mexanizmlari zo‘riqqan, xolsizlangan paytda hosil bo‘lib, ozadi, mahsuldorligi pasayadi.
Qaytarilib turuvchi isitma-febris recurrens. Tana harorati bir necha kun yuqori va normada bo‘lib, pirogen agent vaqti-vaqti bilan kuchayib turadi. Bu isitma turi otlarni yuqumli anemiyalarida, odamlarda qaytarilib turuvchi tif kasalligida hosil bo‘ladi.
Atipik isitma-febris atypica. Kasallik avj olsa ham harorat chiqmay, kasallikni yo‘qolib borishi haroratni ko‘tarilishi bilan kechib, bir kunda harorat bir necha marta o‘zgaradi. Bu isitma turi otlarni manka, sepsisida kuzatiladi.
Efimer isitma-febris ephemera. Bir necha soatdan 1-2 kungacha davom etadi. Bu isitma turi tuberkulyoz va manqaga qarshi emlanganda, hayvonlar tuqqanidan keyin, og‘ir muskul ishlaridan keyin, issiqda ko‘p yurganida yoki vagonlarda hayvonlar ko‘chirilganda. Ich ketishida ya’ni isiq urganida kuzatiladi.
Isitma vaqtida nerv sistemasi, yurak tomirlar, nafas va ovqat hazm qilish, buyrak, ichki sekretsiya bezlar faoliyatida o‘zgarishlar hosil bo‘lishi mumkin. Nerv sistemasida termoregulyasiyani buzilishiga olib keladigan o‘zgarishlar hosil bo‘ladi. Organizmni qizishi kuchayib ketsa SNS qo‘zg‘alib keyin tormozlnadi. Nerv sistemasidagi o‘zgarishlar organizmni o‘zida to‘plangan zaharli moddalarni pirogenlik xususiyatidan ham kelib chiqishi mumkin. Nerv sistemasidagi xarakterli o‘zgarish isitmaning boshlanishida haroratning birdan ko‘tarilishidan kelib chiqadi. Nerv sistemasida pirogen moddalarga moslashish hosil bo‘lgani uchun oliy nerf faoliyatida o‘zgarishlar hosil qilmaydi. Bu organizmni zaharlanishi va MNS da qayta hosil bo‘lmaganligidan darak beradi. Ozg‘in hayvonlarni nerv sistemasini faoliyati susaygan bulib, VNS sini simpitik nerv faoliyati kuchayadi. Yosh hayvonlarda harorat ko‘tarilishida bo‘ladigan o‘zgarishlar, qari hayvonlarnikidan kuchliroqdir. Qon aylanishining buzilishi qonni organizmda qayta taqsimlanishi bilan harakaterlanib, ichki organlarga ko‘p qon oqib kelib, terida kamaysa, keyigchalik terida qon tomirlari kengayib ko‘p qon oqib keladi. Yurak ishi harorat ko‘tarilishi bu maksimal holda turishi bilan tezlashib, bu simpatik nerv qo‘zg‘alib, yurak nerv muskul apparatini issiq qon bilan, pirogen va zaharli moddalar bilan qo‘zg‘atilishi hisobiga hosil bo‘ladi. Odatda haroratning 10 ga ko‘tarilishi yurak ishini 8-10 marta tezlashishiga sabab bo‘ladi. Tuberkulyoz, meningit kabi kasalliklarda harorat ko‘tarilsa puls hosil bo‘lishi zaiflashadi, bu kasallik og‘irlashayotganini belgilaridan hisoblanadi. Ba’zi isitmada aritmiya rivojlanib, isitmani uchinchi davrida yurak ish ritmi sekinlashadi. Qon bosimi avvalo ko‘tarilib, bu yurak ishini tezlashishi, qon tomirlar spazmi bilan bog‘liq bo‘lsa, uchinchi davrda qon tomirlar kengayib, yurak ishi sekinlashib, qon bosimi normallashib qoladi. Ba’zan uchinchi davrda qon keskin pasayadi ya’ni kollaps hosil bo‘ladi.
Isitma qon miqdoriy va tarkibi o‘zgarib, qonda oqsil almashinuvining oraliq mahsulotlari qoldiq azot, kislotali moddalar ko‘payib, ishqoriy rezerv kamayadi, leykotsitlar yo ko‘payadi yoki kamayadi. ECHT tezlashadi. Isitmasi chiqqan hayvonlar qonida mikrob taqsini va hatto mikroblar bo‘lishi, antitelo hosil bo‘lishi kuchayadi va h.k.z.
Nafas yurak faoliyatiga bog‘liq ravishda issiq qonni tarkibidagi pirogen moddalar va zaharli mahsulotlar bilan nafas markazini qo‘zg‘alishidan tezlashadi. Nafas tezlashishi kuydirgi, cho‘chqalarni saramas, o‘pka yallig‘lanishlarida kuzatiladi. Nafasni tezlashishi kompensator xususiyatiga ega bUlib, issiqlik uzatilishini kuchaytirib, organizmni kislorod bilan to‘yinishini kuchaytiradi.
Ovqat hazm qilish organlar faoliyati tormozlanib, ishtaxa yo‘qoladi, me’dani va ichki sekretor va mator faoliyati tormozlanib, so‘rilish yomonlashadi. Ichakda chirish jarayoni kuchayadi, gaz hosil bo‘lib to‘planishi-metiorizm rivojlanadi. Hazmlanishni buzilishi oziqa tarkibiy qismini o‘zlashtirilishini buzilishidan autointaksikatsiya rivojlanib, patologik jarayonlarni chuqurlashishiga sabab bo‘ladi. Hazm qilish organlar faoliyatini buzilishi nerv sistemasi, jumladan VNSda simpatik nerv sistemasini faoliyatini kuchayishi bilan bog‘liqdir.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda isitma davrida me’da oldi bo‘lmalar matorikasi buzilib, me’da oldi bo‘lmalarga bo‘lak ajralib tushishi kamayadi, kislotalik oshib ketadi va katta qorindagi mikroflora va mikrofaunani va umuman mikrobiologik jarayonlarni buzilishiga sabab bo‘ladi. Oqibatda kavsh qaytarish davri buziladi. Me’da oldi bulmalar gipo va atoniyalari rivojlanadi. Oziqa me’da oldi bo‘lmalarida to‘xtab qolib hazmlanmaydi. Boshqa hayvonlarda ham isitma davrida harakat, mator, sekretor va so‘rilish jarayonlari butun ichak sistemasida buziladi. Bu vaqtda ichakdan faqat suv so‘riladi xolos. Isitma davrida hayvonlarga ko‘p suv va engil hazmlanadigan uglevodli oziqlar berib, konsentratlar miqdorini oziqa tarkibida kamaytirish kerak.
Ayiruv organlarida ham isitma davrida o‘zgarishlar hosil bo‘lib, birinchi davrda ichki organlarga ko‘p qon kelib, siydik ko‘p ajralsa, ikkinchi davrda organizmda suv ushlanib qolganligi uchun kamayadi. Uchinchi davrda siydik ajralishi yana kuchayadi va siydik tarkibi o‘zgarib, glyukoza ba’zan oqsil, albumozlar paydo bo‘ladi.
Ter ajralishi nerv markazlari tormozlanishidan birinchi va ikkinchi davrda kamayib, uchinchi davrda kuchli ko‘payadi. Ayiruv jarayonlarini kuchayishi kompensator xususiyatiga ega bo‘lib, organizmdan isitma chiqaruvni, to‘qimalarda zaharli va pirogen moddalar hamda to‘qimalardagi almashinuv jarayonining aynigan mahsulotlari ajraladi va tana harorati normallashadi.
Jigarda isitma davrida machevina va glikogen hosil qilish xususiyati zaiflashib jigardan chiquvchi vena qonida qoldiq azot ko‘payib, ba’zi isitmalarda o‘t ajralishi kamayadi.
Ichiki sekretsiya bezlaridan gipofiz, qalqonsimon va buyrak usti bezida o‘zgarishlar hosil bo‘lib, gipofizda AKTG ajralishi kuchayadi va qalqonsimon bez faoliyati kuchayadi. Qon va siydikda kortikosteriodlarning miqdori ko‘payadi.
Patologoanotomik o‘zgarishlar parenximotoz organlarda distrofik o‘zgarishlarni hosil bo‘lib, organni shishishi, yog‘li infiltratsiyalar hosil bo‘ladi.
Organlarni distrofik o‘zgarishi jumladan parenximotoz organlarda distrofik holat kechayotgan bo‘lsa ular faoliyatini buzib, bu esa o‘z navbatida isitma kechish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Organlardagi distrofik o‘zgarishlar hosil bo‘lishi organni qizib ketishi, infeksiya va intoksikatsiya ta’sirida hosil bo‘ladi.
Isitma davrida moddalar almashinuvining buzilishi bir tomondan organizmga pirogen ko‘tarilishi bilan bog‘liqdir. Bulardan tashqari isitma hisobiga oziqa ovqat qabul qilish va o‘zlashtirish kamayishidan och qolish hosil bo‘ladi.
Isitma davrida moddalar almashinuvi turlicha buzilib, shunga qaramasdan moddalar almashinuvini buzilishini isitmaga xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlari ham yo‘q emas. Ko‘plab isitma davrida moddalar almashinuvini kuchayishi, dissimilyasiyani kuchayishi bilan - issiqlik hosil bo‘lishini kuchayishi va asosiy almashinuvni 5-10% ga ko‘chayib, yurak va nafas faoliyatini kuchayishi oksidlanishi jarayonini kuchaytiradi.
Isitma davrida oqsil almashinuvi o‘zgarib, organizmga zaharli va termik sabablar ta’siridan oqsil parchalanishi kuchayib, normadagi 15-20% o‘rniga oqsillar 30% energetik manba sifatida ishlatilib, siydik bilan 30% azot saqlovchi moddalardan ammiak, kreatinin, mochevina va boshqa moddalar ajraladi. Natijada organizm ko‘p oqsil yo‘qotadi, bu vaqtda organizmni engil hazmlanuvchi uglevodlar bilan oziqlantirish kerak, agar isitma infeksion xususiyatga ega bo‘lsa glyukoza qo‘yish zarur bo‘ladi.
Surunkali kechuvchi infeksion isitmada yog‘ almashinuvi kuchayadi, bu vaqtda yog‘ni ko‘p sarflanishi faqat isitma bilan bog‘liq bo‘lib qolmasdan balkim hayvonni ochligi va zaharlanishi bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Ba’zi olimlarni fikricha yog‘ almashinuvini boshqaruvchi markaz ya’ni oraliq miyadagi kul rang do‘mboqcha faoliyatini o‘zgarishi yog‘ almashinuvini buzilishiga sabab bo‘ladi. Infeksion va aseptik isitmalarda kamdan-kam holatlarda giperglikemiya, glyukozuriya kuzatilib, bu jigar va muskullarda glikogenni kuchli parchalanishi va uglevodlar almashinuvini boshqarilishini buzilishi bilan bog‘liqdir.
Suv - tuz almashinuvini isitma davrida o‘zgarib oqsil va yog‘ almashinuvini to‘la parchalanmagan mahsulotlarini to‘qimalarda to‘planishi, to‘qimalarda ko‘p suvni ushlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Bu jarayonda buyrak faoliyati muhim o‘rin egalab yuqori harorat va zaharli moddalar buyrakdagi filtratsiyani buzib diurez ikkinchi davrda kamayadi. Uchinchi davrda issiqlik uzatilishi, ter va diurez kuchayib ko‘p miqdorda suv ajraladi. Tuzlar ham suv ushlanib qolishi bilan organizmda ko‘payib, ko‘plab xloridlar ushlanib qolib, uchinchi davrda ko‘plab ajrala boshlaydi. To‘qimalarda parchalanish jarayonlarini kuchayishidan isitmada fosforli va kaliyli tuzlarini ajralishi ham kuchayadi.
Odam va hayvonlar organizmida kechayotgan ba’zi bir kasalliklar davrida haroratni ko‘tarilmasligi yoki zaif ko‘tarilishi yomon oqibatlarga olib kelgan. Boshqa tekshiruvchilar isitma davrida organizmni zaharlanishini hisobga olib, isitma davrida haroratni pasaytiruvchi moddalar qo‘llashni tavsiya qiladi. Muammoni to‘g‘ri hal bo‘lishida kasallikga I.P.Pavlov dunyo qarashi bilan qarab, kasallik bir vaqtda organizm faoliyatini buzsa, ikkinchidan kasallik chaqiruvchi sababni bartarf qiladi. I.P.Pavlov fikricha organizmga noqulay sabablar ta’sir etganda organizm shu sababga qarshi keskin olib boradi. Bu jarayondan biz haqiqiy kasallik va fiziologik ximoyaviy jarayonni ajrata olishimiz kerak. Shuning uchun isitmani murakkab jarayon sifatida qarab, bunda haqikiy kasallik va fiziologik sistemalar yordamida kasalikga qarshi kurashish mezxanizmlari mavjuddir. I.P.Pavlov ta’kidlashicha infeksion kasalliklarga qarshi organimzni haroratini ko‘tarilishi fiziologik jarayon deb organizmni ximoyalanishini ta’minlayldi desa, I.I.Mechnikovning fikricha haroratning asta sekinlik bilan ko‘tarilishi fagotsitoz jarayonini yaxshilab, immun tanacha hosil qilib organizmni ximoyalanishini ta’minlaydi.
Nazorat uchun savollar.
1.Issiqlik almashinuvini ta’minlovchi markaz qaerda joylashgan?
2.Issiqlik almashinuvini buzilishi qanday o‘zgarishlarga olib keladi?
3.Organizmda issiqlik almashinuvini ta’minlovchi qanday
mexanizmlarni bilasiz?
4.Gipotermiya deb nimaga aytiladi?
5.Gipertermiya deb nimaga aytiladi?
6.Isitma deb nimaga aytiladi?
7.Isitma chaqiruvchi sabablarni ayting?
8.Isitma chiqiruvchi moddalar qanday nomlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |