Hayvonlar patofiziologiyasi fani va uning rivojlanish tarixi



Download 0,8 Mb.
bet11/46
Sana25.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#701751
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
Bog'liq
patfiz ma\'ruza lotinchasi

Nazorat uchun savollar
1.Reaktivlilik deb nimaga aytiladi?
2.Reaktivlilikda nerv sistemasini o‘rnini tushuntiring?
3.Reaktivlilikda VNS.sining o‘rnini tushuntiring?
4.Reaktivlilikda oliy nerv faoliyatini o‘rnini tushuntiring?
5.Reaktivlilikda ichki sekretsiya bezlarining o‘rnini tushuntiring?
6.Reaktivlilikga tashqi muhitni ta’sirini tushuntiring?

ALLERGIYA VA ALLERGIK KASALLIKLAR
1. Allergiya, sabablari, turlari va rivojlanish mexanizmi.
2. Allergenlar va ularning turlari.

  1. 3. Allergik kasalliklar va ularning turlari.Yuqumli kasalliklarni aniqlashda allergik reaksiyalarning ahamiyati.

  2. Asosiy adabiyotlar:

1. Xaitov R.X., Eshimov D.E. “Hayvonlar patologik fiziologiyasi” Darslik Toshkent, “Ilim Ziyo” 2013 yil.
2. M.Donald., James F. “Pathologic basis of veterinary disese” Humana Press; 2011 edition.
3. С.И.Лютинский. Патологическая физиология селскохозяйственних животних. Mосква, Kolos, 2001 god.


  1. Qo‘shimcha adabiyotlar

1. D.E.Eshimov., R.F.Ro‘ziqulov. “Hayvonlar fiziologiyasi va patofiziologiyasi fanidan amaliy - laboratoriya mashg‘ulotlari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. Tafakkur bo‘stoni - 2011 yil.


  1. Internet ma’lumotlari:

  2. 1. www.ziyonet.uz.

  3. 2. www.vetjurnal.uz

  4. 3. www.lex.uz

  5. 4. www.veterinariy.actavis

  6. 5. www.kodges.ru

Organizmning ichki bar’er-to‘siqlariga bir qator sellyular va gumoral faktolar, turli gistiotsitlar, retikulyar hujayralar, plazmatik hujayralar, qon tomirlarining ichki devorini epiteliy hujayralari va leykotsitlar kiradi. Organizmni himoya qilishda qatnashadigan RES hujayralari aktiv bo‘lib, ular organizmga tushgan mikroblar va boshqa zarrachalarni emirib-yutish vazifasini bajarib, ularga limfa tugunlari, taloq, jigar, o‘pka, buyrak, miya pardalari, qon ishlab chiqaruvchi organlar, teri RESga juda boy. Demak, RES organizmning turli organlarida u yoki bu darajada mavjud bo‘lib, leykotsitlar, jumladan neytrofillarda fagotsitar aktivlilik ancha yuqori. Immunologik xususiyatlarni shakllanishida fagotsitoz jarayoni muhim ahamiyat kasb etishini I.I.Mechnikov o‘zining uzoq vaqtli kuzatishlarida asoslab, u immunitet yot moddalarni, mikrob va ularning toksinlarini, hujayra elementlarini, to‘qimalarini parchalanish mahsulotlarini, boshqa zarrachalarni hujayralarda hazmlanishi deb tushun-tiradi. Hujayralarga tushgan zarrachalarni ushlab qolib, keyinchalik shu zarrachalarni hazm qilishiga fagotsitoz deyiladi. Fagotsitoz tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, bir va ko‘p hujayrali sodda hayvonlarning oziqalanishi va himoyalanishi ham bitta hujayrada amalga oshsa, yuqori daraja rivojlangan hayvonlarda bu sistemalar alohida – alohida bo‘lib, himoyalanish maxsus mezenxima hujayralari (qon leykotsitlari, limfa tugunlari, qizil ilik, taloq, jigar, biriktiruvchi to‘qimalarning gistiotsitlari) – fagotsitlar orqali amalga oshadi. Tekshirishlarda, fagotsitoz jarayoni bilan organizmini razistentligi o‘rtasida to‘g‘ridan - to‘g‘ri bog‘lanish borligi aniqlanib, fagotsitozni kuchayishi organizmda immunitet zaiflashganligini bildiradi. Immun tanachalarini hosil bo‘lishi faqat hujayralar faoliyatiga bog‘liq bo‘lib qolmay balki, organizmning suyuq moddalari ta’sirida ham hosil bo‘ladi. Hayvonni kasallikdan tuzalishi yoki emlanishi natijasida qon va boshqa suyuqliklarda immun tanachalar paydo bo‘lib, muayyan mikro-organizmlarni va toksinlarni neytrallaydi. Immun tanachalar hayvon organizmidagi suyuqliklarda antigen yuborilishi natijasida hosil bo‘lib, ular bilan tanlab reaksiyaga kirishuvchi moddalardir. Immun tanachalar o‘zlarining kimyoviy tarkibiga ko‘ra qon zordobidagi gammaglobulinlarga yaqin moddalardir. Antigenlar bilan hosil qilayotgan reaksiyalariga bog‘liq holda quyidagi antitelalar farq qilinadi.
1.Antitoksin va antifermentlar, toksin va fermentlarni biriktirib aktivsizlantiruvchi immun tanachalar.
2.Agglyutinin va persipitinlar, mikroorganizmlarni kolloid kimyoviy tuzilishini o‘zgartirib, biriktirib harakatsizlantiruvchi, yopishtirib cho‘kmaga tushiruvchi antitela.
3.Sitolizinlar yoki sitotoksinlar – fermentsimon komplement moddalar ta’sirida hujayralarni parchalovchi antitelalar.
4.Opsoninlar va bakteriotropinlar – mikroorganizmlarni tashqi qismini o‘zgartirib, fagotsitozga qulay qiladi.
Antitelalar antigenlar ta’sirida hosil bo‘lsa, antgenlarni o‘zi nima?
Antigenlar immun tanacha hosil bo‘lishini kuchaytiruvchi va ular bilan tanlab reaksiyalarga kirishuvchi moddalarga aytiladi. Ularga mikrob, toksin, boshqa hayvonlarni eritrotsitlari va qon zardobi hamda yuqori molekulyar birikmalar kiradi.
Antigenlarni ikki xili farq qilinadi.
1.To‘la qiymatli antigenlar.
2.To‘laqiymatsiz antigenlar – gaptenlar.
To‘laqiymatli antigenlarga to‘laqiymatli oqsillar ya’ni qon zardobi, turli oqsillar, mikroorganizm toksinlari va koloniyalarining filtrat-lari kiradi. Antigenlarga spetsifiriklik xususiyatlari xos bo‘lib, o‘zi hosil qilgan antitelalar bilan reaksiyaga kirishadi.
To‘laqiymatsiz antigenlar ya’ni gaptenlar organizmga tushib antitela hosil qilaolmaydi va faqat oqsil molekulasi bilan birikib, antigenlik xususiyatlarini ruyobga chiqaradi.
Immun tanachalar hosil qilish uchun antigenlar organizmga parenteral yo‘l bilan yuborilishi kerak. Antigenlar organizmga yot bo‘lgan ekzogen va endogen moddalar hisoblanadi. Organizmni o‘zining oqsillari ham ba’zan antigenlik xususiyatlarini namoyon qiladi. Buning uchun organizm oqsilari infeksion agent, toksinlar bilan uchrashib autoantigen hosil qiladi. Antigenlarga nisbatan immun tanachaalar hosil bo‘lishi uchun, antigen ma’lum vaqt davomida organizmda bo‘lib, jigar, taloq, limfa tugunlarida ushlanib, qonda 2-3 xaftagacha saqlanadi. Immunologik reaktivlik fakat makro va mikro organizmlar uchrashuvidan hosil bo‘lib qolmasdan, balki boshqa turdagi individlar va hatto shu organizmning o‘zida o‘smalar o‘sganida, yalliglanganida va boshqa holatlarda o‘z organi-zmiga nisbatan antigenlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Hamma hollarda organizm to‘qimalari bilan boshqa to‘qimalar o‘rtasida antigen va antitela reaksiyalari hamda fagotsitoz kechadi. Embrional rivojlanish davrida hosil bo‘layotgan to‘qima eski to‘qimalarga nisbatan antigen bo‘lib xizmat qiladi. To‘qima, organlarni bir tur yoki individga ko‘chirib o‘tkazilganda shu organizmlardagi immun to‘siq xususiyati tufayli, ko‘chirilgan to‘qimani yoki organni sigdirmaydi, bunga immunologik tolerantlik deyiladi. Ko‘chirilgan to‘qimani o‘sishini ta’minlash uchun to‘qimalarni sigdirmas-ligini bartaraf qilish kerak. To‘qimalarni o‘zora sigdirmaslik muomma-lari 1971 yil Lopuxin YU.M. tomonidan o‘rganilgan.
Antigenlarning organizmga ta’siri natijasida antitelo hosil bo‘lishini pasayishi yoki mutlaqo yo‘qolishiga immunologik tolerantlik yoki javob bermaslik deyiladi. Bu holatni embrional davrda yoki hayvon tug‘ilganidan keyin antigen yuborish hisobiga hosil qilinadi. Katta yoshdagi hayvonlarda katta miqdordagi antigenni ko‘chirib yoki ularga rentgen nurlari bilan ta’sir etib immunologik tolerantlik hosil qilish mumkin. Immunologik tolerantlik bu antigenlarni o‘z antigentlik xususiyatlarini yo‘qotishi bilan ifodalanib, bu boshqa hayvon to‘qimasini ko‘chirib o‘tkazilganda kuzatilib, transplantang yaxshi o‘sadi. Hozirgi vaqtlarda immunologik tolerantlikdan to‘qima bar’er-to‘siqlarini bartaraf qilish uchun gomotransplantatsiyalarda qo‘llanilmoqda.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish