Hayvonlar patofiziologiyasi fani va uning rivojlanish tarixi


ORGANIZM REAKTIVLILIGI VA REZISTENTLIGI



Download 0,8 Mb.
bet10/46
Sana25.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#701751
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46
Bog'liq
patfiz ma\'ruza lotinchasi

ORGANIZM REAKTIVLILIGI VA REZISTENTLIGI.


Reja:
1. Organizm reaktivligi va rezistentligi haqida tushuncha.
2. Reaktivlik va rezistentlik turlari. Organizm reaktivligining namoyon bo‘lish shakllari va unga ta’sir etuvchi omillar.
3. Reaktivlikda nerv va endokrin sistemalarning ahamiyati..


Asosiy adabiyotlar:
1. Xaitov R.X., Eshimov D.E. “Hayvonlar patologik fiziologiyasi” Darslik Toshkent, “Ilim Ziyo” 2013 yil.
2. M.Donald., James F. “Pathologic basis of veterinary disese” Humana Press; 2011 edition.
3. С.И.Лютинский. Патологическая физиология селскохозяйственних животних. Mосква, Kolos, 2001 god.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. D.E.Eshimov., R.F.Ro‘ziqulov. “Hayvonlar fiziologiyasi va patofiziologiyasi fanidan amaliy - laboratoriya mashg‘ulotlari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. Tafakkur bo‘stoni - 2011 yil.


Internet ma’lumotlari:
1. www.ziyonet.uz.
2. www.vetjurnal.uz
3. www.lex.uz
4. www.veterinariy.actavis
5. www.kodges.ru
Tayanch iboralar
Reaktivlik, rezistentlik, immunitet, N.N.Sirotinin, R.Virxov, I.I.Mechnikov, V.V.Pashutin, A.A.Bogomolets, I.P.Pavlov, nerv, gumoral, A.D.Speranskiy, A.A.Uxtomskiy, A.M.Monaenkov, N.E.Vvedinskiy, I.M.Sechenov, issiqlik, sovuqlik, zahar, nur energiyasi, fiziologik, patologik, tug‘ma, irsiy, A.M.Bezredko, bar’er, fagotsitoz, immuntana, to‘la qiymatli, qiymatsiz, makro va mikroelementlar.
Organizmlar turli davrlarda tashqi muhit ta’sirlariga uchrab chidamlilik mexanizmlarini ruyobga chiqargan. Avvalo organizmda umumiy reaktivlik ya’ni turli zaharli moddalarga qarama-qarshilik, keyinchalik immunologik reaktivlik turlari rivoj topdi. Organizmlar endi rivoj-lanayotganda reaktivlik vazifasii hujayralar bajaradi, keyichalik gumo-ral sistema yordamida va oxirda nerv sistemasi ishtirokida javob berish rivojlanadi.
Reaktivlilik xususiyatlari hayvonlarning yoshiga, nerv va gumoral sistemalariga, tashqi muhit va organizming umumiy holatiga bog‘liq. Masalan embrion ona qornida rivojlanayotganda ona organizmining reak-tivligi orqali ta’sirotlarga javob beradi ya’ni platsenta orqali. Bola tug‘ilganda uning reaktivligi sust bo‘lib, faqat fagatsitar reaksiya bilan yoki ona qoni orqali o‘tgan immun tanachalar bilan javob beradi. Shuning uchun ham yosh hayvonlar ko‘p kasallanadi va o‘ladi. Yosh hayvonlar atrof muhit haroratining o‘zgarishiga moslashuvchanligi zaif va ularning dispepsiya, sal’monelyoz, kolibakterioz, raxit va boshqa kasalliklar tez-tez uchrab turadi. Voyaga etgan hayvonlarda reaktivlik, ular organizmida to‘plangan antitela, fagotsitlar va makrotsitlarning mikroorganizmlarga qarshi kurashida namayon bo‘ladi. Organizm qarigan sayin reaktivligi pasayib, fagotsitlar, immuntanachalar kamayadi va kasaliklarga beriluvchan bo‘lib kasallanish darajasi oshib boradi. Natijada o‘smalar, gipertonik kasalliklar ko‘payib, regeneratsiya zaiflashib, organizmni reaktivligi past bo‘lgani uchun ularda infeksion kasalliklar og‘ir kechadi.
Sirotinin N. N. va boshqa olimlarning takidlashicha sovuq qonli va yosh xayvonlar miya po‘stlogi kuchsiz rivojlangan bo‘lib, kuchli zaharli moddalar (gistamin, difteriya, stolbyank toksiniga)ga kam sezuvchanligi pastdir. Anabioz dovrida hayvonlar juda kuchli zaharli moddalar va infeksion agentlarga (o‘lat, tulerimiya, kuydirgi, sillarga) sezuvchanlik hosil qilmaydi.
Reaktivlik tufayli organizm kasallik chikaruvchi sabablaraga qarshi javob berib, turli xil individlarning infeksion agentlarga sezuvchanligi turlichadir. Bunday holatlarni har xil potologik jarayon-larda kuzatish mumkin. Masalan: yuqori reaktivlikka ega bo‘lgan hayvon organizmi kuyganida u tez tuzalib, past reaktivlikka ega bo‘lgan hayvonni tuzalishi kiyin kechadi. Hayvon organizmining reaktivligi unda kechayotgan moddalar almashinuviga, organizmni immunologik xususiyatlarga, hayvon organizmining fuksional holatiga, nerv sistemasining qo‘zg‘aluv-chanligiga qon tomirlar reaksiyasiga va xronaksiyasiga bog‘liq.
Reaktivlik to‘g‘risidagi tushunchalar R Virxovning sellyulyar nazariyasi rivojlanayotgan bir davrda rivojlanib, hujayralar nazariyasi alohida olingan hujayra, to‘qima va organning umumiy reaktivlilik xususiyatlariga noto‘g‘ri tushuncha beradi ya’ni patologik jarayonlar faqat hujayralarda kechadi deb organizmning bir butunligini e’tiborga olmagan. Bunga qarama-qarshi I.I.Mechinkov o‘zining ko‘p yillik kuzatish-larida evoolyusion rivojlanishning turli davrlarida organizmlarning reaktivligi tashqi muhitning kasallik chaqiruvchi sabablarining ta’siri-da shakllanib borishini ko‘rsatib beradi. Organizmlar murakkablashib, nerv sistemasi rivojlanib borishi natijasida organizmni yalig‘lanish chaqiruvchi agentlarga reaktivligi murakkablashib borgan. Masalan: sovuq qonli hayvonlardan baqa, baliqlarda yallig‘lanish, issiq qonli hayvon-larnikiga nisbatan juda zaif rivojlanadi. Bu xususiyatlarni N.N.Sirotinin oqsil moddalarni organizmga yuborib kuzatganida ham sovuq qonli hayvonlar organizmi juda zaif javob reaksiyalarini ishlab chiqarganini kuzatgan. Asta-sekinlik bilan organizm nerv sitemasining rivojlanishi natijasida organizm reaktivligi yoki sezuvchanligi ko‘plab zaharli moddalarga, o‘zgarib javob berish reaksiyalarini hosil qilgan .
Reaktivlik barcha hayvonlarga xos xususiyat bo‘lib, reaktivlik sohasida I.I.Mechnikov, V.V.Pashutin, A.A.Bogomolets, N.N.Sirotininlar ko‘p izlanishlar olib borganlar. Bu olimlar laborotoriyalarida reaktivlikni moddalar almashinuvi va boshka sohalarga bog‘lab o‘rganganlar. Reaktivlik rivojlanishida I.P.Pavlov va I.M.Sechenov etakchi o‘rinni nerv sistemasi o‘ynashini tasdiqlab berdilar. I.P.Pavlov laborotoriyasida M.K.Petrova va boshqalar hayvonlar bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ini brom pereparatlarini berib tormozlab, reaktivlikni zaiflashganini kuzatgan.
Reaktivlikda nerv sistemasining tiplarini ahamiyati ham kattadir. Nerv sistemasining tiplarini reaktivlikdagi ahamiyatini o‘rganish uchun ular ikki guruh it olib:
1. Guruhga nimjon tipli nerv sistemasiga ega bo‘lgan itlar.
2. Guruhga kuchli tipli nerv sistemasiga ega bo‘lgan itlar.
Ikkala guruhdagi hayvonlarga kuchli zaharli moddalardan sinil kislotasini, bakteriya toksinlarini ta’sir ettirilganda, kuchsiz nerv sistemasiga ega bo‘lgan itlar organizmining bar’er-to‘siq xususiyatlari zaif bo‘lganligi uchun kasallanib qolgan, kuchli nerv sistemasiga ega bo‘lgan hayvonlarda A.M.Monaenkov va boshqalarning tushuntirishicha kassalliklar rivojlanmagan, chunki ularning bar’er-tusiqlari kuchli, neytrallovchi xususiyatlari baland.
I.P.Pavlov laboratoriyasida kaptarlar bosh miyasining ma’lum qismi olib tashlaganida kuydirgi kasalligiga chalinadigan bo‘lib qolgan.
Akademik A.D.Speranskiy itlar bosh miyasini ochib, oraliq miyasiga sharikcha qo‘yganida mexanikaviy tasir natijasida o‘pkada, ovqat hazm qilish sistemalarida yaralar hosil bo‘lib, infeksiyaga turg‘inligi zaiflashganligini kuzatgan. U patologik jarayonlarning kelib chikishi va rivojlanishida nerv sistemasining iz koldirish reaksiyalari yani patologik jarayonlar nerv sistemasida tuzalgandan keyin ham uzoq vaqtlargacha o‘z asoratlarini saqlab qolishiga o‘z e’tiborini qaratdi. Bu xususiyatlarni ko‘plab tajribalarda ya’ni kasalliklardan hayvonlarni davolagandan so‘ng turli xil ta’sirotchilar ta’sir etganda, bu ta’sirotchi-lar ta’siri butun nerv sistemasiga tarqalib, ta’sirotchi ta’sir etgan joyda eski kasallik izlarini saqlanib qolganini kuzatib, to‘planib kasallik kelib chikishiga sabab bo‘lgan. Nerv sistemasining bu xususiyati-ni A.A.Uxtomskiy o‘zini daminanta talimotida, N.E.Vvedinskiy esa labillik, I.M.Sechenov esa ta’sirotchilarning summasiyalanish jarayonla-rini o‘rganganlarida kuzatganlar.
Reaktivlilikga vegetativ nerv sistemasi ham tasir qilib vegetativ nerv sistemasining funksiyasi oshsa yoki tormozlansa reaktivlik o‘zgaradi. Simpatik nerv sistemasining qo‘zg‘alishi fagotsitozni kuchaytirib, moddalar almashinuvini kuchaytirib, reaktivlikni oshiradi. Parasimpatik nerv sistemasining qo‘zg‘alishi antitela ishlab chiqarishni kuchaytiradi, qisqa vaqtli leykotsitoz hosil qilib, keyinchalik leykope-niya hosl qiladi, ba’zi bir xil zaharli moddalarga (fenol, anilin va boshqalarga) limfa tugunlarini, jigarni barer – to‘siq xususiyatlari oshadi.
Issiqlik va sovuqlikning patologik ta’siridan reflektor ravishda reaktivlilik o‘zgaradi. Masalan: shamollash natijasida odamlar gripp, pnevmoniyalar bilan kasallanib qoladi, ya’ni organizmni reaktivliligi pasayadi. Tajribalarda tovuqlar organizmini sovitib, reaktivliligini pasaytirib, kuydirgi kasalligiga chalintirish mumkin, yoki dengiz cho‘chqachalarining organizmini qizdirib, oqsillarga bo‘lgan sezuvchanligini pasaytirish mumkin.
Zaharli moddalar, alkogol, uglerod ikki oksidi, qo‘rgoshin, simob, sinil kislotalari ichki tormozlanishlarni zaiflashtiradi. Kaptarlani alkogol bilan zaharlab, ularni reaktivliligini pasaytirib kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi bilan kasallantirilgan yoki odamlar uzoq muddat spirtli ichimliklar iste’mol qilganlarida ular organizmini umumiy reaktivliligini pasayishi kuzatilgan va x.k.o.
Nur energiyasidan ultrabinafsha nurlari ma’lum bir miqdorda organizm turgunligini oshirsa, ikkinchi xil miqdorda organizm turg‘un-ligini zaiflashtiradi. Organizm reaktivligiga Rentgen va gamma –nurlari zararli ta’sir ko‘rsatadi. Organizm reaktivliligi mexanikoviy ta’sirot-chilar ta’sirida ham pasayadi. Shunday qilib, organizmning reaktivliligini shakllanishida nerv endokrin sistemalarni o‘rni muhim ekan, lekin tashqi muhitning turli ta’sirotlari organizmning turli xil organ sistemalar faoliyatlariga ulardagi moddalar almashinuviga, neyrogumoral boshqaruvchi mexanizmlariga ta’sir etib reaktivlikni o‘zgarishiga sabab bo‘lar ekan.
Reaktivlikni bir necha tasniflari bo‘lib, ko‘pchilik olimlar organizmni sog‘lomlik yoki kasallik holatiga qarab bo‘ladi:
1. Fiziologik reaktivlik.
2. Patologik reaktivlik.
Fiziologik va patologik reaktivlilik individual yoki shaxsiy, xususiy ham guruhli bo‘lishi mumkin. Indvidual yoki xususiy reaktivlilik irsiy xususiyatlarga bog‘liq bo‘lib, nasldan-naslga o‘tishi mumkin. Fiziologik reaktivlilikda organizmni tabiiy (adekvat) ta’sirotchilarga javob reaksiyalari ishlanib chiqilsa, patologik reaktivlilikda organizmni kasallik chaqiruvchi sabablarga nisbatan javob reaksiyalari ishlanib chiqi-ladi. Patologik reaktivlilikni allergik va immunologik turlari farq qilinib, bu reaktivlilik turlarini namoyon bo‘lishi organizmga yot oqsillar, mikroblar va ularning taksinlariga nisbatan hosil bo‘ladi. (Allergiya, Anafilaksiya, Immunitet). Odatda biologik yoki tur reaktivligi farq qilinib, muayyan turga kiruvchi hayvonlarga xos bo‘lib, hayvonlardagi fasliy o‘zgarishlardan: mavsumiy uyquga ketish, hayvonlarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi, hayvonlarni mikroorganizmlar ta’siriga berilmasligi, ya’ni tovuqlarni kuydirgi kasalligi bilan kasallanmasligi, xususiy reaktivlilik muayyan individ uchun xarakterli xususiyat, uni konstitutsiyasi, jinsi, yoshi, oziqlanishi va saqlanish xususiyatlariga bog‘liq, yangi tugilgan hayvonlarda reaktivlilik past, jinsiy etilayotganda reaktivlilik yaxshi rivojlangan bo‘lib, fagotsitoz va immuntanachalarni hosil bo‘lishi yaxshi namoyon bo‘lib, qarri hayvonlarda organizm reaktivliligi, ularning bar’er-tusiq xususiyatlari zaiflashgani uchun past bo‘ladi. Demak, xususiy reaktivlilik hayvonlarni to‘liq emlash davrida ular reaktivliligi turlicha hosil bo‘lib, bir xillarida kuchli antitela hosil bo‘lsa, boshqalarida antitela hosil bo‘lishi zaif bo‘ladi. Bunday holatlar epizotiylar davrida bir xil hayvonlarda kuchli kasallanish bilan kechsa, ikkinchi xillarida engil, uchinchi xillarida mutlaqo kasallanish kuzatilmaydi.
Organizm rezistentligi latincha resisteo (qarshi turaman, qarshilik qilaman) deb, organizmni fizikoviy, kimyoviy va kasallik chaqiruvchi biologik sabablarga turg‘inligidir. Demak, organizm rezistentligi deganda ko‘p xil sabablarga qarshi turishni tushinilar ekan.
Filogenetik rivojlanish davrida organizmni rezistentligi o‘zgarib, o‘murtqasiz hayvonlar bakteriya toksinlarga turg‘in bo‘lsa, issiq qonli hayvonlarning seziluvchanligi yuqori. Rezistentlik organ sistemalar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, hayvonlarni turiga, jinsiga, yoshiga, konsti-tutsiyasiga, anatoma-fiziologik xususiyatiga, organizmning rivojlanish darajasiga, RES va limfoid sistemani rivojlanganligiga bog‘liq. Hayvonlarning ontogenetik rivojlanishini boshlang‘ich davrlarida rezis-tentlik turli zararli agentlarga yuqori (parsial bosim kamayishiga, ba’zi bir bakteriya toksinlariga), jinsiy voyaga etish davrida rezistentlik yaxshi rivojlangan bo‘lib, qarib borish bilan rezistentlik so‘nib boradi.
Rezistentlikni:
1. Tabiiy-tug‘ma,
2. Ortirilgan -hosil kilingan turlari farq qilinadi.
Tug‘ma rezistentlik nasldan-nasilga beriladi. Masalan: aljir qo‘ylarini evropa qo‘ylariga nisbatan kuydirgi kasalligiga rezistentligi baland.
Orttirilgan hosil qilingan rezistentlik organinizmni indvidual xususiyatiga bog‘liq bo‘lib, infeksion kasalliklarga qarshi immunizatsiya qilinganda hosil bo‘ladi. Rezistentlik gipofiz, buyrak usti bezi, qolonsimon, jinsiy bezlarning faoliyatiga bog‘liq ravishda hosil bo‘ladi. Rezistentlikda organizmning to‘siq-bar’er xususiyatlari, qondagi biologik aktiv moddalar va fagotsitoz asosiy o‘rin egallaydi. Organizm charchasa, juda yuqori mahsuldor bo‘lsa, yashash sharoiti yomon bo‘lsa, rezistentligi zaiflashib, kasalliklarni rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi.
2.Hayvonlar va odamlar organizmi nuqul mikroorganizmlar dunyosida yashamoqda. Immunitet esa nazoratchi sifatida organizmga tushgan turli sabablarni agentlarni qattiq tekshirib, sinovdan o‘tkazadi.
Immunitet - lotincha Immunitas - tozalanish, qutilish degan ma’noni bildiradi. Immunitet deb, oranizmni antigenlik xususiyatlariga ega bo‘lgan kasallik chaqiruvchi sabablar, ularning mahsutlari hamda irsiy begona, yot moddalar tasiraga berilmaslik xususiyatiga aytiladi yoki kasallik hosil qiluvchi turli mikroorganizmlar, viruslar va ularning mahsulotlariga, hamda noinfeksion modalar ta’siriga organizmning berilmaslik xususiyati bo‘lib, umumiy rezistentlikning maxsus ko‘rinishini tashkil etadi.
Immunitet, uni keltirib chiqaruvchi mexanizm va sabablar xususiyatiga qarab ikkiga bo‘linadi:
1.Tug‘ma immunitet yoki irsiy nasldan-naslga beriladigan immunitet.

  1. Orttirilgan immunitet

Tug‘ma yoki tabiiy turga xos immunitet, organizmning nasldan-naslga beriladigan spetsifik rezistentligi bo‘lib, tur, zot va populyasiya uchun xosdir. Masalan: qoramollarda o‘pkaning krupoz yalliglanishini keltirib chiqaradigan mikroorganizmlarga otlar chidamli, odamlarning ich terlatma kasalligiga hayvonlarning chidamliligi baland. Qoramollarning plvra-pnevmaniyasi bilan itlar kasallanmaydi. Qoramollar otlarning manqa, infeksion (yuqumli) anemiya kasalligi bilan kasallanmaydi.
Turlar aro immunitet ham farq qilinib, aljir qo‘ylari kuydirgi kasalligiga, breton qo‘ylari ospaga, yorishir zotli cho‘chqalar saramas, mongol qoramollari o‘latga chidamli bo‘lib, boshqa shu turga kiruvchi hayvonlar yuqorida keltirilgan kasalliklar bilan kasallanadi. Tug‘ma immunitet faqat infekson agentga qarshi hosil bo‘lmasdan, balki ularning toksinlariga ham hosil bo‘ladi. Tug‘ma immunitetga ega bo‘lgan hayvon-larning bar’er-to‘siq xususiyatlari mustahkam bo‘lib, mikroorganizmdarni organizmga o‘tkazmaydi yoki muhitni o‘zgartirib, mikroorganizmlarni rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bu organizmlarda yuqori fagatsitar aktivlik hamda suyuqliklarda bakteriotsidlik xusumiyatlari bo‘lgani uchun mikroorga-nizmlarning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi va shu mikroorganizmlarga qarshi xususiy-spetsifik immun tanachalar hosil qiladi.
Orttirilgan immunitet hayvonlar organizmida muayyan mikroorga-nizmlarga nisbatan ontogenetik taraqqiyot davrida hosil bo‘ladi. Orttirilgan immunitet tabiiy va sun’iy yo‘llar bilan hosil bo‘ladi. Masalan: manqa, chechak, oqsil va boshqa kasalliklar bilan xastalanib tuzalgandan so‘ng tabiiy orttirilgan immunitet hosil bo‘ladi. Hayvonlarni turli infeksion kasalliklarga qarshi emlab sun’iy aktiv immunitet hosil qilinadi. Demak, orttirilgan immunitetlar tabiiy va sun’iy yo‘llar bilan hosil qilinadi.
Sun’iy immunitetning aktiv va passiv immunitetlarga bo‘lib o‘rganiladi. Passiv immunitet giperimmun zardoblar yuborilganda, sut orqali, platsenta orqali immuntanachalarni o‘tishidan hosil bo‘ladi. Passiv immunitet tufayli organizmning rezistentligi ma’lum vaqtgacha saqlanadi. Immunitetning shakillanishida RES etakchi o‘rinni egallab immunitetni hosil bo‘lishi va shakillanishi nerv sistemasi tamonidan boshqarilib turiladi.
Infeksion kasalliklarga qarshi hosil bo‘lgan immunitet davrida organizm mutloqa infeksion agentlardan tozalansa, steril immunitet hosil bo‘ladi va organizmni shu antigenga sterilligi ta’minlanadi. Agarda organizmda hosil bo‘lgan immunitet to‘la sterillikni saqlamay, organizmda antigen saqlansa nosteril immunitet deyilib, sil va brutsellyoz kasal-liklariga xosdir.
Immunitet faqat mikroorganizmlarning o‘ziga qarshi hosil bo‘lib qolmay balki ularning zaharlariga qarshi ham hosil bo‘lishi mumkin, bu immunitet antitoksik immunitet deyilib, ekzotoksin ishlab chiqaruvchi mikrorganizmlardan: qoqshol, botulizm, gazli gangerena va boshqa infek-siyalar davrida kuzatiladi. Demak, bu jarayonda antigen vazifasini toksinlar bajaradi.
Bulardan tashqari organizmda maxsus organ va faktorlar borki, ular mikroblar va yot moddalarga qarshi kurashadi ya’ni bu moslamalarni organizmni barer - to‘siq xususiyatlari deyiladi. Organizmni barer-to‘siq xususiyatlarini tashqi va ichki to‘siqlarga bo‘lib o‘rganiladi.
Organizm tashqi bar’er to‘siqlariga teri va uning hosilalari (orttirmalari), turli qismlardagi shilimshiq pardalar, nafas yo‘llarining hilpillavchi epiteliylari, hazm sistemasining mikroorganizmlari va xlorid kislotalar kiradi.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish