Hayvonlar patofiziologiyasi fani va uning rivojlanish tarixi



Download 0,8 Mb.
bet13/46
Sana25.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#701751
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
Bog'liq
patfiz ma\'ruza lotinchasi

Nazorat uchun savollar
1.Yallig‘lanish deb nimaga aytiladi?
2. Yallig‘lanish davrida kuzatiladigan asosiy patologik o‘zgarishlar?
3. Yallig‘lanish ni keltirib chiqaruvchi sabablar ayting?
4. Yallig‘lanish davrida hosil bo‘ladigan tashqi mahalliy o‘zgarishlarni ayting?
5. Yallig‘lanish morfologik klassifkatsiyasi ayting?
6. Yallig‘lanish ekssudat tarkibiga qarab klassifkatsiyasini ayting?
7. Yallig‘lanish organizmning immunobiologik xususiyatiga qarab klassifikatsiyasini ayting?
O‘ S M A L A R.


Reja:
1. O‘smalar haqida tushuncha. O‘smalarning turlari, etiologiyasi, patogenezi.
2. Xavfli va xavfsiz o‘smalarning asosiy xususiyatlari. O‘smalarning hayvonot dunyosida tarqalishi va biologik xususiyatlari. Anaplaziya: mоrfologik, bioximiyaviy, fiziko-kimyoviy, energetik.
3. O‘smalarda moddalar almashinuvi. O‘sma bilan organizmning o‘zaro aloqadorligi. O‘smalar etiologiyasi to‘g‘risidagi nazariyalar.


Asosiy adabiyotlar:

1. Xaitov R.X., Eshimov D.E. “Hayvonlar patologik fiziologiyasi” Darslik Toshkent, “Ilim Ziyo” 2013 yil.


2. M.Donald., James F. “Pathologic basis of veterinary disese” Humana Press; 2011 edition.
3. С.И.Лютинский. Патологическая физиология селскохозяйственних животних. Mосква, Kolos, 2001 god.
Qo‘shimcha adabiyotlar

1. D.E.Eshimov., R.F.Ro‘ziqulov. “Hayvonlar fiziologiyasi va patofiziologiyasi fanidan amaliy - laboratoriya mashg‘ulotlari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. Tafakkur bo‘stoni - 2011 yil.




Internet ma’lumotlari:

1. www.ziyonet.uz.


2. www.vetjurnal.uz
3. www.lex.uz
4. www.veterinariy.actavis
5. www.kodges.ru


TAYANCH IBORALAR.

O‘sma, onkologiya, oma, gistoid, orgonoid, sarkoma, rak, metastaz, retsediv, infiltratsiya, Gippokrat, davolanadigan, davolanmaydigan, fosfor zavodi, turbachilar kasali, ximiyaviy, ta’sirlanish, embrianal ko‘rtak, virus, maleg nizatsiya, anaplaziya, glikoliz, R.V.Kavetskiy, L.A.Zilber, M.K.Petrova, A.A.Bogomolets, kanserolizin, B.Zbarskiy, Shtern, Vildxaym, Rondoni, M.A.Navinskiy, Ivan Polikarpovich Miщenko, anemiya, Raus, A.D.Timofeevskiy.



O‘smalar deb, to‘qimalarning barqaror patologik holatda o‘sishi, to‘qimalarning o‘ziga xos biologik xususiyatlarga ega bo‘lishi, chegarasiz o‘sish va boshqarilmasligiga, o‘sma hujayralarining tuzilishi va vazifasini o‘zgarishiga aytiladi. O‘sma to‘qimalaridagi bu hususiyatlar tashqi va ichki muhitning kasalik chaqiruvchi sabablarini organizmdagi sog‘lom hujayralarga ta’sir etishidan hosil bo‘ladi. O‘sma to‘qimalari, to‘qimalardagi boshqa patologik o‘zgarishlardan farq qilib, organizmda qayta tiklanish va moslashuvchanlik xususiyatlariga (regeneratsiya, gipertrofiya, proliferativ yallig‘lanish) ega emas. O‘sma o‘sganida hamma vaqt ham to‘qimalar hajmi kattalashmay balki o‘smalar atrof to‘qimalarni parchalab emirishi ham mumkin.
Patologik fiziologiya faning o‘smalar to‘g‘risidagi muammolarni o‘rgatadigan bo‘limiga onkologiya-grekcha-onkos-shish yoki neorlazma-yangi o‘zgacha hosil bo‘lish, lotincha-tumor-shish deyiladi. O‘smalar organizmdagi sog‘lom to‘qimalardan (epitelial, biriktiruvchi, muskul, nerv) hosil bo‘lib, rivojlanishi mumkin. O‘smalarni hosil qiladigan moddalarga konserogen moddalar deyiladi. Sog‘lom hujayralarni o‘sma hujayralariga aylanishiga malignizatsiya deyiladi. O‘smalar qaysi to‘qimalardan hosil bo‘lsa ular nomiga «oma» qo‘shchasi qo‘shib o‘qiladi: Masalan: epitelioma, mioma, lipoma, osteoma, xondroma, adenoma va boshqalar. Ba’zi bir o‘smalar o‘zlarining tarixiy nomi bilan atalib epitelial to‘qimadan hosil bo‘lgan xavfli o‘smaga-rak (sapsech, sachstpoma) va biriktiruvchi to‘qmalardan hosil bo‘lgan xavfli o‘smaga sachkoma deyiladi. O‘smalar parenxima va stromaga ega bo‘lib, o‘smaning xususiyatlari uning parenximasiga bog‘liq. O‘smalar stromasi bo‘ylab qon tomirlari va nervlar o‘tgan bo‘lib, biriktiruvchi to‘qimalardan iborat. Xavfli o‘smalar stromasi juda zaif rivojlangan bo‘lganligi uchun bu o‘smalarni gistoid o‘smalar deb ataladi. Xavssiz o‘smalarda stroma yaxshi rivojlanib, qalin qobiq bilan o‘ralib, parinximotoz organni eslatib orgonoid o‘smaar deyiladi. Agar o‘sma parinximasi bir qancha to‘qimalardan iborat bo‘lsa. Bu o‘smalarni aralash o‘smalar deyiladi. Demak, barcha o‘smalarning ikki guruhga ya’ni xavfli va xavfsiz o‘smalarga bo‘lib o‘rganamiz. Xavfli o‘smalarga rak va sarkoma, barcha qolgan o‘smalar fibroma, mioma, ostioma, xondroma, adenoma va boshqalar xavfsiz o‘smalarga kiradi. O‘sma kasalliklarning kechishi o‘smaning xavfli va xavfsiz bo‘lishiga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki ularning hosil bo‘lgan joyiga bog‘liqdir.
Xavfsiz o‘smalar o‘zlarining morfologik tuzilishiga ko‘ra ona hujayralarga yaqin va etilgan o‘smalar deyiladi. Xavfsiz o‘smalar o‘sganida markazdan atrofga o‘sib, kattalashib biriktiruvchi to‘qimali qobiq hosil qiladi va o‘sishi natijasida atrof to‘qimalarni qisib qo‘yadi. Xavfsiz o‘smalar biriktiruvchi to‘qimali qobiqga ega bo‘lganligi uchun atrof to‘qimalardan chegaralangan, ular sekin o‘sib, ba’zan vaqtincha o‘sishdan to‘xtaydi. Itlarda o‘smalarni hajmi kattalashib, itlar tana vazning 1/3 qismiga teng bo‘lib qoladi. O‘smaning boshqa to‘qima ichiga o‘sib kirmay kattalashishiga ekspansiv o‘sish deyiladi. Xavfsiz o‘smalar yaxshi biriktiruvchi to‘qimali qobiq bilan o‘ralganligi uchun jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanganida retsediv va metastaz bermaydi. Albatta xavfsiz o‘sma degani nisbiy tushuncha bo‘lib, shu xavfsiz o‘smaning bosh miyada hosil bo‘lishi, miyani qisib qo‘yib turli nerv markazlarini faoliyatini buzilishiga sabab bo‘ladi. Ichki sekretsiya bezlaridan hosil bo‘lgan xavfsiz o‘smalar ko‘plab gormonlar hosil bo‘lishiga va ichki sekretsiya bezlarining funksiyalarini izdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Xavfsiz o‘smalar qizil o‘ngach va boshqa naysimon organlar atrofida o‘sib, ularni qisib, funksiyasini buzilishiga sabab bo‘ladi.
Xavfli o‘smalar tez, tartibsiz o‘sib, atrof to‘qimalardan chegaralanmay, ularni ichiga o‘sib kiradi va infiltrativ o‘sish deyiladi. Xavfli o‘smalar atrof to‘qimalarni jarohatlaydi. Xavfli o‘smalarning markaziy qismi yaxshi oziqlanmay parchalanib ketadi va hajmi katta bo‘lmaydi. O‘smalarning o‘sishi o‘zgaruvchan bo‘lib, ba’zan tez, ba’zan sekinlashib xavfsiz o‘smalarga nisbatan tez o‘sadi. Xavfli o‘smalar o‘sayotganida o‘sma bilan sog‘lom to‘qma o‘rtasida chegara bo‘lmaydi, shuning uchun xavfli o‘smani organizmdan ajratib bo‘lmaydi, ajratayotgan paytda to‘qimalar orasida katta bo‘lmagan bir necha o‘sma hujayrasi qolsa retsediv beradi. Retsediv berish xavfli o‘smalarga xos xususiyatdir. Retsediv o‘sma olib tashlanganidan juda ko‘p vaqtlar o‘tganidan keyin hosil bo‘lishi mumkin. Xavfli o‘smalar metastaz-grekcha metastazis - siljish, aralashish hosil qilib, bu holat o‘smalarni qon va limfa tomiriga o‘sib kiragnida, mayda tomirlarga tikilib, embol hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Rak ko‘pincha limfa tomirlari orqali metastaz beradi. Metastaz berganda o‘smalar qaerda rivojlanmasin ular ona o‘smalar xususiyatini saqlab qoladi. Masalan gepatomaning tananing qaysmi qismida hosil bo‘lishidan qatiy nazar u o‘t ishlab chiqaradi, qalqonsimon bezdan hosil bo‘lgan o‘sma yodga boydir. Metastaz hosil bo‘lishi embolning qaysi qon tomiri orqali oqib borishiga bog‘liq. Masalan: Rak me’dada rivojlangan bo‘lsa metastazni birinchi navbatda jigarda hosil qiladi. Boshqa holatlarda metastazni hosil bo‘lishi, metastaz hosil bo‘layotgan to‘qimaning bioximiyaviy xususiyatiga bog‘liq. Agar o‘pka rak bilan kasallangan bo‘lsa, metastaz miya va buyrak usti bezida hosil bo‘ladi. Qalqonsimon, prostata va sut bezlarining xavfli o‘smalari ko‘pincha suyak to‘qimalariga metastaz beradi. Lekin o‘sma hujayralarining organlarga kirib kelishi hamma vaqt ham o‘sma hosil qilabermaydi, chunki ularni makrofaglar tomonidan emirilishi hosil bo‘ladi. Masalan: taloqda rak hujayralarini oqib kelishidan metastaz hosil bo‘lmaydi. Xavfli o‘smalar xavfsiz o‘smalardan shunchalk farq qiladiki, havfli o‘smalarda xavfsiz o‘smalarga nisbatan moddalar almashinuvchi chuqur o‘zgarib, hayvonlarni ozib ketishiga sabab bo‘ladi.
O‘smalar barcha qishloq xo‘jalik va uy hayvonlarida, qushlarda, amfibiylarda va baliqlarda uchraydi. Xatto adabiyotlarda ko‘rsatilishicha turli umirtqasiz hayvonlarda ham uchraydi. Qishloq xo‘jalik hayvaonlaridan qoramolarda xavfli o‘smalardan sarkoma, xavfsiz o‘smalardan lipoma, fibroma, ostioma, otlarda ko‘proq xavfli o‘smalardan melanosarkoma, osteosarkoma va rak uchraydi. Buqa va ayg‘irlarni ko‘proq jinsiy organlarida va boshqa qismlarda o‘sma kamroq uchraydi. Hayvonlar me’dasida va bachadonida o‘smalar kamdan hosil bo‘ladi.
O‘smalar ko‘pincha qarri hayvonlarda uchraydi. Zotli va 5 yoshdan katta bo‘lgan itlarda turli xildagi o‘smalar uchrab ko‘pincha jinsiy organ va sut bezlarida o‘smalar hosil bo‘ladi. Quyonlarda o‘smalar kam uchraydi, dengiz cho‘chqalarida o‘sma bilan zararlanish juda kam kuzatiladi. Laboratoriya hayvonlaridan sichqonlarda ko‘pincha rak uchrasa, kalamushlarda sarkoma uchraydi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda sichqonlarning 6-8% rakdan o‘lar ekan. O‘smalar tovuqlarda ham uchrab, ular sarkoma bilan kasallanadi. Xuddi shunday g‘oz va o‘rdaklar ham o‘smalar bilan kasallanadi. Parrandalarda xavfli o‘smalar o‘sib metastaz beradi. Baliqlarda ham boshqa o‘mirtqalilardagi singari epitelial va biriktiruvchi to‘qimali o‘smalar farq qilinadi. Baliqlar sun’iy ko‘paytirilganda o‘sma ko‘p uchrab, erkin yashaydigan baliqlarda juda kam uchraydi. O‘smalar hayvonlarda bitta yoki bir nechtalab uchrab, ularga fibroma, mioma, papilomalar kiradi.
O‘smalarning hosil bo‘lishi hayvonlarning yoshiga ham bog‘liq bo‘lib, odamlarda o‘smalar 40 yoshdan keyin, itlarda 5 yoshdan keyin, tovuqlarda bir yoshga to‘lganida, qarri hayvonlarda 10% uchraydi. Qari hayvonlarda o‘smalarni uchrashi birinchidan etiologik sabablarni uzoq muddatli ta’siri bilan bog‘liq, ikkinchidan organizmning ximoyaviy funksiyalarini susayishi bilan bog‘liqdir.
Irsiy xususiyatlarning o‘smalar kelib chiqishidagi ahamiyati hali ani o‘rganilganicha yo‘q. Ammo rak viruslar tomonidan chaqirilib, agarda hayvon tug‘ilganidan keyin rak bilan kasallangan hayvonni emsa rak hosil bo‘lgan, shu rak bilan kasallangan hayvon bolasini kasal emsa hayvon suti bilan boqilsa rak bilan kasallanmagan. Bu holat virus bilan hayvon elinini kasallantirib yaxshi o‘rganilgan.

  1. O‘smalarning hosil bo‘lish sabablari hali to‘liq o‘rganilmagan bo‘lib, o‘smalar to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotlar bizning eramizdagi 1500-2000 yil ilgari qadimgi Egipt va Rimda izaga kelib, Gippokrat o‘sha dapvrlarda o‘smalarni davolanadigan va davolanmaydigan turlarga bo‘ladi. XVII asrda Angliyada zavod turbalarini tozalovchilarida-turbachilar kasalligi, AQSH da fosfor zavodi soatsozlarida o‘smalar hosil bo‘lgan. X1X asrning birinchi yarmida œcìàëàð ham boshqa to‘qimalar singari hujayralardan tuzilganligi aniqlangan bo‘lib, o‘smalarni kelib chiqishini turli xil nazariyalar bilan tushuntirilib kelingan. Shu nazariyalardan biri embrianal kurtaklar nazariyasi bo‘lib, bu nazariyada Kongeym organizmning embrional rivojlanishi davrida hujayralardan ba’zi birlari rivojlanmay qolib, har xil sabablar, urilish, yallig‘lanish va boshqa xildagi sabablar tufayli yashirin yashayotgan hujayralarda o‘sish energiyasi hosil bo‘lib o‘sa boshlaydi. O‘smasimon xususiyat hosil bo‘lib. O‘smalar hosil bo‘lishini boshlab beradi. Bu nazariya tarafdorlari o‘smalar va embrional to‘qimalar morfologik o‘xshashlikga ega bo‘lib, ular embriogenezda juda qiyn differensiyalanadigan qismlardan hosil bo‘ladi deb tushuntiradi. Embrional hujayralardan faqat teratom o‘smalar hosil bo‘lib ular zararli o‘smalarga kirmasdan, organizmning o‘zgarib rivojlangan holatiga kiradi va o‘sma kelib chiqishini to‘la tushuntirib beraolmaydi.

R.Virxovning 1885 yil ta’sirlanish nazariyasi vujudga kelib, o‘smalarorganizmga uzoq vaqt qo‘zg‘atuvchilarning ta’siri tufayli hosil bo‘lib ko‘p to‘qimalarda arohatlanish hosil bo‘lishidan deb tushuntiradi. Bu nazariya o‘smalarni odamlar va hayvonlarda uzoq davr mexanik, termik, ximik va boshqa ta’sirotlar tufayli to‘qimalarda parchalanish, yallig‘lanish va tiklanish jarayonlarida hosil bo‘ladi deb tushuntiradi. Rak o‘smalari bir xil vazifalarni bajaradigan kishilarda ma’lum qismlarning uzoq vaqt ta’sirlanishi natijasida hosil bo‘ladi deb, proliferativ yallig‘langan qismlarda hujayralarning bo‘linibpast diferensatsiyalanishidan hosil bo‘ladi deydi. Lekin barcha hosil bo‘lgan chandir va yaralardan o‘smalar hosil bo‘layotgani yo‘q. Bu nazariya o‘smalarni tashqi muhitning murunkali ta’sirotchilari ta’siridan hosil bo‘ladi deb tushuntirmoqchi bo‘ladi. Organizmga mexanik va ximiyaviy ta’sirotchilarning uzoq vaqt ta’sir etganida o‘smalar hosil bo‘lmasligini V.V.Podvesotskiy kuzatgan. Shunga qaramasdan bu nazariya tufayli ko‘plab izlanishlar uchun ulay sharoitlar hosil bo‘lib o‘smalarni keltirib chiqaruvchi sabablar aniqlanaboshlandi. Oqibatda o‘smalarni ximiyaviy moddalar chaqirishini 1916 yil yapon olimlari K. Ishikova va K. Yamagivalar tomonidan aniqlandi. Ular dyogt ko‘mir smalasini uzo vaqt quyonlar qulog‘ini ichki qismiga (terisiga) surkab zararli-xavfli o‘smalarni keltirib chiqargan. Keyinchalik dyogtyarli rakni eksperimental hayvonlardan sichqon, kalamush va itlarda chaqirilgan. Ko‘mir smalasi surkaganidan ikki xafta o‘tgandan shu smola qismlardan junlar tushib yangi jundir chiqaboshlaydi va bunday o‘zgarish-6-7 marta takrorlangandan keyin, terida umuman jun o‘smay qoladi, teri qalinlashadi, qo‘pollashadi, yoriladi, terining tashqi tomoni to‘kilib, almashinib turadi. Bu qismlarni mikroskop tagida kuzatsak ko‘mir smolasi surkalgan erda bir oydan keyin o‘tkir,o‘rtacha o‘tkir va terining surinkali yallig‘lanishlarini kuzatamiz. Shundan 3-4 oy ba’zan ilgari, ba’zan kechroq bitta yoki bir necha savollar paydo bo‘ladi. Keyinchalik bu smalar o‘sib, kattalashib, infiltlanish va metastaz beradigan rak o‘smasi uladi. Keyingi izlanishlar davrida turli xildagi smolalardan kanserogen moddalar-ximiyaviy birikmalar sintez qilinib ularni o‘sma chaqirishini aniqlangan. Kanserogen moddalar o‘zlarining ximiyaviy tuzilishi bilan politsiklik uglevodlarga kiradi. Kanserogen moddalar organimzga tushganidan bir qancha yashirin davrlardan keyin o‘sma hosil qiladi. Agar quproq yuborilsa tez o‘sma hosil bo‘lishi mumkin. Teri qoplamasini metilxolentren bilan surkalganidan rak o‘smalari 31-179 nchi kunigacha hosil bo‘ladi. 4-6 oydan keyin metilxolentren surkalgan joyda sarkoma o‘smasi hosil bo‘ladi. Xozirgi kunda o‘sma chaqiruvchi ximiyaviy moddalarning 300-400 xildagi birikmalari aniq bo‘lib, hatto yog‘lar almashinuvining buzilishi - streinlar almashinuvining buzilishi o‘smalar hosil bo‘lishiga sabab bo‘lar ekan. Organizmda ham o‘zining ximiyaviy tuzilishi bilan kanserogen moddalarga o‘xshash moddalar bo‘lib, ulardan bir xillari 1,2-benzpiren, 5,6-siklopenten 1,2-benzatratsenlar urg‘ochi hayvonlar xinsiy gormonlariga ta’sir eti, kastratsiyalangan urg‘ochi hayvonlardan sichqon va kalamushlarda kuyikish chaqirib bir vaqt-vaqtning o‘zida aktiv kanserogenlik xususiyatini hosil qiladi.
Xolesterin, jinsiy gormonlar, vitamin D, benzperin guruhidagi kanserogen moddalar ximiyaviy yaqin bo‘lib ular fenantren mahsulotlaridir. Ba’zi moddalar turli ta’sirotlar natijasida o‘zgarib kanserogenlik xususiyatlarini hosil qiladi. Masalan: o‘t tarkibidagi xolesterin nurlar ta’sirida kanserogen moddaga aylanishi mumkin. N.I.Lazerevning kuzatishlarida aniqlanishicha gormonlar ko‘p ishlab chiqarilganida yoki ularning antoganistlarini kamayishi o‘sma hosil bo‘lishiga olib keladi. Demak, adekvat ta’sirotchi miqdor jihatidan o‘zgarganda o‘sma hosil qilar ekan. O‘sma hosil qilish uchun hujayra dedifirensiyalanishi va tez ko‘payishi jarayoni aynib, o‘sma hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Yog‘ va lipoidlardan sterein almashinuvining buzilishi o‘smalarning o‘sishiga sharoit yaratadigan omildir. Kanserogen moddalar ta’sirida zararli o‘smalarning hosil bo‘lishi eksperimental onkologiyaning muhim yutuqlaridan biridir. Lekin hozirgacha kanserogen moddalarning ta’sir etish mexanizmlari aniqlangan emas. Balki kanserogen moddalarning ta’siri nuklein kislotalarining tuzilishi va funksiyalarini buzib hujayralarning irsiy xususiyatlarini o‘zgartirib biologik hususiyatlarga ega bo‘ladi. Kimiyaviy nazariya ham o‘smalarning hosil bo‘lishini to‘liq tushintiraolmaydi. Kimyoviy moddalar faqat viruslarning organizmga ta’sir etishiga sharoit yaratib beradi deb tushuntiradi.
O‘tgan asrning oxirlaridan to hozirgi kungacha o‘smalar infeksion harakterga ega deb, ular har xil hayvon va o‘simliklarda kasallanish chaqiruvchi parazit kanallar, chuvalchanglar-chuvalchangsimon parazitlar, zamburug‘lar o‘smalarning xususiy qo‘zg‘atuvchisi tushuntiradi. O‘smalarni o‘rganish davrida ko‘p mikroorganizmlarni ajratib olingan, lekin ularning hammasi saprafit mikroblar bo‘lib, o‘smalarga aloqador emasligi aniqlangan. Zararli yoki xavfli o‘smalar ba’zi bir parazitlar bilan kasallanganda ham hosil bo‘ladi: It va mushuklarda so‘ruvchilar sinfiga kiruvchi Oristorshis felineus bilan kasallanganida rak bilan kasallanish hosil bo‘lishi mumkin. Kalamushlarni tarakanlar bilan oziqlantirilganida rak hosil bo‘ladi yoki qoramollarning fatsiola bilan kasallanishi jigar rakini chaqiradi. Shunday qilib klinikada eksperementlarda olingan ma’lumotlar o‘smalarning kelib chiqishida parazitlarning ta’sirchanligini yoki sabab bo‘lishini inkor etmaydi.
O‘smalarning viruslar chaqirishi to‘g‘risidagi tushuncha 1910 yil I.I.Mechnikov tomonidan aytilgan bo‘lib, 1911 yil Angliya olimi P. Rous tekshirishlarida aniqlashicha sarkoma kasallangan tovuq to‘qimasidan tayyorlangan filtrat yuborish hisobiga o‘smalar hosil bo‘lishini kuzatgan. P.Rous virusi faqat o‘smalarda bo‘lmasdan balki tovuqlarning tolog‘ida, jigarida, miyasida, qonida va boshqa suyuqliklarida uchrab, virusining kattaligi 01 m. Ximiyaviy va fizikaviy ta’sirotlarga turg‘unligi past. Masalan: 00 haroratda 2-3 kun, 550 da esa 15 minutda parchalanadi. Antisetik moddalar virusga kuchli ta’sir etadi. Ba’zi o‘smalarni to‘qimalardan tayyorlangan muhitda o‘stirish mumkin. Viruslar ta’sirida hosil bo‘lgan xavfsiz o‘smalar, havfli o‘smalarga aylanishi turli hayvonlarda kuzatilgan. Masalan: yovvoyi quyonlar papilomasi, it va qoramollar papilomatozihamda odamlarda hosil bo‘ladigan so‘gallar o‘xshash bo‘lib, bu hayvonlarda ajratib olingan virus faqat shu turdagi hayvonlarda o‘sma chaqiradi. Ko‘pchilik o‘smalar faqat transplantatsiya qilingandagina sog‘lom organizmda rivojlanishi mumkin. Virus nazariyasining tarafdorlari L.A.Zilber va boshqalar o‘sma chaqiruvchi viruslarni oddiy usullar bilan aniqlab bo‘lmasligini, kasal organizmdagi noqulay sharoitlarda viruslarda patogenligi o‘zgarib, boshqa yashirin shaklga o‘tishini takidlaydi. O‘sma chaqiruvchi virus uzoq vaqt, hatto butun hayotiy jarayonlarda ham o‘zining patogenlik xususiyatini namayon qilmasligi mumkin. Masalan: ba’zi bir turdagi sichqonlar ma’lum yoshga to‘lishi bilan ularning aksariyati o‘smalar bilan kasallansa, boshqa bir xillarida bitta-ikkita o‘sma hosil bo‘lishi kuzatiladi. O‘smalar sog‘lom hayvon bolasini kasalangan hayvonni emizdirib ham chaqirish mumkin bulganli tufayli, bu kasal organizmlardagi viruslar qon so‘ruvchi hasharotlar orqali o‘tishi mumkin degan xulosaga olib keladi. Virus nazariyasi ham o‘smalarning kelib chiqishini to‘liq tushuntirib beraolmaydi, chunki o‘smalarni ko‘pchilik hollarda kimyoviy moddalar ta’sirida ham chaqirish muikn. O‘smalarning turli hayvonlarda uchrashi, ularning turli to‘kimalardan hosil bo‘lishi, viruslarning xususiy bo‘lmagan qo‘zg‘atuvchi vazifasini viruslar bajaradi. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan nazariyalar u yoki bu darajada o‘smalarni hosil bo‘lishini tushuntirishga qaramasdan bu nazariyalarning hammasi polietiologik nazariyalar hisoblanadi.

  1. O‘smalarni o‘sishi oddiy sog‘lom hujayralarni o‘sma hujayralarga aylanishi bilan boshlanib, bu hujayralarda moddalar almashinuvi o‘zgaradi. hujayradagi biologik hususiyatlardan sifat o‘zgarishlarini hosil qiladi. Keyinchalik o‘smalar faqat o‘sma hujayralarning ko‘payishi hisobiga o‘sadi. Albatta barcha o‘sma hujayralari ham o‘smaga aylanabermay ba’zilari so‘rilib ketadi, ba’zilari esa bir necha o‘smalar hosil qiladi.

O‘smalarning aosiy hussiyatlaridan biri, uzluksiz o‘sib borib, agar vrach tomonidan olib tashlanmasa hayvon organlarini qisib, zaharli moddalar ta’sirida o‘lim ham hosil qilishi mumkin. O‘smalarning uzlukstiz o‘sishi natijasida qoramollarda fibroma diametri 100sm, og‘irligi 100 kg gacha etib, hayvonlar og‘irligini qarib yarimiga teng bo‘ladi. Odamlarda bachadon fibromasining og‘irligi 20-25 kg, tuxumdan kistomasi to 50 kg gacha etadi. Bir turdagi hayvonlarda o‘smalarni ko‘chirib o‘tkazib bir necha yillar ularni o‘sishini ta’minlash mumkin. O‘smalarga xos hususiyalardan biri, o‘sma to‘qimasini past differensatsiyali to‘qimaga aylanishidir.
Anaplaziya deb, ona hujayralarni o‘sma hujayralarga aylanib past darajadagi morfologik differensatsiyalanishga aytiladi va grekcha ana-orqaga, pastga, plasis-hosil bo‘lishi degan ma’noni bildiradi. O‘smaga aylanayotgan hujayrada o‘sish va ko‘payish darajasi kuchayadi. O‘smaga aylanayotgan hujayrada o‘sish qancha tez kechsa, unda anaplaziya shuncha yaxshi rivojlanadi. Odatda morfologik, bioximiyaviy, fiziko-ximiyaviy va energetik anaplaziyalar farq qilinadi.

  1. Morfologik anaplaziyada o‘sma hujayrasi va to‘qimalarida o‘zgarishlar xosil bo‘lib, morfologik belgilariga ko‘ra o‘sma to‘qimasi embrional to‘qimalarga yaqmnlashadi. O‘sma hujayralarning parenximasini shakli va kattaligi turlicha. Ba’zi hujayralarda yadro va protoplazmalarning normal nisbati farq qiladi, xromosoma soni va shakli o‘zgaradi. O‘sma hujayralarining bo‘linishining noto‘g‘ri atipik harakterda bo‘lib, hujayralarning o‘zaro joylanishi buziladi. Masalan: bez o‘smalarida bez suyuqliklarini hosil qiluvchi bo‘lmalar yo‘q yoki bo‘lsa ham noto‘g‘ri tuzilishiga egadir, lekin unday etipik tuzilishga ega bo‘lishiga qaramasdan o‘sma hujayralarning funksional hussiyatlarini saqlaydi. Ya’ni melanblastlardan hosil ulgan o‘smalar melanin, jigar hujayralaridan hosil ulgan o‘smalar o‘t, bez hujayralaridagi hosil bo‘lgan bo‘lsa, gormon ishlab chiqarish vazifasini saqlaydi. Morfologik atipizm o‘smalar uchun xususiy bo‘lmasdan balki turli patologik holatlarda ham hujayralvarning o‘sish va ko‘payishi hosil bo‘lishi mumkin. Masalan: Regeneratsiya va proliferativ yallig‘lanishlar vaqtida.

  2. Bioximiyaviy anaplaziya vaqtida o‘smalarning bioximiyaviy hususiyati o‘zgaradi, ya’ni embrional to‘qimalardagi singari suv miqdori ko‘payib 90% ga etadi. Kaliy tuzlari ko‘payib, kalsiy tuzlari normadan pasayadi. O‘sma qancha tez o‘ssa kaliy va kalsiy nisbati shuncha o‘zgaradi.

O‘smalar lipoidlardan xolesterin ko‘payadi. O‘smalarda gliklgen ko‘p to‘planib, bu glikogenni yaxshi o‘zlashtiraolmaydi. Bu glikogen uglevodlar almashinuvining buzilishi natijasida to‘planib, o‘smalarda sut va pirouzum kislotalarining ko‘payishi bilan bog‘liqdir.
O‘sma to‘qimalarida DNK va RNK ko‘payadi. Nuklein kislotalarini kuchli parchalanishi natijasida o‘smalarda pentozlar hosil bo‘ladi, aminokislotalar tarkibida o‘zgaradi ya’ni o‘smalarda sistin, metianin, tirozin kamayadi va gistidin, arginin va lizin ko‘payadi. O‘smalar protiolitik fermentlarga boydir.

  1. Fiziko-ximiyaviy anaplaziyada kolloid moddalarning sirt taranglik hususiyatlari pasayadi, ko‘plab to‘liq oksidlanmagan oraliq moddalar hosil bo‘lib, kislota-ishqor muvozanatini kislotali tomonga o‘zgartiradi. O‘smalarda osmatik bosim ko‘tariladi. Sog‘lom to‘qimaga nisbatan o‘sma to‘qimalarida yuqori elektr zaryadi ko‘p. To‘qima va hujayra membranalari kuchli o‘tkazuvchanlik hususiyatiga ega. Biokimyoviy va fiziko-kimyoviy anaplaziya o‘sma uchun hususiy o‘zgarish bo‘lmasdan u yoki bu holatda regeneratsiya yoki proliferativ yallig‘lanish jarayonida uchrab turadi. Zaryadli ya’ni xavfli o‘smaning o‘sishi qancha kuchli bo‘lsa, bioximiyaviy va fizikaviy anaplaziyalar shuncha yaxshi namoyon bo‘ladi.

Energetik anaplaziyalar o‘smalarda moddalar almashinuvining o‘zagarishi va haddan tashqari kuchayishi aynishi oqibatida hosil bo‘ladi, uglevod va oqsil almashinuvi buziladi.

  1. O‘smalarda moddalar almashinuvi sog‘lom to‘qimalardagidan farq qiladi, ya’ni bu o‘zgarishlarni uglevodlar almashinuvida yaxshi kuzatishimiz mumkin: sog‘lom to‘qimalarda uglevodlar almashinuvi 2 davrda: anaerob va aerob davrda kechadi.

Anaerob davrda ko‘p oraliq o‘zgarishlar natijasida sut kislotasiga parchalandi- glikoliz deyiladi.
Aerob davrda 1/5 qism sut kislotasi oksidlanib SO2 va N2O ga, qolgan 4/5 qism oksidlanish natijasida hosil bo‘lgan energiya hisobiga glyukozaga aylanadi.
Glikoliz davrida uglevodlarga 5% potensial energiya saroflanadi, qolgan qism oksidlanib sut kislotasidan S2O va N2O hosil qiladi. Oksidlovchi hususiyati pasayganda sut kislotali ko‘p hosil bo‘lib, kislotali moddalar to‘qimalarda to‘planadi. Glikolitik jarayonlar xavfli o‘smalar kuchli bo‘lib glyukozani sut kislotasigacha parchalanishi tinch turgan muskullardagidan 200 marta tez kechadi va maksimal ishlayotgan muskullardagidan 8 marta tez kechadi. Zararli o‘smalar 10-12 soatda o‘z vazniga teng keladigan sut kislota hosil qilishi mumkin. Shuning uchun rak bilan kasallangan organizmlarda sut kislotasini miqdori qonda yuqori bo‘ladi. Xavfli o‘smalarda glikolitik o‘zgarishlar xavfsiz o‘smalardagidan aktiv bo‘ladi. Ko‘p miqdorda sut kislotasining hosil bo‘lishi, o‘sma to‘qimalarining sirt tarangligini o‘zgarishi va boshqalar o‘smalarga xosdir. Rak hujayralari glyukozani 4-5 barobar kuchli parchalaydi va oksidlanish juda sust. Glikol=it jarayonlar o‘smalar uchun harakterli hususiyat emas, chunki glikolitik jarayonlar ko‘zni to‘r pardasida, leykotsitlarda sog‘lom hayotiy jarayonlarda uchrab turadi, glikoliz jarayonini kuchayib, kislorod iste’mol qilinishini pasayishi yallig‘lanish va regeneratsiyalanish jarayonida ham kuzatiladi. Glikolitik o‘zgarishlar turli hayvonlarning kuchli o‘sishi jarayonlarida kuchayadi. Lekin kuchli glikoliz hususiyati, asosan aerob glikoliz o‘smalar uchun harakterli doimiy o‘zgarish ekanligini R.E.Kovetskiy aniqlagan. Moddalar almashinuvining buzilishi o‘sma hosil bo‘lganligiga qadar hosil bo‘lib butun organizmga tarqaladi
O‘smalarda oksillar almashinuvi jiddiy buzilib, o‘sma oqsillari tarkibida albumin va nukleoproteidlar ko‘payib, sog‘lom to‘qimada uchramaydigan oqsillar uchraydi. Bu nukleoproteidlarni hosil bo‘lishi o‘rganilgan emas, balki boshqa xil tabiatli oqsil yoki viruslarga ta’lluqli oqsillardir ( L.A.Zilber) yoki o‘smalar hosil bo‘lishida organizmning o‘zgargan oqsillardir deyiladi.
Xavfli o‘smalarda to‘la qiymatli va to‘liq qiymatsiz aminokislotalar ham hosil bo‘lishi mumkin. Bu o‘zgarishdagi oqsillar fermentlar faoliyatini buzilishi mumkin. O‘smalarda mahsus oqsil sintez bo‘lishini B.I.Zbarskiy aniqlab, tumoproteidlar deb nomlanadi.
O‘smalarda mahsus nuklein kislotalrini almashinuvini buzilishini 1934 yil Shtern va Vilxaymlar, keyinchalik 1941 yil Rondoni o‘smalarda DNK RNK dan ko‘p bo‘lishini aniqlangan. O‘smalarda oqsil sintezlanishining uning parchalanishidan usutun ekanligini turli belgilangan atomlarni organizmga yuborib o‘rganilgan. O‘sma to‘qimalariga ko‘p miqdorda aminokislotalardan purin va pirimidin asoslari tushib o‘smalarda qoldiq azot miqdori ko‘p ekanligi sog‘lom to‘qimaga nisbatan o‘smalarda oqsil almashinuvini tez kechishidan xabar beradi.
Yog‘ va lipoidlar almashinuvi o‘smalarda kuchli kechib, o‘sma xarakteriga bog‘liq holda turli miqdorda bo‘ladi. Yog‘lar tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalari, xolesterin va atseton tanachalari ko‘p.
O‘smalarning organizm bilan aloqadorligi. Organizmning o‘smalarining o‘sishiga ta’sirini tajribalarda juda ko‘p to‘plangan ma’lumotlar asosida M.K.Petrova nerv sistemasining o‘smalarga ta’sir etishi muikn ekanligini tushuntirib berdi. Hayvonlar organizmida nerv sistemasining surunkali funksional buzilishlarida (nevrozlar) o‘smalarni kelib chiqishi uchun sharoit yaratilishini tajribalarda xavfli va xavfsiz o‘smalar chaqirib o‘rganilgan. Nerv sistemasining surunkali funksional buzilishlari davrida kanserogen moddalar ta’sirida o‘smalar hosil bo‘lishi tezlashadi. Nerv sistemasining o‘smalarning rivojlanishi mexanizmidagi ahamiyatini hayvonlarni qishki uyquga ketishi yoki nerv sistemasi faoliyatini tormozlangan davrda kanserogen moddalar ta’sirida o‘smalarni o‘sishini sekinlashishi va shuncha kanserogen modda olgan nazoratdagi hayvonlarda o‘smalarni o‘sishini tezlashganligini kuzatgan. Agarda organizmga bromning natriyli tuzini yuborsak nerv sistemasining faoliyati pasayib o‘sma hosil bo‘lishi va rivojlanishi susayadi. Ayni shu davrda quyonlarga kafein yoki nerv sistemasini qo‘zg‘atuvchi moddalarning ta’siri o‘sma o‘sishi kuchaytirib tezlashtiradi.
Periferik nervlarning jarohatlanishi metastazlar hosil bo‘lishiga yordam beradi. Agarda bo‘yin simpatik nervi kesilsa zararli o‘smalar hosil bo‘lib, transplantantlarni o‘sishiga yordam beradi. O‘smalarning o‘sishiga RES to‘qimalarining ta’siri katta bo‘lib, makrafaglar tufayli o‘smalarning o‘sishiga yo‘l qo‘ymay ularni rivojlantirmay parchalab yuborishi mumkin. Makrofaglar qon va limfaga tushgan xavfli o‘sma bo‘lakchalarini ushlab qolib, metastaz berishga arshilik qiladi. RES to‘qimalarining funksiyasining aktivlashishi transplantatsiya qilingan o‘sma to‘qimalarini o‘stirmay qo‘yadi yoki bo‘lmasa RES to‘qimalarining blokadasi esa transplantantlarni o‘sishiga sharoit yaratishini A.A.Bogomolets va 1877 yil M.A.Navinskiy kuzatgan.
Organizm o‘smalarni o‘sishiga ichki sekretsiya bezlarida hosil bo‘lgan gormonlar orqali ta’sir etadi. Bu gormonlardan biri o‘smalarni o‘sishiga to‘sqinlik qilsa, ikkinchisi o‘smalarni o‘sishini tezlashtiradi. Masalan: gipofiz bezining sommatotron gormoni o‘smalarni o‘sishini kuchaytirsa, oshqozon osti bezining gormoni va buyrak usti bezining po‘stloq qavatining gormonlari o‘smani o‘sishini tormozlab qo‘yadi. Hayvon organizmiga estrogen gormonlarini yuborsak hayvon elinlarida, jinsiy organlarida o‘sma hosil bo‘ladi. Testesteron va progesteron o‘sma hosil bo‘lishini elin va jinsiy organlarda tormozlanib qo‘yadi.
Organizm o‘smalarga ta’sir etishi bilan bir vaqtda o‘smalar ham organizmga ta’sir etib turadi. O‘smalarning organizmga ta’siri o‘smaning harakteriga, o‘sish va tanlangan joyga bog‘liq. Agar qo‘lning yuzasida mayda o‘smalar bo‘lib, xavfsiz o‘smalar turkumiga kirsa, faqatgina biron bir ish qilish paytida noqulaylik hosil qiladi xolos, shunday o‘smalarni tanglayda, bosh miyada hosil bo‘lishini nafas olishni yoki qandaydir boshqa funksiyalarni buzishi mumkin. Havfsiz o‘smalar atrof to‘qimalarni qisib, ularning oziqlanishini buzib atrofiyalarga oli keladi. Agar shira ajraluvchi yo‘llarni qisib qo‘ysa shira ajralib chiqishi qiyinlashadi va x.k.z.
Havfli o‘smalar kichik bo‘lsada o‘zalarini kechayotgan o‘sish va moddalar almashinuvining buzilishi hisobiga organizmni ozdirib, o‘limga olib keladi. Hayvonlarning ozib ketishiga sabab, moddalar almashinuvining buzilishi, organizmni moddalar almashinuvining oraliq mahsulotlari bilan va o‘sma to‘qimalarining parchalanishi mahsulotlari hisobiga zaharlanishidan hosil bo‘ladi. Undan o‘sma o‘sayotgan organning funksiyalarini buzilishi ham organizmni ozishiga sabab bo‘ladi. O‘smalar o‘sib boshlanganidan organizmga antigenlik hususiyatlarini namoyon qiladi, lekin bu antigenlarni tuzilishi aniqlangan emas, ammo bu antigenlarga nisbatan antitelalar hosil bo‘ladi. Antigenlar etarli darajada tashqi, begona antigenlik hususiyatlariga ega bo‘lmaganligi tufayli hamda immun tana hosil qiluvchi funksiyalarining susayishi va immuntanalar kam hosil bo‘lib organizmni himoya qilolmaydi. Organizmda havfli o‘smalarning bo‘lishi, umumiy moddalar almashinuvini buzadi. O‘sma hosil bo‘lishini boshlang‘ich davrida moddalar almashinuvi kuchayib, keyingi davrda pasayadi. Qondagi glyukoza ko‘payishi yoki kamayishi mumkin.
Uglevodlar almashinuvida qatnashadigan fermentlar aktivligi oshib, qonda sut kislotasi ko‘payadi, jumladan venalarda ko‘p bo‘ladi. Qonda qon zardobidagi albuminlar kamayishi oqsillarni kamayib qoldiq azot ko‘payishiga olib keladi. Albuminlarni kamayishi oqsil sintez qilish hususiyatini pasayishi bila bog‘liq. O‘smalar o‘sganida jigarda arginaza, katalaza, oksidaza aktivligi pasayib glikogen sintezlanishi, mochevina, gipur kislotasini hosil bo‘lishi buzilib, organizmdan chiqariladigan umumiy azot miqdori ko‘payib, siydikni mochevina kamayadi. Siydikda sut kislotasi, polipeptidlar, ba’zi aminokislotalar ko‘payib, atseton tanachalari paydo bo‘ladi. N.B.Medvedev ko‘rsatmasiga qaraganda rak kasalliklarida uglevodlar azotdan 6-7 marta ko‘payib, ketadi. O‘smalar organizmda gipoxrom anemiyalarni hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi, qonning rangli ko‘rsatkichiga 0,5 gacha pasayadi. Anemiya eritrotsitlarning har xil zaryadli ya’ni to‘liq oksidlanmagan moddalar ta’sirida parchalanishi oqibatida hosil bo‘ladi. Eritrotsitlarning hosil bo‘lishini qon hosil qiluvchi organlar faoliyati nerv va ichki sekretsiya bezlari tomonidan boshqarilishini buzilishi anemiya hosil bo‘ladi.
Transplantatsiyalar davrida o‘smalarning cheksiz hususiyatlari nimoyon bo‘lishini kuzatgan. Hozirgi paytda o‘sma shtamlari ham mavjud bo‘lib, ulardan yaxshi o‘rganilgan Erlixning sichqonlar raki, Iensenning kalamush sarkomasi, Rausning tovuqlar sarkomasi va boshqalar bo‘lib, ular organizmdan organizmga yuzlab ko‘chirilib 50 va undan ortiq yil mavjuddir. Transplantant o‘sishida eksperemental hayvonning oziqlanishi muhim o‘rin egallab, oziqaning kalloriyasi past bo‘lsa, ya’ni lizin, argining, gistidin etishmasa, o‘smalar o‘sishi tormozlanadi. Agar ko‘p uglevod, xolesterin va kaliy oziqa tarkibida bo‘lsa o‘smaning o‘sishi tezlashadi. Hayvonning oziqasida xolin etishmasa ham jigar raki hosil bo‘lishi mumkin. Lekin hayvonlar to‘liq och qolishi natijasida o‘smalarni o‘sishi to‘htamaganligini SAMMI ilmiy xodimi I.P.Mishenko tovuq va kalamushlarda kuzatgan. Eksperement yo‘li bilan o‘smalarni mahsus oziqa sharoitini hosil qilib organizmdan tashqarida ham o‘stirish mumkin bo‘lib A.D.Timofeevskiy va boshqalar kuzatgan. Shunday qilib, o‘sma chaqiruvchi sabablarga kimyoviy moddalar, mexanikaviy qo‘zg‘atuvchilar, nur energiyalari kirib, o‘smaning kelib chiqishida nerv sistemasining o‘rni ham muhimdir.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish