6. mavzu: Umumiy massajning gavda qismlarida o’tkazish uslubiyati



Download 21,51 Kb.
Sana02.02.2021
Hajmi21,51 Kb.
#58175
Bog'liq
6-mavzu. DJTVM


6. MAVZU: Umumiy massajning gavda qismlarida o’tkazish uslubiyati.

Har bir massaj usulining oralig‘ida, albatta, silash usuli o‘tkazilishi lozim. Bo‘g‘imlarni massaj qilishda silash usulidan keyin ishqalash usuh bajariladi. Harakat mashqlarini bajarishdan oldin, mushaklaming ish faoliyatini oshirish maqsadida uqalash usullari qo‘Uanilishi zarur. Mahalliy massaj doimo silash bilan tugatiladi, massaj qilingan qo‘1 va oyoqlar tortib tebrantirish usuli bilan yakun- lanadi. Malakali massajchi massaj oluvchi kishiga moslashtirilgan massaj metodikasini tanlashi lozim. Shu bilan birga, har bir massaj usulini o‘tkazishda umumiy qonunlarga amal qilinadi. Dastlabki yuzaki joylashgan to‘qimalar yengil va mayin massaj qilinadi. Muolaja boshlanishida qisqa muddatli bo‘ladi, Keyinchalik massajning kuchi va davomiyligi asta-sekin oshirib boriladi.

Orqani massaj qilish. Massaj silash usuh bilan boshlanadi. Bu usul ikki qo‘l bilan, har bir qo‘l o‘z tomonini silaydi (13-rasmga qaralsin) va ikki qo‘l bilan ketma-ket silash tarzida, bir yoki ikki qo‘l bilan (20-rasmga qaralsin) bajariladi.

Siqish usullari ko‘ndalang kaft qirrasi bilan bajariladi (29-rasmga qarang). Awal orqaning uzun mushaklari, keyin esa serbar mushaklari massaj qilinadi.



Uqalash usullari orqaning uzun mushaklarida bir qo‘l bilan (40- rasmga qaralsin); to‘rt barmoq yostiqchasi bilan bukilgan barmoqlar falangasi bilan (51-rasm) doira shaklida; ikkinchi qo‘l yordamida (52-rasm); kaftning asosi bilan doira shaklida o‘tkaziladi.

Uzim mushaklarini uqalab, orqaning serbar mushaklariga o'tiladi. Bu erda bir qo‘l bilan oddiy uqalash (40-rasmga qaralsin), ikkinchi qo‘l yordamida bajariladigan uqalash (43-rasmga qaralsin), qo‘sh halqasimon uqalash (44-rasmga qaralsin) turlari qo‘llaniladi. Kurak osti bir qo‘1 bilan oddiy uqalash tarzida uqalanadi. Bundan so‘ng mushaklar silkitib-silkitib bo‘shashtiriladi. Zarur bo‘lganda, qoqish usullari ishlatiladi, so‘ngra ishqalash usuhga o‘tiladi.

Ishqalash bel qismidan boshlanadi. Bu muolajani to‘rt baimoq yostiqchalari bilan (67-rasmga qaralsin), bukilgan bannoqlaming yuzasi bilan va ikkinchi qo‘l yordamida bajarish mumkin. So‘ngra qovurg‘alar orasida to‘rt barmoq yostiqchalari bilan to‘g‘ri chiziq, ilon izi, doira shaklida, ikki qo‘l bilan ketma-ket ravishda bajariladigan ishqalash usullari qo'llaniladi (68-a,b-rasmga qarang). Trapetsiyasimon mushaklar fassiyasida (umurtqa pog‘onasi bilan kuraklar o'rtasi) to‘rt barmoq yostiqchalari, bukilgan barmoqlar yuzasi, katta barmoq yostiqchasi bilan ishqalash usullari o‘tkaziladi. Yelka bo‘g‘imi to‘rt barmoq yostiqchalari, katta barmoq yostiqchalari bilan ishqalanadi. So‘ngra kurak osti kaft qirrasi yoki yozilgan (katta barmoq va ko‘rsatkich barmoq yuzasi bilan) kaft bilan ishqalanadi (87-rasmga qarang).

Katta barmoq yostiqchalari bilan (82, 83-rasmlarga qarang) yoki ikkinchi, uchinchi barmoq yostiqchalari bilan umurtqa pog‘onasi bo‘ylab ishqalash usuli o‘tkaziladi. Orqa sohaning massaji qo‘1 kaftining asosi bilan ilon izi shaklidagi ishqalash bilan tugatiladi.

Bo‘yinni massaj qilish. Massaj oluvchi yotgan va o‘tirgan holatida o‘tkaziladi. Massaj oluvchi o‘tirgan bo‘lsa, massajchi uning orqa tomonidan turib hamma massaj usullarini bajaradi. Yotgan holatda silash, ishqalash kabi usullar o‘tkaziladi. Bo‘yinning orqa sohasida katta barmoq do'mboqchasi bilan yoki kaft qirrasi bilan yuqoridan pastga yo'naltirib, kaftni ko‘ndalang qilib siqish usuli bajariladi. Bo‘yin mushaklari oddiy, xalqasimon, bir qo‘1 yoki ikki qo‘1 bilan bajariladigan uqalash uslubida massaj qilinadi. So‘ngra to‘rt barmoq yostiqchalari bilan, katta barmoq yostiqchasi bilan, ikki qo‘1 bilan navbatma-navbat ishqalash usuli ensa suyagiga yopishgan mushaklar massaji uchun qo'llaniladi.

Bundan keyin umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismida ishqalash usuli o‘tkaziladi. Bir qo‘lning katta barmoq yoki ikkinchi va uchinchi barmoq yostiqchalari umurtqa pog‘onasining ikki yoniga qo‘yilib, umurtqa pog‘onasining ko‘ndalang o‘siqlari ustida doira shaklida ishqalash usuli o‘tkaziladi. Bo‘yin bilan har xil harakat mashqlarini bajarish va uni silash bilan massaj tugatiladi.

Boshni massaj qilish. Massaj oluvchi o‘tirgan holatda bo‘ladi. Massaj harakatlari sochning o‘sish yo‘nalishi bo‘yicha bajariladL Awal peshona va ensa sohalari 3-4 marta silanadi, so'ngra boshning yon tomonlari boshning yuqorisidan quloqqa tomon yo‘nalgan holda 3-4 marta silanadi.
Download 21,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish