To‘qimalar tomonidan kislorodning o‘zlashtirilishi qon aylanishi etishmovchiligi paytida qonning kopillyarlar bo‘ylab nisbatan sust aylanishi natijasida kuchayadi. To‘qimalar tomonidan o‘zlariga oqib kelayotgan qon tarkibidagi kislorodning o‘zlashtirilishining kuchayishi qon aylanishi etishmovchiligi kompensatsiyasining zarur mexanizmlaridan biri hisoblanadi.
Qon aylanishi qon tizimi bilan o‘zaro mustahkam aloqada bo‘ladi. Shu boisdan qon tarkibining o‘zgarishi qon aylanishi etishmovchiligi patogenezida katta rol o‘ynaydi. Anemiya holatida yurak qon tomirlar tizimi qon aylanishining doimiy tarzdagi o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Gemoglobin va eritrotsitlarning miqdoriy va sifatiy o‘zgarishlari qon aylanishiga etishmovchiligining sodir bo‘lishini keltirib chiqaradi.
Qon aylanishining etishmovchiligi natijasida kislorod tanqisligiyuzaga keladi, modda almashinuvi buziladi. Qon aylanishi me’yorda amalga oshgan paytlarda to‘qimalarda modda almashinuvi jarayonida hosil bo‘ladigan sut kislotasining 4/5 qismi glikogenga resintezlansa, qon aylanishi buzilgan paytda faqatgina uning ½ yoki 1/3 qismi resintezlanadi. SHu sababli qon aylanishi buzilgan paytda qon va to‘qimalarda chala oksidlangan mahsulotlar to‘planadi, asta–sekinlik bilan atsedoz rivojlanadi. Organizmning kislorodga bo‘lgan talabi qon aylanishi buzilgan paytda hatto yurak–qon tomir tizimining funksianal holati me’yorda bo‘lgan paytlardagiga qaraganda ham yuqori bo‘ladi. Qon aylanishi me’yorida bo‘lgan paytda kislorodga nisbatan talab ishdan keyingi 5–10 daqiqa davomida avvalgi holatiga qaytadi. Ishdan keyin modda almashinuvi mahsulotlarining oksidlanishi uchun sarflanadigan qo‘shimcha kislorod miqdoriga kislorod qarzdorligi deb ataladi. Qon aylanishining yurak tipidagi etishmovchiligi paytida kislorod qarzdorligining qoplanish davri 20–60 daqiqagacha uzayadi.
Asosiy almashinuv qon aylanishining yurak tipidagi etishmovchiligi paytida etishmovchilik qancha rivojlangan bo‘lsa, shuncha ko‘p uzayadi. Almashinuvning kuchayishi organizmda chala oksidlangan moddalarning to‘planishi va nafas muskullarining kuchli ishlashining natijasi hisoblanadi. Shunday qilib, qon aylanish etishmovchiligi paytida kislorodga bulgan talab oshadi, bu esa o‘z navbatida qon aylanishining yanada yomonlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Qon aylanishining qon tomir tipidagi etishmovchiligi paytida (shok, kollaps) avvaliga kuchaygan modda almashinuvi jarayoni keyinchalik susayishi bilan almashinadi.
Qon aylanishining yurak tipidagi etishmovchiligining xarakterli belgisi – sionoz – teri va shilliq pardalarning ko‘k ranga bo‘yalishi (Yunon. Cuanos – to‘q ko‘k) hisoblanadi. Sianoz qonning kislorodga nisbatan juda kambag‘allashish va unda oksigemoglobinga qaraganda nisbatan to‘q ranga ega bo‘lgan qaytarilgan gemoglobin miqdorining oshib ketishi natijasida paydo bo‘ladi. Qondagi kislorod miqdori qon aylanishining etishmovchilik paytida, bir tomondan, uning kapillyarlar bo‘ylab sekin harakatlanishi va arteriya qondagi kislorodning to‘qimalar tomonidan to‘lig‘icha o‘zlashtirilishi, ikkinchidan, kichik qon aylanish doirasida qonning sust arteriyalashishi oqibatida kamayadi.
Qon aylanishining yurak tipidagi etishmovchiligining yana bir belgisi–yurak faoliyati ritmining juda tezlashishi taxikardiyahisoblanadi. Taxikardiya kelib chiqishining sababi yurak ishiga refraktor ta’sir ko‘rsatuvchi kavak venalarning qonga to‘lishishi hisoblanadi. Yurak ishiga yana qonning gaz va kimyoviy tarkibi (kislorod etishmovchiligi, SO2 to‘planishi va boshqalar.)ning o‘zgarishlari ham reflektor ta’sir ko‘rsatadi. Yurak qisqarishining soni hatto yirik hayvonlarda ham daqiqaga 100 marta va undan ko‘p martagacha ham oshishi mumkin. Taxikardiya qon aylanishi etishmovchiligi paytida, bir tomondan vena qonining yaxshi so‘rib olinishini amalga oshiradi va moslashuvchanlik ahamiyatiga ega bo‘lsa, ikkinchidan patologik ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki yurak muskulining toliqib borishi yurak etishmovchiligini yanada avj oldiradi.
Yurak etishmovchiligining xarakterli klinik belgilariga yana xansirash, vena turg‘inlik, shish va istisqo kiradi.