Nazorat uchun savollar
1.Tashqi va ichki kasallik chaqiruvchi sabablar haqida tushincha bering?
2.Nerv sistemasining faoliyatini o‘rganishda Rossiya olimlarining
xizmatini tushintiring?
3.Nerv sistemasiga kimyoviy va infeksion omillarning ta’siri
haqida tushincha bering?
4.Oliy nerv faoliyatining patologiyadagi ahamiyatini tushintiring?
Hazm tizimining patofizologiyasi
Reja:
1. Hazm jarayonining buzilishi va uning sabablari. Ishtaha va chanqashning buzilishi. Og‘iz bo‘shlig‘ida oziqa hazmining buzilishi. Chaynashning buzilishi, sabablari va oqibatlari. So‘lak ajralishining buzilishi.
2. Me’dada oziqa hazmining buzilishi. Patologik sekresiyaning to‘rt tipi. Gipersekresiya. Giposekresiya. Axiliya. Ichaklarda oziqa hazmining buzilishi. Me’da osti bezi tashqi sekretsiyasining patologiyasi.
3. Ichaklarda shira ajralishi va so‘rilish jarayonlarining buzilishi. Ichaklar motorikasining buzilishi. Ich yurishmay qolishi – qabziyat. Dispepsiya turlari, sabablari, patogenezi, belgilari va oqibatlari.
Asosiy adabiyotlar:
1. Xaitov R.X., Eshimov D.E. “Hayvonlar patologik fiziologiyasi” Darslik Toshkent, “Ilim Ziyo” 2013 yil.
2. M.Donald., James F. “Pathologic basis of veterinary disese” Humana Press; 2011 edition.
3. С.И.Лютинский. Патологическая физиология селскохозяйственних животних. Mосква, Kolos, 2001 god.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. D.E.Eshimov., R.F.Ro‘ziqulov. “Hayvonlar fiziologiyasi va patofiziologiyasi fanidan amaliy - laboratoriya mashg‘ulotlari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. Tafakkur bo‘stoni - 2011 yil.
Internet ma’lumotlari:
1. www.ziyonet.uz.
2. www.vetjurnal.uz
3. www.lex.uz
4. www.veterinariy.actavis
5. www.kodges.ru
Tayanch iboralar.
So‘lak,ishtaha, chanqoqlik, adashgan va simpatik nerv, markaziy nerv sis-temasi, bulemiya anoreksiya, areksiya, polidipsiya, gipodipsiya, adipsiya, gipersolivatsiya, giposalivatsiya, gipotoniya, atoniya, metiorizm, ke-toz,nitrit va nitratlar, atsedoz, alkoloz, giperatsid, astenik, inert,subatsid, axiliya, gipoxoliya, organik, funksional, enterit, goste-rit, so‘rilish, mexanik, gemostatik, nerv reflektor, gemadinamikaviy, suv - tuz almashinuvi,kabziyat, dispepsiya,diareya.
Ovqat hazmlanishining buzilishi, hazm sistemalarining turli bo‘limlar faoliyati va hazm organlar faoliyatining boshqarilishini buzilishiga va hayvonlarning oziqalanishi hamda saqlanishiga bog‘liqsir. Hayvonlarning ovqat hazm qilish organlari faoliyatining bu-zilishi, ularda ishtaha va suvga bo‘lgan ehtiyojini buzilishiga sabab bo‘ladi. Och qolganda me’da va ichak devorlaridagi interoretseptorlar qo‘zg‘alib, impulslarni M.I.N. orqali bosh miyaga o‘tkazadi. Och qolish jarayonida nerv sistemasidan tashqari gumoral sistema ham ishtirok etib, och qolishda gumoral sistema ishtirokini och qolgan it qonini to‘q it organizm qoniga yuborilganda, to‘q itda ham och qolgan itning me’dasidagi o‘zgarishlar hosil bo‘lishidan qilish mumkin.
Hayvonlar organizmida patologik o‘zgarishlar davrida ishtaha pasayishi, kuchayishi va haddan tashqari izdan chiqishi mumkin.
Ishtahaning kuchayishi yunoncha-bulemiya yoki ro1urhagiya, kuchli bosh og‘rig‘i va umumiy holsizlanish bilan kechadi. Polifagiyani hayvonlar uzoq vaqt ovqatlanmaganida yoki infeksion kasalliklardan tuzalayotganda kuzatiladi. Polifagiya holati vaqtinchalik o‘zgarish bo‘lib, ishtoha darrov me’yorlashadi. Haqiqiy polifagiya hayvonlar organizmida nevroz, po‘stloq osti qismlarining jarohatlanishidan, moddalar almashinuvini kuchli buzilishi (bazedov kasalligi, qandli diabet), gelmintoz kasalliklarida va oziqa tarkibida mineral moddalar etishmaganida hosil bo‘lishi mum-kin.
Ko‘pincha hayvonlarda oziqa iste’mol qilish zaiflashib yunoncha apogexia deyiladi. Anoreksiyani hayvonlarning infeksion, invazion kasalliklarida, gastroenteritlarida, avitaminozlarda va hayvonlarni ozipsh bilan kechadigan kasalliklarda kuzatish mumkin.
Hayvonlar ishtahasining butunlay yo‘qolishiga agexia, uzoq ishtaha zaiflashganida, to‘yib oziqalanmaslikdan hosil bo‘lib, hayvonlar ozib ketadi, ba’zan ularning o‘limiga sabab bo‘ladi.
Ba’zan hayvonlar ishtohasini aynishi kuzatilib-ragogexia deyiladi, natijada hayvonlar oziqa bo‘lmagan narsalarni yeydi (devorlarni yalaydi, tagiga solingan ifloslangan xashaklarni yeydi). Ishtahaning bunday o‘zgarishini, me’da shirasining kislotaligi oshganida, ichaklar inervasiyasi kuchayganida kuzatiladi.
MNSsining infeksion va infeksion bo‘lmagan sabablar bilan ta’sirlanishi ham ishtohaning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Masalan: o‘txo‘r hayvonlar qutirganida, yot moddalardan suyak va temirlarni kemiradi.
Hayvonlarning suvga talabini kuchayishi MNSsi jarohatlanganida va suv ko‘p yo‘qatib kechadigan kasalliklarda ya’ni ich ketish, qusish, terlash, peritanit, plevrit va diabetlarda kuzatilib-polidipsiya deyiladi.
Hayvonlarning suv istemol qilishini kamayishi-gipodipsiya deyiladi.
Hayvonlar suv iste’mol qilishini yoki suvga ehtiyojini yo‘qolishini adirsiya deyiladi va ovqat hazm qilish sistemasining ich ketmay kechadigan kasalliklarida kuzatiladi. Hayvonlarda suvga ehtiyojini kuchayishini ikki xil yo‘l bilan tushuntirishadi: bir guruh kuzatuvchilar bu organizmning umumiy suvsizlanishi bo‘lib, natijada nerv oxirlarining qo‘zg‘alishidan reflektor ravishda og‘iz va tamoqning qurishi hosil bo‘ladi deb tushuntiradi. Ikkinchi guruh olimlarning tushuntirishicha suvga ehtiyojni kuchayishi og‘iz va tamoq shilliq pardalarini qurishidan hosil bo‘ladi deb, o‘z tushunchalarini quyidagicha bayon etadilar: odam va hayvonlar issiq havodan nafas olganda, odamlar ko‘p gapirganida, qo‘rqib so‘lak bezlarining sekretor xususiyatlari tormozlanganida hosil bo‘ladi deydi. Ko‘pchilik olimlar suvga ehtiyojning kuchayishi yuqoridagi har ikkala faktorlarga ham bog‘liq bo‘lib, ularning asosida, MNSsidagi o‘zgarishlar yotadi deb tushuntiradi.
Oziqa va suv iste’molini buzilishi jag‘ suyaklari jarohatlanganida, tish, chaynovchi muskullar, til, shilliq pardalarning og‘iz va tomoq qismini jarohatlanishlari sabab bo‘ladi. Suv va oziqa iste’mol qilishni buzilishi MNS sining kasalliklaridan ensefolit, meningit, o‘sma va miya istisqolarida kuzatiladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ida ovqatlarning hazm bo‘lishi chaynash, so‘lak ajratish va yutish jarayonlarini o‘z ichiga olib, og‘iz bo‘shlig‘ida oziqalarning maydalanishi, oziqalarni ishlanib hazm bo‘lishida katta ahamiyatga ega. Oziqalar to‘la maydalanmasa shilliq pardalarni jarohatlaydi, yallig‘lantiradi. Yaxshi maydalanmagan oziqa me’da shirasini yaxshi shimiy olmaydi va oziqani hazmlanishi zaiflashadi. Demak, oziqalar chaynalishi natijasida maydalanib, ezilib, hazmlanishga tayyorlanar ekan. Lekin tish milkining kuchli og‘irig‘i, og‘iz va tildagi shilimshiq pardalarning jarohatlanishi, tishlarning bir tekis eyilmasligi oziqani chaynalishiga xalaqit qiladi. Oziqalarning chaynash yuqori va pastki jag‘ suyaklarining deformatsiyasi natijasida ham (raxit va yuqumli atrofik rinitda) buziladi.
Tanglay shilliq pardalarining shishi yoki istisqolari vaqtida ham oziqani maydalanishi qiyinlashadi. Hayvonlar chaynovchi muskullarini tonusi oshganida oziqalarni chaynayolmaydi. Masalan: stolbnyak-qoqshol, otlarning ensefalomielit kasalliklari davrida va qutirish kasallikla-ri tufayli oziqani og‘izga olish va chaynash buziladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ida, oziqani maydalanishida va yutilishida so‘lak bezlaridan ajraladigan so‘lakning ahamiyati katta bo‘lib, qo‘ylar bir kunda 6-8 litr, qoramollarda 50-60 litrni tashkil etadi. So‘lakning tarkibida oqsillar-fermentlar, xloridlar, sulfatlar va karbonatlarning natriyli tuzlari bo‘ladi. So‘lak ajralishi oziqaning sifatiga, so‘lak bezlarining va MNS sining faoliyatiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Masalan: katta qorindagi bosim va kislotalikni introretseptorlarga ta’siri so‘lak ajralishini o‘zgartiradi. So‘lak ajralishi ko‘payishi va kamayishi mumkin.
So‘lak ajralishini kuchli darajada ko‘payishiga gipersolivatsiya deyilib, og‘iz shilliq pardalarini yallig‘lanishi, jarohati, kimyoviy moddalar ta’sirida yuqumsiz va yuqumli kasalliklardan yashur-oqsil ka-salligida kuzatiladi. So‘lak ajralishi nerv sistemasiga bog‘liq ravishda 6-8 marta kuchayadi. So‘lak ajralishi qutirish, botulizm kasalliklarida kuchayadi. So‘lak ajralishini kuchayishi hayvonlarning bo‘g‘ozlik davrlari-da ham kuzatiladi. So‘lak ajralishining kuchayishi hazmlanish jarayonini buzadi, ko‘plab oqsil ajralishiga va sarflanishiga sabab bo‘lib, hayvonlarni ozishiga olib keladi.
So‘lak ajralishini kamayishi giposalivatsiya deyilib, so‘lak bez yo‘llari tiqilganida, ko‘p qismlar kuyganida, ich ketganida, diabetlarda kuzatiladi. So‘lak ajralishi och qolganda va so‘lak bezining faoliyatini boshqaruvchi markaz kasalliklarida kamayadi, natijada oziqa luqmasi kam namlanadi, oziqani yutilishi qiyinlashadi. Me’daga oziqa tarkibida kam so‘lak ajralib tushishi hazmlanishni buzilishiga sabab bo‘ladi. Kasallik-lar so‘lakni sifat o‘zgarishlariga olib keladi. Masalan: buyrak kasallik-larida so‘lakda siydik kislotasi, kreatinin, mochevina ko‘payadi. So‘lak tarkibida organizm uchun zararli-zaharli moddalar ajraladi. Masalan: mochevina-uremiyada, o‘tsariqlikda, qo‘rg‘oshin, simob kabi moddalar bu moddalar bilan zaharlanganda. So‘lak bezlari yallig‘langanida ham so‘lak tarkibi o‘zgaradi. So‘lak bezining yo‘llarini tiqilishi yoki so‘lak bezla-rini olib tashlanishi, so‘lak ajralishini keskin kamaytiradi.
Og‘izda oziqa atroflicha maydalangandan so‘ng, u yutilishi kerak. Lekin tamoq yallig‘lanishi yoki tamokda turli jismlarni tiqilib qolishi yoki o‘smalar o‘sishidan yutilish jarayoni qiyinlashadi. Tamoq yoki qizilo‘ngachni yallig‘lanishi, shishishidan oziqani me’daga o‘tishi qiyinlashadi. Masalan: kuydirgi, pasterillyoz kasalligida, osh tuzi bilan zaharlanganda yutish qiyinlashadi. Qutirish, batulizm, ensefalit kasal-liklarida muskullar paralichi yutish jarayonini buzilishiga sabab bo‘ladi, natijada yutilayotgan oziqa nafas yo‘llariga, traxeya, bronxlarga o‘tib bronxopnevmaniyalarga sabab bo‘ladi. Qizilo‘ngach devorini torayti-ruvchi patologik sabablar oziqalarni qizilo‘ngachda to‘planib, u erda oziqalarni achib, chirib, qizilo‘ngach shilliq pardalarini qitiqlaydi, atrofdagi to‘qimalarni bosishi tufayli ularni faolitini buzadi. Oqibatda qizilo‘ngach haddan tashqari cho‘zilib, taranglashib yorilib keti-shi ham mumkin. Qizilo‘ngach orqali oziqalarni me’daga o‘tishini qiyinlashishi qizilo‘ngach devorini torayishidan ham hosil bo‘ladi. Qizilo‘ngach devori adashgan nerv ta’sirlanganida haddan tashqari torayadi. Xuddi shunday sovuq suv ichganida, poliz ekinlari iste’mol qilganida ham tiqilishi mumkin. Qizilo‘ngachni o‘tkazuvchanlik faoliyatini buzilishi bosh miyaning jarohatlanishlaridan markaziy paralichlar hisobiga hosil bo‘lsa, qo’rg‘oshinli va batulizm zaharlari bilan zaharlanishlarda periferik paralichlar hosil bo‘ladi. Qizilo‘ngach orqali oziqalarning me’daga tushmasligi, och qolish va zaharlanishlar o‘limga sabab bo‘ladi.
2.Me’dada oziqa hazmlanishi va uning buzilishi hayvonlar me’da-larining tuzilishiga bog‘liq. Jumladan kavshovchi hayvonlar me’da oldi bo‘lmalaridagi hazmlanish mikrofloralar faoliyatiga bog‘liq bo‘lib, mikrofloralar faoliyati tufayli oziqalarda fermentatsiya jarayoni kechib yangi moddalar hosil bo‘ladi.
Bakteriyalar oqsilllarni, aminokislotalargacha, karbogidratlarni sodda yog‘ kislotalarigacha parchalash bilan bir vaqtda glikogen, K vitamini va V guruh vitaminidan nikotin kislotasi, ferment hamda oqsillarni sintezlaydi. Ko‘pchilik mikroorganizmlar o‘zlarining organizmining oqsillarini hosil qilish uchun karbomid va ammoniy tuzlarini, infuzo-riyalar esa o‘simlik oqsilini iste’mol qiladi. Bu mikroorganizmlar ovqat hazm qilish sistemasining qismlari bo‘ylab harakat qilayotganida boshqa oziqa moddalar bilan birgalikda hazm bo‘lib, organizm uchun to‘la qiymatli oqsil manbai bo‘lib hisoblanadi.
Katta qorin funksiyalarini mutadil bajarishi undagi biokimyoviy jarayonlarni normal kechishiga bog‘liq bo‘lib, bu jarayonlar organizmga tushgan oziqani turi va katta qorindagi mikrofloralarga bog‘liq. Iste’mol qilingan oziqalarning sifati va miqdorini nisbatini o‘zgarishi mikroorganizmlar aktivligi va xususiyatini buzadi.
Katta qorinda kletchatkaning parchalanishi natijasida katta miqdorda uchuvchi yog‘ kislotalari asosan sirka kislotasi va nisbatan kam bo‘lsa ham propion va moy kislotalari hosil bo‘ladi. Uchuvchi yog‘ kislo-talarining umumiy miqdori va konsentratsiyasi hayvonlarning oziqalanish tipiga bog‘liq. Aniqlanishicha, dag‘al oziqalar bilan oziqalantirilganda sirka kislotalarining miqsori ko‘payib, shirali oziqalar berilganida katta qorinda sirka kislotasining miqsori kamay-ib, konsentratlar bilan oziqalantirilganda yana ham kamayadi. Konsentratlar bilan oziqalantirilganida va ratsionda dag‘al oziqa mikdori keskin kamaytirilganida moy kislotalari ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi. Ratsion tarkibida kraxmal yoki qand moddalarini ko‘p bo‘lishi, propion kislotalarini hosil bo‘lishiga sharoit yaratib beradi. Katta qorinda suv so‘rilib, oziqa tarkibidagi uchuvchi yog‘ kislotalridan moy kislotalari oson so‘riladi, kam miqsorda propion va sirka kislotalri so‘riladi. Sir-ka kislotalri sog‘in sigirlarda faqat to‘qimalardagi moddalar almashi-nish jarayonlarida ishtirok etib qolmay, balki sut yog‘ini hosil bo‘lishida ham qatnashadi. Shuning uchun ham katta qorinda sirka kislotasini etish-movchiligi eg‘ miqdoriga ta’sir etadi. Oziqaga sirka kislotasini qo‘pshb berib, sutda yog‘ kamayishini bartaraf qilish mumkin. Sirka kislotalrini. hosil qiluvchi oziqalar hayvonlarni tanasida, yog‘ to‘planishiga sabab bo‘lib, ularni semirtirishda muhim o‘rin egallaydi. Agar oziqa tarkibiga «ko‘plab uglevodli oziqalardan lavlagi, karam, bug‘doy, makkajuhori berilsa, katta qorinda ko‘plab sut kislotalri hosil bo‘lib, katta qorin harakatlari zaiflashib oziqa moddalar evakuatsiyasi zaiflashadi. Nati-jada katta qorinda osmotik bosim oshib, qondan suvni katta qoringa o‘tishi kuchayib qon quyuqlashadi. Ko‘plab. sut kislotalari ichakka o‘tab, ichakdagi hazmlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Hayvonlarga sifatsiz tayyorlangan silos yoki.tarkibida ko‘p moy kislotasiga boy o‘simliklardan tayyorlangan silos berilganida, oziqada konsentratlar ko‘p bo‘lib, engil o‘zlashtiriladigan uglevodlar kam bo‘lganida katta qorindagi barqarorlik, glyukoza hosil bo‘lishi buziladi va ketoz»holatlarini rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Natijada qon, siydik va sut tarkibida atseton tanachalari ko‘payib, hayvonlarning ishtahasi zaiflashib, mahsuldorligi pasayib, nerv sistemasini faoliyati buziladi. (Katta qorinda atseton tanachalari atsetouksus, R oksimoy kislotasi va atseton to‘planib oson so‘rilib, qonda, siydikda va sutda ko‘payadi).
Ketozlar davridagi moddalar almashinuvining buzilishidan ishqoriy fosfataza, lipaza, katalaza, proteazalar aktivligi zaiflapshb, organizmda oksidlanish-qaytarilish jarayonlari pasayadi. Qondagi kislota miqdori ko‘payib, ishqoriy rezerv, glyukoza, aminokislotalardan leysin, valin, alanin kamayadi. Ketozlar hayvonlarning bo‘g‘ozlik davridagi tak-sikozlarda ham rivojlanib, gipofizar-adrenokortikal sistemaning zo‘riqib ishlashi bilan bog‘liqdir. Bu vaqtda hayvonlar organizmida ad-renalin gormoni etishmay, moddalar almashinuvi buzilib, organizmda to‘qima tarkibiga kiradigan moddalar o‘zlashtirilaboshlanadi. Ketozlar-da jigarda funksional va morfologik o‘zgarishlar rivojlanib, jigarni antitoksik xususiyatlari izdan chiqadi. Natijada oziqa tarkibida hamda ovqat hazm qilish sistemasidan tushgan zaharli moddalarni neytrallay olmaydi. Bularning hammasi organizmni og‘ir zaharlanishlariga sabab bo‘lib, hayvonni harakatlanishi buziladi, bosh, oyoq muskullarida qaltirash paydo bo‘lib, ko‘zni ko‘rish qobiliyati zaiflashadi, ta’sirotlar-ga befarqlik paydo bo‘ladi. Zaharlanishlar qoramol, qo‘y, cho‘chqa va mayin junli hayvonlarda uchraydi.
Katta qorinda oqsil va boshqa azot saqlovchi birikmalardan ammi-ak hosil bo‘lib, bu ammiak katta qorinda mikroorganizmlar tomonidan o‘zlashtirilib ular o‘zlarining tanalarini oqsillarining hosil qiladi. Bir qism ammiak darvoza venasi orqali jigarga kelib mochevina hosil bo‘ladi. Odatda qonda ammiak mikdori juda kam bo‘ladi ya’ni faqat uni izi bo‘ladi xolos. Katta qorinda ammiak konsentratsiyasini oshishi ammi-akni qonda paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi va hayvonlarda zaharlanish bel-gilarini sodir qiladi. Ammiak bilan zaharlanishlarsi, ko‘p yoki oz miqsorda karbomid berish texnologiyasi buzilganida, katta qorin mikro-floralari tomonidan o‘zlashtirib ulguraolmaganligi tufayli ko‘p miqdorda qonga so‘rilib, qon tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, ishqoriy gematan hosil qiladi. Ishqoriy gematin nerv sistemasiga kuchli ta’sir qiladigan zahardir. Zaharli moddalar ta’sirida sezuvchanlik oshadi-giperesteziya, muskullar qaltirab, so‘lak ko‘p ajraladi. Hayvonlar kuchli hansirab, katta qorin qisqarishi zaiflashadi, shishadi, timpaniya hosil bo‘ladi. Ba’zan nafas olish markazi zaharlanishlar hisobiga para-lichga uchrab hayvonning o‘limiga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday nitratlar-dan ammiak zaharlash xususiyatiga ega. Ko‘p nitrit-lar dimlab pishirilgan lavlagilarni sovishi natijasida hosil bo‘lib, bunday lavlagilar bilan hayvonlarni oziqalantirilganda zaharlanadi. Zaharli moddalar MNS, qon tomirlar faoliyatini boshqaruvchi markaz-larni zaharlaydi, gemoglobin bilan birikib metgemoglobin hosil qiladi va to‘qimalarga kislorod etkazilishi buziladi.
Uzoq muddatli tekshirishlarda me’da oldi bo‘lmalarida hazmlanish mahsulotlari so‘rilmaydi deb kelingan bo‘lsa, keyingi davrdagi tekshi-rishlarda aniqlanishicha me’da oldi bo‘lmalarida suv, natriy, kaliy, magniy, kobolt va boshqa element ionlari, ko‘plab uchuvchi moy, sut kislotasi, glyukoza, ammiak, SOg, metan va boshqa moddalar so‘rilar ekan.
So‘rilish jarayoni to‘r va qat qorinlarida ham kechib, qoramollarni qat qorinda bir kunda 100 l suyuq yoki organizmga kirgan suyuq moddalarni 60-70 l so‘riladi. Katta qorindagi osmatik bosimning kamayishi va kislo-talikning oshishi hamda me’da bo‘lmalarining harakatini kuchayishi so‘rilish jarayonini tezlashtiradi. So‘rilish jarayoniga buyrak usti bez-ining gormonolari ham ta’sir etadi.
Og‘riq, hayvonlarning och qolishidan hamda me’da oldi bo‘lma-laridagi kimyoviy tarkibni o‘zgarishidan so‘rilish zaiflashadi. Masalan: osh tuzini ko‘payishi, oziqa tarkibida kaliy ko‘p bo‘lishi magniyni so‘rilishini tormozlab, hayvonlarda o‘tli tetanin hosil qiladi.
Katta qorin, to‘r va qat qorinni qisqarishi natijasida oziqalar aralashalishi va ilgariga surilishi ta’minlanadi. Me’da oldi bo‘lmalar harakati MNSsidan keladigan adashgan va simpatik nervlar orqali boshqariladi. Me’da oldi bo‘lmalarining qisqarishini ta’minlovchi mar-kaz og‘iz bo‘shlig‘idan, katta qorin, to‘r va qat qorin, shirdon va ichak in-troretseptorlaridan kelayotgan impulslardan reflektor qo‘zg‘aladi. Agar shirdon to‘lib ketsa qat qorin harakatlari zaiflashadi, qat qorin to‘lib qrlsa, katta va to‘r qorin harakatlari zaiflashadi. O‘n ikki barmoqli ichak introretseptorlarining qo‘zg‘alishi me’da oldi bo‘lmalar harakatini za-iflashtiradi. Me’da oldi bo‘lmalar harakatlarini zaiflashishi atoniya va gipatoniyalarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Me’da oldi bo‘lmalar atoniyasi me’da oldi bo‘lmalar nerv muskul apparatining funksiyasi buzilganida ularni qisqarishini yo‘qoli-shidan hosil bo‘ladi.
Me’da oldi bo‘lmalar gipotoniyasi me’da oldi bo‘lmalar nerv muskul apparatining tonusining pasayishi bo‘lib, qisqarish kuchi va davrining kamayishi bilan harakterlanadi.
Gipo va atoniyalar hayvonlarning oziqalanish rejasi buzilganida, ya’ni ko‘p yoki kam oziqa bop dag‘al oziqalar berilganida, konsentratlarni ko‘p berganda, bir oziqa turidan boshqa oziqa turiga tez o‘tkazilganida, oziqalar tarkibida zaharli o‘simliklar bo‘lganida, chirigan va panglagan oziqalar bilan oziqalantirilganda hosil bo‘ladi. Hayvonlarga muzlagan suv berganda, katta qorindagi namlik to 70% gacha yoki 95% dan yuqori bo‘lganida me’da oldi bo‘lmalar harakati zaiflashadi. Me’da oldi bo‘lmalarida kislotalikning haddan tashqari oshishi, ammiak miqdorini ko‘payishi me’da oldi bo‘lmalar harakatini zaiflashtiradi. Gipo va ato-niya me’da oldi bo‘lmalar nerv muskul tonusining pasayishidan ham kelib chiqadi. Ikkilamchi sabablar sifatida, boshqa organlardagi patologik ja-rayonlardan yurak, o‘pka, jigar, jinsiy organlar kasalliklarida hosil bo‘ladi. Gipo va atoniyalar isitma davrida oziqa moddalarni shirdondan 12 barmoqli ichakga o‘tishi tormozlanganida reflektor ravishda hosil bo‘ladi. Me’da oldi bo‘lmalar harakatini zaiflashishi oziqa moddalarni to‘planib sut kislotasini ko‘payishi va rNni o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Kislotalikning o‘zgarishi vitservitseral reflekslarni o‘zgartirib ovqat hazm qilish sistemasining shirdon, ichak, me’da osti bezining faoliyatini buzadi. Kavsh qaytarish jarayonining intensivligi buzilib, ichak peristaltikasi zaiflashib shirani hazm kuchi zaiflashadi.
Katta qorin tonusini zaiflashishi infuzoriyalarni kamayshiga sa-bab bo‘lib, chirish jarayoni kuchayadi, moy va sirka kislatasi ko‘payadi va gaz hosil bo‘lishi kuchayadi. CHirish natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar qonga so‘rilib, nerv va parenximotoz organlarga zaharli ta’sir etib, atse-doz rivojlanadi. Moddalar almashinuvi, izdan chiqadi. Kasal hayvonlarning mahsuldorligi pasayadi, befarqlik paydo bo‘ladi, surinka-li jarayonlar hayvonlarni ozishiga sabab bo‘ladi. Me’da oldi bo‘lmalar gipo va atoniyalari ko‘p miqdorda konsentrat oziqalar, ildiz mevali o‘simliklarning mevalarini iste’mol qilib, katta qorinni to‘lib tiqilib qolishidan hosil bo‘ladi. Oqibatda oziqa moddalar katta qorin devorini taranglashtirib, introretseptorlarni ko‘zg‘atib, me’da oldi bo‘lmalar muskullarini tonusini oshiradi. Agar bu holat normal harakatlar bilan almashmasa me’da oldi bo‘lmalar muskullarini parez va paralichlari hosil bo‘ladi. Me’da oldi bo‘lmalaridagi oziqa parchalanib, so‘rilib, organizmni zaharlanishlariga sabab bo‘ladi. Kengaygan katta qorin, qorin va ko‘krak qafasidagi organlarni qisib, o‘pka va yurak ishini qiyinlashtiradi. Katta qorindagi parchalanish jarayonlarining buzilishi natijasida ko‘plab gazlar to‘planib timpaniya hosil bo‘ladi. Timpaniyaning o‘tkir va surinkali oqimlari farqlanadi. O‘tkir timpaniyalar tez achish xususiyatiga ega bo‘lgan oziqalardan yo‘ng‘irchqa va tarkibida saponin saqlovchi oziqalarni iste’mol qilganda hosil bo‘ladi. Saponinli zaharlanishlarni rivojlanish mexanizmi shundan iboratki, oziqa tarki-bida ko‘piklanuvchi moddalar ko‘p hosil bo‘lib, kekirish refleksi buziladi. Katta qorinning muskullarini qisqaripsh MNSga uzluksiz og‘riqli impulslarni yuborib, shirdon, ichak, jigarda, yurakda, tomirlarda, nafas, siydik ajratish va boshqa sistemalar faoliyatini reflektor ravishda buzilishiga sabab bo‘ladi.
So‘rinkali timpaniyalar ham o‘tkir timpaniyalarni chaqiruvchi sabablar ta’sirida yoki ularning ta’sirini qayta takrorlanishi, shirdon, ichak, jigar kasalliklari, peritonit va qorin bo‘shlig‘ida suv to‘planishidan hosil bo‘ladi. Surinkali timpaniyalar qizilo‘ngach yo‘li torayganida, katta qorinda oziqa tiqilib gazlarni boshqa qismlarga o‘taolmasligidan ham hosil bo‘ladi. Surunkali timpaniyada navbatma-navbat katta qorinni ken-gayishi, og‘riqning haftalab, oylab davom etishi, hayvonni asta-sekin ozishiga olib kelib, yangi paydo bo‘lgan gazlarni katta qorinda to‘planishi, hayvonni nafas va yurak ish faoliyatini qiyinlashtirib, as-fiksiya hisobiga hayvonni o‘limiga sabab bo‘ladi.
Katta qoringa tushgan oziqalar tarkibida turli begona jismlar sim, shisha, suyaklar bo‘lipsh to‘r qorinni teshib, uzluksiz og‘riqli markaz hosil qilib, shu joyda yallig‘lanish hosil bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar organizmdagi haroratni ko‘tarilishiga, qon tarkibini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Agar shu sim, shisha yoki suyak harakatlansa me’dani, diafragmani, yurak xaltasini yoki o‘pkani jarohatlashi mumkin.
Me’dada so‘lak, bakteriya va me’da shirasining fermentlari ishti-rokida uglevodlar va oqsillar parchalanadi. Me’da harakatlari tufayli oziqa aralashtirilib, me’dadan ingichka ichakga o‘tkazilib turiladi. Me’da harakatlarini va sekretsiyasini buzilishi me’dadagi hazmlanishni o‘zgartiradi.
4.MNSsi me’dada shira ajralishini adashgan va simpatik nerv orqali hamda ichki sekretsiya bezlari hamda hazm sistemasida hosil bo‘ladigan xolin, enterokinin, enterogosterin, sekretin, pakreozimin gormonlarini hosil bo‘lishini kuchaytirib boshqaradi. Patologik qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida me’da devoridagi bez xujayralar qo‘zg‘alib, shira ajralishini sifat va miqdorini o‘zgartiradi. Shunga bog‘liq holda bir necha xildagi patologik shira ajralishi farq qilinadi:
Shira ajralishining giperatsid xilida och qoringa ko‘p mikdorda umumiy va erkin xlorid kislotaga boy shira ajralib, oziqa iste’mtol qilinishi bilan shira ajralishi kuchayib kislotalik otlarda 60-73, it va tulkilarda 80-110 birlikga teng. Giperatsid xildagi shira ajralish jarayonida erkin xlorid kislota ham ko‘payib, normal holatga qaytmaydi.
Me’da devoridagi bezlarning bu xildagi qo‘zg‘aluvchanligi me’da va o‘n ik-
ki barmoqli ichak yallig‘lanishida va yaralanishlarida kuzatiladi.
Shira ajralishining astenik xilida och qoringa me’dada ma’lummiqsorda shira bo‘lib, umumiy va erkin kislotaligi me’yordagidan 20-40 birlikga yuqori bo‘ladi. Astenik xildagi shira ajralishida me’da oziqaviy qo‘zg‘atuvchilarga sezuvchan bo‘lib, oziqa tushishi bilan umumiy kislotalik otlarda 80 birlikgacha, it va tulkilarda 80-100 birlikgacha oshadi va 1-1,5 soatdan keyin me’da bez hujayralari charchab, kislotalik pasayib, shira ajralishi mo‘tadillashib qoladi.
Shira ajralishining inert xilida och qoringa kam shira ajralib umumiy kislotalik me’yordagidan yuqori bo‘lmay, erkin kislotalik yo bo‘ladi yo bo‘lmasligi ham mumkin. Oziqa iste’mol qilinishiga sekretsiya aktivligi pasaygan bo‘ladi.
Shira ajralishining subatsid xilida och qoringa kam shira ajralishi
bilan xarakatlanib, umumiy kislotalik me’yordagidan past, erkin kislotalik kam yoki umuman bo‘lmaydi. Qabul qilingan oziqaga erkin va umumiy kislotalikni qupaytirmaydi. Me’da shirasida xlorid kislotasini bo‘lmasligiga axlorgidriya deyiladi. Yuqorida keltirilgan shira ajralishini buzilishlaridan giperatsid shira ajratish jarayoni me’daning
nerv-bez apparatini kuchli qo‘zg‘aluvchanligi va funksiyasini buzilishini
boshlang‘ich davri bo‘lsa, astenik xilda boshqaruvchi mexanizmlarni funk-
sional xususiyatlarini buzilishi va inert, subatsid xilida bez apparatini boshqaruvchi mexanizmlarini faoliyatini chukur izdan chiqib me’dadashira ajralishini tormozlanishi bilan xarakterlanadi. Shira ajralishini chuqur buzilishi ya’ni tormozlanishi shira ajralishini batamomto‘xtatib axiliya deyiladi, erkin xlorid kislota ajratmaslik, pepsin va
xloridlar ajralmasligiga olib keladi.
Axiliyaning ikki xili bo‘lib, funksional va organik axiliya farqlanadi.
1. Funksional axiliya infeksion kasalliklarda, o‘t yo‘lining va jigar kasalliklarida, nerv sistemasi kuchli qo‘zg‘alganida, avitaminozlarda hosil bo‘lib, me’da shirasi bez hujayralarning faoliyati zaiflashishidan ajralmaydi. Bunday hollarda organizmga gistamin yuborib, me’da shirasi ko‘p ajralib, funksional axiliya ekanligini aniqlash mumkin. Agarda funksional axiliya uzoq kechsa, bez hujayralarining atrofik o‘zgarishlariga olib keladi ya’ni organik axiliya rivojlanib gistamin yuborilishiga me’da shirasini ajralishini ta’minlamaydi.
Me’da shirasini ajralishi me’dadagi hazmlanishning barcha davrla-rida kuchayib surunkali gastrit, o‘t yo‘llari tiqilib qolganida kuzatila-di. Terini jarohatlanishi, ekzema, chesotkalar davrida jarohatlangan hujayralarda gistamin moddalari hosil bo‘lib qonga so‘rilib, me’dani nerv-bez hujayrasini qo‘zg‘atib, shira ajralishini kuchaytiradi. Me’da shirasini ajralishini atsetilxolin yuborib, o‘t yo‘llarini bog‘lab, me’da-ni jarohatlab ham kuchaytirish mumkin.
Giposekretsiya va gipoxiliya hazmlanishning barcha davrlarida me’da shirasini kam ajralishi bilan xarakterlanib, me’da devoridagi bez hujayralarining atrofiyasida, isitmada, yallig‘lanishlarda, surunkali anemiyalarda kuzatiladi. Umumiy nerv qo‘zg‘alishlari ham me’da shirasini ajralishini kamaytiradi. Masalan: it oziqalanayotganida mushukni ko‘rinishi, it me’dasida shira ajralishini pasaytiradi. Sifatsiz oziqalarni iste’mol qilganda, yurak tomirlar tizimi etishmaslikla-rida, o‘pka emfizemasida, bronxopnevmoniya, buyrak kasalliklarida gipo- sekretsiya kuzatiladi. Me’da shirasi va uning tarkibidagi xlorid kislo-tasini kamayishi pepsin ta’sirini tormozlaydi, giposekretsiya davrida o‘n ikki barmoq ichakka yaxshi parchalanmagan oziqa o‘tib, kuchli qo‘zg‘atuvchi sifatida peristaltikani kuchaytiradi. Me’da sekretsiyasi po‘stloq fao-liyati buzilganida ham o‘zgaradi.
Me’daning qisqaruvchanlik xususiyatlarini buzilishi oziqa massasi-ni evakuatsiyani yo kuchaytiradi yoki sekinlashtiradi. Me’daning qisqarishini tezlashishi-giperkinez me’da shirasini kislotaligi pasayganida kuzatiladi. Me’da shirasini kislotaligi past bo‘lgani uchun, o‘n ikki barmoq ichakda oziqa tez neytrallashadi. Bu reflektor ravishda me’da pilorus qismini ochilishiga va evakuatsiyani tezlashishiga sabab bo‘ladi.
Qusish-akti og‘iz orqali ihtiyorsiz me’dadagi oziqa moddalarni chiqarilishi. Qusish me’dani harakat funksiyasini buzilish shakli bo‘lib, qusish diafragma, qorin devorining muskullarini qisqarishidan hosil bo‘ladi. Qusish, qusish markazini qo‘zg‘alishidan hosil bo‘lib, qusish markazi reflektor va gumoral ta’sirotchilardan qo‘zg‘aladi. Tananing turli qismlaridagi retseptorlarga ko‘pincha oshqozon va ichakning boshlang‘ich qismini patologik ta’sirotchilar ta’sirida reflektor qo‘zg‘alish hosil bo‘ladi deb tushintiradi. Reflektor ta’sir tananing turli qismlariga jumladan me’da va ichaklarning boshlang‘ich qismidagi retseptorlarga qo‘zg‘atuvchilar ta’siridan hosil bo‘ladi, yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirotchi-ning qusish markaziga (miya ta’sirlanganida, meningit, ensefalit) ta’siridan hosil bo‘ladi. Gumoral yo‘l bilan esa uremiya davrida, apomarfin yuborilganida qusish markazi qo‘zg‘aladi. Ko‘pincha sifatsiz oziqa iste’mol qilganda ham qusadi. Qusish natijasida hayvon me’daga tushgan zahar yoki qo‘zg‘atuvchi ta’siridan qutiladi. Bunday hollarda qusish himoyaviy xususiyatga ega bo‘lib, organizmni zaharlanishdan soqlaydi. Agar qusish uzluksiz hosil bo‘lib, miya, qorin, bachadon jarohati bilan bog‘liq bo‘lsa, unda og‘ir jarayon sifatida kechadi.
Hayvonlar me’dalarining anatoma-fiziologik xususiyatlariga ko‘ra, turli hayvonlarda qusish turlicha kechadi. Ba’zi go‘shtxo‘r va go‘shtxo‘r-o‘txo‘r hayvonldarda qushlarda ma’lum davrda bolalarini oziqlantirish uchun qusish fiziologik jarayon bo‘lib oson qusadi. Qushlar qusganida jig‘ildonidagi oziqa chiqariladi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda qusish bir muncha ogir kechadi. Ularda qusish davrida organizm umumiy holati buzilib bezovitalanadi.Otlarda qusish markazining qo‘zg‘aluvchanligi past bo‘lib, ularda qusish kamdan-kam kuzatilib juda og‘ir kechadi. Otda qizil ungach oshqozonga o‘tkir burchak ostida tushib, oshqozonga kirgan joyda kuchli rivojlangan sfinktrsimon tuzilma hosil qilib, bu qism shilliq pardani bo‘rtishidan juda torayadi. Bunday tuzilma oshqozonni kuchli chiranib qisqarishidan oziqani tashqariga chiqarilishiga qarshilik qiladi. Bu vaqtda qorin devori yorilib oziqa massasi qorin bo‘shlig‘iga tushadi. Otlarda qusish kuchli bezovitalanish, qaltirash, tebranish bilan kechadi.
Me’daning qisqarishini sekinlashishi gipotoniya va qisqarmasligi atoniya hayvon ozib ketganida, me’dada o‘sma o‘sganida va pilorus sfink-tori torayganida kuzatiladi. Me’da muskullarining tonusi pasayganida oziqa evakuatsiyasi zaiflashib, me’da kengayib, kislotalik oshib, pilorus sfinktorini ochilishi siyraklashib, evakuatsiya sekinlashadi. Me’dadagi oziqa chirib intoksikatsiya sodir bo‘ladi.
5.Me’dada to‘lig‘icha hazm bo‘lgan oziqalar ingichka ichaka o‘tkaziladi. Ingichka ichaklarda oziqa hazmlanishining mo‘tadil kechishi yoki buzilishi me’da osti bezi, jigar va ichak devorida joylashgan Lyuberkyun, Brunner bez xujayralarining faoliyatiga bog‘liq.
Ichaklarda oziqa hazmlanipshning buzilishi ichak sekretsiyasi, haraka-ti, so‘rilish, ajratish va ichak mikrofloralarining o‘zgarishiga bog‘liq.
Me’da osti bezi turli hayvonlarning yoshiga bog‘liq holda turli miqsorda shira ajratib, eng ko‘p shirani cho‘chqalar me’da osti bezi ajra-tib, katta yoshdagi cho‘chqalar oshqozon osti bezi bir kunda 10 litrgacha shira ajratadi. Me’da osti bezining proteaza, lipaza, karbogidraza, nukleaza fermentlari shira tarkibidagi anorganik moddalar ishtirokida oziqa tarkibiga ta’sir qilib, oqsil, yog‘, uglevodlarni parchalaydi. Me’dadan o‘n ikki barmoqli ichakga o‘tgan oziqadagi xlorid kislota, o‘n ikki barmoq ichak shilliq pardalarini ta’sirlab, sekretin hosil qilib, sekretin esa me’da osti bezining sekretsiyasini kuchaytiradi. Cho‘chqa va kavshavchilarda me’dadan oziqalarni o‘n ikki barmoqli ichakga o‘tashini kamayishi me’da osti bezidan shira ajralishini pasaytiradi. Xuddi shunday shira ajralishini kamayishi yoki ajralishni to‘xtashi me’da osti bezining yo‘llari o‘sma, chandiq bilan qisilganida kuzatiladi. Me’da osti bezining yallig‘lanishida ya’ni pankreotitlarida shira ajralishi kamayadi. Organizmning ishqor, kislota, fosfor bilan zaharlanishi, invazion kasalliklar yoki yallig‘lanishni atrof organ va to‘qimalaridan o‘gshpi panke-riotitlarga sabab bo‘ladi. Pankreotitlarning kelib chiqishiga, me’da os-ti bezining shira ajratib chiqarishini buzilishi natijasida, bez parenxima hujayralarining o‘z fermentlari ta’sirida emirilishi sabab bo‘ladi. Me’da osti bezining shiralarining ajralmasligi yoki kam ajralishi oqsil va yog‘larning hazmlanishini keskin kamaytiradi va ichakda hazmlanib ulgurmagan katta miqdordagi oqsillar chiriy boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |