Hayvonlar patofiziologiyasi fani va uning rivojlanish tarixi



Download 0,8 Mb.
bet26/46
Sana25.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#701751
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
Bog'liq
patfiz ma\'ruza lotinchasi

Xansirash qon aylanishi etishmovchiligi paytida qonning gaz va kiyoviy tarkibining o‘zgarishi natijasida nafas markazining ham to‘g‘ridan – to‘g‘ri, ham reflektor qitiqlanishidan paydo bo‘ladi. Avvaliga hansirash faqatgina ish paytida paydo bo‘ladi, kuchli etishmovchilik paytlarida esa hayvonning tinch turgan paytida ham kuzatiladi. Hansirash ham taxikardiya singari, bir tomondan o‘pkada gazlar almashinuvi uchun shart - shorait yaratib, moslashuv ahamiyatiga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan, patologik ahamiyat kasb etadi. Chunki nafas muskullarining zo‘riqib ishlashi yanada kislorod sarfini talab qiladi va bunday holat esa o‘z navbatida organizmdagi kislorod tanqisligini yanada kuchaytiradi.
Xansirash natijasida ko‘krak qafasining so‘ruvchi ta’siri kuchayadi, bu esa o‘z navbatida yurakka qon kelib quyilishi va uning ish qobiliyatini kuchaytiradi.
Chap qorinchani ishi susaygan paytda kichik qon aylanish doirasida qon turg‘unligi rivojlanadi. O‘ng qorincha ishining susayishi katta qon aylanish doirasida, eng birinchi navbatda jigarda qon turg‘inligi holatlari bilan namoyon bo‘ladi. Bunda jigarning hajmi sezilarli darajada kattalashadi. Qon turg‘inligi natijasida qator organlarning faoliyati buziladi, xususan, katta qorin atoniyasi, ichak katari, surunkali bronxitlar, jigar bar’erlik funksiyasining buzilishlari paydo bo‘ladi. Uzoq muddatli turg‘unlik paytida jigar hujayralari atrofiyaga uchraydi, jigar parenximasiga biriktiruvchi to‘qima o‘sadi va sirroz rivojlanadi. Turg‘inlik holatlari boshqa organlarda – buyrak, ovqat hazm qilish tizimi, bosh miyada ham hosil bo‘ladi.
Shish ko‘pincha qon turg‘unligi juda kuchli rivojlangan joylarda kuzatiladi. O‘ng qorincha ishi susaygan paytda shish eng birinchi navbatda, ko‘krak sohasida, qorinning pastki qismlari va oyoqlarda kuzatiladi.
Chap qorincha ishi susaygan paytda o‘pka shishi kuzatiladi. Bo‘shliqlar istesqosi shishlardan biroz keyinroq paydo bo‘ladi. Yurak shishlarining patogenezida bosh rolni qon turg‘unligi ta’sirida, kapillyarlardagi qon bosimining yuqori bo‘lishi va buyrakning siydik hosil qilish funksiyasining buzilishidan organizmda tuzlarning soqlanib qolishi o‘ynaydi. Jigarning oqsil sintezlash funksiyasining buzilishi natijasida plazma tarkibidagi albuminlar miqdori va shu bilan birgalikda undagi kolloid–osmotik bosim pasayadi, natijada shish paydo bo‘lishi uchun qulay shart–sharoit vujudga keltiradi. Qon aylanishi etishmovchiligi paytlarida bir tomondan qon depolaridan safarbarlanish evaziga va ikkinchi tomondan, eritropoezning kuchayishi oqibatida qondagi eritrotsitlar soni ko‘payadi. Rivojlanayotgan politsitemiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, bunda qonning yopishqoqligi oshadi va shu bilan birgalikda yurak qiynalib ishlashga majbur bo‘ladi. Yurak klapan apparati funksiyasining buzilishi ko‘pincha endokard yallig‘lanishi–endokardit oqibatida ayniqsa yuqumli tabiatdagi endokardit oqibatida paydo bo‘ladi. Yirik shoxli hayvonlarda, masalan, endokarning yallig‘lanishi oqsil va sil oqibatida, cho‘chqalarda saramas, otlarda yuqumli anemiya va boshqalar paytlarda kuzatiladi. Endokarditlarning yuqumsiz turlari ham kuzatiladi yoki endokarditlar aseptik tabiaga ega bo‘lishi ham mumkin.
Endokarditlarning o‘ziga xos xususiyati yallig‘lanishga xos bo‘lgan qon tomir reaksiyasining mavjud bo‘lmasligi hisoblanadi. Endokarditlar ayrim hollarda alterativ jarayonlarning ustunligi bilan o‘tadi va shuning uchun klapanlar strukturasining ma’lum darajadagi emirilishlari (yarali endokarditlar) bilan namoyon bo‘ladi. Ayrim hollarda esa, proliferativ o‘zgarishlarni kuchayishini ustunligi bilan o‘tadi va klapanlarga biriktiruvchi to‘qima o‘sadi (so‘galli endokarditlar). Yallig‘langan klapanlar yuzasida tromb hosil bo‘lish jarayoni yuz beradi. Bu paytda hosil bo‘lgan tromb massalari qon bilan birgalikda taloq, buyrak, bosh miya, ichak tutqich pardasini arteriyalari, o‘pka kabi organlarga borib har xil embollarni hosil qilishi mumkin.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish