Hayvonlar patofiziologiyasi fani va uning rivojlanish tarixi


Qon aylanishi etishmovchiligining umumiy tavsifi



Download 0,8 Mb.
bet24/46
Sana25.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#701751
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46
Bog'liq
patfiz ma\'ruza lotinchasi

Qon aylanishi etishmovchiligining umumiy tavsifi. Qon aylanishi etishmovchiligi kuzatilgan paytda yurak va qon tomir tizimi funksional holatining barcha ko‘rsatkichlari, xususan, qonning daqiqalik hajmi, aylanayotgan qonning massasi, qonning aylanib chiqish vaqti, arteriya va vena bosimlar, to‘qimalar tomnidan kislorodning o‘zlashtirish darajasi kabi ko‘rsatkichlar o‘zgaradi.
Qonning daqiqalik hajmi ya’ni yurakdan bir daqiqa davomida otilib chiqayotgan qonning miqdori, etishmovchilik qancha rivojlangan sayin shunchalik kamayadi. YUrak etishmovchiligi paytida daqiqalik hajm yurak ishining susayishi natijasida kamaysa, qon tomir etishmovchiligi paytida yurakka kelayotgan qon miqdorining kamayishidan pasayadi.
Aylanma qonning massasi To‘qimalarning qon bilan ta’minlashiga nisbatan talabi uncha katta bo‘lmagan paytlarda qon tomirlarda qonning bir qismigina aylanadi, ayni paytda qolgan qismi qon depolarida saqlanadi. To‘qimalarning qon bilan kuchli ta’minlanishi talab qilingan paytlarda depo qoni umumiy qon oqimiga qo‘shiladi. Qon depolarining umumiy xajmi umumiy qon xajmining salkam yarmini tashkil etadi. Qon aylanishi etishmovchiligining boshlang‘ich bosqichida aylanma qonning massasi asosan depo qonining safarbar etilishi evaziga va qisman qon ishlab chiqarish funksiyasining kuchayishi evaziga oshadi. Qon aylanishining qon tomir tipidagi etishmovchiligi paytida aylanma qonning massasi, bir tomondan kengaygan tomirlardagi qonning turg‘unlashuvi bilan bog‘liq holda, boshqa tomondan–qon tomirlaridan plazmaning sizib chiqishining kuchayishidan kamayadi. Aylanma qon massasining kamayishi qon yo‘qotishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin.
Qon aylanma xarakatining vaqti Qon aylanishi etishmovchiligi paytida ikki va undan ortiq martagacha uzayadi. Chap qorincha etishmovchiligi paytida kichik qon aylanish doirasida, o‘ng qorincha etishmovchiligi paytida jigar venalarida va katta qon aylanish doirasining boshqa venalarida qon xarakati sekinlashadi.
Qon bosimi. Yurak etishmovchiligining bolang‘ich bosqichida arteriya bosim unchalik o‘zgarmaydi, vena bosim ko‘tariladi. Arteriya qon bosim qon tomirlar tonusining refektor ravishdagi oshishi evaziga ta’minlanadi. Vena bosim qonning venalardan sust tortilishi hamda aylanma qon massasining oshishi natijasida ko‘tariladi. Venalar, ayniqsa bo‘yintiriq venalari qonga to‘lishadi. Sigir va otlarda buyintiriq venasidagi qonning bosimi me’yoridagi qon aylanishidagi 80-120 mm o‘rniga 600 mm suv ustunigacha ko‘tarilishi mumkin. Boshqa vena qon tomirlari ham kengayadi va ular yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qon aylanishining qon tomir tipidagi etishmovchiligi paytida arteriya va periferik venalaridagi qon bosimi qon tomirlar tonusining buzilishi va ularning qon bilan chala to‘lishi natijasida pasayadi. Ammo qorin bo‘shlig‘idagi venalarda ularda qonning to‘planib qolishidan qon bosimi ko‘tarilgan bo‘ladi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish