Hayvonlar patofiziologiyasi fani va uning rivojlanish tarixi



Download 0,8 Mb.
bet23/46
Sana25.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#701751
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46
Bog'liq
patfiz ma\'ruza lotinchasi

Asosiy adabiyotlar:

1. Xaitov R.X., Eshimov D.E. “Hayvonlar patologik fiziologiyasi” Darslik Toshkent, “Ilim Ziyo” 2013 yil.


2. M.Donald., James F. “Pathologic basis of veterinary disese” Humana Press; 2011 edition.
3. С.И.Лютинский. Патологическая физиология селскохозяйственних животних. Mосква, Kolos, 2001 god.


Qo‘shimcha adabiyotlar

1. D.E.Eshimov., R.F.Ro‘ziqulov. “Hayvonlar fiziologiyasi va patofiziologiyasi fanidan amaliy - laboratoriya mashg‘ulotlari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. Tafakkur bo‘stoni - 2011 yil.




Internet ma’lumotlari:

1. www.ziyonet.uz.


2. www.vetjurnal.uz
3. www.lex.uz
4. www.veterinariy.actavis
5. www.kodges.ru

Qon aylanish organizmning barcha to‘qimalari bilan tashqi muhit o‘rtasidagi moddalar almashinuvining amalga oshishini ta’minlaydi. Qonning qon tomirlari bo‘ylab uzluksiz harakati evaziga to‘qimalarga kislorod va to‘yimli moddalar kelib tushadi, va ayni paytda moddalar almashinuvi natijasida to‘qimalarda hosil bo‘lgan oxirgi mahsulotlar ayirish – ayirish organlariga etkaziladi. Qon aylanishi organizmning turli xil funksiyalarining boshqarilishida va uning yashash sharoitlariga moslashishida eng muhim bo‘g‘im bo‘lib hisoblanadi. Qon aylanishining hatto juda qisqa muddatlarga to‘xtashi ham o‘limga sabab bo‘ladi.


Qon aylanishining boshqarilishida asosiy o‘rinni nerv tizimi o‘ynaydi, ya’ni bu tizim qon aylanish apparatining barcha qismlarini o‘zaro muvofiqlashtiradi va organizmning hayot darajasiga mos holda moslashtiradi.
Qon aylanishi boshqarilish mexanizmida qon tomirlari reseptorlarining qo‘zg‘alishi natijasida hosil bo‘ladigan reaksiyalar katta ahamiyat kasb etadi. Qon tomirlarining reseptor apparati qon aylanishining barcha buzilishlari to‘g‘risida ushbu buzilishlarning kelib chiqishidanoq ularning o‘z vaqtidagi signalizatsiyasini ta’minlaydi.
Qon tomirlarining reseptorlarga boy bo‘lgan ayrim qismlari maxsus refleksogen zonalarni hosil qiladi (32-rasm). Bunday zonalardan eng ko‘p o‘rganilganlariga aorta yoyi, umumiy uyqu arteriyasining tashqi va ichki shoxchalarga bo‘linish sohasi (karatid sinusi) va kavak venalar bo‘g‘izlari kiradi.
Qon aylanishining boshqarilishida gumoral omillar–modda almashinuvining fiziologik faol mahsulotlari ham muhim ahamiyatga ega. Bunday moddalardan gistamin, adenazin va boshqalar o‘zlari hosil bo‘lgan joyda kapillyarlarning birdaniga–keskin kengayishlarini keltirib chiqaradi va natijada mahalliy qon aylanishining kuchayishiga olib keladi. Turli xildagi gumoral omillarning qon aylanishiga ta’sir etish tabiati turlicha bo‘ladi.
Qon aylanishining etishmovchiligi deganda yurak va qon tomirlar tizimining to‘qimalariga zarur miqdordagi qonni etarli darajada etkazib bera olmaslik holati tushiniladi. Qon aylanishining etishmovchiligi yurak ishining va qon tomirlar tonusining turli xildagi buzulishlari hamda organizmdagi qon miqdorining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. SHu boisdan qon aylanishining yurak tipidagi, qon tomir tipidagi va umumiy yurak – qon tomir tipidagi buzilishlari farq qilinadi.
Qon aylanishining yurak tipidagi etishmovchiliklari yurakning qisqaruvchanlik funksiyasining susayishi natijasida paydo bo‘ladi. Yurak faoliyatining susayish sabablariga quyidagilar kiradi: a).yurak zo‘riqishidan miokardning toliqishi; b). koronar qon aylanishining buzilishi; v). Miokarda yallig‘lanish va distrofik jarayonlarni chaqiruvchi yuqumli va toksik omillarning ta’siri; g). Hayvonlarning ratsionida yurakning me’yoriy ishi uchun zarur bo‘lgan oqsillar, uglevodlar, vitaminlar va boshqa moddalarning taqchilligi; d). yurak faoliyati ritmining birdaniga buzilishlari; e). yurakning nerv boshqarilishining buzilishlari.
Yurakning ishi yurak muskulida kechayotgan biokimyoviy jarayonlar, xususan, muskul glikogenining, ATF(adinazin trifosfor kislotasi)ning, kreatin fosfat va boshqalarning parchalanishlari bilan o‘zaro mustahkam bog‘liq bo‘ladi. Mazkur jarayonlarning amalga oshishi nerv tizimi tomonidan boshqariladi va miokarddagi normal almashinuv jarayonlari uchun zarur bo‘lgan kislorod, glyukoza va boshqa moddalarning koranar(toj) qon tomirlari orqali kelib tushishiga bog‘liq bo‘ladi. Yurak simpatik innervatsiyasining qo‘zg‘alishi miokarda energiya almashinuvini kuchaytiradi, parasimpatik nerv tolalarining qo‘zg‘alishi esa aksincha, susaytiradi. Kimyoviy mediatorlar hisoblangan noradrenalin va atsetilxolin ham yurak muskuliga xudi shunday ta’sir etadi. Miokarddagi biokimyoviy jarayonlar bir yo‘nalishga–potensial kimyoviy energiyaning mexanik energiyaga aylanishiga qaratilgan bo‘ladi. Biokimyoviy jarayonlarning buzilishi yurak muskuli fiziologik xususiyatlarining buzilishiga–yurak faoliyatining susayishiga olib keladi.
Qon aylanishining yurak tipidagi etishmovchiligining kelib chiqishida yurak muskulidagi kislorod etishmovchiligi katta ahamiyatga ega, chunki kislorod etishmovchiligi natijasida miokarddagi oksidlanish jarayonlari buziladi va energiyaning makroergik birikmalari hisoblangan adenazintrifosfat kislotasi va kreatinfosfatlar etarlicha hosil bo‘lmaydi. Ushbu birikmalarning qisman parchalanishi natijasida ularning yurak muskulidagi miqdori pasayadi.
Yurak–to‘qimalarning qon bilan ta’minlanish sharoitlarining doimiy o‘zgarishlariga nisbatan quyidagi yo‘llar bilan moslashtiradi: a). sistolik hajmning oshishi, ya’ni yurak tomonidan har bir sistola paytidagi chiqarilayotgan qon miqdorining oshishi, va b). yurak qisqarish ritmining tezlashishi. Yurakning qon bilan kuchli to‘lishi oqibatida uning tonogen kengayishi va yurak qisqarishlarining kuchayishi yuzaga keladi.
Yurak sistolik hajmning oshishi yurakka qo‘shimcha jismoniy zo‘riqishga chidash imkoniyatini beradi. Agarda ushbu moslashuv mexanizmi etarli darajada amalga oshmasa, yurak qisqarishlarining reflektor tezlashishini chaqiruvchi kavak venalarning qonga to‘lib taranglashishi vujudga keladi. Yurak qancha kuchsiz bo‘lsa undagi qisqarishlar chastotasini kuchaytiruvchi reflektor mexanizm shuncha tez ishga tushadi. Sog‘lom yurak me’yoriy ishga nisbatan ritmining qisman tezlashishi bilan javob beradi, ayni paytda kuchsiz yurak esa ritmining sezilarli darajadagi va uzoq muddatli tezlashishlari bilan javob beradi. Yurakning me’yoriy ishga nisbatan reaksiyasidan klinik amaliyotda yurak va qon tomirlar tizimining funksional holatini baholashda foydalaniladi. Qon aylanishining kompensatsiyasi bundan tashqari yurak muskuli gipertrofiyasi, aylanayotgan qon hajmining oshishi, yurakka vena qoni kelib tushishining kuchayishi kabi moslashuv mexanizmlari yordamida ham amalga oshadi.
Yurak faoliyati susaygan paytda yurak qorinchalari sistolada qondan to‘liq xoli bo‘lmaydi, natijada qorinchalarda qoldiq qonning to‘planishi evaziga yurak kengayishi kelib chiqadi. Bunda yurakning sistolik hajmi kamayadi–pasayadi. Yurak muskullarining susayishi natijasida kelib chiqadigan yurak kengayishiga miogen kengayish deb ataladi (18 rasm).
Yurakning bunday kengayishi vaqtinchalik bo‘lishi ham mumkin va yurak ishi uchun qulay sharoitlar paytida yurakning fiziologik xususiyatlari to‘lig‘icha tiklanadi. Yurak muskuli funksiyasining susayishi, qanday kelib chiqishidan qat’iy nazar, qon aylanishi dekompensatsiyasi (etishmovchiligi)ga olib keladi. Qon aylanishining o‘tkir yurak etishmovchiligi natijasida yurakning birdaniga to‘xtab qolishi oqibatida kelib chiqadigan o‘lim kuzatilishi mumkin.
Qon aylanishining qon tomirlar tipidagi etishmovchiligi qon tomirlar tonusining buzilishlari yoki aylanayotgan qon hajmining birdaniga kamayishi oqibatida paydo bo‘ladi. Qon tomirlar tonusi ularning aylanayotgan qon miqdoriga nisbatan moslashish omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Qon bilan kuchli ta’minlanishi lozim bo‘lgan organlarda qon tomirlarining reflektor kengayishi va ayni paytda boshqa organlarda esa ularning torayishi ro‘y beradi va shunday qilib qon tomirlarining umumiy hajmi unchalik o‘zgarmaydi. Tonus pasaygan paytda qon tomirlarining hajmi shunchalik kattalashadiki, qon qon bosimi me’yoriy darajasini ta’minlash uchun etarli bo‘lmay qoladi. Qorin bo‘shlig‘ining venalari o‘z fiziologik tonusini yo‘qotgan paytida organizmdagi mavjud qonning ¾ qismigachasini o‘ziga sig‘dirishi mumkin. Bunday ko‘p miqdordagi qonning ushlanishlari tonusi yo‘qolgan kapillyarlarda ham kuzatilishi mumkin. Kengaygan venalar va kopilyarlarda ham qon turg‘unlashadi, natijada qon sirkulyasiyasi buziladi. Qon bosimining pasayishi yurak susayishi oqibatida emas, balki unga qonning etarli bo‘lmagan miqdorda kelib kuyilishi natijasida paydo buladi. Qon aylanishining o‘tkir qon tomir etishmovchiligi, masalan, shok va kollops paytlarida kuzatiladi.
Qon aylanishining yurak tipidagi va qon tomir tipidagi etishmovchiliklari birgalikda namoyon bo‘lishi ham mumkin. Qon aylanishining etishmovchiligi avvaliga yurak qon tomir tizimiga ish paytida funksional ta’sir etgan paytlarda naomyon bo‘ladi, o‘z navbatida tinch holatda qon aylanishi organizmning talabini to‘liq qondiradi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish