Hayvonlar morfologiyasi



Download 14,33 Mb.
bet37/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Ichki shilimshiq parda qavatining bezli va bezsiz qismlari rangi bilan farq qiladi. Bezsiz qismining rangi qizg‘ish – oq, ko‘p qavatli epiteliy bilan qoplangan, bezli qismi esa qoramtir rangda bo‘lib, unda limfa follikulalari uchraydi. Bu qismning bir qancha joyida chuqurchalar ko‘rinib turadi, ularga bezlarning chiqarish yo‘llari ochiladi. Bezlar joylashishiga qarab, kardial, pilorus va fundal qismlarga bo‘linadi. Ularning shira ajratishi ham har xil bo‘ladi.
Muskul qavati – uch xil: uzun, aylanma va qiyshiq silliq muskul tolalaridan iborat. Uzun muskul tolalari - stratum longitudinale juda yupqa bo‘lib, oshqozonning katta – kichik burmalarida joylashadi va kardial pilorusga o‘tadi. Aylanma muskul tolalari - stratum circulare pilorus tomonda joylashadi, undan pilorusning sfinkteri hosil bo‘ladi. Qiyshiq muskul tolalari - stratum obliquum oshqozonning chap yuzasida joylashadi.
Seroz parda qavati oshqozonning tashqi yuzasini o‘ragan bo‘lib, kichik burmada kichik charviga, katta burmada esa katta charviga birlashadi. Uning burmalari diafragma – oshqozon payiga, jigar – oshqozon payiga va 12 barmoq ichak – oshqozon payiga ham birlashgan bo‘ladi.
Bir kamerali oshqozon, asosan, hayvonlarda chap qovurg‘a ostida, bir tuyoqlilarda esa to‘sh suyagining kuraksimon tog‘ayi yonida joylashadi. Bularning oshqozoni boshqa hayvonlarniki singari, qorin bo‘shlig‘ining past tomoniga butunlay tushmaydi, chunki yo‘g‘on ichak to‘sqinlik qiladi. Oshqozonning yuqori qismi – ko‘r xaltaga – 14 – 15 qovurg‘a oralig‘iga to‘g‘ri keladi. CHo‘chqalarning oshqozoni ancha qalin bo‘lib, qizilo‘ngach – ichak tipidagi oshqozonga kiradi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozoni murakkab, ko‘p kamerali bo‘ladi, bunga hayvonlarning ibtidoiy davridagi yashash sharoiti ta’sir qilgan. Bu hayvonlar orqatni tez yutib yuborib, oshqozoni to‘lgandan keyin yana og‘ziga qaytarib chiqaradi, ya’ni kavsh qaytaradi, shuning uchun ham kavsh qaytaruvchilar deyiladi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozoni to‘rt kameradan: katta qorin (qarta), to‘rqorin, qatqorin va shirdondan iborat bo‘ladi. Birinchi uch kameraning shilimshiq pardasi ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan, unda hech qanday bez bo‘lmaydi. SHirdonning devori silindrsimon hujayralar bilan qoplangan, unda bezlar bor. Bu bezlar ferment va xlorid kislota ishlab chiqaradi.
Katta qorin – rumen juda hajmdor bo‘lib, yuqorigi va pastki yarim xaltalar - saccus ruminis dorsalis ef ventralis dan iborat. Bu xaltalar bir – biridan chuqur burmalar bilan chegaralanib turadi. Tashqi tomondan oldingi va keyingi qorin ariqchalari - sulcus ruminis cranialis et candalis ichki tomondan oldingi va keyingi tasmalar - pila ruminis cranialis et candalis ni hosil qiladi. Qorin ariqchalariga o‘ng va chap uzun ariqchalar - sulcus londitudinalis dexter et sinister kelib qo‘shiladi. Ularning ham ichki qismida yon tasmalar bo‘ladi. Katta qorinning orqa tomonida ikkita: ustma – ust ko‘r xalta - saccus caecus ruminis cauda ventralis et cauda dorsalis bo‘ladi. Ular ham tashqi tomondan katta qorinning asosiy qismidan ko‘ndalang ariqchalar orqali chegaralanib turadi. Katta qorinning oldingi yuqorigi qismiga qizilo‘ngach kelib qo‘shiladi va shu joyda qizilo‘ngach ariqchasi hosil bo‘lib, katta qorin dahlizi - atrium ruminis ni hosil qiladi. Bu joy yuqorigi xaltadan va to‘rqorindan yuqorigi ko‘ndalang ariqcha bilan chegaralanadi. Katta qorinning shilimshiq pardasi qoramtir rangda, u bezsiz va bir qancha g‘adir – budurli muskul qatlami silliq muskul to‘qimasidan iborat bo‘lib har tomonlama joylashgan, seroz pardasi charvi bilan o‘ralgan bo‘ladi.
To‘rqorin - reticulum yumaloq bo‘lib, katta qorinning kardiya qismiga yaqin turadi. To‘rqorin katta qorindan ariqcha orqali ajralib turadi, uning ichki tomonida katta qorin va to‘rqorin tasmasi - sulcus et pile rumino reticularis bo‘ladi. To‘rqoringa katta qorindan teshik - ostium ruminoreticulare ochiladi. Qizilo‘ngachdan to‘rqorin tomon qizilo‘ngach ariqchasi - sulcus oesophageus o‘tadi. Ariqchaning chetlari lab - labium sulci oesophagli ni hosil qiladi. To‘rqorinning shilimshiq pardasi o‘zining tuzilishi bilan boshqa kameralardan farq qiladi, chunki uning shilimshiq pardasida ari uyasiga o‘xshash bir necha katakcha - cellule reticuli hosil bo‘ladi. Bu katakchalar qizilo‘ngach va katta qorin tomonga borgan sari maydalanib, keyinchalik yo‘qolib ketadi. To‘rqorin muskuli ikki qavat bo‘lib, ko‘ndalangiga va uzunasiga joylashadi. Seroz pardasi qo‘shni organlarga o‘tib birlashadi. Qorako‘l qo‘ylarda to‘rqorin ellips shaklda, qatqorindan kattaroq, katakchalari maydaroq bo‘ladi.
Qatqorin - omasum to‘rqorindan keyin joylashgan kamera bo‘lib, u katta yoshdagi kavsh qaytaruvchi hayvonlarda sharga o‘xshash, lekin ikki tomoni siqiq, mayda kavsh qaytaruvchilarda esa oval shaklda bo‘ladi. Qatqorin to‘rqorin va shirdondan bir oz yuqoriroqda joylashadi. To‘rqorindan qatqoringa o‘tadigan teshigi - ostium reticuloomasicum bor, uning orqa qismi pastrog‘ida shirdonga ochiladigan teshik - ostium omasoabomasicum bo‘ladi.
Qatqorinning shilimshiq pardasida qavat – qavat bir qancha varaqchalar bor, ular uzun, o‘rtacha uzunlikda, kalta va juda kalta bo‘ladi. Bu varaqchalar muguzlashgan mayda tuk bilan qoplangan. Varaqchalar oralig‘ida bo‘shliqlar bo‘lib, ular doim harakatlanib turishi natijasida ovqat eziladi. Qatqorinning muskuli ham ikki qavat bo‘lib, uning tashqi qavati uzunasiga, ichki qavati esa ko‘ndalangiga joylashadi. Tashqi seroz pardaning tuzilishi boshqalarnikiga o‘xshash bo‘ladi. Qatqorinni charvi o‘rab turadi.
Shirdon – abomasum ko‘p kamerali oshqozonning to‘rtinchi bo‘limi va asosiy oshqozondir. Bu kameraning shilimshiq pardasida juda ko‘p bez bo‘ladi, ular ferment va kislotalar ishlab chiqarib, ovqatni shimilishga tayyorlaydi. SHirdon nok shaklida bo‘lib, hajmi jihatdan ikkinchi o‘rinda turadi. SHirdonning ham katta va kichik bo‘limlari bor. Uning oldingi (kardial) qismi qatqorin tomonga, orqa (pilorus) qismi 12 barmoq ichak tomonga qaragan bo‘ladi.
SHirdonning shilimshiq pardasi silliq, Yumshoq, oqish, qizg‘ish rangli baxmal patga o‘xshash bo‘lib, silindrsimon epiteliy bilan qoplangan. Unda spiral shakldagi bir qancha (12 – 16 gacha) burmalar bor. SHirdon bezlarining joylashishiga qarab, har xil rangda bo‘ladi. SHirdonning muskuli ikki qavat bo‘lib, tashqisi uzunasiga, ichkisi aylanasiga joylashadi. SHirdonni ham charvi o‘rab oladi.
Oshqozon kamerali har xil joylashadi, masalan, katta qorin bo‘shlig‘ining chap tomonini butunlay oladi va qisman o‘ng tomonga ham o‘tadi. Katta qorinning oldingi qismi diafragma va jigar bilan chegaralanadi, orqa qismi esa tos suyagigacha etib boradi. Qatqorin o‘ng qovurg‘alar ostida, to‘rqorin oldirog‘ida, shirdon esa o‘ng qovurg‘alar ostida – kindik ustida, to‘sh suyagining orqa qismida joylashadi.



Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish