Hayvonlarda nerv to‘qimasining gistomorfologik tuzilishini o`rganish mavzusidagi laboratoriya darsining (2 soat)Darsning maqsadi: Nerv to‘qimalarining o‘ziga xosliklari bilan tanishish;
Ko‘rgazmali asbob-uskunalar va jihozlar: Mikroskop, gistopreparatlar.
Mashg‘ulotning o‘tkazilish tartibi: - Nerv to‘qimalarining multipolyar nevrotsit preparati yordamida o‘rganish
- Preparatni videokamerali mikroskopda ko‘rsatish
24-preparat Ot ko‘zi to‘r pardasining multipolyar nerv hujayralari. Metilen ko‘ki bilan bo‘yalgan yalpoq (pardasimon) preparat (22-rasm).
Kesimlarda nerv hujayralari o‘simtalarining bir qismi, shunda ham butun uzunligi bo‘ylab emas, qisman ko‘rinadi. Shu sababli nerv hujayrasi bilan umumiy tanishish uchun hujayra va uning barcha o‘simtalarini ko‘rish mumkin bo‘lgan yalpoq preparatdan foydalanilgani ma’qul. Shu bilan birga, bu preparat nerv to‘qimasini o‘rganishning asosiy usullaridan biri - metilen ko‘ki bilan subvital bo‘yash bilan tanishtiradi.
Preparat multipolyar nerv hujayralarining eng ko‘p tarqalgan yulduzsimon shaklini namoyish qiladi. Hujayralar odatda bir tekis bo‘yalmaydi: ba’zilarining barcha o‘simtalari bo‘yaladi, boshqalarining bir qism o‘simtalari yetarlicha bo‘yalmaydi. Shuning uchun kichik ob’ektivda butun preparatni qarab chiqish va yaxshi bo‘yalgan hujayralarni tanlab olish hamda ularni kuchli ob’ektivda o‘rganish lozim. Agar yirik nerv hujayrasi bo‘lsa, uni kichik ob’ektivda o‘rganish va chizish ham mumkin. Hujayra tanasi (1) o‘simtalari borligidan yulduzsimon shaklga ega. Ko‘pincha hujayra tanasi diffuz bo‘yalgan, lekin ba’zan unda yumaloq o‘zak (2) bo‘yaladi va ko‘rinadi. Hujayra tanasidan bir necha dendritlar (3) boshlanadi; hujayra tanasidan ajraladigan joyida dendritlar nisbatan yo‘g‘on, keyin ular daraxtsimon tarmoqlanadi va ingichkalashadi. Bu o‘simtalarning daraxtsimon tarmoqlanishi preparatda aniq ko‘rinadi. O‘simtalarda ko‘pincha varikoz yo‘g‘onlashmalar ko‘rinadi; ularning ahamiyati hanuzgacha aniq emas va ular artefakt bo‘lishi ham ehtimol. Nevritni (4) topish qiyinroq; u barcha hujayralarda ham bo‘yalavermaydi, lekin baribir hamma vaqt ham bir necha yaxshi bo‘yalgan va nevriti aniq ko‘rinadigan hujayralarni topish mumkin. Bu o‘simta hujayra tanasidan ingichka tarmoq sifatida boshlanadi va hech qachon daraxtsimon tarmoqlar ajratmaydi.
1
2 Victoria Aspinall. Veterinary anatomy and Physiology. Textbook. New-York, 2015
3 Victoria Aspinall. Veterinary anatomy and Physiology. Textbook. New-York, 2015
4
5
6
7
8Victoria Aspinall, Melanie Cappello «Introduction to Veterinary anatomy and Physiology» textbookEdinburgh London New York Oxford Philadelphia St louis Sydney Toronto 2015
9Victoria Aspinall, Melanie Cappello «Introduction to Veterinary anatomy and Physiology» textbookEdinburgh London New York Oxford Philadelphia St louis Sydney Toronto 2015