Hayvonlar morfologiyasi


Keyingi bo‘lim ichaklarining topografik anatomiyasi



Download 14,33 Mb.
bet39/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   268
Bog'liq
morfologiya

6. Keyingi bo‘lim ichaklarining topografik anatomiyasi
Yo‘g‘on ichaklar – intestinum crassum ham ingichka ichaklar singari uch xil ichakdan: ko‘richak, yo‘g‘on ichak va to‘g‘ri ichakdan iborat bo‘ladi. To‘g‘ri ichak orqa chiqaruv teshigi bilan tamom bo‘ladi. Yo‘g‘on ichaklar ingichka ichakda hazm bo‘lmagan ovqat qoldig‘ini tashqariga chiqarish uchun xizmat qiladi. Bu ichaklarning devorida shimuvchi tukchalar bo‘lmaydi. Yo‘g‘on ichaklarda ovqat moddalarning suyuq qismi – suv shimiladi.
Otlar va cho‘chqalarning yo‘g‘on ichagida tasmalar - taenia bor. Ular ko‘richakda va katta yo‘g‘on ichakda to‘rtta, kichik yo‘g‘on ichakda uchta, to‘g‘ri ichakda ikkita bo‘ladi. Paylar oralig‘ida burma xaltachalar - haustra bor. Ularda tezak paydo bo‘ladi. Ichaklar devorida limfa hujayralari to‘plami ko‘p bo‘ladi, ular asosan biologik filtr hisoblanadi.
Ko‘richak - intestinum caecum oddiy bir xaltacha bo‘lib, har xil hayvonlarda turli shaklda bo‘ladi. Bir tuyoqli hayvonlarda u juda ham rivojlangan. Boshqa hayvonlarning ko‘richagi yo‘g‘on ichakka chegarasiz qo‘shilgan bo‘ladi. Ularni yonbosh ichak ajratib turadi va shu joyda yonbosh ichak – ko‘richak – yo‘g‘on teshigi - ostium iliocallocolieum ni hosil qiladi. Ko‘richak kavsh qaytaruvchi hayvonlarda silindr shaklda, uzunligi 30 – 70 sm, devori tekis bo‘lib, qorin bo‘shlig‘ining o‘ng tomonida joylashadi. Ko‘richakning orqa qismi tos bo‘shlig‘igacha boradi. CHo‘chqalarda ko‘richak qisqaroq, konus shaklda bo‘lib, uchta muskul payi bor, oldingi qismi o‘ng buyrakka yaqin turadi. Bir tuyoqlilar ko‘richagi vergul shaklida bo‘ladi, uning boshi, tanasi va uchi bo‘ladi. Bosh qismida ikkita teshik bo‘lib, ularning biri yonbosh ichak teshigi ikkinchisi yo‘g‘on ichak teshigidir. Ularda to‘rtta muskul payi bo‘ladi. Ko‘richakning bosh qismi biqinda – tos bo‘shlig‘i yaqinida joylashadi, tanasi qorin bo‘shlig‘ining pastki qismiga tushadi, uchi esa to‘sh suyagining tog‘ayigacha boradi. Ko‘richakning xaltachalari to‘rt qator joylashgan va anchagina katta bo‘ladi.
Chambar ichak - intestenum colon har xil hayvonlarda turlicha tuzilgan. CHambar ichakning diametri boshqa ichaklarga qaraganda ancha katta bo‘ladi, uni tutib turuvchi parda kalta bo‘ladi. Qoramolning chambar ichagi 6 m dan 9 mgacha etadi. Bu ichak, asosan, uch qismdan iborat.
Boshlanish qismi - ansa proximalis yonbosh ichakdan boshlanib, o‘ng buyrakning ostidan 12 barmoq ichak chegarasigacha boradi. Keyin shu erdan orqaga buriladi – da, tos suyagiga etib, so‘ngra yana oldinga burilib, III bel umurtqasining ro‘parasigacha boradi va spiralga o‘xshash labirintga aylanib ketadi.
Spiralga o‘xshab buralgan qismi - ansa spiralis katta qorinning o‘ng tomonida ikki tomonga buriladi, ya’ni markazga guri centripetalis 1,5 marta aylanadi, keyin orqaga, ya’ni markazdan qochuvchi – guri centripetalis teskari tomonga burilib, I bel umurtqasi ro‘parasida oxirgi yo‘lga o‘tadi.
Oxirgi qismi - ansa distalis tos bo‘shlig‘i tomon boradi, keyin oldinga, so‘ngra orqa tomonga o‘tib, to‘g‘ri ichakka qo‘shilib ketadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning chambar ichagi qorin bo‘shlig‘ining o‘ng tomonida joylashadi. Mayda kavsh qaytaruvchilar chambar ichagining har qaysi aylanasi 3 marta buraladi. CHo‘chqalarniki xuddi parma shaklida yuqoridan pastga buralib tushadi. CHo‘chqalarning chambar ichagi ko‘richakdan ajralgandan so‘ng soat strelkasi yo‘nalishida markaz tomonga qarab 3,5 marta aylanadi. U ikkita muskul tasmasidan iborat bo‘lib, ikki qator xaltacha hosil qiladi. Pastga tushganda bu tasma va xaltachalar yo‘qolib, markaziy burma - flexura centralis ni hosil qiladi. Keyin tekis, markazdan qochirma yo‘lga - guri centrifugalis o‘tib, yuqoriga chiqadi va orqa tomonga buralib, oxirgi tugan - ansa coli ni hosil qiladi, so‘ng to‘g‘ri ichakka aylanadi. Oxirgi yo‘l oldindan oshqozon va jigargacha etib, keyin orqaga qaytadi. Umuman, bu ichak cho‘chqalarda qorin bo‘shlig‘ining orqa qismida joylashadi. Bir tuyoqli hayvonlarda chambar ichak juda yaxshi rivojlangan bo‘lib, ikkiga: katta chambar ichak va kichik chambar ichakka bo‘linadi.
Katta chambar ichak - intestinum colon crassumyaxshi rivojlangan, taqa shaklida bo‘lib, qorin bo‘shlig‘ida joylashadi. Bu ichak tos bo‘shlig‘iga yaqin joyda markaz tomonga bukiladi. Unda to‘rtta muskul tasmasi bo‘lib. ular yuqorigi, pastki va ikkita yon tasmalardir. Bu tasmalar oralig‘ida xaltachalar bo‘ladi.
Chambar ichakning oldingi qismi diafragmagacha borib, u erda ham burma hosil qiladi. Umuman, chambar ichak ikki qavat bo‘lib joylashadi. Katta chambar ichak ko‘richakning buralgan joyidan boshlanib, oldingi tomonga o‘tadi va pastki o‘ng yo‘nalish – colon ventralis dextrum ni, o‘ng tomondan chapga buralib, pastki tirsak - felxura coli diaphragmatica ventralis ni hosil qiladi, keyin chap tomondan orqa tomonga o‘tib, pastki chap yo‘nalish - colon dorsale sinistrum ni tos bo‘shlig‘i yonida buralib - flexura coli pelvina ni, so‘ngra yo‘g‘on ichakning pastidan yuqoriga, chap tomondan diafragma tomon o‘tadi – da, yuqorigi chap yo‘nalish - colon dorsale sinistrum ni hosil qiladi. U diafragmaga yaqinlashib, tirsak - flexura coli diaphragmatica dorsalis shaklini hosil qiladi va o‘ngga burilib, o‘ng yuqorigi yo‘nalish - colon dorsale dextrum ni hosil qiladi. Ko‘richakning boshi yonida o‘ngdan chapga burilib, kichik chambar ichakka aylanadi.
Kichik chambar ichak - intestinum colon tenue katta chambar ichakka qaraganda anchagina ingichka bo‘lib, keng ichak pardasiga (ichak tutqichga) osilib turadi. Kichik chambar ichakda ikkita: yuqorigi va pastki tasma va ikki qator xaltacha bo‘ladi. Kichik chambar ichak katta chambar ichak yo‘nalishlari ustki oralig‘ida joylashadi. O‘ng orqa tomon qismi to‘g‘ri ichakka aylanib ketadi.
To‘g‘ri ichak - intestinum rectum ichaklarning eng kaltasi bo‘lib, tos bo‘shlig‘ida joylashadi. Uning uchi orqa chiqaruv teshigiga (anusga) birlashadi. To‘g‘ri ichak ba’zi hayvonlarda (ot va cho‘chqalarda) ampula shaklida kengaygan joy - ampula recti hosil qiladi. To‘g‘ri ichakning orqa chiqaruv teshigiga yaqin joyining shilimshiq pardasi ko‘p qavatli epiteliy bilan qoplangan.
To‘g‘ri ichak yo‘g‘on ichakning bir qismi bo‘lib, kichik tos sohasida, qorin bo‘shlig‘ining yuqori devoriga yaqin o‘tadi. Uning anal sfinkteri oshqozon – ichak traktini oxirlaydi. To‘g‘ri ichakning ichki yuzasi bo‘yiga chuqur burmali shilliq parda bilan qoplangan.7
To‘g‘ri ichak va orqa chiqaruv teshigi o‘z atrofidagi organlarga quyidagi muskullar yordamida birlashadi:
To‘g‘ri ichak va dum muskuli - m. rectococcygeus tolalari har tomonda bo‘lib, birinchi dum umurtqasiga birlashadi. Bu muskul hayvon tezaklayotgan vaqtda uning orqa chiqaruv teshigini orqaga tortib turadi.
Orqa chiqaruv teshigini ko‘tarib turuvchi muskul - m. levator ani silliq muskul to‘qimasidan tuzilgan. Bu muskul ikkinchi dum umurtqasidan orqa chiqaruv teshigi tomon o‘tib, uni pastki tomondan o‘rab oladi va urg‘ochi hayvonlarda jinsiy lablarga boradi, erkak hayvonlarda esa jinsiy organni tortib turuvchi muskulni hosil qiladi. Bu muskul orqa chiqaruv teshigining sfinkteri ham hisoblanadi.
Defekatsiyada ishtiroq etadigan muskullarning ishi va ularning nervli boshqarilishi asab tizimi tomonidan koordinatsiya qilinishi kerak. Orqa miyaning har qanday zararlanishida (masalan, umurtqalar aro diskning zararlanishi yoki og‘ir shikastda) najas o‘z – o‘zidan chiqadi yoki, aksincha, ushlanib qoladi.
Diareyada (ich ketishida) suyuq najas tez - tez chiqib turadi. Diareya o‘tkir yoki surunkali bo‘lishi mumkin. U ichakda kechadigan u yoki bu buzilishlar masalan, maldigestiya, malabsorbsiya, kuchli peristaltika yoki qo‘zg‘olish mavjudligidan darak beradi. Ammo ko‘pincha bu patologiya itni noto‘g‘ri oziqlantirishda hosil bo‘ladi. Bunday holatda hayvonni 24 soatga och qoldirib, keyinchalik unga baliq, tovuq go‘shti va guruchdan tayyorlangan engil ozuqa beriladi.

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish