Hayvonlar morfologiyasi


Oldingi bo‘lim ichaklarining tuzilishi



Download 14,33 Mb.
bet36/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Oldingi bo‘lim ichaklarining tuzilishi.
Bu bo‘lim ichaklari qizilo‘ngach va oshqozondan iborat bo‘ladi.
Qizilo‘ngach – oesophagus uzun nay shaklidagi organ bo‘lib, halqum va oshqozon oralig‘ida joylashadi hamda ovqatni oshqozonga o‘tkazib beradi. Qizilo‘ngach hayvonlarning katta – kichikligiga qarab, har xil uzunlikda bo‘ladi. U bo‘yin, ko‘krak va korin bo‘limlariga bo‘linadi.
Qizilo‘ngachning ichki shilimshiq qatlami ko‘p qavatli yassi epiteliy to‘qimasi bilan qoplangan bo‘lib, uning shilimshiq ajratuvchi bezlari hayvonlarning qanday oziq eyishiga bog‘liq. Masalan, bunday bezlar kavsh qaytaruvchilar qizilo‘ngachining oldingi qismida, yirtqichlarning esa hamma joyida bo‘ladi. Muskul qatlami kavsh qaytaruvchilarda va itlarda ko‘ndalang – targ‘il muskul to‘qimasidan, cho‘chqa va otlarda esa qisman silliq muskul to‘qimasidan tuzilgan. Tashqi qatlam bo‘yinda biriktiruvchi to‘qima pardasi, ko‘krak va qorin bo‘limida seroz parda bilan qoplangan.
Qizilo‘ngach -oesophagus nay shaklidagi organ, uning devori har xil qalinlikda bo‘ladi. Qizilo‘ngach ovqatni oshqozonga o‘tkazuvchi organdir. U hiqildoqning halqasimon tog‘ayi ustidan boshlanadi va V bo‘yin umurtqasi to‘g‘risidakekirdakning chan yon tomoniga tushib, ko‘krak qafasiga kiradi. Ko‘krak qafasida yurak yurak asosining ustidan o‘tib, o‘pka bo‘laklari oralig‘idan diafragma orqali qorin bo‘shlig‘iga tushadi va oshqozonning kirish - cardia ni hosil qilib tugaydi. SHu sababli qizilo‘ngach bo‘yin, ko‘krak va qorin bo‘limlariga bo‘linadi.
Qizilo‘ngachning devori uch qavatdan: ichki shilimshiq parda, muskul va seroz pardadan iborat. Qizilo‘ngach devorining boshlang‘ich qismi anchagina yupqa bo‘lib, oshqozon tomonga qalinlashib boradi. Qizilo‘ngachning ichki shilimshiq pardasi ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan, uning rangi oq bo‘ladi. Qizilo‘ngachda bir qancha burmalar bo‘lib, ular ovqatni yutishga yordam beradi. SHilimshiq pardada mayda bezlar ko‘p bo‘lib, ular doim parda ustini namlab turadi. Muskul qavati ko‘ndalang targ‘il muskul to‘qimasidan tuzilgan bo‘lib, uning tolalari har tomonlama, ya’ni halqa shaklida, uzunasiga, ellips shaklida joylashgan bo‘ladi. Muskul qavatlari bo‘yin bo‘limida fassiya bilan epishgan, ko‘krak va qorin bo‘limlarida zardob parda yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Qizilo‘ngach turli hayvonlarda shilimshiq pardadagi bezlarning joylashishi bilan farq qiladi.
Itlar qizilo‘ngachining devori ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, u bo‘ylama burmalarni hosil qiladi. Bunday tuzilish oziqa qabul qilgan vaqtda shikastlanishdan saqlaydi va luqmani bo‘ylamasiga va aylanasiga ichkariga tushishida kengayish imkonini beradi. Qizilo‘ngach devoridagi silliq muskul tolalari aylanasiga va bo‘ylamasiga joylashadi. Ushbu muskullarni qisqarishi peristaltik harakatni yuzaga keltirib, oziqa luqmasini ichkari tomonga haydalishini ta’minlaydi. Qusish vaqtida oziqa orqaga harakat qilishi ham mumkin. Qizilo‘ngach bo‘ylab oziqani to‘liq o‘tishi uchun o‘rtacha 15-30 minut vaqt sarflanadi, ammo bu jarayon oziqa turiga bog‘liq bo‘lib, suyuq oziqa quruq oziqaga nisbatan qisqaroq vaqtda o‘tib bo‘ladi.
Oshqozon - ventriculus, gaster s. stomachus oesophagus har xil tuzilgan bo‘lib, oldingi bo‘limi ichakning kengaygan joyidir. Oshqozon oziq moddalarni vaqtincha saqlash uchun xizmat qiladi. U kengaygan xalta shaklida bo‘lib, qorin bo‘shlig‘ini to‘ldirib turadi. Oshqozon tuzilishiga qarab, bir kamerali va ko‘p kamerali bo‘ladi.
Bir kamerali oshqozon oddiy bir xaltachadan iborat bo‘lib, cho‘chqalar, bir tuyoqlilar, yirtqich hayvonlar va odamlarda uchraydi. Uning ichki shilimshiq pardasi ba’zi hayvonlarda himoyalovchi ko‘p qavatli yassi epiteliy hujayralari bilan qoplangan bo‘lib. unda hech qanday bez bo‘lmaydi. Bunday oshqozon sutemizuvchi hayvonlarda (exidna, o‘rdakburunda) uchraydi va qizilo‘ngach tipidagi oshqozon deyiladi. Boshqa sutemizuvchilarning oshqozoni butunlay silindrsimon epiteliy hujayralari bilan qoplangan bo‘lib, uning hamma joyida bez bo‘ladi. Bunday oshqozon o‘txo‘r hayvonlarda uchraydi va bezli ichak tipidagi oshqozon deyiladi. Ko‘pchilik hayvonlarda oshqozonning bir qismi himoyalovchi ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan, ikkinchi bir qismi esa silindrsimon epiteliy bilan qoplangan bo‘ladi. Bunday oshqozon aralash, ya’ni qizilo‘ngach – ichak tipidagi oshqozon deyiladi, bunday oshqozon uy hayvonlari uchun xosdir.
Ko‘p kamerali oshqozon, asosan, o‘txo‘r hayvonlarda uchraydi va to‘rt bo‘limdan iborat bo‘ladi, bu bo‘limlar oldinma – keyin joylashadi. Bunday oshqozon kavsh qaytaruvchi hayvonlarda, tuyada va shimol bug‘usida bo‘ladi. Bu kameralarning boshlanishi katta qorin, to‘r va qatqorinlar bo‘lib, ularning ichki shilimshiq pardasi ko‘p qavatli yassi epiteliy hujayralari bilan qoplangan. To‘rtinchi kamera bo‘lgan shirdonning shilimshiq pardasi silindr shaklidagi epiteliy hujayralari bilan qoplangan, devorida shira ishlab chiqaradigan bezlar bo‘ladi. SHuning uchun ham to‘rtinchi kamera asosiy oshqozon, yuqorida ko‘rsatilgan uchta kamera esa oshqozon oldi bo‘limlari deyiladi. Ko‘p kamerali oshqozon ham aralash, ya’ni qizilo‘ngach – ichak tipidagi oshqozon hisoblanadi. Oshqozon oldi bo‘limi qabul qilingan oziqni vaqtincha saqlaydi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar qayta yutgan oziq, qisman, katta qoringa, ko‘p qismi esa to‘r qorin va qatqoringa borib, keyin shirdonga o‘tadi. Qizilo‘ngachdan katta qorin orqali to‘r qoringa o‘tadigan qizilo‘ngach novining ahamiyati juda katta, chunki bu nov orqali suyuq ovqat katta qoringa tushmasdan, to‘g‘ri to‘rqoringa o‘tib ketadi. Tuyalarning oshqozoni uch kamerali bo‘lib, qisman, katta qorinda va to‘rqorin devorida bezlar bo‘ladi. Tuyalarda qatqorin yo‘q. Katta qornida bir necha xonacha bor, ular katta qorinning ustki qismida va to‘rqorinning chiqish qismida joylashadi.
It va mushuklar oshqozoni oddiy, bir kamerali bo‘lib, ovqat hazm qilish tizimi monogastrik deb nomlanadi.
Oshqozonning vazifasi quyidagilardan iborat:
Oziqa mahsulotlarini vaqtincha saqlab turish: yovvoiy go‘shtxo‘r hayvonlar har 3-4 kunda oziqlanishi mumkin, so‘ngra dam oladi va qabul qilingan oziqa sekin hazmlanadi.
Oziqani maydalash va oshqozon shirasi bilan aralashtiradi.
Oqsillarni parchalanish jarayoni boshlanadi. Oshqozon S-simon shaklda bo‘lib, qorinning oldingi chap tomonida joylashadi.
Oshqozon devori qalin va oziqa bilan biroz cho‘zilgan bo‘ladi. Oshqozon bo‘sh holatda qovurg‘a ostida, oziqa bilan to‘lgan holatda esa qorin bo‘shlig‘ining uchdan bir qismini egallaydi.
Oshqozon - ventriculus s. gaster tuzilishiga qarab, bir va ko‘p kamerali oshqozonga bo‘linadi.
Bir kamerali oshqozon - ventriculus s. gaster ovqat hazm qilish nayining kengaygan joyi bo‘lib, diafragmaning orqa tomonida, qorin bo‘shlig‘ida joylashadi. Oshqozon ovqatni vaqtincha saqlaydigan, uni o‘z devoridan ishlanib chiqadigan ximiyaviy ta’sir etuvchi har xil shiralar yordamida shimilishga tayyorlaydigan organdir. Uning shakli har xil hayvonlarda turlicha, uzun va bukilgan bo‘ladi. Oshqozonning botiq (kichik) joyi - curvatura minor, do‘ng (katta) joyi esa - curvatura maior deyiladi. Oshqozonning oldingi – diafragma va orqa – ichak yuzalari bo‘ladi. Qizilo‘ngachning oshqozonga qo‘shilgan qismi - cardia 12 barmoq ichakka chiqish teshigi - pyloris, pastki o‘rta qismi tubi - fundus ventriculi deyiladi. Oshqozon shilimshiq pardasining tuzilishiga qarab: ichak tipidagi, aralash tipidagi yoki qizilo‘ngach – ichak tipidagi oshqozonga bo‘linadi. Ichak tipidagi oshqozonning butun shilimshiq pardasi silindrsimon epiteliy bilan qoplangan, hamma joyida bezlar bo‘ladi. Qizilo‘ngach – ichak tipidagi oshqozonning qizilo‘ngachga yaqin joyi ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan bo‘lib bezsizdir. Pilorusga (12 barmoq ichakka chiqish teshigiga) yaqin qismi esa silindrsimon epiteliy bilan qoplangan va ko‘p bezli bo‘ladi.
Oshqozonning devori ham uch qavatdan iborat bo‘ladi.

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish