Hayvonlar morfologiyasi


Qorin bo‘shlig‘i bo‘limlari



Download 14,33 Mb.
bet33/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Qorin bo‘shlig‘i bo‘limlari
Qorin bo‘shlig‘ida joylashgan organlarning aniq topografik tuzilmasini o‘rganish uchun ularni muayyan bo‘limlarga bo‘lamiz.
Qorin bo‘shlig‘i, asosan, uchta katta bo‘limga bo‘linadi:

  1. Qorin bo‘shlig‘ining old bo‘limi – regio mesogasterica old tomondan diafragma muskuli, ikki yondan qovurg‘alar bilan, o‘ng va chap qovurg‘a osti - regio hypochondriaca dextera ef sinistra va to‘sh suyagining kuraksimon tog‘ayi – regio xiphoidea bilan chegaralanadi.

  2. Qorin bo‘shlig‘ining o‘rta bo‘limi - regio mesogasterica o‘ng va chap yonbosh - regio iliaca dextera ef sinistra tomonlarda joylashgan, uning yuqori qismida bel bo‘limi - regio lumbalis, pastki qismida esa kindik bo‘limi - regio umbilicalis bor.

  3. Qorin bo‘shlig‘ining keyingi bo‘limi - regio hypogasterica bir qancha bo‘limlarga bo‘linadi: o‘ng va chap chov bo‘limlari - regio inguinalis dextra ef sinistra chov kanaliga yaqin joylashadi. Qov bo‘limi - regio pubis qov suyagining ustida bo‘lib, unda to‘g‘ri ichak, qovuq va jinsiy organlarning boshlanish qismi joylashadi. I va II qorin bo‘limlarida hazm organlarining ham ko‘p qismi joylashgan.

Tos bo‘shlig‘i qorin bo‘shlig‘ining kaudal tomonida bo‘lib, unda siydik pufagi, to‘g‘ri ichak va ko‘payish jinsiy organlari joylashadi. Bunda ko‘krak va qorin bo‘shliqlariniki kabi hyech qanday chegara bo‘lmaydi. Qorin pardasining davomi tos bo‘shlig‘ining oldingi bo‘limigacha yetib keladi va ikkala bo‘shliqda ham joylashgan organlarni (masalan, siydik pufagi, ko‘payish organi, ichak) o‘rab oladi.5


Hazm organlarining ahamiyati, vazifalari, bo‘limlari.
Hazm organlari eng muhim va murakkab tuzilgan sistema bo‘lib hayvon organizmining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. SHuning uchun ham sodda hayvonlar hazm organlarining tuzilishi ancha oddiy bo‘ladi. Hayvonlar rivojlanib borgan sari, hazm organlari ham murakkablashib boradi. Suvda yashovchi umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning hazm organlari nafas olish organlari bilan juda ham bog‘liq bo‘ladi, chunki ular yonma – yon joylashadi. Nafas olish organlari quruqlikda yashovchi hayvonlarda ovqat hazm qilish organlarining boshlanish joyidan kelib chiqadi. Bu har ikkala organ ko‘krak, qorin va tos bo‘shliqlarida joylashadi. Ovqat hazm qilish organlarning hajmi katta bo‘lib, organizmda murakkab protsess – moddalar almashinuvi uchun xizmat qiladi.
Etxo‘r hayvonlarning ovqat hazm qilish tizimi bir kamerali oshqozoni bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ovqat hazm qilish yo‘li qisqa bo‘lib, chunki go‘sht yengil hazmlanadi va oshqozon oddiy.
Etxo‘r hayvonlarning tishlari juda o‘tkir va kuchli, jag‘lari qaychisimon harakat qiladi. Bunday tuzilish go‘shtni kesish va o‘ljaning suyaklarini ajratib olish imkonini yaratadi.
Ovqat hazm qilish yo‘lining katta qismi har diametrli uzun naydan tashkil topgan. Yo‘lning har bir qismi o‘xshash tuzilishga ega, ammo ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashgan bo‘ladi.
Oziqa ovqat hazm qilish yo‘lidan pastga o‘tadi va muskullarning ritmik harakati yoki peristaltikasi yordamida hazm qilish shirasi bilan aralashadi.
Oziqalarning parchalanishi har bir aniq oziqa turiga maxsus ta’sir ko‘rsatuvchi fermentlar ta’siri ostida amalga oshadi.
Fermentlar saqlovchi shira oshqozon va ingichka ichaklarning ichki ekzokrin bezlari hamda ichak devoridan tashqarida joylashgan oshqozon osti bezi va jigar tomonidan ishlab chiqariladi.
Ovqat hazm qilish jarayoni natijasida oziqa ingichka ichak epiteliysidan qon tomiri kapillyarlariga (aminokislotalar va monosaxaridlar) va mayda tomirlarga (yog‘ kislotasi va glitserin) kira oladigan molekulalarga parchalanadi.
Ovqat hazm qilish jarayonida hosil bo‘lgan oziqa mahsulotlari bu tana bo‘ylab tashiladi va moddalar almashinuvida ishlatiladi.
To‘liq parchalanmagan qoldiq, zararli bo‘lgan chiqindi moddalar axlat bilan birga organizmdan chiqarib yuboriladi.
Organizmning hayotiyligi energiyaning uzluksizligi bilan ta’minlanadi. Oziqa energiyaning asosiy manbai bo‘lib, u organizmga tushgan oziqalardan ovqat hazm qilish tizimida ajratib olinadi, parchalanmagan qoldig‘i chiqariladi.
Ovqat hazm qilish jarayoni bir nechta bosqichda amalga oshadi:
- oziqani organizm tomonidan qabul qilish – bu og‘iz bo‘shlig‘ida ro‘y beradi;
- oziqani kichik kimyoviy birliklarga parchalash – bu jarayon oshqozon va ingichka ichakda ro‘y beradi;
- hosil bo‘lgan kimyoviy birliklarni qon va jigarga o‘tkazish - bu jarayon ingichka ichaklarda amalga oshiriladi;
- moddalar almashinuvi jarayonida kimyoviy birliklar energiyaga aylanadi va tananing barcha organlari tomonidan foydalaniladi – bu jarayon asosan jigarda ro‘y beradi;
- o‘zlashtirilmagan qoldiq moddalarni organizmdan chiqarish yuborish.
Hazm organlari quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:
1) o‘z atrofini o‘ragan tashqi muhitdan har xil qattiq va Yumshoq moddalarni oladi; 2) og‘iz bo‘shlig‘idagi organlar yordamida ovqatni yutishga tayyorlaydi; 3) halqum, qizilo‘ngach yordamida ovqatni oshqozonga o‘tkazib, har xil shiralar yordamida shimilishga tayyorlaydi; 4) tayyorlangan oziq moddalarni ichak devoriga o‘tkazib, oziq qismlarni shimish va qoldiq qismlarini tashqariga chiqarib tashlash vazifalarini bajaradi.
Ovqat hazm qilish sistemasi to‘rtta katta bo‘limga: 1) bosh bo‘lim; 2) oldingi bo‘lim; 3) o‘rta bo‘lim va 4) keyingi bo‘limlarga bo‘lib o‘rganiladi

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish