Hayvonlar morfologiyasi


O‘rta bo‘lim ichaklarining topografik anatomiyasi



Download 14,33 Mb.
bet38/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   268
Bog'liq
morfologiya

O‘rta bo‘lim ichaklarining topografik anatomiyasi.
Ingichka ichaklar
Qishloq xo‘jaligi hayvonlarining ichagi ikki xil, ya’ni ingichka va yo‘g‘on ichak bo‘ladi. Ingichka ichaklar – intestinum tenue o‘z navbatida, 12 barmoq ichak, achchiq ichak (och) va yonbosh ichaklarga bo‘linadi. Bu ichaklarning boshlanish qismiga ovqat hazm qilish bezlarining suyuqligi – jigardan o‘t, oshqozon osti bezidan fermentlar quyilib turadi.
Oshqozonda achib tayyorlangan oziq sekin – asta 12 barmoq ichakka o‘tadi. Keyin orqa tomon surilib, shimila boshlaydi, chunki ingichka ichaklar devorida so‘rg‘ichlar bo‘ladi. Oshqozondan organik moddalar (oqsil, yog‘lar va uglevodlar) ichakka o‘tib, undagi har xil fermentlar yordamida suvda eriydigan holga keladi. Erimay qolgan ba’zi moddalar ichakning keyingi bo‘limiga o‘tib, tashqariga chiqib ketadi.
SHunday qilib, ichak devorida 3 xil muhim fiziologik protsess boradi: 1) ichak devoridagi bezlar har xil ximiyaviy ta’sir etuvchi suyuqlik ishlab chiqarib, oziqni parchalaydi; 2) ichak devoridagi tukchalar yordamida oziq moddalar shimilib, qon tomirlariga o‘tadi; 3) ichak kanalidagi oziq muskullar yordamida suriladi. Ichak nayining tashqi tomoni seroz parda bilan qoplangan bo‘lib, u ichak harakatini engillashtirib turadi.
Ingichka ichaklardagi shimuvchi tukchalar har xil hayvonlarda turlicha joylashadi. 12 barmoq ichakda tukchalar ancha uzun (otlarda) bo‘ladi, boshqa hayvonlarda shilimshiq pardadan chiqmaydi. Tukchalarning uchki qismi, xuddi to‘rqoringa o‘xshab, bir qancha o‘ymalar hosil qilib joylashadi.
Sut emizuvchi hayvonlar ichagining uzunligi har xil, ayniqsa, o‘txo‘r hayvonlarning ichagi juda uzun, masalan, sigirning ichagi o‘rtacha 57 m, itning ichagi tanasi uzunligidan 5 – 6 marta ortiq bo‘ladi. Ichak nayiga suyuqlik ajratib chiqaruvchi bez ikki xil bo‘ladi. Ularning bir xil ichak devorida, ikkinchi xili esa devordan uzoqda joylashadi. Ichak devoridagi bezlar ingichka ichakning shilimshiq pardasi asosida bo‘ladi. Bular umumiy ichak bezlari va 12 barmoq ichak bezlaridir. Ichak nayidan uzoq turuvchi bezlarga jigar va oshqozon osti bezi kiradi. Bu bezlar ichak devoridagi epiteliy hujayralari bo‘rtishidan o‘sib chiqadi va ishlab chiqargan suyuqligini o‘z yo‘li orqali 12 barmoq ichakka qo‘yadi. Ingichka ichak devorida limfa tuzilmalari ham bor, ular kichik tugunchalardan iborat bo‘ladi.
O‘n ikki barmoq ichak - intestinum duodenum oshqozonning pilorus qismidan boshlanib, o‘ng qovurg‘alar ostida joylashadi. Uning uzunligi qoramollarda 1 m 20 sm ga yetadi. Bu ichak jigarning ustki yuzasida S shaklini hosil qilib, orqa tomonga o‘tadi, so‘ngra o‘ng buyrak to‘g‘risidan chap buyrak tomon o‘tib, birinchi burma - plexura prima ni, undan oldinga o‘tib, ikkinchi burma - flexura secunda ni hosil qiladi, keyin achchiq ichakka o‘tib ketadi. O‘n ikki barmoq ichakka jigar va oshqozon osti bezining yo‘li kelib qo‘shilib, burma - papilla duodeni hosil qiladi. Qoramollarning o‘n ikki barmoq ichagi 90 – 120 sm gacha bo‘lib, o‘t yo‘li 50 – 70 sm, qorako‘l qo‘ylarniki 25 – 40 sm, cho‘chqalarniki 40 – 80 sm bo‘ladi. Oshqozon osti bezi esa 15 – 25 sm dan so‘ng ochiladi, bir tuyoqli hayvonlarda pilorusdan 10 – 12 sm keyin ochiladi.
Achchiq (och) ichak - intestinum jejinum tuzilishi jihatdan bir nechta tugunchaga o‘xshaydi. Uning ichi puch bo‘ladi. Oziq ichak shilimshiq pardasining devoriga yopishgan holda o‘tadi. Achchiq ichak hamma ichaklardan uzun va ichak tutqichiga osilgan bo‘ladi. Bu ichak yonbosh ichakka o‘tib ketadi. Achchiq ichak qoramollarda 40 m, kavsh qaytaruvchi mayda hayvonlarda 30 m gacha bo‘ladi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning achchiq ichagi yo‘g‘on ichakning atrofida tugunchalar shaklida, qorin bo‘shlig‘ining o‘ng tomonida joylashadi. Uning orqa qismi tos bo‘shlig‘igacha etib boradi. CHo‘chqalarning achchiq ichagi 15 – 20 m bo‘ladi, otlarniki esa 19 – 30 m bo‘lib, qorinning chap tomonida joylashadi.
Yonbosh ichak - intestinum ilium juda kalta bo‘lib, achchiq ichakdan ajralgandan so‘ng tomonga o‘tib, III – IV bel umurtqalari ro‘parasida yuqoriga ko‘tariladi va ko‘richakka qo‘shiladi. Uning qo‘shilgan joyida klapan - valvula iliocaecalis hosil bo‘ladi. Bu ichak kavsh qaytaruvchi hayvonlar va cho‘chqalarda birdaniga ko‘richak hamda yo‘g‘on ichakka ochiladi. YOnbosh ichak kavsh qaytaruvchi hayvonlarda uncha uzun bo‘lmaydi, cho‘chqalarda ko‘richak va yo‘g‘on ichakning chegarasiga kelib qo‘shiladi; bir tuyoqli hayvonlarda yonbosh ichakning uzunligi 30 sm ga etadi. Bu ichak o‘ng biqinida joylashadi va ko‘richakning kichik burmasiga orqa tomon yuqorisidan qo‘shiladi.
Jigar - hepar organizmdagi eng katta bez bo‘lib, ovqat hazm qilishda ishtirok etadigan murakkab organdir. Uning rangi qizil – qo‘ng‘ir, tuzilishi murakkab – naycha shaklda, tig‘iz konsistensiyali bo‘ladi.
Jigar organizmda juda muhim vazifa bajaradi: u o‘t ishlab chiqarish natijasida fermentlar ishini aktivlashtirib, yog‘larni suvda eriydigan holatga keltiradi; o‘t ta’sirida ichak harakati tezlashadi, ovqat yaxshi so‘riladi; jigar organizmning biologik bareri bo‘lib, ichak devoridan shimilgan zaharli moddalarni tozalaydi. O‘zida zapas oziq modda – glikogen saqlaydi, ayniqsa, homilaning qon aylanishida katta rol o‘ynaydi. SHuning uchun ham jigar qon aylanish sistemasiga chambarchas bog‘liq bo‘ladi; jigar qon deposi hisoblanadi, chunki unda doim 20 % ga yaqin qon saqlanadi.
Jigar qorin bo‘shlig‘ining o‘rta qismida, diafragma bilan oshqozon oralig‘ida joylashadi. Uning ikkita yuzasi, ya’ni oldingi qavariq, diafragmaga qaragan - facies diaphragmatica va orqaga bukilgan, oshqozon – ichak tomonga qaragan visseral yuzasi - facies visceralis bo‘ladi.
Hayvonlar jigari bir necha bo‘lakka: o‘ng bo‘lak - lobus hepatis dexter va chap bo‘lak - lobus hepatis sinistra ga bo‘linadi, bu bo‘laklarni uzunasiga o‘tgan o‘yiq bo‘lib turadi. Har ikkala bo‘lak o‘rtasida oraliq bo‘lak - lobus medius joylashadi. Jigarning chap bo‘lagi chuqur o‘yiq orqali kichikroq qism – chap o‘rta bo‘lakcha - lobus sinistra medialis va chap yon bo‘lakcha - lobus sinistra lateralis ga bo‘linadi. O‘rta bo‘lakchaning pastki qismida kvadrat bo‘lakcha - lobus caudatus hepatus va kichik dum bo‘lakchasi - processus caudatus hepatus bo‘ladi. Dum bo‘lakchasidan o‘ng bo‘lak tomon jigarning dum o‘simtasi - processus caudatus chiqadi. Bu o‘simtaga o‘ng bo‘lak yaqinlashib, buyrakning botiq joyi yoki yuzasi - impressio renalis ni hosil qiladi. Jigarning yuqori tomon cheti o‘tmas bo‘ladi, bu joyda keyingi kovak vena, uning chap tomonida qizilo‘ngach o‘tishi uchun o‘yiq - incisura hepatis oesophagea bor. YOn va pastki qismlarning cheti o‘tkir bo‘ladi. Orqa qismida o‘t pufagi - vesica felle joylashadi, u nok shaklida bo‘lib, jigarning visseral yuzasida osilib turadi. Bir tuyoqlilar va tuyalarda o‘t pufagi bo‘lmaydi. O‘t pufagiga jigardan doim o‘t tushib turadi. Qopqa venaning pastki tomonida umumiy jigar yo‘li - ductus hepaticus hosil bo‘ladi, o‘t pufagidan o‘t yo‘li - ductus cysticus boshlanadi, bu har ikkala yo‘l qo‘shilib, umumiy o‘t yo‘li - ductus cholidochus ni hosil qiladi. O‘t pufagi va o‘t yo‘lining devori shilimshiq, muskul va seroz pardalardan tuzilgan.
Jigarning deyarli o‘rtasida jigar qopqasi bo‘lib, unga qopqa vena – vena portae, undan bir oz yuqoriga jigar arteriyasi - a. hepatica kelib quyiladi. Jigarning ichki qismi bir necha bo‘lakchalar - lobuli hepaticae dan tuzilgan. Ular markaziy vena - vena centralis shoxchalarida joylashadi. Qopqa venaning oxirgi shoxchalari jigar bo‘lakchalarining orqasida joylashadi va bo‘lakchalar oralig‘i venasi - vena interlobularis s. hepaticus deb ataladi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar jigarining bo‘lakchalari uncha aniq bo‘lmaydi. Dum o‘simtasi va so‘rg‘ichsimon o‘simta bo‘ladi. Jigar bir nechta pay yordamida o‘z atrofidagi organlar bilan, masalan, jigar diafragma bilan qisqa tojsimon pay - ligamentum coronarium orqali birlashadi, uning davomi jigar bo‘laklarining o‘ng va chap uchburchak payi - lig. triangulare dextrum ef sinistrum ni hosil qiladi. Qisqa payga o‘rtoqsimon pay ham qo‘shiladi. Jigar orqa tomondan o‘ng buyrak - lig. hepatarenale, oshqozon - lig. hepatogastericum, o‘n ikki barmoq ichak - lig. hepato duodenale payi bilan birlashadi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning jigari o‘ng qovurg‘alar ostida VIII qovurg‘a orasidan boshlanib, oxirgi qovurg‘alar ro‘parasigacha, pastki tomonda esa X qovurg‘a ro‘parasida diafragma birlashgan joygacha etib boradi. Jigarning o‘roqsimon va yumaloq paylari bo‘lmaydi. Uning og‘irligi buqalarda 4,5 – 10 kg, sigirlarda 3,4 –9,2 kg, cho‘chqalarda 2,5 kg gacha, qorako‘l qo‘ylarda 725 g gacha bo‘ladi. CHo‘chqalarning jigari ham o‘ng qovurg‘alar ostida joylashadi. Uning orqa tomon yo‘li X – XIV qovurg‘alargacha etadi. Bir tuyoqlilar jigarining o‘ng bo‘lagi XVI qovurg‘agacha, chap bo‘lagi esa VII – XII qovurg‘alar ro‘parasigacha boradi, og‘irligi 1,5 kg dan 5 kg gacha bo‘ladi.
Oshqozon osti bezi - pancreas so‘lak beziga o‘xshash tuzilgan bo‘lib. ilgarigi olimlar uni qorin so‘lak bezi deb atashgan. 1901 yilda rus olimi L.V.Sobolev bu bezning funksiyasini aniqlagandan so‘ng bu ikki xil funksiya bajaruvchi, ya’ni tashqi sekretsiya va ichki sekretsiya bezi ekanligi ma’lum bo‘lgan, u insulin gormoni ishlab chiqaradi. Bu bez ko‘pchilik hayvonlarda ko‘kimtir – qizg‘ish yoki sariq – qizg‘ish rangda bo‘lib, jigarning ustrog‘ida, o‘n ikki barmoq ichakning S shaklli burmasida joylashadi. Bez o‘ng, o‘rta va chap bo‘limlarga bo‘linadi. Uning fermenti ba’zi hayvonlarda o‘t yo‘li bilan birgalikda, ba’zi hayvonlarda (qoramollarda) esa ayrim holda o‘n ikki barmoq ichakka ochiladi. Qo‘shimcha yo‘l ham bo‘lishi mumkin, u hamma vaqt ayrim holda bo‘ladi. Oshqozon osti bezi kavsh qaytaruvchi hayvonlarning XII ko‘krak va II – IV bel umurtqalari ro‘parasida, qisman, yo‘g‘on ichak labirintida joylashib, og‘irligi 350 – 500 g, qorako‘l qo‘ylarda 50 – 70 g bo‘ladi, cho‘chqalarda oxirgi ko‘krak umurtqalari va I – III bel umurtqasi ro‘parasida joylashib, og‘irligi 110 – 150 g bo‘ladi. Bir tuyoqlilarning oshqozon osti bezi bosh, o‘rta hamda dum qismlarga bo‘linadi va oshqozon, taloq, chap buyrak oralig‘ida joylashadi. Bezning bosh qismi o‘ng buyrakka borib taqaladi, og‘irligi 250 – 350 g gacha bo‘ladi.

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish