Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
90
ko‘rsatib, doim yuzidagi soqolini tarashlab yuradi. U doim bid’at bilan shug‘ullangani uchun soqoli ham 
tagidan qirqib tashlashga loyiq.
U zulm o‘qini uchirganda, o‘qning uchini o‘z yuzi bilan egovlaydi. Ikki mo‘ylabining qillari har 
tomonga g‘ulu soladi; undan orzu-havas qushlariga tuzoq yasash mumkin. Og‘zi teskari so‘zdan 
boshqani demaydi; turgan-bitgani odamlarga ta’na va lofdan iborat. Uning yuzini to‘sib turgan soqoli 
olingach, basharasi nuqul bujurdan iborat ekani ko‘rinib qoladi.
Uning boshidagi jig‘asi jilva qilib turarkan, pati uning kallasidan dinni uchirishga xizmat etadi. Bu 
jig‘a unga la’nati iblisdan qolgan bo‘lsa ham uni Jabrail qanoti deb ataydi. Undagi patlar boyqushning 
boshidan sug‘urib olinganu, nomini «tovusning toji», deb atashadi. Sallasining uchi bo‘yniga tegib 
turibdi; yo‘q, tegib turgani yo‘q, yurgan sari gardaniga urilib turibdi. Bo‘rkining uchini ichkarisiga bukib 
qo‘ygan; u hirsu havo qushlariga uyadir.
To‘ni ipakdan bo‘lmasa,. ko‘ngli g‘amgin; xitoy matoidan bo‘lmasa, qoshl chimirilgan. Yuz 
dastro‘molchasining ham zarbofdan bo‘lishini istaydi; uning chetlariga tilla suvi bilan xajv bitish kerak. 
Oddiy ipakdan hatto libos tiktirmaydi; bunday matodan to‘n emas, ko‘rpa qildiradi. Orzu-havas deb 
yupqa bo‘zdan ko‘ylak tiktiradi; yupqaligi pashshaning qanotiga o‘xshaydi. Pashshaning qanoti ham 
emas, xuddi shabnamday; ich ko‘ylagi ham yupqa ipdan. Beliga boylangan belbog‘ining iplari ham 
zardan. Chiroyli bo‘lsin deb ichidan ham shunaqa belbog‘ boylab olgan.
Ro‘moli ham zar tikilgan ipakdan; tikuvchi unga o‘zjonini qo‘shib tikkan. To‘nining ustidan oltin 
chiziqlar tortilgan; hatto etigining na’li ham zarxallangan. Otining ustiga urgan egari zarlangan; hatto 
uning yuganiga ham gavharlar qadalgan. Ko‘ngli yengsiz ajoyib-g‘aroyib chakmon kiyishni istab, 
rangini qizil qilib, dolu guliga qo‘yib tiktirgan.
Shunchadan-shuncha oliftagarchiliklar bilan, oliftagarchilik emas, qabohatlar bilan dev jamolini 
paridek yasatadi; tikanni yangi ochilgan gulbarglar bilan bezaydi. Go‘zal ra’no kabi jilva qilib, qizil yuzli 
mahbubadek boda ichadi. Boda miyasiga ta’sir etgandan keyin tinimsiz bema’ni gaplarni gapira 
boshladi.
Uning oldida bir qancha iflos va buzuqlar yuradi. Ularning birontasida na aql bor, na idrok, na xis. 
Ular gulxan atrofidagi yuzlarcha haromxo‘r zog‘larga yoki zog‘ atrofidagi o‘limtikxo‘rlarga 
o‘xshaydilar. U gapga tushunadigandek, xadeb unga gap uqtirishadi; hisobsiz, o‘lchovsiz xushomadlar 
qilishadi. U g‘avg‘o qiladi, atrofidagilar baqirib-chaqirishadi, go‘yo o‘zi o‘rtada devu atrofida shayton 
to‘dasi. Biri uni «Begim!» degan, boshqasi «Mirzo!» degan; xulqini yaxshi deb, husnini chiroyli deb 
maqtagan.
Ularga buncha rasvolik yetmaganday, ichkiliksiz bir nafas ham tura olmaydilar. Ichkilik unga 
ilonning zahariday zarur; ovqat o‘rniga ilonning go‘shtini ham yeyaberadi. Yeyish-ichishi hammasi 
harom-harish; shu xil yeyish-ichish bilan o‘zini parvarish qiladi.
Ikki piyola mayni to‘latib ichib olgandan keyin, lof urib, har damda bir dushman safini 
parchalayotgan bo‘ladi. U go‘yo tog‘u, ayovsiz qilich chopmoqda; qilichi oyning temir qalpog‘iga harn 
borib tegmoqda; gurzisi Bahromning boshini yanchmoqda; nayzasi uning gavdasiga sanchilmoqda; 
uning oldida filning pashshacha kuch-qudrati yo‘q. Ajdaho esa uning ko‘ziga bir ola-bula chilvir.
Uning folbinlik kitobi oldida yo‘lbars oddiy bir suv qurti-yu, nahang oddiy bir ilon; momaqaldiroq 
uning o‘z bazmida chalinayotgan nog‘ora ovozi-yu, chaqmoq kabobining o‘tidan sachragan uchqun.
Bu zolimning zulm va shafqatsizligi shunchaki, buncha zulm va shafqatsizlikni kishi kofirlarda ham 
ko‘rmagan. U shundog‘ki, namozga bosh egmaydi; Xudoga yolborish xayolida ham yo‘q. Unga butun 
mamlakat, sipoh, hatto podshoh minnatdorchilik bildirishini xohlaydi. U yolg‘iz shohga deb o‘ylama, 
butun borliqqa minnat qiladi. U bechora shohga qancha yolg‘onlarni gapirib, go‘yo unga toju taxtni men 
olib berganman, demoqchi bo‘ladi.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish