www.ziyouz.com
кутубхонаси
87
tarog‘idagi ohordek, balki qarg‘a patidagi iflosdek, qusuq uningsoqolini obdanharom qiladi. It esa yalab,
uni yana tozalab qo‘yadi.
Mastlik uyqusi tarqagandan keyin, ko‘zini ochib, yana ichishga beriladi. Boshidagi sallasini ham
topa olmay qoladi. Belidagi pulini ham yo‘qotadi. O‘likdan kafanini shilib olganday, to‘nini ham
yo‘lto‘sarlar yechib olishgan. Yo‘lda pichog‘ini ham olishib, qinining o‘zini qoldirishgan; kavushining
ham bittasi bor, ikkinchisi tushib qolgan. To‘nining
129
etagi balchiq, oldi xo‘l, oldi xo‘lu, ammo oldida
ko‘l ham paydo bo‘lgan.
U o‘z uyini qancha qidirmasin, shu uzun ko‘chadan boshqa uyni topa olmaydi. Vujudiga titroq kelib,
qaltiratadi; og‘zida hech ta’m yo‘q, bemaza. Qo‘lini maxkam qo‘ltig‘iga tiqib, qancha qidirsa ham
uyining yo‘lini topa olmaydi. To‘nini o‘g‘ri yechib olgani yetmaganday, qolgan hamma narsalarini
ko‘cha qorovuli tortib oladi. Tushunsang, bu o‘q tekkan odamni tuzatish uchun uning yarasini kesib,
ichidan o‘qni sug‘urib olganga o‘xshaydi. Boshi aylanib, ko‘ngli ham ozib, qulog‘ini yejkasiga qo‘yib
berkitishga harakat qiladi.
Shu xilua u har tomonga borib-kelib, qara, ne shakl, ne qiyofaga kirdi! Unga ichish ham bir bo‘ldi,
shuncha azob-uqubat tortish ham. Buni xumor dema, yuz balo degin: ular hammasi bir bo‘lib, uni o‘ziga
mubtalo qilgan. Uning o‘ziga o‘zi qasd qilishini tomosha qil; o‘z joniga o‘zi zulm qilishiga bir qara.
Bular o‘zi hammasi biri biridan qiziq ishlar... Bundan ham qizig‘i yana shuki, u o‘zining bu ishlarini
oddiy mastlik, shunchaki bir rindlik, qalandarlik, beboshlik deb xayol qiladi. Bu ishlarning hech biri
ko‘ngliga og‘ir botmaydi; xijolat tortib, o‘lmaydi ham. Shuncha qabohat unga ta’sir etmaydi; bu
qabohatlarning hammasini joyiz deb biladi.
Ha, shum kampirning qizi qancha xunuk bo‘lsa ham, uning ko‘ziga behishtdagi hur bo‘lib ko‘rinadi.
Qobiliyatsiz shoirga: «Nima deyapti?» deb yurma deyman. Nima be’mani gap gapirsa, uning o‘ziga senr
bo‘lib tuyuiadi. It qozondagi oshga tilini tekkizgani uchun yuz qoralik belgisi sifatida yuzi qizil bo‘ldi.
Kimki odam o‘ldirib, jallod nomini olgan bo‘lsa, u o‘z o‘g‘lini o‘ldirsa ham xursand bo‘la beradi.
Go‘ngning isidan ko‘ngli ochilmasa, qora qo‘ng‘iz uni yumalatib yurmas edi. Kimki ko‘mir sotishni
bo‘yniga olgan bo‘lsa, yuzi qora bo‘lganidan or qilmaydi. Boyqush obod yerlarda xafa bo‘lib o‘ltiradi;
vayrona burchaklarda esa tovusdek tovlanadi. May inson tanasini xarob qilsa, ajablanish kerakmi? Sel
uylarni buzib olib ketsa, hayron bo‘lishga o‘rin yo‘q!
Sel uylarni yiqitib, odamlarni bevatan qiladi; sel balo seli bo‘lib, uylar vayrona bo‘lsa, odamni mast
qilib yiqitish ichkilikning xususiyatidir. Uning jism uyiga u, bilki, balo selidir. Uni jism uyi dema, jon
uyi de, jon uyi ham dema, imon uyi de. Har tomondan tug‘yon qilib kelgan selga shoh uyi ham bir,
darvesh uyi ham.
Kim bemazalik qilib bodani icha bersa, uning aql chirog‘i xiralashadi. Agar chiroqning alangasiga
bir qatra suv tomsa, uyda yorugiik bo‘lishidan qo‘lingni yuvasan. Aql chirog‘i qanday chiroqki, kishi
kechasiyu kunduzi uning ustidan may suvini jom-jom quyadi. Mash’alning aylanasi ustiga ham bir kosa
suv quysang, u o‘chadi. Mana, chiroqning ahvoli. Suv bilan mash’alning o‘ti ham xiralashadi;
mash’alning o‘ti u yoqda tursin, manqalning o‘ti ham. Manqalni qo‘y, ko‘ra bo‘ladimi, tandir bo‘ladimi,
baribir, unga suv tekkandan keyin, unda na issiq qoladi, na nur. Majusiy o‘txonaga suv quysa bir nafasda
sandal daraxtining o‘tini obnusga aylanadi.
Kimki shu suvdan o‘ziga xursandchilik xosil qilmoqchi bo‘lsa, uning uyini qorong‘ilik bossa ajab
emas. Demak, uni suv dema, u shunaqangi bir o‘tki, yetti osmon xirmonini kuydiradi. Osmonni
kuydirishga qodir bo‘lgan bu shu’la xas-xashakka tushsa, undan nima qoladi?
129
Бундaн бир бaйт oлдиндa шoир мaстнинг тўнини йўлтўсaрлaр ечиб oлгaнини aйтгaн эди. Aфтидaн, шoир унинг икки
қaбaт тўн кийгaнини кўздa тутaётгaн бўлсa кeрaк.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |