www.ziyouz.com
кутубхонаси
84
nikohini maxkamlash vaqti kelganda, to‘y oldi qaliniga jonining javharini so‘rattiradi. Hozir to‘y oldi
qalini uchun jonini so‘ratgan bo‘lsa, ertasiga to‘ydan keyingi qalin uchun imonini talab qiladi. Ra’nodek
go‘zal mahbuba uning yordami bilan oshig‘ini o‘ziga ibodat qilishgacha olib keladi. Uning shunday
o‘zini past tutishini, kamtarligini ko‘rib, endi unga pul ham da’vo qila boshlaydi. To‘y oldi qaliniga
jonini so‘rab, keyingi maxrga imonini talab qilib, jonini, imonini olgandan keyin esa, bu dunyo uyidan
uni surgun qiladi. Uni bu uydan chiqarib, boshqani kiritadi, yana boshqa bir begona odamni o‘ziniki
qiladi. Unisiga vafoni tark etgan edi. Bunisiga ham o‘sha jafolarni ko‘rsata boshlaydi.
Qizig‘i shuki, bundaylarning yuzi kelib mingi ketadi; mingtasi ketgandan keyin yuz mingtasi keladi.
Kelish-ketish ishlari shu xilda tuzilgan bo‘lib, hayot - bazmga kelib-ketishday bir gap. Zamonning ishi
shu xilda qurilgan bo‘lib, evoh, u doim aylanib turadi. Azaldan oxirigacha shu xol bo‘lib, keluvchilarning
ham, ketuvchilarning ham son-sanog‘i yo‘q. Ularning yuzi bo‘lsa ham, mingi bo‘lsa ham, falak ularni
yo‘q qiladi. Uning jafolaridan oh, yuz ming oh!
Falak aylanganda ikki chiziq xosil qilib, bu mintaqa va muaddil chiziqlari ikki belbog‘day uning
beliga boylangan. Shuni ko‘riboq odamlar uning nima maqsadda belining ikki yeridan boylanganini
tushunadi. Uning aylanishidan xosil bo‘lgan kunduz ham, kechasi ham tunu kun goh pastga tushadi, goh
tepaga chiqadi.
Bu mashaqqatdan quyoshning yuzi sarg‘aygan; hatto yangi oy ham o‘zidan ketib,/bexud. Uning
yetkazgan g‘amidan tong to‘nini yirtgan, shorn ham motam libosida. Issig‘ini ko‘targani uchun o‘t
oromsiz, yelni yugurtirgani sababli xor-zor. Suv ham uning dag‘dag‘asidan jahongashta; qattiq shamoli
tuprog‘ni changga aylantirgan. Uning qasd qilishi natijasida dengiz zahar rangida, zahar ta’siri uni
qayg‘uga solgan.
Uning zulmi bilan konning baxti qora; go‘yoki ichi laxta-laxta qon bog‘laganday. Durga u shuncha
ko‘p zulmlar qildiki, o‘z ahvoliga to‘kilgan bir qatra yoshday bo‘lib qoldi. Uning nayzasi la’lga shunday
ochiq urildiki, natijada yarasidan bir qatra qon chiqardi. Uning g‘amidan bulut ahvoli ham chatoq; go‘yo
o‘z dardiga bir qora oh chiqarganday. Undan chashma ham dushmanlik ko‘rib, bir ko‘z bo‘lib qolgan,
o‘z ahvoliga qayg‘urib ko‘z yoshi to‘kadi.
Bulbul uning xasratidan fig‘onda, gul to‘ni shu tufayli yuz yeridan chok. Lolada ham yangi dog‘lar
paydo bo‘lgan; ko‘z yoshlari esa u dog‘larni qonga bo‘yagan. Shishaning ko‘zidan qonini oqizib,
mayining o‘tidan odamlarning jonini kuydiradi. Garchi u kishilarning joniga o‘t solsa ham, shu o‘tini
ham hammadan baribir qaytib oladi. Shunga qaramay falak hammaga o‘zini do‘st tutib, o‘zini
odamlarning ahvoliga g‘amxo‘r qilib ko‘rsatadi. Bir necha kun odamlarga xursandchilik bag‘ishlab, bir
necha kun ularning xojatini ravo qiladi. Birovni mansabda Qorun darajasiga, birovni martabada Faridun
darajasiga ko‘taradi. Uning bu ishlarida ham bir-biriga muvofiqlik yo‘q; mingdan bir ishi taxsinga loyiq
emas.
Shunday fikr qilginki, bu pastkash charxning aylanishi xuddi g‘alvirning aylanishiga o‘xshaydi.
Olamdagi odamlar, xoh yaxshi bo‘lsin, xoh yomon, hammasiga shu chanbar orasidan joy beradi.
Odamlarni u shu ahvolga solib, o‘z g‘alvirini elagani elagan. Yaxshini yomondan, pokni nopokdan
ajratadi. Yaxshisini pastidan ayirgandan keyin ikkovini bir martabada qoldirmaydi. Qaysi biri ko‘proq
pastkash bo‘lsa, o‘shani o‘z marhamatiga olib, ko‘proq boy qildi. Durni oddiy kaxrabodan farq
etmasdan, durga aloqasi yo‘q narsalar bilan durlarni ko‘mib yubordi. Jahon gulshanida nargis kabi
kaltabin, nodonlar bor edi, ularning bazmlariga xursandchilik bag‘ishlab, kumush tabaqlarda oltin
qadahlar uzatdi. Tabiati pokiza, behisht gulzorining bezagi deb tushunilgan gulni esa, balo tikanlariga
mubtalo qilib, uzdi, sovurdi, yo‘qotdi. Rindlar may idishiga g‘ilof qiladigan terini xo‘tan mushkini
saqlaydigan idishga aylantirdi. Qayerda rangdor yaman terisini ko‘rsa, yuz joyidan qirqib, undan o‘qqa
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |