Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
81
Xizrni ko‘rmay o‘tib ketadi. Kiyimining zumrad rangi unga zaharli ilon bo‘lib tuyuladi. Quyosh 
yorug‘lik berib, nur sochib turadi. Ko‘rshapalak buni ko‘rmasa, kim aybdor?! Tashna elni suv o‘limdan 
saqlab qoladi; o‘tga tekkan zamon esa uni o‘chiradi.
Jinning joyi biyobondir. Gulshan esa uning ko‘ziga zindon bo‘lib ko‘rinadi. Quyoshning javhari pok 
yaratilgani uchun bulut uning nurini to‘sishga intilsa nima deysan. Porlab turgan gavhar sopol idishning 
ostiga tushsa, bundan uning qimmatiga putur yetarmidi. Arabdan chiqqan payg‘ambar butun borliqni 
yoritti. Abu Lahab yuzini qora qilib nima qilardi
128
.
Ey payg‘ambar so‘zi bilangina shod inson, elga zarar yetkazish xavfidan sen doim ozodsen. Xudo 
osmon toqini yaratganida uning ichida bu o‘tkinchi dunyoni ham yaratdi. Davr gulshaniga zebu savlat 
berib, uning har bir gulini quyosh yorita boshladi. Bu charrianni Xudo yaratayotgan chog‘da uning asosiy 
maqsadi inson gulini yaratish edi. Inson jamoasidagi eng komil odam mashaqqat yukini eng ko‘p 
ko‘targan odamdir. Kamolot qozongan odamlarning ham eng komili elchilar podshosi Muhammad 
payg‘ambar edi. Payg‘ambarlik quyoshi bilan bu kamolotini, kamolot avjidagi bu ulug‘vorligini sening 
kechangni yoritish uchun chiroq qildi, sening shonsharafingga esa maddohlik etdi. Naf yetkazishni u 
o‘ziga asosiy o‘lchoy qildi. Ko‘rki, bu o‘lchov seni odamlarning eng yaxshisiga aylantirdi. Har tasbeh 
o‘girilganda, unga sanoxonlik qilardi; u endi senga maddoh va sanoxon bo‘ldi.
Sen shunday buyuk martabaning qadrini bil, shunday ulug‘ darajaning shukrini qil. Shukr nimasi? 
Naf yetkazishni orttir, xayru saxovat kamarini uzun qil. O‘zingda ko‘p bo‘lsa, in’om ber: ko‘p bo‘lmasa, 
oz berishdan or qilma. Agar qo‘l bilan berib xayr qilish iloji bo‘lmasa, til bilan ham naf yetkazish 
mumkin. Odamni bir og‘iz yaxshi so‘z bilan xursand qilish kerak boigan vaqtda unga xazina bersang 
ham u qaramaydi. So‘z bilan el o‘limdan najot topadi; so‘z bilan o‘lik tan qayta tiriladi. So‘z bilan 
dinsizlar musulmon bo‘ladi; so‘z bilan hayvon deganing insonga aylanishi mumkin. Bir so‘z bilan 
qancha balolar daf bo‘ladi; qancha boylik sochsang ham bunday nafga yetishmaydi. Insonga xos konning 
gavhari, bu -so‘zdir; odamzod gulshanining mevasi ham shu so‘zdir.
Kishilarning so‘z bilan naf yetkazish qo‘lidan kelmasa, loaqal ko‘nglidagi andeshasi yaxshi bo‘lishi 
kerak. Ko‘ngli odamlarning xursandligidan xursand bo‘lkxi lozim; ularning ko‘ngli noxush bo‘lsa, 
tashvishiga sherik bo‘lish kerak. Kimning xalq g‘amidan g‘ami bo‘lmasa, haqiqiy odam bo‘lsang, uni 
odam dema. Birovning o‘limidan sevingan odam yo go‘rkov, yo yuvg‘uvchi, yoki jallod bo‘ladi. 
Ularning qaysi birini tasavvur etsang ham, tabiating nafrat bilan to‘ladi. Lekin birov senga yaxshilik 
qilmoqchi bo‘lsa, so‘z bilan senga jon bag‘ishlamoqchi bo‘lsa-yu, lekin gap bilan buni ifodalay olmasa, 
yaxshilikni tilga olganining o‘zi kishi tab’iga osoyish bag‘ishlaydi.
Xudo seni shunday nodir qilib, dunyodagi odamlarga naf keltiruvchi qilib yaratdi. Kimki uning shu 
amriga mansub bo‘lsa, barcha kishilar ko‘ngliga ham yoqqan bo‘ladi. Ikki dunyoning taxti bilan toji bir 
tomonu bu bir tomon, bilib qo‘y!
Bu sifatdan yaxshi sifatni topish qiyin. Lekin bundan ham yaxshi bir ish bor. Bu -birovga bir narsa 
berib, undan olishni odat qilmaslik; naf keltirishu, lekin birovdan naf qidirmaslik; berish ishini doim 
xotirda saqlab, berib, bir narsa olishni o‘ylamaslik. Bulut topganini xalqning ustidan sochdi. Shuning 
uchun Xudo uni osmonga xo‘jayin qilib qo‘ydi. Chumoli odamlar sochgan narsani terishga odatlangani 
uchun uning ishi tiriklay go‘rga kirish bo‘ldi. Gul o‘zining kumush gulbarglarini odamlar ustidan 
sochgani uchun Xudo unga yangidanyangi barg, g‘uncha ato qiladi. U sochgan narsani shamol olib 
yiqqani uchun doim darbadar bo‘lib, xoru zor. Shisha ham o‘zidagi gulobni odamlar yuziga sepgani 
uchun uni avaylab tokchaning ustida saqlashadi. Supurgining odati ham yig‘ish, to‘plash bo‘lib, uning 
eshik orqasida xor-zor bo‘lib yotishi bunga bir dalildir. Sanamlarning zulflari doim mushk tarqatib 
128
«Aрaбдaн чиққaн пaйғaмбaр» - Муҳaммaд кўздa тутилaди; Aбу Лaхaб эсa унинг динигa кирмaгaн, унгa қaршилик 
кўрсaтгaн кишидир.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish