Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
83
Soqiy, gunohimdan o‘tib, qoiimdan tutki, jonim og‘zimga kelib, chiqay deb turibdi. Tez bo‘l, bir 
qadah bilan menga kushoyish ber. Umrim Nuh umricha bo‘lmasa ham, sabrda Ayyubcha borman.
XLVIII O‘N TO‘RTINChI MAQOLAT
 
 
Osmon tuzilishidan shikoyat; uning har biri bir quti bo‘lib, har yulduzi pok bir gavhar bo‘lib 
ko‘rinadi, ammo u shunday bir kuticha hamki, unga zahar, zahar bo‘lganda ham o‘ldiradigan zahar 
solingan; jahon ko‘g‘irchog‘i haqida kinoyaki, u chiroyli va kelishgan sho‘x bir jononga 
o‘xshab ko‘rinadi, ammo o‘zi shunday qariyaki, ishi makr va ko‘zbo‘yamachilik, ko‘zbo‘yamachiligi 
esa haddan ortiqdir; u marvarid qutisining zararini yozish uchun kalamning tili lol: bu qariyaning 
turgan-bitgani zavoldir 
Ey ko‘ngul, bu charx qo‘g‘irchoqboz chiqdi-ku! Ey ko‘ngul, uning nayrangbozligidan ranjima. 
Uning nayranglari har qanday taxmin va gumondan ortiq. Nayrangidan ham afsunlari ko‘p.
Charx shunday xiyla va nayranglar ko‘rsatadiki, go‘yo u ko‘k xirqa kiyib, tos o‘ynayotganday. 
Yulduzlar uning kiyimidagi jiyaklardan nishon; Somon yo‘li esa ustidagi parcha-parcha yamoq.
U quyoshni mash’al qilib, aylangani aylangan; tosidagi o‘tni xirqasi bilan yashirib olgan. U o‘tni o‘z 
kiyimi orasidan o‘tkazadi; tong yoqasidan o‘t chiqarib ko‘rsatadi. To‘g‘rirog‘i, tong kulish uchun og‘zini 
ochib, xiyla bilan og‘zidan o‘tlar sochadi. Shunday bo‘ladiki, u o‘tning uchqunlari osmon xirqasi bo‘ylab 
hammayoqqa sochiladi.
Qo‘g‘irchoqboz kabi bu xiylagar osmon o‘z nayrangbozlik chodiridan ming xil suratlar ko‘rsatadi. 
U mixsiz, ustunsiz chodir tikadi; chodirning ko‘rinishini doira shaklida qiladi. Unda yulduzlar jilvagar 
bo‘lib, kumush badani bilan yuz xil o‘yinlar namoyish etadi. U buncha kumushrang o‘yinchoqlar yasab 
chiqararkan, maqsadi xalqqa xiyla-nayrang yedirishdir. Yo‘q, u parixpndek tanani ikkiga bo‘lib qo‘ya 
qolmadi; tig‘i yangi oyga, qoni esa uning atrofidagi shafaqqa o‘xshaydi. Uning yulduzlari bunday 
parixonlik qilish bilan atrofiga yuz ming parini yig‘ib olgan.
Yo‘q, uni parixon dema, u bir qarigan shum kampirdir. Qaddi ham ayyorlik sifatini ko‘rsatish uchun 
bukilgan. Uning ko‘z yoshlari xiyla yulduzlaridir. Yolg‘ondakam tongning oqargani - uning boshidir. 
Nayrang bilan u el qonini to‘kadi; aldov bilan jonini oladi. Podshohlarni o‘ldirishga, Xusravnigina emas, 
Farhodni o‘ldirishga ham aqli tez ishlaydi.
Masalan, yer yuzidagi bir kelinni u tomosha qilib, makr bilan unga pardozchiligini izhor etadi. 
Qo‘ynida pardozchiligining belgisi oq tong upasiyu quyosh oinasidir. Tong nafasi yangi ochilgan gulni 
yasatganday, u sho‘x go‘zalni yasatadi. Yuziga gul bilan elik tortib, egniga sunbul kokillarini taraydi. 
Lola bilan chehrasini qizil qiladi; lola dog‘ini esa chehrasiga xol qilib qo‘yadi. Yashil rang bilan qoshiga 
o‘sma tortadi; shabnamni boshiga ro‘mol qilib yopadi. Sarvdan qoiiga surat tutqizadi; suvdan esa unga’ 
oina yasaydi. Og‘zini g‘unchaning orasiga pinxon etib, so‘zlaganda shu g‘unchani kuldiradi. Chiroyli 
nargisdan unga ko‘z qilib, safsar ra’no tilidan so‘zlatadi. Uning nargis ko‘zlariga noz va karashmani 
o‘rgatadi; g‘amza o‘rniga o‘ynoqilikdan ta’lim beradi. Uni jannatning bog‘idek bezatadi; jannatning 
bog‘i emas, Chin qo‘g‘irchog‘idek yasatadi. Xalq orasida uning zeboligini jilva qildirib, hamma tomonga 
ra’noligini namoyon qiladi. Buncha afsunni unda aks ettirar ekan, buni xalq unga giriftor bo‘lishi uchun 
qiladi. Toki, uni har kim ko‘rganda zor bo‘lib, ishqining sirtmog‘iga mubtalo bo‘lsin.
Rustamdek bir azamat u makkor qariyani uchratib, o‘sha go‘zalga yetishish orzusida g‘amga asir 
bo‘lganini izhor etdi, deylik. Qariya o‘rtada qo‘shmachilik qilib, qo£shmachilik dema, makrxiyla 
ko‘rsatib, shunday yashirin sehrgarliklarni namoyish qiladiki, natijada ikki toqni juftlashtiradi. Ularning 


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish