www.ziyouz.com
кутубхонаси
91
Menga yuz ming beribdi. Yuz, ikki yuz ming menga loyiqmi? Yuz kishining rashki keladigan
askarim, ming yigitim otlanadigan o‘lkalarim bo‘lishi kerakmasmi? Agar mening ahvolim shunaqa
yomon bo‘laveradigan bo‘lsa, bu shoh bo‘lmasa, boshqa mamlakat, boshqa shoh topganim bo‘lsin! - deb
u ta’na ham qiladi. U qancha qichqirib, bexuda gaplarni gapiradi. Odamlari ham har tomonda uni
quvvatlab turishadi.
Buncha manmanlik, kibr-havo unda sitamgar nafsi tufayli yuz bergan. Uning uchun urush boisa,
osmon yuzi qora chang bilan qoplansa, ikki taraf bir-biriga qarshi o‘tkir qilichlarini yalang‘och-lasa,
jahon xalqi orasida g‘avg‘o ko‘tarilsa, uning tig‘i odamlarning yuragini yorsa-, dushmanning boshini
gurzisiga g‘ilof qilsa, yigitlarning ishi o‘z xunarini namoyish qilsa.
U ham bu ishlarga qo‘l urgan bo‘ladi. Lekin undagi necha ming odamlar ham bir bo‘lsa-yu, bu ham
bir bo‘lsa. Ozu ko‘pni beradigan Tangri bo‘lgandan keyin, zafarni kimga bersa ham Xudo beradi.
Shohning Xudoga niyati to‘g‘ri ekan, nega endi u odamlarning va sipohning minnatini ko‘tarishi kerak?
Xullaski, bir johil, pastkash, yaramas, o‘ziga yuqori amal istab, shuncha tirishqoqlik ko‘rsatadi. Agar
shoh uning minnatiga iltifot ko‘rsatsa, Xudoning marhamati haqi, unga yuz ming uyatdir. Bir kishi yuz
ming kishilik safda turgan bo‘lsa, Rustami Doston bo‘lsa ham, u hamma bilan tengdir. Bir odam ikkita
Rustamning ishini qilganda ham bir kishi oxir-oqibat bir kishidir.
Ey takabburlik natijasida xarob bo‘lgan odam, yolg‘on tasavvurlar seni kibr yo‘liga soldi. Gev bilan
Rustamni
130
yengsang ham, haqiqiy mardlikni egallagan bo‘lsang ham, bunday tasavvur va o‘ylarni,
nafsu havoga oid nima bo‘lsa, hammasini ko‘nglung uyidan chiqarib tashla, hatto fano o‘tida kuydirib
tashla!..
Shariatga xilof nimaiki bo‘lsa, u eng toza sharbat bo‘lgan taqdirda ham, uni sen to‘kib tashlamog‘ing
zarur.
Hirs va havas to‘nini yirtib tashlab, tanni Allohga rozilik chashmasida pok etib, egningga dinimiz
yoiidagi kiyimni tashlab, ustingga esa jangchilik libosini kiygaysen.
O‘zingni g‘azavot urushiga shay qilib, belingni jangga mustahkam tutmog‘ing kerak.
Agar sening ko‘nglingda himmating boisa, asl zotingda jur’at bilan do‘st bo‘lsang, Haq yoiiga
boshingni tikib, jon cheksang, imkoning boricha qiyinchilikni torta bilsang, Tangri uchun qoningni to‘ka
olsang, o‘z joning ustiga Uning minnatini, yaxshiligini qo‘ygan boiasan.
Ey, bu saodatga yetishgan kimsa, bu xol sendagi shahodatga erishish imkoni demakdir.
Tur-da, bu yoini bosib o‘tishda niardonalik ko‘rsat! Joning yuzta boiganda ham shukronalik qil!
Jisming to‘shi shu yo‘rtishda marraga yetishar ekan, buni sen baxt gulshanining qushi, deb, joningga ajal
paykonlarining yog‘ilishini esa rahmat bulutidan yog‘gan yog‘in deb bil.
U agar seni oidirish uchun tig‘ tortsa, buning mohiyatini karam dengizining mavji deb bil. Agar
ko‘zingga g‘ubor kirsa, unga kechirimlikning surmasi sifatida qara. O‘lim shamolidan senda qo‘rqinch
paydo boisa, uni Iso nafasidan esgan bir shabada deb hisobla.
Tanangga tig‘ oiim eshigini ochsa, buni ruhing uchun jannat yoii deb bil. Alloh yoiida to‘kilgan
qonning bir qatrasi jannat gulidan dalildir.
Din yoiida badan qonga bo‘yalgan ekan, bu unga bezakdor gulgun kafan o‘rnidadir. Kimki din yoiida
jang qilar ekan, bu yoida yuziga to‘kilgan qizil qoni bunga guvohdir. U qilgan gunohning tutunlari
qancha qora bo‘lmasin, shahid urgan ohlar, bil, uni qora bulutni bog‘dagi shamol, bulutni to‘fon yeli olib
kelgani kabi surib ketadi. - Gunoh kechasi garchi doimiy bo‘lsa-da, shahidlik tig‘i uni yoritish uchun
Quyosh kabidir.
130
Гeв, Рустaм - қaдим Эрoн қaҳрaмoнлик дoстoни қaҳрaмoнлaри нoтни. Улaр-Фирдaвсий «Шoҳнoмa»сидa ҳaм
тaсвирлaнгaн.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |