Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
www.ziyouz.com
кутубхонаси
93
Kimki bu maydonga kirib kelar ekan, o‘zidan o‘zi o‘z qoniga belanishga majbur edi. Shu ravishda u
bir qancha musulmonlarni shahid qildi. (Islomiy) din qo‘shini umidsizlikka tusha boshladi.
Shu damda safning bir uchini surib tashlab, bir dovyurak pahlavon kiyikning payiga tushgan sherdek
maydonga kirib keldi. Quyosh ko‘kning temir qalqoniga g‘arq bo‘lgani kabi u ham tig‘idan chaqmoq
chaqqandek nur sochib, yuzini niqob bilan berkitib ishq o‘ti oshiqni yashirincha kuydirgandek bo‘ldi. U
qaxr bilan kofirga yetishgan
zomoniyoq darxol hamla qilib, shu ondayoq ularni yiqita boshladi. Shu
yo‘sinda ularni do‘zaxga jo‘natar ekan, bu qo‘yni so‘yib, oshxonaga yuborayotgandek edi.
U kelgan yo‘li bilan qaytib kelar ekan, u xuddi kaklik yurishidek qilib qadam bosib kelardi. Din
qo‘shinlari saflarida jonlanish, qaynash boshlanib, har tomondan takbir aytayotganlaming qichqiriqlari
eshitila boshlandi. Dushmanning
hurmati xorlikka uchrab, kofirlar bayrog‘i quyiga egildi.
Gʻolib esa o‘zini ma’lum qilmadi. Shunday bo‘lgach, uning kimligini ham hech kim bilolmay qoldi.
Meni uni bilishga bo‘lgan
ishtiyoq qiynab, hamma yoqni aylandim va topdim. Tig‘i
ham uning
yelkasida osig‘liq, yuzidagi niqobi ham joyida edi. Men unga dedim: «Ey g‘alaba yo‘ldoshi bo‘lgan
g‘oziy! Tig‘ingga ham, zarbingga ham ming ofarin! Yuzingni ko‘rish przusida o‘lishga tayyorman.
Tangrining rizoligi haqi, niqobingni och!»
Tangrining otini eshitganidan keyin yuzidan pardani olib tashladi. Izzatu sharaf tojiga munosib uning
boshi namoyon bo‘ldi, bu butun dunyoning xalqining oldi - Ibn Muborak edi.
Otining oyog‘iga peshonamni qo‘yib dedim: «Ey nurli shariatning g‘olibi! Jahon ahli seni ko‘rish
uchun jonlarini fido qilmoqda. Nima uchun yuzingni berkitmoqdasan? Yopinchiq pardani yuzingdan
yo‘qot! Safga suril, o‘zingni elga tanit!» Hasan dedi:
- Ortiqcha jiddi jahd qilma! Men Uning ishqida jihod qildim. U barcha ahvolimdan ogoh bo‘lib,
qanday qadam bossam, U menga hamrohdir. (Siz emas), agar U meni tanisa, mening maqsadim ham
shudir. Tanimasa, nima qilgan bo‘lsam, olam eli foydasigadir! Har bir odam tilagini yordan tilar ekan,
yor raqiblardan mahfiy ravishda ish ko‘rishi kerak. Lekin (din uchun) jang vaqtida bu kichik masala
bo‘lib, nafs bilan jang qilgan ulug‘roqdir. Navoiy nafsining kofiri bilan (din yo‘lida) g‘azavot qilar ekan,
Tangri uni mukofotlayajak.
Soqiy, menga el jonidek qadahni olib kel, toki men uni dinimiz dushmanining qonidek simiray!
(Din yo‘lida) g‘oziy bo‘lgan podsho kafidan (xurmodan tayyorlangan)
sharobdan ber,
uni ichish
bilan o‘zimni shahid qilay!
Do'stlaringiz bilan baham: