Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
101
-
Shu fursatda mening jonim chiqayapti. Yorning g‘ami esa buni osonlashtiradi,- derdi u. Umridan 
ikki-uch nafas qolganda ham u yor so‘zini so‘zlardi, xolos. Tilida ham yor edi, so‘zida ham, og‘zida ham 
yor edi, ko‘zida ham. Zolim hukmdor uni ko‘rib, ko‘ngliga ishq o‘ti ta’sir qildi; uni o‘limdan xalos etib, 
yorning haramiga xos maxram qildi. Ishq balolariga shukr qilgani uchun, boq, u qanday ulug‘, yuksak 
martabaga erishdi.
Bu nafasni, Navoiy, g‘animat bilib saqla, lekin har nafasda shukr ham qil.
Soqiy, alvon may yo‘lida o‘ldim; may demagin, chinlik bir sanam uchun o‘ldim. Chiniy qadahlar 
tutib, meni mast et; Chin odamlari kabi bodaparast qil.
LVIII O‘N TO‘QQIZINChI MAQOLAT
 
Xurosonninng misli yo‘q viloyati bayonida... xususan saltanat uyi bo‘lmish osoyish joyi -
Hirot tavsifida; garchi (o‘tmishda) bog‘ bo‘lsa ham, ammo qurib qolgan edi, lekin shoh
139 
oqizgan 
soyning adolati uni oliy jannatning rashki keladigan yerga aylantirdi, agarchi (bir vaqtlar) obod 
bo‘lgan bo‘lsa ham, biroq buzilib ketgan edi; shaxanshohning quruvchilik ehsonidan Chin 
rasmxonasining ham rashki keladigan joyga aylandi 
Hamma narsalarni yaratuvchi Xudo jahonni bino qilganda, osmonning bir qismini ko‘zga 
ko‘rinadigan, ikkinchi bir qismini ko‘zga ko‘rinmaydigan qilib yaratdi. Etti osmonni doira shaklida 
qurib, ularning har bittasini bitta sham’ bilan yoriydigan qildi. Bu sham’larning oltitasi tovlanib tursa, 
bittasi mash’al bo‘lib porlab turadi. Ularning uchtasi quyiga, uchtasi yuqoriga intilsa, mash’al kabi 
porlab turgani osmonning to‘rtinchi uyiga nur sochadi. U sham’lar sham’ emas, tafakkur kechasi o‘sha 
mash’aldan sachragan uchqunlardir. U mash’alni esa mash’al emas, o‘zidan nur sochuvchi dur desa 
bo‘ladi; dur ham emas, porlagan quyosh deyish kerak. Ko‘kning yetti iqlimida u sulton, qolgan hammasi 
tan bo‘lsa, bu hatto ulargajondir. U o‘rtadagi osmonda har tomonga nur sochib, «Hamma ishning 
o‘rtachasi yaxshi» degan hikmatni isbotlab turadi.
Yulduzlar yetti qismga taqsimlangani singari, bilki, jahon ham yetti iqlimga bo‘lingan. Ularning 
hammasi bir-biridan quvvat oladi; har biri ikkinchisidan tarbiya. Quyosh qolgan oltitasidan ustun 
bo‘lgani uchun u joylashgan iqlim ham unga loyiqdir. Qayerda quyosh nur sochib turgan bo‘lsa, 
yulduzlar ko‘zga ko‘rina olmaydi-ku! Uning o‘rnashgan joyi to‘rtinchi osmondir. Ham o‘zi shu 
iqlimning tarbiyachisidir.
Yer yuzida ham shu iqlim eng yaxshisi bo‘lib, ko‘kdagi quyosh uyi kabi benazirdir. Yerni o‘lchash 
fani yo‘lga qo‘yilgandan keyin bu joyni to‘rtinchi iqlim deb atay boshlashdi. Go‘zallikda u jannat 
bog‘lariga o‘xshaydi; bu bog‘ emas, Xuroson mamlakatidir. Satxi to‘rtinchi osmondgu ham keng, 
martabasi yettinchi osmondan ham baland. Uning ichidagi shaharlarning soni nihoyatda ko‘p. Ularning 
har birining go‘zalligi xaddan ortiqdir. Shaharlari latofatda oliy bir jannatning o‘zi. Yaxshi odamlari 
o‘sha jannatning oq yuzli qizlariga monand. Tog‘larining oldida falak oddiy bir dasht. Uning 
cho‘qqilarida har kim aylanib, tomosha qilishi mumkin. Bu tog‘larning har binning bag‘rida yuz xil 
konlar bor. Bu konlarni ajoyib javharlar o‘ziga makon etgan. Oqib kelayotgan suvlar oddiy 
chashmalardan emas; ular konlardan oqib kelayotgan javhar suvlaridir. Dashtlarining satxi oinaning 
satxiga o‘xshaydi. O‘sib yotgan o‘tlar bu oinaning yashil rang zangini tashkil etadi. Uning sabzazorlari 
139
Шoҳ - бундa Ҳусaйн Бoйқaрo нaзaрдa тутилaди.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish