Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
99
daraxtlari jannatdagi kavsar xovuzi va to‘bo daraxtlariga o‘xshaydi. Oltinu kumush pullarning hisobi 
yo‘q, dur va gavharlar ham xaddan ortiq ko‘p.
Bu in’om va xadyalar hammasi ham bir tomonu, u bergan aql javharlarining o‘zi ham bir tomon. Bu 
xilda yaltillab turgan gavharni, gavhar emas, porlab turgan durni u vujuding qutisiga nihon qildi. Bu 
qutini shunday boyliklarning koniga aylantirdi. Mavjud jahonlar ichida seni eng aziz qilib, o‘z sirlarini. 
bilishga seni musharraf etdi. U - Xudo senga yana bir amonat dur
135
topshirib, saxovat tojini ham senga 
sovg‘a qildi. Senga shuncha ne’matlarni berib, u: «Shukr qilish bilan ne’matlar orta boradi», deb yozib 
qo‘ydi. U qanchaki ne’matlar dasturxonini ochib qo‘ygan bo‘lsa, bularning hammasi uchun shukr qilish 
senga shartdir. Unga shukr aytishning chek-chegarasi yo‘q, shukr aytib tamomlashning imkoni ham 
yo‘q.
Hammasini ham qo‘yu mana bunisini ayt: sen nafas olib turgan ushbu nafasning o‘zining ichingga 
kirishi g‘animat bir ne’mat bo‘lsa, chiqishi ham xuddi shunday bir ne’matdir. Biri sening hayotingga 
oziq bo‘lsa, ikkinchisi sening borlig‘ingga quvvatdir. Senga ko‘rsatilgan bu ikki ne’mat uchun har biriga 
alohida shukr qilish o‘rinlidir. Joningni fido qilib yuborgan taqdiringda ham bu ikki nafasning shukrini 
ado qilishing mumkin emas. Aqlingni ajrim qilsang, Xudo sening nafasingni qanday aziz qilganini 
tushunib olasan. Xudo uni shunday aziz qilgan ekan, sen uni xor etma; uning faqat shukrini qil. Joning 
tirik bo‘lib, nafas olish imkoning bor ekan, nafasning qadrini bilki, unga teng keladigan narsa yo‘q. Har 
bir nafasing anvolidan xabardor bo‘l, balki unga aql-xush bilan hamroh bo‘l. Boshidan-oxirigacha uni 
Haq yo‘lida sarf qil; Tangri senga yor, o‘qisang, bu senga saboq. Bu ishdan agar bir dam g‘aflatda 
qolsang, kishiga bu katta motamdir.
O‘zingni g‘ofil va parishonxol tutib, har xil ishlar bilan shug‘ul-lanar ekansan, bundan Xudoga hech 
qanday manfaat bo‘lmasa ham, harakat qilki, gunoh ham sodir bo‘lmasin. O‘z faoliyatingda birovga 
yaxshilik qilmasang, hech bir yomonlik ham qilma. Agar doridan joning baxra topmasa, jahl qilib
piyolangga zahar solma. Hamma ishlarning ichida eng yoqimlisi hamda yaxshisi do‘stlarning diydoridir. 
Birovga ozor berishdan o‘zingni saqla; biron kimsani ranjitishdan ham. Sen tomoningdan odamlar 
bexavotir bo‘lsinlar; o‘zingni xursandchilik bor yerga ol. Kishilarning yeriga, oilasiga naras bo‘lsa ham 
qayg‘usiz bo‘lishga harakat qil; yoru do‘stlar bilan xursand bo‘l.
Bog‘da bir yangi ochilgan gulni ko‘rsang, uning atrofida barcha uchun suhbat joyini orasta qil. 
Suhbatdoshlaringning ko‘nglini olib, u yerga chorla, o‘rniga qo‘yib do‘stlaringni chaqir. Ularning 
qadami bilan joningni gulshanga aylantir; ko‘zingni ularning chehrasi bilan ravshan qil. Ehson yo‘lini 
o‘zingga shior et, nimang bo‘lsa barini ularga xadya qil. Birodaringning maqsadi agar sening joning 
bo‘lsa, joningni sarf etib, unga minnatdorchilik ham bildir.
Hayotingni shunday odamlarning jamiyati bilan shod qil; keyin keladigan parishonliklarni esda tut. 
Bu ishlar uchun yuksak osmon
153
har yangi oydan o‘ch olish uchun tig‘ yasab, ikki o‘rtoqning o‘zaro 
yaqin bo‘lganini, ularning visol uyida aysh qilganini bilsa, o‘sha tig‘ bilan ularning baxt ko‘chatini 
qirqib, ularni bir-biriga bog‘lagan ipni kesib tashlaydi. Ularning birini xijron tomon boshlaydi, 
ikkinchisini furqat tomon tashlaydi. Charxning ishi oqibatda doim shu bo‘lgani ucnun nammaga ham 
oxirida shu ishni qilar ekan.
Shunday ekan, gul bilan tik savsan ham, norvanu
136
sarvu shamshod ham, bu chamanda nimaiki 
bo‘lsa - hammasi bir-biriga mehmondirlar. Kimniki bir do‘sti bo‘lsa, kimgaki hamma do‘st bo‘lsa, 
do‘stning visohni orzu qilib, qidirsin, bir nafas o‘z orzusiga erishsa ham, meni yod etsin! Shu eslash 
bilan ruhimni shod etmasa - mening gunohim uning bo‘yniga!
135
Aмoнaт дур - кишининг ҳaёти кўздa тутилaди. 
153
Юксaк oсмoн - бу ўриндa тaқдир мaънoсидa.
136
Нoрвaн - қaйрaғoчгa ўxшaш xушқoмaт, сeрбaрг дaрaxт.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish