Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
86
tobutning yonidan chiqarib qo‘yinglar. Kishilar tobutga nazar solar ekanlar, ibrat yuzasidan shu qo‘lga 
qarasinlar. Bilsinlarkim, yetti o‘lka podshosi, yetti osmon mushkullaridan xabardor odam, endi jismida 
jon yo‘q, bu makondan, bu jahondan bo‘sh qo‘l bilan ketmoqda. Kimki jahon mamlakatini havas qilsa, 
ushbu qo‘l unga yetarli tajribadir.
Ey Navoiy, bu jahondan, jahondangina emas, jonning javharidan ham qo‘lingni tort.
Ey soqiy, dilim orzusi - mastlikdir. Lekin qo‘limning quruqligi bunga mone’lik qilmoqda. Marhamat 
qilib, qo‘limga may javharidan ber! May nimasi? Iskandar oinasini ber!
 

O‘N BESHINChI MAQOLAT
 
 
Jaholat mayining quyqasini ichadiganlar haqidakim, yaxshilik xirqalari gunohkorlik ko‘lidan 
yirtiq; may jaholatining bosh og‘riq odamlari to‘g‘risidakim, ularning har biri 
mayxona eshigida mastlik va beboshlik bilan yuradi va qiyshaygan mayxona ularning nazarida 
Jamshidning taxtiga o‘xshaydi, siniq piyola esa o‘zida jahonni ko‘rsatadigan jomga va pushaymonlik 
ko‘zyoshlari yomg‘iri gunoh shu’lasini o‘chiradi va tavbaning chaqmog‘idan chiqqan o‘tlar osiylik 
xirmonini kuydirgusidir 
Ey, jomga hamdam bo‘lib quvongan odam, ishing jaholat xumoridan mastlik. Bunday aysh senga 
doimiy bo‘ldi, hech kamaymadi. Dardu fikring jaholat jomi. Boda ichingda xumda qaynaganday jo‘sh 
uradi. Bu qaynashdan har doim ko‘nglingda ham xuruj. May vujudingdagi mag‘rurlikni kuchaytiradi. 
Lekin sen ko‘p singari o‘zingdan o‘tgan sirni, o‘z ahvolingni tushunmaysan. Og‘zingni fisqu fujurning 
qo‘li ochadi. Gʻaflat mayini ichib olib, og‘zingdan xum kabi ko‘piklar sochasan. Na senga o‘lish 
g‘amidan motam, na rizqu nasibang tugashidan tashvish! Ajalning muxtasibi kelib qolsa nima qilasan? 
Uni daf etish uchun qanday tadbir qo‘llaysan? Jafo toshi bilan qani endi u bu xumga qarab bir ursa, uni 
bo‘lak-bo‘lak qilib, sindirib tashlasa! Jismingga dog‘lar qo‘yib kuydirib, ichayotgan mayingni qora 
tuproqqa to‘kib tashlasa! Sopol idishingni chil-chil qilganidek, la’lga o‘xshagan mayingni yer qoniga 
aylantirsa!
Bu behisob ichayotgan jaholat maylaring uchun bir kun kelib, albatta, hisob berasan. Sening bu 
mastliging necha yil, necha oy davom etishi mumkin? Oyda, yilda bir marta mast bo‘lmasdan xushyor 
ham yur!
Mast odamning hamma harakatlari bema’ni bo‘lib, ko‘chadagi bolalarga masxaradir. Ko‘chaning 
boshida u jinni ko‘rinishi bilan bolalar unga tosh yog‘dira boshlaydilar. U piyoladagi mayni oxirigacha 
ichib, mast bo‘lib, ko‘chaga mayxonadan chiqib keladi. Peshonasi tomlarga urilib, qonagan, boshidagi 
sallasi yoyilgan, chuvalgan. Yomon itdek odamlarga o‘zo‘zidan hamla qiladi. Uni shunchaki yomon it 
emas, qopadigan it desa ham bo‘ladi.
Badanida mastlik dam-badam g‘olib kelib, o‘zini boshqara olmay, boshi og‘gan tomonga ketib 
qoladi. Yoida uchragan yomg‘ir suvini ko‘rsa, may deb ichadi; soy toshi uchrasa uni gulday otib 
yuboradi. Otgan toshidan bolalar goh atrofga tirqirab qochadi, goh yana bu mast-alastning boshiga 
to‘planib o‘ynashadi. U bo‘lsa goh yiqilib, goh harzamonda turib, mastlikbilan qo‘lini har narsaga uradi. 
Shunday qilib, u ketma-ket yiqilib, turib, yiqilib turib, oxirida shunday yiqiladiki, may ustidan bosib 
tushadi. May uning axyolini chatoq qilgan bo‘lsa, qusuq uning soqollarini bulg‘aydi. Bo‘zchining 


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish