www.ziyouz.com
кутубхонаси
65
XXXVIII TO‘QQIZINChI MAQOLAT
Ishq o‘ti ta’rifidakim, uning shu’lasi balo sahrosining lolalaridir, cho‘g‘i baloga duchor bo‘lgan
ko‘ngulning qon bo‘laklaridir; mehnat-mashaqqatning qaro shomi uning tutuni, bu shomning kuyik
yulduzlari uning uchqunlaridir; yor husnining nurlari haqidakim, uning alangasidan ko‘tarilgan bir
yolqin bunday o‘tning chiqishiga sababchi, uning quyoshdek yuzidan
tarqalgan bitta nur bunday haroratga asosdir
Yer yuzida endi hayot boshlanib, inson vujudini ruh mayi bilan mast qilganlarida, uning tuproqdan
iborat jismini hikmat qo‘li bilan xuddi Eram bog‘iga o‘xshatib tuzdilar. Yo‘q, uni Eram bog‘i ham emas,
jannat bog‘iga, bog‘ ham emas, hurlar jilva qilgan joyga o‘xshatib tuzdilar. Har lahzada qushlari yuz
afsona kuylashadi, har kim iltimos qilsa, yana kuylashadi. Uning saxni osmon bog‘idek bezatilgan; har
bir guli xuddi to‘lin oyning o‘zi. Uning gulgun yuzi yangi ochilgan gullardir; uning upasi gulga gulgunlik
bag‘ishlaydi. Tik savsan, balki to‘g‘ri sarv va shamshod unga qomat bo‘lgan. Mushk hidli sunbul unga
zulf; lola va oq gul unga yuz va yonoqdir. Yuzidagi terlari quyosh chashmasiga o‘xshaydi; bag‘baqasi
o‘sha suvning ustidagi ko‘pikdir. Ko‘zidan fitnagar nargislar paydo bo‘lgan; labi xuddi kulib turgan
g‘unchaning o‘zi. Labidagi tuklar xurram sabzazofu, sabzadagi shabnam uning terlaridir. Husnu jamol
unda o‘ylaganingdan ham ko‘p, qancha ko‘p o‘ylasang, o‘sha o‘ylaganingdan ham ortiq.
Lekin dilni tortadigan narsa uning husni emas, elning sabr-toqatini olgan ham bu jamol emas. Ishq
bulbuli o‘z dostonini kuylay boshlaganda tomosha qilish uchun bu boqqa kirdi. Uning nazari gulga
tushishi bilan zor bo‘lib, shavq o‘tidan joniga xabar yetdi. Gul shoxiga o‘ltirib, joy tanladi; undagi
otashin (qizil) gullar uning joniga o‘t yoqa boshlashdi. Jonining ichi ishq o‘tidan o‘rtanib, g‘am
shu’lasidan ko‘ngliga iztirob tushdi. Ishq uning sabru qarorini talon-toroj etdi, gul esa unga firib bera
boshladi. Gul unga jilva qila boshlagach, endi unda sabr qilish imkoni qolmadi. Kuyib-yonib, u shunday
qichqiriq soldiki, buning o‘tidan chamanning ichi qizib ketdi.
Shunday kuyish va kuydirish yuz bergach, shunda oshiqlik va ma’shuqlik namoyon bo‘ldi. Ishq
tug‘yon solib, rivojlanishi bilan oshiq parishon ahvolga tushib qoldi. Husn yana yoqimli jilvalar qilib,
zulfning qo‘liga balodan tuzoq topshirdi. Jahon mamlakatining boshiga ishq g‘avg‘osi tushib, zamon
ahli ishqning taloniga uchradi.
Ishq degani bu qanday o‘tki, u hujum qilganda uning tutuni va uchqunlaridan osmon va yulduzlar
yaraldi. U tutundan malaklar pashshadek qochdilar. Falak osmonda oddiy bir fonusdek bo‘lib qoldi. U
tufayli aql peshonasi qoraydi. Rux ko‘zidan ham u yoshlar oqizdi.
Ishq shunday narsaki, mayxonada ham uning haqida baxs to‘xtamaydi: Ka’baning libosi ham shu
tufayli qoraygan. May o‘ti butning
104
yuzini qizartirib, bayroqqa aylantirgach, shu’lasi «Qur’on»ni ham
kuydirdi. «Qur’on»ning varaqlarini kuydirayotgan chog‘da o‘t yoqaman deb rahlni
105
ham sindirdi.
Butxona deb masjidni haqorat qildi; imonni kufrga almashtirdi. Taqvo libosini itning ustiga yopqich
qildi; yopqichning har yerdagi yamoqlarini bezak uchun solingan gul deb hisobladi. Dinsizlikni
o‘rganish uchun kitob ochib, har qanday xudoga ham sanam deb xitob qildi. Masjidning ichida isyon
bodasini sotib, mehrob burchagiga may xumini o‘rnatai. Gulshanning ichida guldan o‘t yoqdi, mayxona
104
Бут - Буддaнинг хaйкaли кўздa тутилaди.
105
Рaхл - курсичa. Китoб унгa қўйиб ўқилaди.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |